Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (5)

bbTrashkent

Nyu York safarimni davom ettirib, “Eskijuva” nomini olgan Brayton Bichga bordim. Eskijuva bir paytlar Toshkanning “yuragi” edi. 24 soat tinmasdan “yurardi”, kecha-kunduz gupillab turardi.

Brayton Bich biznikilar urushlarsiz bosib olgan Bruklinning “jigari” ekan. Bir jigarki, serroz bo’lishiga oz qolgan. Hamma yog’i idrab to’kila boshlagan, axlatxonaga aylangan “jigar”, ustidan eskirib ketgan poezdlar taqa-taqa ezib o’tadigan “jigar”.

Samarqandliklar “Jigar jigar ast, digar digar ast” degan gapni shu joyda to’qigan bo’lishsa kerak? Hamma bir-biriga jigar, hamma biriga digar bu yerda.

Bizga nima? Ho’kiz bo’lsin sut bersin, chinor bo’lsin tut bersin.

Bitta do’konning eshigini sharaqi ochib ichkariga kirdim. Odamning olasi tugul, bolasi ham ko’rinmaydi. Xuddi maskali ninzalar hozirgina chiqib ketgandek sukunat. Birdan prilavkaning orqasida kalla ko’rindi.

-Xabaryu!-dedim.

Amriqoda hamma bir biriga yo “Xabaryu” yoki “Xavdudu” derkan.

Kalla birdan gavdaga aylandi va ishonasizmi yo’qmi, o’zbekcha javob qildi:

-Bugun hech qanaqa xabar yo’! Gazit hafatada bir chiqadi. Continue reading

Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (4)

   qizilsultonKarmanizm

Yetmish yetti yil qulog’imizga “kommunizm” so’zini var-var, tar-tar suqishdi. Bu so’z qulog’imizdan g’irillab o’tib, kallamizga in qurdi. Komyuter virusiga o’xshab kallamizdan sallamizga, sallamizdan yallamizgacha o’rab oldi. Chirmoviqning ichida qoldik. Yo’q, o’rgimchak uyasida. Lekin “bechoraga bekor-a” degandek yo’lini topib spaydermenga aylandik. Tomdan-tomga shuv etib o’tib ketamiz.

Bugun Toshkanda, ertaga Nyu Yorkda. Hammaning og’zi Atlantika okeanidek osmonga ochilib qolgan.

Bir dumalab yangi mafkura – pulni kura-kura yo’lini topdik.  Kechirasiz, topdingiz. Topag’onsiz-ku! “Kommunizm” o’rniga “karmanizm” qurdingiz, Islom ota!

Nyu York vokzalida oyoqning ustiga tayoqni qo’yib shu haqda o’ylarkanim, devorga osib qo’yilgan dilbezordan Xitoyni ko’rsatib qoldi.

Birdan Islom otaning bu mamlukot bilan tuzgan shartnomai zartnomasi yodimga tushdi. 4.5 milliard dollarlik gaz yetkazib berishimiz kerak ekan. Buni eshitgan korchalon-morchalonlar darrov Urusiyatga qo’shimcha o’n mingta “Burjuyka” zakaz qilishibdi.  Hov aqli tanqislar nega O’zbekiston aholisini buncha kam deb o’ylaysizlar? Xitoyga shuncha gazni bersa, o’n minggina xonadon begaz qoladimi? Axir butunlay O’zbekiston begaz qoladiku? Xuddi qishning qoq chillasida bo’lgani kabi. Shuning uchun shagom marsh, “Burjuyka”ni millionlab zakaz qillaring! Go’laxiy nima deb xirgoyi qilgandi? Continue reading

Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (3)

kitobGo’laxi

Aylanib-saylanib, avtobusda oyoqlarim uxlab-muxlab Nyu Yorkka yetib keldim.

Birinchi qilgan ishim mahallamizdan bu shaharga kelib, o’rnashib qolgan sinfdoshimni qidirish bo’ldi. Unga sim qoqdim. Hazillashib “Toshkandan telefon qivomman” dedim. Odatdagidek uning jag’i shalop etib tizzasiga tushdi:

-Haliyam beshinchi tramvayga osilib Toshkanda yuribsanmi? Ketmaysanmi u pivoning bo’tqasi bosgan shahardan. Mana bu yoqqa kel, mashina desang mashivotti, uy desang qalashivotti, ovqat desang achivoti, yesang oldingda, yemasang ham oldingda…

Sinfdoshim vaysab tursin, sizga nega “Toshkandan telefon qivomman” deganimning sababini aytay. Continue reading

Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (2)

soyaTAQQOS

Paqqosdan keyin taqqos deydilar. Amriqo ajabtovur-sajabtovur mamlakat ekan. Kecha mashinada ketayotsak “xumkalla odamlarga oid xabarlar”ni eshittik. Do’stim piqir-piqir, shiqir-shiqir kula boshladi. “Ingliz tilini bilmay o’l, do’stingni nazarga ilmay o’l”, dedim o’zimga o’zim.

Mana endi undan “Nimaga kuldingiz, menga ham aytib bering”, deb so’rashim kerak, unga yalinishim-salinishim kerak. Balki u baloni ham tushinmagandir? Menga o’zini ko’rsatish uchungina kulgandir?

Uni sirtmog’ida bo’g’moqchi bo’ldim. Endi savolga yutingandim, uning o’zi gap boshladi. Continue reading

Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (1)

mashinalarDO’ST

Hozir Amriqo safaridaman. Do’stimning uyidagi kompyuterdan “Facebook”dagi sahifamga kiraman, desam mezmon qarshilik qildi. Jonim halqumimga keldi. Mehmon otangdan ulug’, do’sting tog’angdan degan gap bor, nega qarshilik qilasan?

Yuziga qarab shunday deb yuborishim mumkin edi, ammo u ham ters-qo’rs odam, shartta-shurtta eshikni ochib, zahrini sochib ko’chani ko’rsatsa nima qilaman? Tilimni tishladim.

Mayli chidab turay. Uch-to’rt kun ishdan qolib, moshinasiga mindirib u yoq-bu yoqni tomosha qildirdi, restoranlarga olib bordi, yana bir-ikki kun dollarining belini sindiraylik, so’ng xayr-xo’sh, endi men bo’sh!

Ketganimdan keyin bir narsani bahona qilib, orani uzaman. O’z nomim bilan yozsam omi odamlar “tuzini yeb tuzligiga tufuribdi” deyishadi. Yo’lini topib buni yasayman.

Hali sanmi “Facebook”dagi sahifamga kirishga qarshilik qiladigan? Continue reading

Savol-Javob

Bermuda_uchburchagi_2013 May   (34)Xorijdagilar

SAVOL׃ Chet elga chiqqan o’zbeklar haqida ko’p yozgansiz. Ularning Vatanga qaytish istaklari haqida ham yozganlaringizdan o’qiganmiz. Xorijdagi o’zbeklarning yaqin kelajakda Vatanga qaytish imkonlari bor deb o’ylaysizmi? Bor bo’lsa qachon va qay sharoitda? Yo’q bo’lsa, ularni nima kutadi? Bular sotsiologik muammolardir. Lekin bu masalada fikringizni aytsangiz. (Abror).

JAVOB׃ Ilgari bir javobda o’zbeklarning chetga ketish sabablarini alohida solgandim. Aslida ko’p narsa o’sha chiqib ketish sabablari bilan bog’liq. Lekin modomiki chetda ekanmiz, bugunga qadar bosib o’tilgan yo’lga nazar solib, kelajakni taxmin qilish, bashorat emas, taxmin qilish mumkin. Continue reading

Savol-Javob

barmoqXalq aybdor emas!

SAVOL: Xalqimiz nega buncha tebranmas bo’lib qoldi? (ISMSIZ).

JAVOB: Bundan bir necha yil oldin diktatura fitrati haqida yozganimda, bu rejim beradigan “mahsulot”lardan biri xalqni loqayd etishi va jamiyatni ma’nan buzishi ekanligini aytgandim. Nazarimda shu nuqtaga kelganga o’xshaymiz. Ya’ni diktatura o’z maqsadiga erishgani bugungi chiqishlarda ham ko’zga tashlanmoqda.

Bunday sharoitda mirshabdan boshlab o’qituvchiga, hokimiyat idorasidagi xodimdan boshlab mamlakat ichidagi rejim muxolifiga qadar hammadan bir nuqs topish qiyin emas. Ularni befarqlikda yoki ma’nan buzilganlikda ayblash ham oson.

Rejimni o’zgartirib berishi kerak deya butun xalqni ayblash o’zimiz ham diktaturaning qarmog’iga ilina boshlaganimizdan darak bo’ladi. Continue reading

ЭССЕ

2013_10_12_Istanbul (5)Тангрини топиш

Кимдир қулоғимга пичирлади. Кейин тинмай нималардир деди.

Йиллар ўтди. Ўша таниш овозларга қулоқ тутдим. Кўп гапирди. Гап… гап… гап… Нимларнидир тушунтирди. “Буни қил, буни қилма”, деди. Кузатсам менга “қилма” деганларини ўзи қилар экан. Тўғриликдан гапириб ўғрилик, одобдан сўзлаб одобсизлик, ҳақдан гап очиб ҳақсизлик, диёнатга даъват этиб, диёнатсизликни кўрсатди. Золимни қоралаб ўзи ҳам золимлик қилди: алдов, ёлғон, мақтовдан ёна, ҳақ гапдан юз буриб, ноҳақликдан ёна. Изидан кетмадим. Эшитадиган қулоқларим битди. Тангрини тополмай қолдим.

Бошқасининг ҳаракатларини кузатдим. Одобли, аҳлоқли, босиқ, ибратомуз… Унга эргашгим келди. Бир куни ўзи ортда қолиб, мени олдинга ўтказиб юборди. Бунчалар саҳовтпеша ва камтар, бунчалар меҳрибон… Бир қўли кўксида, иккинчиси билан олдинни кўрсатди. Олдинда эски, осма кўприк. Қадам қўйишим билан синиб кетди. Чоҳга тушиб кетдим.. кетавердим, кетавердим, қутқазадиган йўқ. Қўлларим, оёқларим ҳаракатсиз, кўзим кўрмай қолди. Бир зум зим-зиё тубанликда муаллақ қолдим. Тангрини тополмадим. Continue reading

Zehniyat jumboqlari

Suratda: Abdulqosim Mamarasulov va Jahongir Mamatov(2014)

Suratda: Abdulqosim Mamarasulov va Jahongir Mamatov(2014)

Navoiyni tushunamizmi?

SAVOL: Alisher Navoiy asarlarini o’qisangiz tushunasizmi?(Rohila).

JAVOB: Agar rahmatli Porso Shamsievning “Navoiy asarlari lug’ati” yonimda bo’lsa, albatta tushunaman. Bo’lmasa, qiynalaman va so’zlarni ma’nosiga qarab taxmin qilib, o’zimni o’tdan suvga uraman.

Darvoqe, o’sha lug’at G’afur G’ulom nashriyotida chop etilgan bo’lib, qariyb sakkiz yuz sahifadan iborat va yigirma ming atrofida so’zu iboralarni o’z ichiga olgan. Kitob o’sha paytda (1972) o’n ming nusxa nashr etilganini eslasak, demak O’zbekistonda o’n ming odam Navoiyni u yozgan tilda bemalol tushuna oladi. Darvoqe, mukammal tushunmoqni istaganlarning esa arab alifbosida o’qishni bilishlari ham shart.

Shuning uchun ham biz-ko’pchilik Alisher Navoiyni bugungacha boshqalar orqali bildik va o’rgandik.

Dastlab Navoiy asarlari 16-asr boshlarida madrasalarda o’qitila boshlangan va u paytdagilar uni bizdan ancha va ancha yaxshi tushunganlar. Continue reading

Savol-Javob

kitobDushmanlar haqida

SAVOL׃ Kuzatishlarimga ko’ra sizga dushmanlik qilayotganlar ham bor ekan. Bu dunyoda dushmansiz odam bormikan o’zi? (Farida).

JAVOB׃ Bilasizmi, qadimda bir zolim shoh bo’lgan ekan. Uning davrida daryolarda qon oqar, qamchilardan jon uzilar ekan… U shunchalar zolim ekan-ki, biror kishi ham unga bu qilmishlari yaxshi emasligini aytolmas ekan. Shunday kunlarning birida Hotamtoyning yo’li uning o’lkasiga tushibdi. Xalqning azob uqubatlaridan larzaga tushgan Hotamtoy saroyga qarab yo’l olibdi va shohni odillikka chorlabdi.

Shunda shoh׃

-Sen xalqimni tanimas ekansan, uning yettidan etmish yashariga qadar meni do’st deb biladi. Sen begonasan, seni dushman deb biladi. Ishonmasang ana Devonbegi bilan xalq huzuriga chiqinglar,-debdi. Continue reading

Savollarga javoblar

savollarSiyosat juda murakkab o’yin

SAVOL: Amerika boshchiligida Yevropa davlatlarining bosh maqsadi islomga/islom davlatlarining birlashmasligiga qaratilgan. Islomni o’zlariga eng katta xavf deb bilishadi. Olib borayotgan urush siyosati ortida faqatgina o’z manfaatlari yotadi (neft, resurslar, strategik joylashuv). Va o’zida yadro qurollar bo’la turib, boshqalarning ichki siyosatiga aralashishini qanday tushuntirasiz. Patriotizmni chetga surib, haqqoniy javob bersangiz. Xitoyning bir maromda, ishonch bilan rivojlanishini hisobga olsak, tez orada dunyoga o’z so’zini o’tkazishi ehtimoli qanchalik. (Shavkat Muhammad).

JAVOB: Bitta savol ichiga beshta savolni “zip”laganingiz uchun “davnlod” qilgandan keyin ularni ”open”lashtirib, alohida fayllarga bo’lib, muxtsar (Aks taqdirda bu masalalarga javob bitta kitobga ham sig’maydi) javob qilmoqchiman. Continue reading

Эссе

jm_2014Пешин дуоси

Ҳар кун саҳарги дуони ишга боғлайман. Бугун эса иш йўқ. Тиловатни сайлга боғладим.

Уммоннинг бир бўғози – узанган бир “қўли”дан эсган сарин шабада “айланиб юрган” ўрмонга бош суқдим.

Бу ерда юрадиган ва югурадиганлар учун “тупроқ кўчалар”у осма кўприклар солинган.

Ҳар юз қадамда спортнинг бирор тури билан шуғулланадиган майдонча. Бу тўлайдиган солиқларининг халқнинг ўзига қайтган бир бўлакчаси.

Қуёш уммонни ялтиратиб кўриниш беришига ҳали вақт бор. Лекин одам кўп. Кимдир юришга, кимдир югуришга чиққан.

Одамлар ҳар турли. Аслан авропаликлар, африкалилар, испанлар, ҳиндлар, араблар, эронийлар, узоқ шарқликлар… хуллас, бу жойлар дунёнинг митти суврати, ҳамма халқларнинг вақилларини кўриш мумкин. Continue reading

Savol-Javob

savollarInsoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi

SAVOL׃ Demokratiya ko’zbo’yamachilik, o’g’rilik. Men kommunistik partiyani, ya’ni sotsializmni yoqlayman. G’arb demokratiyasining bosh maqsadi dunyoni qo’lga olish, tinchlikka barham berish. Shumi siz aytayotgan demokratiya? Vetnam, Afg’oniston, Iroq bu davlatlar tinch aholisi o’sha demokratiya qo’l ostidagi xunrezliklar emasmi?(Nazokat).

JAVOB׃ Demokratiya yomon desak, sotsializm dunyoga nima qilib berdi? Kuba jannatmi? Venesuelada erkinlik bormi? SSSR yashab turibdimi?

Inson zoti mukammal bo’lmaganidek demokratiya ham mukammal emas. Lekin bugungacha dunyo sinab ko’rgan tuzumlar orasidagi eng yaxshisi shu. Boshqacha aytganda yomonlarning yaxshisi.

Insoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi. Laq-laq gapdan nariga o’tilgan emas. Continue reading

21 йил олдинги гаплар

jm1993Ватан кимники?

Ушбу сатрларни Ватандан олисда, юракдан қон эмас, зардоб оқиб турган бир пайтда ёзарканман, нега чин маънода мустақил бўлолмадик деган саволдан эзиламан.

Нега Ўзбекистон мустақиллиги барбод бўлди ва золимнинг қўлига ўтиб кетди?

Нега ижтимоий-тарихий фурсат, Тангри берган имкониятдан фойдалана олмадик?

Нега Ўзбекистон халқи нима нима юз берганини сезмай қолди?

Сезганлар ҳам нега бепарво?

1990 йил 20 июнда Ўзбекистон Олий Кенгаши Мустақиллик Декларациясини қабул қилди. Аммо Ислом Каримов тўдаси бу тарихий хужжатни “бир парча қоғоз” деб туриб олди.

Орадан йил кечиб, Москвада 21 август тўнтариши юз берганда, Ислом Каримов уни қўллади. Тўнтарувчилар тез мағлуб бўлишди. Россия муаллақ ҳолда қолди. Барча жумҳуриятлар бирданига “озод” бўлдилар. Тўнтариш тафтиши бошланди. Бундан чўчиган ва боши узра айланган қора булутни сезган Каримов мустақиллик эълон қилди. Continue reading

Matbuot masalalari

turkgazetaO’zbek jurnalistlari orasida o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p

SAVOL׃ Savolimga javobingiz bilan o’zbeklar orasida erkin yozadigan mustaqil jurnalist yo’q demoqchimisiz?(Komil).

JAVOB׃ Aksincha, o’zbeklar orasida fikrini erkin ayta oladigan jur’atga sohib jurnalistlar anchagina. Karimov rejimiga muxolif kuchlarning aksariyatini ham jurnalistlar tashkil qiladi.

Siz mustaqil jurnalist bilan fikrini erkin ayta oladigan jurnalist orasidagi farqni bilib olishingiz kerak.

Oldingi javobda inson zotining deyarli mustaqil emasligi haqidagi falsafani tushuntirishga uringandim.

Inson tug’ilarkan mustaqil emas, u qaysi bir dinga mansub bo’lib tug’iladi. Continue reading

Matbuot masalalari

jm_2014-05Mustaqil jurnalistikaning o’zi yo’q

SAVOL: Kimlarni mustaqil jurnalistlar deb ayta olasiz va qaysi nashrlar mustaqildir?(Komil).

JAVOB: Jurnalistika hech qachon mustaqil bo’lmagan.

Chunki insoniyatning qariyb hammasi mustaqillikdan ko’ra tobelika moyildir.

Bu uning fitratiga jo etilgan tuyg’u.

Juda oz odamlar borki, ular tobe emas, balki boshqaruvchilardir.

Lekin ular ham baribir o’z yaratuvchisiga, qandaydir mafkuraga, qandaydir kuchga bo’ysunadilar.

Biror bir dinga mansub shaxslar yoki guruhlar tomonidan boshqariladigan jurnalistika hech qachon o’sha dinga qarshi bosh ko’tarmaydi.

Biror mafkuraga oid jurnalistika hech qachon boshqa mafkurani qo’llamaydi. Continue reading

Savol-javoblar

savollar“Do’zax” va “pulisirot”

SAVOL: Dunyoni haqiqatdan ham fikrlar o’zgartiradi, mana sovuq urush davrini(1945-1991) olaylik ikki bipolyar tizim, mafkuraviy-siyosiy, harbiy- strategik jihatdan o’z ta’sir zonasiga aylantirishga uringani, ularning qarama-qarshiliklari nihoyasi o’laroq, (garchi hozir ham davom etayotgan bo’lsada) Padarla’nat ittifoqda(CCCR) M.S Gorbachev boshliq bir guruh haromxo’rlarning “oshkoralik” haqidagi “fikrlari” AQSh prezidenti ta’biri bilan aytganda “YOVUZLIK IMPERIYASI”ning oshkoralikning ilk nafasidanoq jahannamga ravona bo’lganligi bir misoldir. O’sha davr “hikoyalari” esa sizning kitoblaringizda…

Voqealar esa teskarisiga ketdi…

“Xo’sh biz yashayayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Jahonda yuz bergan, berayotgan, dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik?”(shu haqda mulohazalaringiz) bular haqida TO’G’RI mulohaza yuritish haqiqatdan ham muhimdir. Shunday emasmi? Continue reading

3 yil oldingi taxmin va bugungi haqiqat

savollarIslom respublikasidan Putin Ittifoqiga…(?)

SAVOL: O’zbekistonda kelajakda islomiy jumhuriyat quriladimi yoki demokratik davlatmi? (Bahora).

JAVOB: O’zbekiston yaqin kelajakda islomiy jumhuriyatga aylanishi mumkinmi? Bu shunchaki savol emas, balki anchadan beri kun tartibiga tushib qolgan savoldir.

Bu savolga mumkin deb javob qilsa bo’ladi.

Hozircha bu hol odamlarni qamoqlarga tiqish yo’li bilan orqaga surilmoqda.

“Ta’sir-aks ta’sir” deydilar. Zolimlik mazkur yo’lni tobora qisqartirmoqda.

Ma’lumki, har qanday diktaturalar ag’darilgandan keyin jamiyatlarda tubdan o’zgarish qilishga intiluvchilar bo’ladi va oldingi rejimning teskarisi kabi boshqa bir tuzum barpo etishga intilinadi. Continue reading