Fayzbog.uz:

Eksklyuziv interv’yu!

Jahongir Muhammad: Qalbimiz, yuragimiz, xayolimiz O’zbekistonda

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan yurtimizda turli islohotlar ro’y bermoqda. Xususan, so’nggi paytlarda matbuotimizda erkinlik havosi uf urib kelyapti. Qo’shimchasiga, ajib zamonlarni boshdan kechiryapmiz. Misol uchun, bundan bir necha yil avval xoin va “vatanfurush” deb nom olgan bir qancha sobiq mahbuslar ozodlikka chiqarilgan bo’lsa, aksincha — yaqin vaqtgacha “yurtimiz xaloskorlari” deya e’tirof etilib kelingan bir qancha ikkiyuzlamachi “kalamushlar” esa, bir qismi ishdan olindi, boshqalari hibsda.

Bugungi saytimiz mehmoni — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, sobiq deputat Jahongir Muhammad. Ochig’ini aytadigan bo’lsak, jurnalistning Feysbukda yozib qoldirgan mana shu kichik posti bizni shu suhbatni uyushtirishga undadi: Continue reading

Savollarga javoblar

Мирзиёевнинг ҳокимлари билан Худоёрхоннинг ҳокимлари ўртасида фарқ борми?

Sarvar Usmon. “Ozodlik”. Sarlavhaga chiqarilgan savolni AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’anievning toshloqliklar sha’niga aytgan haqorati munosabati bilan berdik. Suhbatdoshimiz boshqa bir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlaridan eshitgani – bir yangilik bilan ham o’rtoqlashdi.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/28998150.html

Savollarga javoblar

“Karimovni uch-to’rtta olim aldab qo’ygan edi”

Sarvar Usmon/Ozodlik. Vatan nimayu Vatanizm nima ekanligi, fuqaroparvar bo’lib borayotgan hukumat, O’zAning o’zgarib borayotgan stilistikasiyu shoshma-shosharlikni yoqtirmaydigan til haqida gaplashdik AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan OzodNazarning bugungi sonida.

https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-ozodnazar/28978977.html

Ўзгармаган мавзулар

Ўзбекистонни ўзбекларсиз оёққа қўйиб бўлмайди

Президент Шавкат Мирзиёевга!

Ўзбекистонда янги давр бошланди. Мамлакат ичидаги ва ташқарисидаги ўзбеклар Сизга катта ишонч билдирдилар. Сайловдаги ғаланбангизни қутладилар. Ўзингиз ҳам буни ҳис этганингиз ва ишончни оқлаш учун хизмат қилишингизни айтганингиз, кўпчиликда келжакка умид уйғотди.
Аҳли некбинлар биладики, энди Сиз ўзбекнинг лидерисиз. Ўзбек дунёнинг қаерида яшамасин, юрагининг бир четида ватанини сақлайди. Сиз ана шу Ватанда бугун лидерсиз! Демак, бу катта маъсулият ва катта юкдир!
Бугун ўзбеклар дунёнинг турли бурчакларига тарқаб кетдилар. Бир томондан ёмон, иккинчи томондан яхши. Ёмонлиги улар ўз ихтиёрлари билан кетмадилар. Ҳаёт ташвишлари, қийинчиликлар, муаммолар уларни шунга мажбур қилди. Яхшилиги эса бугун Ўзбекистоннинг дунёнинг ҳамма бурчида тамсилчилари, кўнгилли элчилари бор.
Continue reading