O’ylab ko’radigan gaplar

soyaMansab va manfaat

SAVOL: Dunyoda maxsus xizmatlarsiz hayot bo’lmaydimi?(Aziz).

JAVOB: Dunyo dunyo bo’libdiki, davlat degan tuzilma paydo bo’libdiki, Maxsus xizmatlar mavjud. Bu tabiiy hol va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Ular haqida juda ko’p kitoblar yozilgan, filmlar yaratilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Dunyo sirlariga qiziquvchi sifatida shularga nazar solarkanman, barcha Maxsus xizmatlarning yozilmagan uchta qonuniyati borligini ko’rdim.

1. Sotqinlarni quritadilar

Kimdir Maxsus xizmatlarda ishlab, keyin safdosharini boshqa mamlakatga sotsa, har qanday yo’lini topib undan qutiladilar. Bu asrlardir ming karra isbotini topgan haqiqat.

Bunga Kleopatra va Sezar zamonidan Karimov va Putin davriga qadar minglab misollar keltirish mumkin. Bunday holatda sotqinni yo zaharlashgan, yoki otishgan yo bo’lmasa boshqa bir yo’lini qilib o’ldirishgan.

Bu Maxsus xizmatning maxsusligini saqlab qolish, u yerda ishlaganlarni qo’rqitish, ularning vatanparvarligini kafolatlash uchun qilingan va hozir ham davom etmoqda. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

iakYana Karimov haqida

SAVOL: Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi aniq emasmi?(Doniyor).

JAVOB: Keyingi yillarda Islom Karimovning “jigargo’shasi” Shavkat Mirziyoev haqida ancha-buncha narsa yozildi. Kimdir u “ota”sining vorisi, desa, kimdir uni Karimov yaqin orada eski “tuz”lar yoniga jo’natadi deydi.

Bu masalada o’n soat o’n joydan ihtiboslar keltirib, ostiga adabiyotlar ro’yxatini ilova qilib, o’n xil xulosani qalashtirib tashlash ham mumkin. Zero bitta xulosaga borib bo’lmasligi haqida hammaning ishonchi butun. Continue reading

Savol-Javob

savollarKim kimga va qachon qo’shilishi mumkin?

SAVOL: O’zbekistonda xalq oyoqqa tursa kuchishlatar idoralarining rahbarlari xalq tomoniga o’tishi mumkinmi? Kim kimga qachon qo’shilishi mumkin?(Hakim).

JAVOB: Xuddi shunday savollar 2005 yilning boshlarida ham ko’p marotaba yangragan. Andijonda 13-mayda yuz bergan qonli voqealardan bir hafta oldin bunday savolga “Ozodlik” radiosi orqali ”Agar “inqilob qilaman” deb ming odam chiqsa, Karimov ming odamni ottiradi!” deb javob qilgandim. Shunday bo’ldi ham. Hozir ham javobim ayni. Chunki Karimovning mentaliteti o’zgarmagan. O’shanda ham kuchishlatar idoralari rahbarlari xalq tomoniga o’tmagan, bugun ham o’tmaydi. Nega? Continue reading

Мулоҳаза

jm_20014_febrКаримовни ким қўрқитти?

Ислом Каримов Самарқандда Ўрта аср Шарқ алломалари ва мутафаккирларининг тарихий мероси, замонавий тараққиёт ривожидаги роли ва аҳамиятига бағишланган халқаро анжуманда 15 май куни ўзининг “тарихий одати”га кўра матндан махсусан чиқиб танқидчиларига жавоб қилди.

Қизиғи шундаки, бугунгача унинг айтганларидан фақат бир қисмигина муҳокама қилинди. У ҳам бўлса,  вазифасидан кетмаслиги ҳақидаги қисми.

Бу муҳим. Лекин Каримовнинг 2015 йилдаги ўзкўрсатар “сайлов”да “ғолиб чиқиши”ни бешинчи синф ўқувчиси ҳам билади. Эркин сайлов бўлади ва президент алмашади деб ўйлаган одам ўзини алдайди. Ўзбекистонда конституция, қонунлар, сайлов-бу ҳаммаси мафия отасининг зерикканда ўйлаб топган ўйинларидир. Шундай экан, Каримов бу гаплари билан сайловда кетмайман деган сигнал бермоқда, дейиш ҳам соддалик. Continue reading

Zehniyatga nazar

kitobSilovsin

Bir kun “Hayvonot olami” dasturida silovsin haqida qiziqarli dasturni ko’rdim.

Rahmatli amakim xo’p dono inson ekanlar, oradan 20-30 yil o’tib ham u kishining atrofdagi voqealar haqidagi gaplari tez-tez yodimga tushadi.

Mana shu silovsin haqidagi dasturdan keyin ham u kishining gaplarini esladim. Har ikki gapdan so’ng “Alhamdulliloh” deb o’z musulmonligini pesh qiladigan, Allohning nomini aytib, keyin yolg’onlarni qalashtirib, orqasidan, “Adashgan bo’lsam o’zing kechir, inson adashguvchidir” deb qo’yguvchi bir kishini “Silovsin” der edilar.

-U ilgari g’irt araqxo’r edi, mansab desa onasini, aka-ukasini ham sotardi, Gorbachev shamoli tufayli davr kelib qoldiyu bir dumalab musulmon bo’ldi, agar yana boshqa davr kelsa, u boshqa narsasini ham sotib, o’sha davrga moslanadi, bunday odamlarni ajratish mushkul emas, Xudoyim bunday silovsinlarni tanib olish uchun o’z ishoratlarini beradi,-degandilar.

Silovsin-mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich. Continue reading

Savol-Javob

jm_2014-05Mantiq qidirib…

SAVOL: Demokratiya degani shumi? Saylanmagan qirollikka qullquq qilishmoqda…(Sayfi).

JAVOB: Aqlli odamlar ahmoq bo’ladilar degim kelayati. Ja, qiziq-a? Ham aqlli bo’lsa, tag’in ahmoq ham bo’lsa? Qani mantiq depyasizmi?

Bir masalada mantiq topolmaganim uchun oxiri shunday demoqchiman-da.

Demokratiya degan boshqaruvni – ya’ni xalq boshqaruvini qurgan g’arbliklar ikki gapning birida sharqlik “Doda”larning hashamatli saroylari va bu saroylardagi dabdabalar ustidan kulishadi. Haqiqatdan ham kulgili va ayanchli hol. Bunga gap yo’q. Lekin hokimiyat xalqniki degan gapni o’ylab topgan bu aqlli boshlar kuppa-kunduz kuni saroyning ostonasiga sajda qilishlariga tushuna olmayman.

Mana necha kundirki, tinmay Britaniya shahzodasi Vilyamning uylanishi haqida gap yuritishmoqda. Qaylig’i Keyt Middltondan tortib, u hali tug’magan bolaga qadar muhokama mavzusi. Continue reading

Йил кетиб, йил келар…

ЭЛИМИЗНИНГ НОДИР ФАРЗАНДИ БИЛAН УЧРАШУВ

jm_vashingtonda(Пойтахт Вашингтонга ташриф лавҳаси)

15 – май 2014 йил, АҚШ пойтахти Вашингтон шаҳрида Ўзбекистон ҳуррияти учун курашган миллатвакили, ўзбек адабиёти, шъерияти ривожига сезиларли хисса қўшган забардаст адиб Жаҳонгир Маматов билан адабиётшунос олим, “Бирдамлик” Ҳайъатининг аъзоси Ботир Норбоев, “Бирдамлик” раиси Баҳодир Чориев, Ҳаракатнинг сиёсий ишлар бўича масъули Абдуфаттоҳ Манноповнинг учрашуви, “яхшилик сўлим бир баҳор”, “баҳор эса дўстлик, ҳамкорлик кўчатларини экиши”, бу фоний дунёнинг безаги олийжаноб ишлар, миллатимизни зулм, адолатсизлик ва порахўрлик исканжасидан озод этиш борасида юрак сўзларининг исҳори ва фикр алмашиш тарзида ўтди.

Учрашув иштирокчилари, ўзбек миллати, якка ҳоким ва унинг зулимкор тузуми деярли чорак аср амалга ошираётган қатоғони, адолатсизлиги ва талон – тарожи сабаб, дунё бўйлаб пардек сочилиб кетаётганлигини алоҳида эътироф этдилар. Бу элимиз, юртимиз учун фожиавий ҳолдир.

Жаҳонгир Маматов:

Золим эрур Бугун, қиличи ҳам қон,
Ҳатто кўкка сиғмас фиғону ноланг.
Бугунни унутсанг, Эртага ишон,
Эртанинг кўнглида яшнайди боланг. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

kitobQochish

SAVOL: Har qancha G’arbni yomonlasak ham qochish yo’nalishi hali ham Sharqdan G’arbga qarab…Nega? (A’zam).

JAVOB: Demakki, o’ylab ko’radigan ko’p narsalar bor.

Qarang, G’arbda qanday yangiliklar bo’lsa, biz tomonlarda shuning aksini qilishga urinishadi.

Hatto “G’arb demokratiyasiga” zid – ”Sharq demokratiyasi” kabi. Bunaqa misollar juda ko’p.

Hammasini sanab, boshingizni qotirib o’tirmayinda, eng so’nggisi haqidagi gapimni aytib qo’ya qolayin. Qolganini o’zingiz tushunib olasiz.

Ma’lumki, qamoqdan yer osti yo’li kovlab, tashqariga chiqib qochish haqida G’arbda yuzlab kitoblar yozilgan, minglab filmlar olingan. Hammasi ichkarida o’tirgan “dono”lar qochishning hech kimning xayoliga kelmagan turlarini topishgani haqida. Mana Sharq bunga ham ziddini topdi. Continue reading

Zehniyat chorrahasida

savollarGuruhlar

SAVOL: Xorijdagi o’zbeklar qachon birlashadi? (Qobil).

JAVOB: Million marta takrorlangan savol bu…

Bugun xorijda yashayotgan o’zbeklar va ularning mamlakatda qolgan tarafdorlari bir necha guruhga bo’lingan:

1.Islom Karimovga, shaxs diktaturasiga ashaddiy qarshi bo’lgan ozchilik guruhi. Bular hamma yomonliklar bevosita diktatorning shaxsi bilan bog’liq degan fikrga juda qattiq ishonadilar va boshqa fikrdagilar bilan kelisha olmaydilar.

2.O’zbekistondagi rejimning Karimovdan tortib, ko’cha mirshabiga qadar barcha mulozimlariga qarshi bo’lganlar. Bular o’zlarining orasida bitta vazirlikni boshqaradigan odam bo’lmasa ham bugun rejimga xizmat qilayotgan hammani ag’darish tarafdori.

3.Hamma narsa birgina Islom Karimov bilan bog’liq emas, uning atrofidagilarga ham ko’p narsa bog’liq degan bir guruh. Ular hali diktatura nimaligini o’rganishmoqda.

4.Mavjud rejimga xizmat qilgan va qilayotganlarni maqtab, ular bilan aloqa o’rnatish orqali Karimovdan keyingi rejim paytida imtiyozni ko’zlaganlar – chuchvarani xom sanaganlar guruhi. Continue reading

Savol-Javob

kitobYemish

SAVOL: Bu ketishda Xitoy mustamlakasiga aylanib qolmaymizmi? (Abdurahmon).

JAVOB: Xitoy Tojikistonni “ishg’ol” qilib, endi O’zbekistonga kirib kelmoqda. Hudud nuqtai nazaridan bu birinchi hol emas. Uzoq tarixda Xitoy bu mintaqani bosib olib, kuchli assimilyatsiya o’tkazgani haqida ilmiy kitoblar mavjud.

Doim shunday bo’lgan – katta millatlar kichik xalqlarni “yeb” yuborishga intilishgan. Bugun ham ayni hol.

Tojiklar Urusiyatga ketgan bir paytda Tojikistonda ming-minglab xitoylik mardikorlar ishlashmoqda va ularning yerli qizlar bilan oila qurib, doimiy fuqaroga aylanayotganlari haqida xabarlar ko’p. Yaqin kelajakda tojiklar orasida xitoy ko’rinishli yangi avlod yetishib chiqishi ham turgan gap. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

misrInqiloblar

SAVOL:Nega arab davlatlaridagi “inqiloblar” natija bermayati?(Qosim).

JAVOB:Qisqa vaqtda natija berishi ham qiyin.

Uzoq vaqtda esa hokimiyat yana diktatorlar qo’lida qolaverishi yoki qaytadan ularning qo’liga o’tishi mumkin. Nega?

Chunki bu “inqiloblar” yo tabiiy emas yoki aniq bir mafkura-maqsadga tayanmagan.

Bundan tashqari inqilob degani olma pish, og’zimga tush, degani emas. Continue reading

Rivoyat…

soyaAldanganlar

Qadim o’tgan zamonda, borsa kelmas tomonda bir qishloqqa ocharchilik oralay boshlabdi. Hovliq ismli kishi hovliqib “Buning oldini olaman” deb o’rtaga chiqibdi.

-Men sizlar uchun tegirmon quraman,-debdi u.

Hammaning ko’zidan olov chaqnab, unga ta’zim qilibdi. Bundan ruhlangan Hovliq ismini Xoliq deb o’zgartiribdi hatto.

Shunda uning qo’shnisi:

-Tegirmon qurishdan oldin bug’doy ekaylik,-debdi.

-Kallang bormi, agar tegirmon bo’lmasa bug’doyni qanday qilib unga aylantirasan?

-Tegirmon qurilguncha bug’doy boshog’ini qaynatib yo hosilini chaynab ham jon saqlash mumkin. Continue reading

Ўзгармаган мавзулар

iakvaqubghin2Хотира куни

САВОЛ: 9 май. Сиз бу кунни фашизм устидан қозонилган ғалаба куни деб биласизми ёки 1999 йилда эълон қилинган “Хотира ва қадрлаш куни”-ми? (Муаррих).

ЖАВОБ׃ Менимча иккинчи жаҳон уруши фашизмнинг фашизм билан тўқнашувидир. Бу Ҳитлер қиёфасидаги олмон фашизми билан Сталин бошқарувидаги славян фашизмининг ўзаро урушига дунёнинг жуда кўп мамлакатлари турли сабаблар, манфаатлар, янглишиш ва мажбур қолиш туфайли қўшилганлар.

Жумладан, Ўзбекистон ҳам СССРнинг мустамлакаси, зулмнинг қурбони сифатида қатнашган ва жуда катта талофотлар берган. Continue reading

Savol-Javob

savollarMuhojirlar

SAVOL: Qonunsiz yashayotgan muhojirlar haqida o’zgarish bo’ladimi? (H.H).

JAVOB: AQShning 22 nafar Senatori prezident Obamaga xat yozib, bir paytlar bu mamlakatga g’ayriqonuniy ravishda kelgan muhojirlarning farzandlarini deportatsiya qilishni to’xtatishni so’radi. AQShga qisqa muddatli viza bilan kelib, shu yerda qolib ketgan o’zbeklar orasida ham bu ketegoriyaga tushadiganlari bor.

Ilgari bu boradagi qonun loyihasi Kongressda muhokama qilingan, lekin senatdan qaytgan edi. Shuning uchun bu harakat tarafdorlari Obamadan o’z kuchini ishga solishni so’rashmoqda. Obama prezident sifatida shunday vakolatga ega. Continue reading

Maslahat o’rnida

kitobAQSh fuqarosi…

Kecha AQSh fuqaroligi borasidagi bir savolga javob yozayotib shu ishni bekor qilayapman, endi savollar yog’ilib ketadi-yov, deb o’ylagandim. Rostdan ham shunday bo’ldi.

Gapimning indallosida aytib qo’yay: yurist emasman, hamma huquqiy savollarga javob berolmayman, faqat o’zim bilganim qadar mulohaza yuritishim mumkin, hayotiy tajribam bilan o’rtoqlashishim mumkin, xolos.

Ma’lumki, AQSh da qonunlar tez-tez o’zgarib turadi va buni faqat yuristlar kuzatib boradilar.

Masalan, “Patriot Akt” nomi bilan mashhur bo’lgan qonun muhojirlar hayotiga oid juda ko’p hujjatalarga boshqa talablar qo’ygan yoki qoidalarni o’zgartirgan. Continue reading

Savol-Javob

savollarIkki fuqarolik

SAVOL: AQShda fuqarolik olsam O’zbekiston grajdanligini yo’qotamanmi? (K.U. )

JAVOB: AQSh dunyodagi bir nechtagina davlat qatorida fuqarolik olayotgan kishilardan o’z mamlakatining fuqaroligidan voz kechishni talab qilmaydi.

Bu ixtiyoriy holga kelib qolgan va faqat hukumatning muhim idorlariga ishga o’tmoqchi bo’lsangiz bittasini tanlash zaruratida qolasiz.

 Sizning vaziyatingizda agar AQSH fuqaroligini olsangiz amalda O’zbekiston fuqarosi hisoblanaverasiz.

Chunki O’zbekistonda fuqarolikdan chiqish juda murakkab jarayon hisoblanib, bu faqat Prezidentning imzosi bilangina amalga oshgani uchun bir necha yillarga surilib ketishi mumkin.

Agar bu jarayonni chetlasangiz va bir kun davr o’zgarib, O’zbekistonga qaytsangiz hamda u yerda doimiyga qolishni ixtiyor etsangiz AQSH fuqroligidan osongina kechishingiz mumkin va bu faqat sizning ixtiyoriy qaroringiz bo’ladi, jiddiy rasmiyatchilik talab etilmaydi. Continue reading

Эркин дунёда

jm_ab_tash_2014 (6)Орифи комиллар даврасида

Одамки оёқда бир касб дурустдир,
Ҳамсуҳбат бўлмоққа ҳамкасб дурустдир.

Дарҳақиқат, қўлида бир касби бор инсон дунёнинг ҳеч қаерида хор бўлмайди деганлари каби одам боласига қизғин, маъноли мулоқот унинг ҳакасблари билан суҳбатидир. Бу ёзилмаган қонун, аммо амалдаги қонун.

Ўзимдан биламан. Журналистлар билан бир-биримизни тез англаймиз. Шунинг учунмикан журналист меҳмонга келган кун мазмунли кунларимдан бири бўлади.

Ўзбекнинг иқтидорли журналисти ва ёзувчиси Абулқосим Мамарасуловдан мактуб олдим, унда Вашингтонга келаётгани, фермерларнинг ҳақ-ҳуқларини ҳимоя қилиш бўйича форумда, Эркин матбуот куни мажлисларида қатнашажаги ва камина билан учрашмоқчи эканлиги битилганди. Севиндим. Continue reading

Savol-Javob

savollarKosa tagida nim kosa

SAVOL: So’rovlarga munosabatingiz qanday? (Barot).

JAVOB: So’rovlar deyarli har kun o’tkazialdi. Masalan, so’rov o’tkazadigan Gallup(Gallup) hamda Meridian(Meridian) deb nomlangan tashkilotlar dunyo mamlakatlari aholisining boshqa mavzular qatori AQShga, uning rahbariyatiga munosabatini ham o’rganibdi. Ular so’rovlarga aholining turli qatlamlaridan va hatto hukumat tarkibidan ham odamlarni jalb qilganlar.

Shunga ko’ra, O’zbekistonda so’rovga tortilganlarning qariyb yarmi AQSh rahbariyatiga xayrixoh ekan. Faqat 20 foizga yaqini yoqtirmasligini aytgan. So’ralganlarning uchdan bir qismi esa javob berishga qiynalibdi.

 Buni qanday tushinish kerak? Har kim o’zicha xulosa chiqaradi. Masalan, AQSh rahbariyatini qo’llaganlar soni qariyb ellik foyiz va qo’llamaganlar juda oz ekanligidan sevindim. Bu favqulodda muhim xabar. Continue reading

Yaqinginada o’tgan kunlar

may1Birinchi May

Bolalikda bu kunni uxlamay kutardik.

Birinchidan, yangi kiyim kiyardik, ikkinchidan, shahar sayliga chiqardik. Ana odam, mana odam.

Kimlardir gerdayib paradning oldingi qatorlarida borardi.

Kimlardir oxirgi qatorda va oldingilarga havas bilan qarab o’sha tomonga talpinardi.

Paradning ikki tomoniga avtobus va yuk mashinalari terilgan. Xotin-xalaj, bola-chaqa ularning ustiga chiqib olishgan. Continue reading

Tajribaga tayanib

uzbek_english_dictionaryTil mutloq mustaqil, bo’ysunmas, tirik jondir

SAVOL: O’zbek tili buzilib ketmoqda, nega oldini olmaysizlar? (O’zbek).

JAVOB: Bu gapingiz yoqmadi. Til binomidiki yoki qizmidiki, buzilib ketsin?!

Til dunyodagi eng mustaqil kuchdir. Unga qorovulning, yo’l ko’rsatadigan mirshabning keragi yo’q. Chunki har qanday qurolli qorovulning ham kuchi yetmaydi unga. Hatto dunyodagi manaman degan diktatorlar hammaga va hamma narsaga zug’um qilishlari mumkin, lekin tilga qolganda kuchlari yetmaydi.

Keyingi o’n yil ichida AQShda tilshunoslik borasida beshta kitobga mualliflik yoki hammualliflik qildim. Shu jarayonda nafaqat o’zbek tiliga oid, yana bir necha tildagi kitoblarni mutolaa qilishga to’g’ri keldi.

Hozir o’zbek tilida ro’yxatga olinmagan so’zlar lug’ati ustida ishlayaman. Ana shularning hammasidan olgan xulosam shu bo’ldiki, tilga kirib kelayotgan yangi so’zlardan cho’chimaslik kerak. Ularni to’xtataman deb o’ylash to’r yoyib daryoning yo’lini to’saman, degan kabi gap. Ya’ni til tilga til tegizgan bilan hisoblashmaydi. Continue reading

Savol-Javob

qovunVatan xoinlari

SAVOL: Bahsda jim qolgan paytlaringiz ham bo’ladimi? (Umid).

JAVOB: Bir latifanamo voqeani aytib beray, o’zingiz xulosaq iling.

Muxolifatchi mehmondorchilikda O’zbekistondan endi kelgan yigitcha bilan tanishib qoldi.

-Qachon keldingiz?-deya uni savolga tutdi.

-Kecha.

-U yoqda ahvol qanaqa?

-Zo’r!

-Zo’r bo’lsa, bu yerlarda nima qilib yuribsiz?

-O’qishga keldim. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

maddoh1Kulgi

SAVOL:Biz bahsni chiroyli boshlab, chiroyli tugata olmay bir-birimiz bilan dushmanga aylanib ketamiz. Bahsning nuqtasi… O’zim ham tushunmadim savolimni, shunday emasmi?

JAVOB: Amerikada yashayotgan muxolifatchi O’zbekistondan kelgan siyosatdon mehmon bilan bahslashib qoldi. O’zbekistonlik tinmay Amerikani yomonlasa, Amerikada yashaydigan muxolifatchi esa O’zbekistonni tanqid qilardi.

-Siz haqiqiy demokratiya O’zbekistonda deyapsiz, birorta misol bilan fikringizni mustahkamlay olasizmi?-deb so’radi mezbon mehmonidan.

-Kerak bo’lsa mingta misol keltirishim mumkin.

-Mingtani bunchalik uzoq yo’lga keltirish oson ish emas. Keltirganingiz bitta-ikkita misol bo’lsa ham etarlik.

-Mana qarang, Amerikani demokratiya qal’asi deyishadi. Lekin demokratiya nima? Bu erkinlik degani. Amerika esa erkinliklarni cheklaydi. Hatto prezident etib saylangan odamning ham erkinliklari cheklangan bo’ladi. Continue reading

Kaftdagi dunyo

New Yorkda  ko'cha bayrami.

New Yorkda ko’cha bayrami.

Sog’inch

SAVOL: Chanqoqni choy bosadi, lekin sog’inchni qanday qanoatlantiramiz? (Ulug’bek).

JAVOB: Bir kun boshqa mamlakatda istiqomat qiladigan tanishim mehmonga keldi. U bilan bir necha kun dardlashdik. Mehmondorchilik ham qariy boshladi. Ketar chog’i unga:

-Sizni o’zbeklar ochgan va menga yoqqan bir “Choyxona”-restoranga olib bormoqchiman,-dedim.

Mehmon nima desin? “Uyimda yeganim o’zbek taomlari, sizning uyingizda ham aynisi, yana meni o’zbek restoraniga olib borasizmi?” desinmi? Bunday paytda bir nima deyish mushkul, mezbonning ko’ngliga qaraladi. U indamay rozi bo’ldi.

Yo’lga tushdik. Koshki yaqin bo’lsa? Yo’l yursak ham mo’l yurib, bir necha soat deganda boshqa bir shaharga yetib keldik. Continue reading

Savol-Javob

mashinalarTezlik

SAVOL: Amerikada mashinalarni juda tez haydashadi deb eshitaman, shu to’g’rimi? (Ravshan).

JAVOB: Biz Amerikaga kelganda dastlab Oregon shtatiga qo’ngandik. Havosi toza go’shalardan biri. Odamlari ham juda samimiy.

Oregonning eng katta shaharlaridan biri Portlanddir. Bu shaharda uruslar juda ko’p. Ular shaharni “Kichkina Rossiya” ham deb atashadi.

Ruslar bor joyda qoidabuzarlik, qonunlarni pisand qilmaslik avjiga chiqadi. Ular Rossiyani qay ahvolga tushirgan bo’lsalar, bu yerda ham qaerda yashasalar o’sha yerda “hunar”” ko’rsatadilar. Continue reading

Hayot maktabi

Bahs

SAVOL: Amerikdaliklar bilan ham turli mavzularda bahs qilib turasizlarmi? (Sharof).

JAVOB: Amerikada sauna xuddi o’zimizning choyxonadek gap. Ertadan kechgacha gurung. Qo’shilgan qo’shilaveradi, ketgan ketaveradi. Aksariyat odam bir-birini taniydi.
Kecha Suna tirband edi. Ular arab mamlakatlaridagi voqealarni bahslashayotgan ekanlar.

-Buni SRU qilmoqda,-derdi bittasi va buni asoslashga urinardi. Uni taniyman. Asli eronlik. Yoshligida bo’yniga pichoq solishgan. Yarim jon bo’lib qolgan. “Saunaga kelmasam og’riq meni yeydi” deydi u ikki gapning birida.

-Agar bu ishlarni SRU qilayotgan bo’lsa, nega “Bu tashkilot Misrdagi voqealardan orqada qoldi?” deb tanqid ostiga olishmoqda? -Bu savolni bergan kishi asli hindistonlik. Uni bir ko’rishda qaerdan ekanligini bilmaysiz. Chunki oqvoy. Yuz tuzilishi esa o’zbekka o’xshab ketadi. U har qanday bahsning “onasini ko’rsatadi”. Continue reading