O’zgarmagan mavzular

maddoh1Kulgi

SAVOL:Biz bahsni chiroyli boshlab, chiroyli tugata olmay bir-birimiz bilan dushmanga aylanib ketamiz. Bahsning nuqtasi… O’zim ham tushunmadim savolimni, shunday emasmi?

JAVOB: Amerikada yashayotgan muxolifatchi O’zbekistondan kelgan siyosatdon mehmon bilan bahslashib qoldi. O’zbekistonlik tinmay Amerikani yomonlasa, Amerikada yashaydigan muxolifatchi esa O’zbekistonni tanqid qilardi.

-Siz haqiqiy demokratiya O’zbekistonda deyapsiz, birorta misol bilan fikringizni mustahkamlay olasizmi?-deb so’radi mezbon mehmonidan.

-Kerak bo’lsa mingta misol keltirishim mumkin.

-Mingtani bunchalik uzoq yo’lga keltirish oson ish emas. Keltirganingiz bitta-ikkita misol bo’lsa ham etarlik.

-Mana qarang, Amerikani demokratiya qal’asi deyishadi. Lekin demokratiya nima? Bu erkinlik degani. Amerika esa erkinliklarni cheklaydi. Hatto prezident etib saylangan odamning ham erkinliklari cheklangan bo’ladi.

-Masalan?

-Masalan, u ikki martadan ortiq saylana olmaydi. Bu axir insonning huquqlarini cheklab qo’yish emasmi?

-Bu konstitutsiyaviy talab…

-Nima, Konstitutsiya osmondan tushganmi? Uni ham odamlar yozishgan. Xo’p, agar xalq birovni qayta-qayta saylasa, nega unga qarshilik qilish kerak? Agar ko’pchilik istasa, u imkoni qadar prezident bo’la olish huquqini o’zida saqlashi kerak? Mana O’zbekistonda bunday cheklov, inson bolasini bunday kamsitish yo’q!

Mehmon shunday dedi-yu o’zini tutolmay kulib yubordi. Bu kulgi bahsga chiroyli nuqta edi.

Jahongir Muhammad
10 fevral, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

One Response

  1. Karimovni mustaqillik maydonida,o’zini turnalariga osishadi desangiz-chi,nega jazosiz qolar ekan??

    Shohi darvesh.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: