Ufqdagi kunlar

navruzSherzod va Nodir

SAVOL: Bugungi yoshlar degan mavzuni davom ettira olasizmi?(O’tkir).

JAVOB: Martin Buren(Martin Buren), Uilyam Harrison(William Harrison), Millard Filmor(Millard Fillmore), Uilyam Taft(William Taft), Uarren Harding(Warren Harding), Chester Artur(Chester Arthur)…

Bularning kimligini bilasizmi? Bilmasangiz xafa bo’lmang, chunki ularning kimligini oddiy amerikaliklarning ko’pchiligi ham bilmaydi. Vaholanki, ular Amerikada prezidentlik qilgan 44 kishidan ba’zilari.

Amerikalik odamlar eslamaydigan bu odamlarni nega gapirib qolganimga ajablanayotgan bo’lsangiz kerak. Chunki ularni men ham bilmasdim.

Dushanba kuni Amerikada Prezidentlar kuni edi. Bu umummilliy bayram. Ishga bormadik. Ammo shu bayram bahonasidagi bir yig’inga bordim. U yerda ham ularni eslashmadi. O’sha biz otlarini eshitaverib bilib qolganlarimizni xotirlashdi.
Qolganlarning Amerika tarixida xizmatlari kam bo’lganki, eslashmaydi ham.

Shu yerda ikki o’zbek yigiti bilan tanishdim. Sherzod va Nodir. Ular Toshkentda oliygohni bitirib, AQShda ilmlarini davom ettirishayotgan ekan. O’zbekcha gapirayotganlari diqqatimni tortib, gaplashib qoldik. Cho’chitmaslik uchun o’zimni tanitmay turdim. Tanaffusda birga choy ichib, suhbat qurdik. Continue reading