Savollarga javoblar

U jallodning “janob”i edi

“Ozodlik”/Sarvar Usmon. “Ahmadboy” ustidan chiqarilgan hukm adolatlimi? Bu ish bo’yicha qo’lga olingan mulklaru 12 mln. dollar egalariga qaytariladimi? Serial mojarosi davomida qay tomon haqu qay tomon nohaq bo’ldi? Millat nomidan, xalq nomidan gapirishga kim haqli?

Shunday savollar atrofida bo’ldi jurnalist Jahongir Muhammad bilan bugungi suhbat.

Sarlavhaga chiqarilgan gapdagi “U” kim? Javob suhbatning oxirrog’ida.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar-jahongir-muhammad/29057135.html

fayzbog.uz

Jahongir Muhammad: Afandining tarvuzi yoki kamchilikni nega yashiramiz?

Eshitgansiz, Afandining uyiga mehmon kelganda u xotiniga “Tarvuzlar orasidan bitta eng yaxshisini tanlab, so’y!” deydi. Xotini qay birini so’yishni so’rab, bitta tarvuzni uch-to’rt marta qayta-qayta olib kelib ko’rsatadi.

Buni biz tek tarvuzni xirmon qilib ko’rsatgan xotinning donoligi, deb baholab kelganmiz. U erining so’zini erda qoldirmaslik, oilasini badavlat ko’rsatish uchun rol o’ynaydi. Eri shop mo’ylovini burab, ko’krak keradi.

Ikki aldov bir o’lim, o’zgarmasdir bu yo’lim, degandek bu xususda minglab latifalaru rivoyatlar, she’rlaru hokoyatlar mavjud. Bugunga kelib kamchilikni yashirib, o’zimizni ko’z-ko’z qilishni milliy qadriyat darajasiga chiqarib qo’ydik. Continue reading

OzodNazar

MXX raisi o’zgardi. “Idora”ning o’zi ham o’zgaradimi?

Sarvar Usmon/Ozodlik. Yoshi 73 ga kirgan odamning xizmatdan ketishi, bir qarashda, hech qanday voqea emas: keksa odamga dam berish, uni pensiyaga chiqarish mutlaqo tabiiy amaldir. Biroq Rustam Inoyatovning MXX raisi lavozimidan ketishini jamoatchilik favqulodda voqea sifatida qabul qilmoqda. Nega shunday? Bu va boshqa savollarini OzodNazar AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdi.

Ha, aytgancha, Jahongir Muhammad bilan suhbat yozib olinganidan so’ng Rustam Inoyatovning prezident ma’muriyatiga ishga o’tgani ma’lum bo’ldi.

ozodlik.org