Savol-Javob

Bermuda_uchburchagi_2013 May   (34)Xorijdagilar

SAVOL׃ Chet elga chiqqan o’zbeklar haqida ko’p yozgansiz. Ularning Vatanga qaytish istaklari haqida ham yozganlaringizdan o’qiganmiz. Xorijdagi o’zbeklarning yaqin kelajakda Vatanga qaytish imkonlari bor deb o’ylaysizmi? Bor bo’lsa qachon va qay sharoitda? Yo’q bo’lsa, ularni nima kutadi? Bular sotsiologik muammolardir. Lekin bu masalada fikringizni aytsangiz. (Abror).

JAVOB׃ Ilgari bir javobda o’zbeklarning chetga ketish sabablarini alohida solgandim. Aslida ko’p narsa o’sha chiqib ketish sabablari bilan bog’liq. Lekin modomiki chetda ekanmiz, bugunga qadar bosib o’tilgan yo’lga nazar solib, kelajakni taxmin qilish, bashorat emas, taxmin qilish mumkin. Continue reading

Savol-Javob

barmoqXalq aybdor emas!

SAVOL: Xalqimiz nega buncha tebranmas bo’lib qoldi? (ISMSIZ).

JAVOB: Bundan bir necha yil oldin diktatura fitrati haqida yozganimda, bu rejim beradigan “mahsulot”lardan biri xalqni loqayd etishi va jamiyatni ma’nan buzishi ekanligini aytgandim. Nazarimda shu nuqtaga kelganga o’xshaymiz. Ya’ni diktatura o’z maqsadiga erishgani bugungi chiqishlarda ham ko’zga tashlanmoqda.

Bunday sharoitda mirshabdan boshlab o’qituvchiga, hokimiyat idorasidagi xodimdan boshlab mamlakat ichidagi rejim muxolifiga qadar hammadan bir nuqs topish qiyin emas. Ularni befarqlikda yoki ma’nan buzilganlikda ayblash ham oson.

Rejimni o’zgartirib berishi kerak deya butun xalqni ayblash o’zimiz ham diktaturaning qarmog’iga ilina boshlaganimizdan darak bo’ladi. Continue reading

Zehniyat jumboqlari

Suratda: Abdulqosim Mamarasulov va Jahongir Mamatov(2014)

Suratda: Abdulqosim Mamarasulov va Jahongir Mamatov(2014)

Navoiyni tushunamizmi?

SAVOL: Alisher Navoiy asarlarini o’qisangiz tushunasizmi?(Rohila).

JAVOB: Agar rahmatli Porso Shamsievning “Navoiy asarlari lug’ati” yonimda bo’lsa, albatta tushunaman. Bo’lmasa, qiynalaman va so’zlarni ma’nosiga qarab taxmin qilib, o’zimni o’tdan suvga uraman.

Darvoqe, o’sha lug’at G’afur G’ulom nashriyotida chop etilgan bo’lib, qariyb sakkiz yuz sahifadan iborat va yigirma ming atrofida so’zu iboralarni o’z ichiga olgan. Kitob o’sha paytda (1972) o’n ming nusxa nashr etilganini eslasak, demak O’zbekistonda o’n ming odam Navoiyni u yozgan tilda bemalol tushuna oladi. Darvoqe, mukammal tushunmoqni istaganlarning esa arab alifbosida o’qishni bilishlari ham shart.

Shuning uchun ham biz-ko’pchilik Alisher Navoiyni bugungacha boshqalar orqali bildik va o’rgandik.

Dastlab Navoiy asarlari 16-asr boshlarida madrasalarda o’qitila boshlangan va u paytdagilar uni bizdan ancha va ancha yaxshi tushunganlar. Continue reading

Savol-Javob

kitobDushmanlar haqida

SAVOL׃ Kuzatishlarimga ko’ra sizga dushmanlik qilayotganlar ham bor ekan. Bu dunyoda dushmansiz odam bormikan o’zi? (Farida).

JAVOB׃ Bilasizmi, qadimda bir zolim shoh bo’lgan ekan. Uning davrida daryolarda qon oqar, qamchilardan jon uzilar ekan… U shunchalar zolim ekan-ki, biror kishi ham unga bu qilmishlari yaxshi emasligini aytolmas ekan. Shunday kunlarning birida Hotamtoyning yo’li uning o’lkasiga tushibdi. Xalqning azob uqubatlaridan larzaga tushgan Hotamtoy saroyga qarab yo’l olibdi va shohni odillikka chorlabdi.

Shunda shoh׃

-Sen xalqimni tanimas ekansan, uning yettidan etmish yashariga qadar meni do’st deb biladi. Sen begonasan, seni dushman deb biladi. Ishonmasang ana Devonbegi bilan xalq huzuriga chiqinglar,-debdi. Continue reading

Savollarga javoblar

savollarSiyosat juda murakkab o’yin

SAVOL: Amerika boshchiligida Yevropa davlatlarining bosh maqsadi islomga/islom davlatlarining birlashmasligiga qaratilgan. Islomni o’zlariga eng katta xavf deb bilishadi. Olib borayotgan urush siyosati ortida faqatgina o’z manfaatlari yotadi (neft, resurslar, strategik joylashuv). Va o’zida yadro qurollar bo’la turib, boshqalarning ichki siyosatiga aralashishini qanday tushuntirasiz. Patriotizmni chetga surib, haqqoniy javob bersangiz. Xitoyning bir maromda, ishonch bilan rivojlanishini hisobga olsak, tez orada dunyoga o’z so’zini o’tkazishi ehtimoli qanchalik. (Shavkat Muhammad).

JAVOB: Bitta savol ichiga beshta savolni “zip”laganingiz uchun “davnlod” qilgandan keyin ularni ”open”lashtirib, alohida fayllarga bo’lib, muxtsar (Aks taqdirda bu masalalarga javob bitta kitobga ham sig’maydi) javob qilmoqchiman. Continue reading

Savol-Javob

savollarInsoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi

SAVOL׃ Demokratiya ko’zbo’yamachilik, o’g’rilik. Men kommunistik partiyani, ya’ni sotsializmni yoqlayman. G’arb demokratiyasining bosh maqsadi dunyoni qo’lga olish, tinchlikka barham berish. Shumi siz aytayotgan demokratiya? Vetnam, Afg’oniston, Iroq bu davlatlar tinch aholisi o’sha demokratiya qo’l ostidagi xunrezliklar emasmi?(Nazokat).

JAVOB׃ Demokratiya yomon desak, sotsializm dunyoga nima qilib berdi? Kuba jannatmi? Venesuelada erkinlik bormi? SSSR yashab turibdimi?

Inson zoti mukammal bo’lmaganidek demokratiya ham mukammal emas. Lekin bugungacha dunyo sinab ko’rgan tuzumlar orasidagi eng yaxshisi shu. Boshqacha aytganda yomonlarning yaxshisi.

Insoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi. Laq-laq gapdan nariga o’tilgan emas. Continue reading

Matbuot masalalari

turkgazetaO’zbek jurnalistlari orasida o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p

SAVOL׃ Savolimga javobingiz bilan o’zbeklar orasida erkin yozadigan mustaqil jurnalist yo’q demoqchimisiz?(Komil).

JAVOB׃ Aksincha, o’zbeklar orasida fikrini erkin ayta oladigan jur’atga sohib jurnalistlar anchagina. Karimov rejimiga muxolif kuchlarning aksariyatini ham jurnalistlar tashkil qiladi.

Siz mustaqil jurnalist bilan fikrini erkin ayta oladigan jurnalist orasidagi farqni bilib olishingiz kerak.

Oldingi javobda inson zotining deyarli mustaqil emasligi haqidagi falsafani tushuntirishga uringandim.

Inson tug’ilarkan mustaqil emas, u qaysi bir dinga mansub bo’lib tug’iladi. Continue reading

Matbuot masalalari

jm_2014-05Mustaqil jurnalistikaning o’zi yo’q

SAVOL: Kimlarni mustaqil jurnalistlar deb ayta olasiz va qaysi nashrlar mustaqildir?(Komil).

JAVOB: Jurnalistika hech qachon mustaqil bo’lmagan.

Chunki insoniyatning qariyb hammasi mustaqillikdan ko’ra tobelika moyildir.

Bu uning fitratiga jo etilgan tuyg’u.

Juda oz odamlar borki, ular tobe emas, balki boshqaruvchilardir.

Lekin ular ham baribir o’z yaratuvchisiga, qandaydir mafkuraga, qandaydir kuchga bo’ysunadilar.

Biror bir dinga mansub shaxslar yoki guruhlar tomonidan boshqariladigan jurnalistika hech qachon o’sha dinga qarshi bosh ko’tarmaydi.

Biror mafkuraga oid jurnalistika hech qachon boshqa mafkurani qo’llamaydi. Continue reading

Savol-javoblar

savollar“Do’zax” va “pulisirot”

SAVOL: Dunyoni haqiqatdan ham fikrlar o’zgartiradi, mana sovuq urush davrini(1945-1991) olaylik ikki bipolyar tizim, mafkuraviy-siyosiy, harbiy- strategik jihatdan o’z ta’sir zonasiga aylantirishga uringani, ularning qarama-qarshiliklari nihoyasi o’laroq, (garchi hozir ham davom etayotgan bo’lsada) Padarla’nat ittifoqda(CCCR) M.S Gorbachev boshliq bir guruh haromxo’rlarning “oshkoralik” haqidagi “fikrlari” AQSh prezidenti ta’biri bilan aytganda “YOVUZLIK IMPERIYASI”ning oshkoralikning ilk nafasidanoq jahannamga ravona bo’lganligi bir misoldir. O’sha davr “hikoyalari” esa sizning kitoblaringizda…

Voqealar esa teskarisiga ketdi…

“Xo’sh biz yashayayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Jahonda yuz bergan, berayotgan, dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik?”(shu haqda mulohazalaringiz) bular haqida TO’G’RI mulohaza yuritish haqiqatdan ham muhimdir. Shunday emasmi? Continue reading

Savol-Javob

iakvaqubghin7Mavjud tarixning in’ikosi

SAVOL: Nega “Quvg’in”ni tarixiy roman deb atagansiz?(Erkin).

JAVOB: Aslida “roman” so’zining adabiyotga kirib kelishi “tarixni xalq tilida ifodalab berish” anglami bilan bog’liq.

Lekin keyinchalik bu anglam romantik, sevgi-muhabbat ustun bo’lgan asarlar va tarixiy-voqelikka tayangan ikki yo’nalishga ayrildi.

Tarixiy romanlar tufayli biz bugun dunyoda yo salbiy yoki ijobiy iz qoldirgan son-sanoqsiz sarkardalar, siyosiy liderlar va dong’i chiqqan shaxslar, urushlar silsilasi haqida tasavvurga egamiz.

Badiiy romanda deyarli hamma narsa to’qima atrofiga quriladi. Hatto voqelik ham to’qima uchun xizmat qiladi. Continue reading

Savolga javob

savollarQayta yozmaysizmi?

SAVOL: Nima bo’lganda ham “Quvg’in” Karimov hukmdorligi paytida uning qilmishlarini ochib tashlagan ilk asardir. Shundan keyin ham shu mavzuda ko’p narsalar yozildi. Shu yozilgan narsalar sizga kitobni qayta yozish kerak degan fikrni bermadimi?(Ahmad Sobirov).

JAVOB: Yo’q. Aytganingizdek, keyingi yillarda ko’p yozildi va hali yana ko’p va xo’p yoziladi. Lekin shu narsa diqqatga sazovorki, bugunga qadar yozilayotganlarda “Quvg’in”, “Assassin” tarixiy va “IAK” avtobiografik romanlarining ta’sirini aniq ko’rib turibman. “Quvg’in”ning ba’zi nuqtalarida voqelikni kengroq ochish uchun to’qimaga ham o’rin berilgan. Continue reading

Savol-Javob

kitob“Quvg’in” dagi Mirtemir kim?

SAVOL: “Quvg’in”dagi Mirtemir o’zingiz bo’lsangiz kerak. Nega uni buncha maqtab yuborgansiz, ya’ni o’zingiz o’zingizni?(Nodirbek Latipov).

JAVOB: Avvalo shuni aytishim kerakki, “Quvg’in”da badiiy romanchilikdagi ijobiy va salbiy qahramon degan eski usul asosida yo’lga chiqilgan. Bundan 17 yil oldin bugungi qarashlarimda bo’lganimda boshqacha yo’l tutgan bo’lardim.

Islom Karimov tarixda mavjud shaxs, hayotda bo’lgani kabi romanda ham u salbiy qahramon, Mirtemir esa tarixda bor bo’lgan shaxslarning umumlashtirilgan va davr uchun xos bo’lgan obrazidir. Continue reading

Eskiyu eskirmas gaplar

savollar“Arabning o’ligi…”

SAVOL: Arabning o’ligi…? Bu yog’ini davom ettirsangiz. Rahmat. (Faxriddin).

JAVOB: O’zbek tilida asrlardan buyon yashayotgan “Arabning o’ligi…” degan gap bor. Bu iborani turli holatlarda qo’llanishgan.

Masalan, “Arabning o’ligidek og’ir” yoki “Arabning o’ligi ekansanku?” va hokazo.

Endi buni “Arabning o’ligidek qimmat” deb ham ishlatsa bo’ladi. Chunki Liviyani 40 yildan oshiq boshqargan qattol Mummar Qaddafiyning o’ligi nafaqat Amerika va Avropaga balki arablarning o’ziga ham juda qimmatga tushdi.

G’arb jaraq-jaraq millionlarini bu mamlakatdagi neft hisobiga chiqarib olishi mumkin. Lekin arablarning o’zlari yo’qotganlarini hech qachon qaytarib ololmaydilar.

Xarobazorga aylangan Liviyani tiklash mumkin. Ammo bu 6-7 oylik urushda o’lgan son-sanoqsiz insonlarning hayoti ortga qaytmaydi. Continue reading

O’ylab ko’radigan gaplar

soyaMansab va manfaat

SAVOL: Dunyoda maxsus xizmatlarsiz hayot bo’lmaydimi?(Aziz).

JAVOB: Dunyo dunyo bo’libdiki, davlat degan tuzilma paydo bo’libdiki, Maxsus xizmatlar mavjud. Bu tabiiy hol va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Ular haqida juda ko’p kitoblar yozilgan, filmlar yaratilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Dunyo sirlariga qiziquvchi sifatida shularga nazar solarkanman, barcha Maxsus xizmatlarning yozilmagan uchta qonuniyati borligini ko’rdim.

1. Sotqinlarni quritadilar

Kimdir Maxsus xizmatlarda ishlab, keyin safdosharini boshqa mamlakatga sotsa, har qanday yo’lini topib undan qutiladilar. Bu asrlardir ming karra isbotini topgan haqiqat.

Bunga Kleopatra va Sezar zamonidan Karimov va Putin davriga qadar minglab misollar keltirish mumkin. Bunday holatda sotqinni yo zaharlashgan, yoki otishgan yo bo’lmasa boshqa bir yo’lini qilib o’ldirishgan.

Bu Maxsus xizmatning maxsusligini saqlab qolish, u yerda ishlaganlarni qo’rqitish, ularning vatanparvarligini kafolatlash uchun qilingan va hozir ham davom etmoqda. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

iakYana Karimov haqida

SAVOL: Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi aniq emasmi?(Doniyor).

JAVOB: Keyingi yillarda Islom Karimovning “jigargo’shasi” Shavkat Mirziyoev haqida ancha-buncha narsa yozildi. Kimdir u “ota”sining vorisi, desa, kimdir uni Karimov yaqin orada eski “tuz”lar yoniga jo’natadi deydi.

Bu masalada o’n soat o’n joydan ihtiboslar keltirib, ostiga adabiyotlar ro’yxatini ilova qilib, o’n xil xulosani qalashtirib tashlash ham mumkin. Zero bitta xulosaga borib bo’lmasligi haqida hammaning ishonchi butun. Continue reading

Savol-Javob

savollarKim kimga va qachon qo’shilishi mumkin?

SAVOL: O’zbekistonda xalq oyoqqa tursa kuchishlatar idoralarining rahbarlari xalq tomoniga o’tishi mumkinmi? Kim kimga qachon qo’shilishi mumkin?(Hakim).

JAVOB: Xuddi shunday savollar 2005 yilning boshlarida ham ko’p marotaba yangragan. Andijonda 13-mayda yuz bergan qonli voqealardan bir hafta oldin bunday savolga “Ozodlik” radiosi orqali ”Agar “inqilob qilaman” deb ming odam chiqsa, Karimov ming odamni ottiradi!” deb javob qilgandim. Shunday bo’ldi ham. Hozir ham javobim ayni. Chunki Karimovning mentaliteti o’zgarmagan. O’shanda ham kuchishlatar idoralari rahbarlari xalq tomoniga o’tmagan, bugun ham o’tmaydi. Nega? Continue reading

Zehniyatga nazar

kitobSilovsin

Bir kun “Hayvonot olami” dasturida silovsin haqida qiziqarli dasturni ko’rdim.

Rahmatli amakim xo’p dono inson ekanlar, oradan 20-30 yil o’tib ham u kishining atrofdagi voqealar haqidagi gaplari tez-tez yodimga tushadi.

Mana shu silovsin haqidagi dasturdan keyin ham u kishining gaplarini esladim. Har ikki gapdan so’ng “Alhamdulliloh” deb o’z musulmonligini pesh qiladigan, Allohning nomini aytib, keyin yolg’onlarni qalashtirib, orqasidan, “Adashgan bo’lsam o’zing kechir, inson adashguvchidir” deb qo’yguvchi bir kishini “Silovsin” der edilar.

-U ilgari g’irt araqxo’r edi, mansab desa onasini, aka-ukasini ham sotardi, Gorbachev shamoli tufayli davr kelib qoldiyu bir dumalab musulmon bo’ldi, agar yana boshqa davr kelsa, u boshqa narsasini ham sotib, o’sha davrga moslanadi, bunday odamlarni ajratish mushkul emas, Xudoyim bunday silovsinlarni tanib olish uchun o’z ishoratlarini beradi,-degandilar.

Silovsin-mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich. Continue reading

Savol-Javob

jm_2014-05Mantiq qidirib…

SAVOL: Demokratiya degani shumi? Saylanmagan qirollikka qullquq qilishmoqda…(Sayfi).

JAVOB: Aqlli odamlar ahmoq bo’ladilar degim kelayati. Ja, qiziq-a? Ham aqlli bo’lsa, tag’in ahmoq ham bo’lsa? Qani mantiq depyasizmi?

Bir masalada mantiq topolmaganim uchun oxiri shunday demoqchiman-da.

Demokratiya degan boshqaruvni – ya’ni xalq boshqaruvini qurgan g’arbliklar ikki gapning birida sharqlik “Doda”larning hashamatli saroylari va bu saroylardagi dabdabalar ustidan kulishadi. Haqiqatdan ham kulgili va ayanchli hol. Bunga gap yo’q. Lekin hokimiyat xalqniki degan gapni o’ylab topgan bu aqlli boshlar kuppa-kunduz kuni saroyning ostonasiga sajda qilishlariga tushuna olmayman.

Mana necha kundirki, tinmay Britaniya shahzodasi Vilyamning uylanishi haqida gap yuritishmoqda. Qaylig’i Keyt Middltondan tortib, u hali tug’magan bolaga qadar muhokama mavzusi. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

kitobQochish

SAVOL: Har qancha G’arbni yomonlasak ham qochish yo’nalishi hali ham Sharqdan G’arbga qarab…Nega? (A’zam).

JAVOB: Demakki, o’ylab ko’radigan ko’p narsalar bor.

Qarang, G’arbda qanday yangiliklar bo’lsa, biz tomonlarda shuning aksini qilishga urinishadi.

Hatto “G’arb demokratiyasiga” zid – ”Sharq demokratiyasi” kabi. Bunaqa misollar juda ko’p.

Hammasini sanab, boshingizni qotirib o’tirmayinda, eng so’nggisi haqidagi gapimni aytib qo’ya qolayin. Qolganini o’zingiz tushunib olasiz.

Ma’lumki, qamoqdan yer osti yo’li kovlab, tashqariga chiqib qochish haqida G’arbda yuzlab kitoblar yozilgan, minglab filmlar olingan. Hammasi ichkarida o’tirgan “dono”lar qochishning hech kimning xayoliga kelmagan turlarini topishgani haqida. Mana Sharq bunga ham ziddini topdi. Continue reading

Zehniyat chorrahasida

savollarGuruhlar

SAVOL: Xorijdagi o’zbeklar qachon birlashadi? (Qobil).

JAVOB: Million marta takrorlangan savol bu…

Bugun xorijda yashayotgan o’zbeklar va ularning mamlakatda qolgan tarafdorlari bir necha guruhga bo’lingan:

1.Islom Karimovga, shaxs diktaturasiga ashaddiy qarshi bo’lgan ozchilik guruhi. Bular hamma yomonliklar bevosita diktatorning shaxsi bilan bog’liq degan fikrga juda qattiq ishonadilar va boshqa fikrdagilar bilan kelisha olmaydilar.

2.O’zbekistondagi rejimning Karimovdan tortib, ko’cha mirshabiga qadar barcha mulozimlariga qarshi bo’lganlar. Bular o’zlarining orasida bitta vazirlikni boshqaradigan odam bo’lmasa ham bugun rejimga xizmat qilayotgan hammani ag’darish tarafdori.

3.Hamma narsa birgina Islom Karimov bilan bog’liq emas, uning atrofidagilarga ham ko’p narsa bog’liq degan bir guruh. Ular hali diktatura nimaligini o’rganishmoqda.

4.Mavjud rejimga xizmat qilgan va qilayotganlarni maqtab, ular bilan aloqa o’rnatish orqali Karimovdan keyingi rejim paytida imtiyozni ko’zlaganlar – chuchvarani xom sanaganlar guruhi. Continue reading

Savol-Javob

kitobYemish

SAVOL: Bu ketishda Xitoy mustamlakasiga aylanib qolmaymizmi? (Abdurahmon).

JAVOB: Xitoy Tojikistonni “ishg’ol” qilib, endi O’zbekistonga kirib kelmoqda. Hudud nuqtai nazaridan bu birinchi hol emas. Uzoq tarixda Xitoy bu mintaqani bosib olib, kuchli assimilyatsiya o’tkazgani haqida ilmiy kitoblar mavjud.

Doim shunday bo’lgan – katta millatlar kichik xalqlarni “yeb” yuborishga intilishgan. Bugun ham ayni hol.

Tojiklar Urusiyatga ketgan bir paytda Tojikistonda ming-minglab xitoylik mardikorlar ishlashmoqda va ularning yerli qizlar bilan oila qurib, doimiy fuqaroga aylanayotganlari haqida xabarlar ko’p. Yaqin kelajakda tojiklar orasida xitoy ko’rinishli yangi avlod yetishib chiqishi ham turgan gap. Continue reading

O’zgarmagan mavzular

misrInqiloblar

SAVOL:Nega arab davlatlaridagi “inqiloblar” natija bermayati?(Qosim).

JAVOB:Qisqa vaqtda natija berishi ham qiyin.

Uzoq vaqtda esa hokimiyat yana diktatorlar qo’lida qolaverishi yoki qaytadan ularning qo’liga o’tishi mumkin. Nega?

Chunki bu “inqiloblar” yo tabiiy emas yoki aniq bir mafkura-maqsadga tayanmagan.

Bundan tashqari inqilob degani olma pish, og’zimga tush, degani emas. Continue reading

Rivoyat…

soyaAldanganlar

Qadim o’tgan zamonda, borsa kelmas tomonda bir qishloqqa ocharchilik oralay boshlabdi. Hovliq ismli kishi hovliqib “Buning oldini olaman” deb o’rtaga chiqibdi.

-Men sizlar uchun tegirmon quraman,-debdi u.

Hammaning ko’zidan olov chaqnab, unga ta’zim qilibdi. Bundan ruhlangan Hovliq ismini Xoliq deb o’zgartiribdi hatto.

Shunda uning qo’shnisi:

-Tegirmon qurishdan oldin bug’doy ekaylik,-debdi.

-Kallang bormi, agar tegirmon bo’lmasa bug’doyni qanday qilib unga aylantirasan?

-Tegirmon qurilguncha bug’doy boshog’ini qaynatib yo hosilini chaynab ham jon saqlash mumkin. Continue reading

Savol-Javob

savollarMuhojirlar

SAVOL: Qonunsiz yashayotgan muhojirlar haqida o’zgarish bo’ladimi? (H.H).

JAVOB: AQShning 22 nafar Senatori prezident Obamaga xat yozib, bir paytlar bu mamlakatga g’ayriqonuniy ravishda kelgan muhojirlarning farzandlarini deportatsiya qilishni to’xtatishni so’radi. AQShga qisqa muddatli viza bilan kelib, shu yerda qolib ketgan o’zbeklar orasida ham bu ketegoriyaga tushadiganlari bor.

Ilgari bu boradagi qonun loyihasi Kongressda muhokama qilingan, lekin senatdan qaytgan edi. Shuning uchun bu harakat tarafdorlari Obamadan o’z kuchini ishga solishni so’rashmoqda. Obama prezident sifatida shunday vakolatga ega. Continue reading

Maslahat o’rnida

kitobAQSh fuqarosi…

Kecha AQSh fuqaroligi borasidagi bir savolga javob yozayotib shu ishni bekor qilayapman, endi savollar yog’ilib ketadi-yov, deb o’ylagandim. Rostdan ham shunday bo’ldi.

Gapimning indallosida aytib qo’yay: yurist emasman, hamma huquqiy savollarga javob berolmayman, faqat o’zim bilganim qadar mulohaza yuritishim mumkin, hayotiy tajribam bilan o’rtoqlashishim mumkin, xolos.

Ma’lumki, AQSh da qonunlar tez-tez o’zgarib turadi va buni faqat yuristlar kuzatib boradilar.

Masalan, “Patriot Akt” nomi bilan mashhur bo’lgan qonun muhojirlar hayotiga oid juda ko’p hujjatalarga boshqa talablar qo’ygan yoki qoidalarni o’zgartirgan. Continue reading