Musht ketti

Zehniyat

Uyda otasi uradi, qo’rqqanidan hurmat qiladi;
-maktabda o’qituvchi uradi, biroq o’qituvchini ulug’laydi;
-ishxonada boshliq so’kadi, kamsitadi, tarsaki tortadi, lekin boshliqni boshiga ko’taradi;
-kattaroq mansabga minsa, undan kattaroq mansabdagidan kaltak yeydi, ammo ta’zim qiladi;
-yana kattaroq mansabga o’tirsa, eng tepadagidan musht va tepki oladi, nafaqat qulluq qiladi, hatto o’lgandan keyin uni “avliyo” deb haykaliga sig’inadi.
Mana sizga zehniyat!

***

Зеҳният

Уйда отаси уради, қўрққанидан ҳурмат қилади;
-мактабда ўқитувчи уради, бироқ ўқитувчини улуғлайди;
-ишхонада бошлиқ сўкади, камситади, тарсаки тортади, лекин бошлиқни бошига кўтаради;
-каттароқ мансабга минса, ундан каттароқ мансабдагидан калтак ейди, аммо таъзим қилади;
-яна каттароқ мансабга ўтирса, энг тепадагидан мушт ва тепки олади, нафақат қуллуқ қилади, ҳатто ўлгандан кейин уни “авлиё” деб ҳайкалига сиғинади.

Мана сизга зеҳният!

JM

Advertisements

Feysbukdagi fikrlar

Tatyana “ona” va tili

Tatyana Karimova o’lgan erining haykali ochilishida gapirarkan, faqat “o’zbek”, “o’zbek xalqiga hurmat, xizmat” deyishdan charchamadi.
O’zbekning ichida o’sgan bo’lsang, ering o’zbekni chorak asr boshqargan bo’lsa, nega o’zbekka uruscha gapirayapsan, deydigan mard yo’q?
O’zbekni hurmat qilgan bo’lsang, nega o’zbekchaga bepisand qarading?
Nega hurmat ko’rsatib, o’rganmading?
Islom Karimovning “buyukligi”ga bag’ishlangan nutqing oxirida bir jumlalik o’zbekcha mattni ham uruschalatib o’qiganing nahotki gaplaring yolg’on ekanini isbotlamagan bo’lsa?!

Continue reading

Feysbukdagi fikrlar

“O’zTVda yana rahbar almashdi”

Jurnalist bo’lish boshqa, O’zTVga rahbar bo’lish boshqa.
Buni 1991 yil O’zTVga rahbar bo’lganimning birinchi kunlaridayoq bilganman.

Matnni hijjalab o’qiydigan diktor(suxandon deyishga tilim bormadi)ni axborot bo’limiga o’tkazsam, ertalab Islom Karimov telefon qilib, “uni nega bo’shatdingiz”, deb so’roqqa tutgan.

Qo’shiqlarni fonogrammasiz, jonli tarzda beramiz, deb qaror chiqarsam, Islom Karimov telefon qilib, nega artistlarning ishiga aralashasiz deb,qarorni bekor qildirgan..

“Munosabat” degan ko’rsatuv tashkil qilib, Erkin Vohidovga “Mana sizga erkin mikrofon, dilingizdagini ayting” desam, “Odam erkin mikrofondan ham qo’rqib ketarkan” dedilar. Oradan bir oz o’tib, Islom Karimov telefon qilib, “Nega shoirni qo’rqitasiz” deb do’q urgan.

Samarqandlik muxbirning qish oldidan domlarda suv sistemasi ishlamayotgani haqidagi reportajini bersak, Islom Karimov telefon qilib, “Bunday mahalliy ahamiyatga ega narsani ko’rsatishdan maqsadingiz nima?” degan.

Hukumat Talabalar shaharchasida qon to’kkanda ko’rsatuvlarni “arrest” qildirgan va hokazo va hokazo.

Oxiri olti oy deganda Iste’fonoma yozgandim. Hozir olti oyda oltita rahbar almashmoqda. Bechora O’zTV (O’zMTRK).

Jahongir Muhammad.

Xatosiz-Xudo!

O’zbekiston matbuotida Prezident yo’l qo’yayotgan xato (“Xatosiz-Xudo”), kamchiliklarni ochiq yozayotgan, nutqlarini tanqidiy tahlil qilayotgan jurnalist bormi? Agar chiqib qolsa, iltimos, bizga ham aytinglar, bexabar qolmaylik!

***

Ўзбекистон матбуотида Президент йўл қўяётган хато (“Хатосиз Худо”), камчиликларни очиқ ёзаётган, нутқларини танқидий таҳлил қилаётган журналист борми? Агар чиқиб қолса, илтимос, бизга ҳам айтинглар, бехабар қолмайлик!

JM

Bugunning haqiqati

Ertami-kechmi, shunga kelinadi

O’zbekiston hukumatidan xorijdagilarning hammasini yoppasiga taklif qilib, oqlasin, degan talabni qo’yish mantiqsizlik ekanini tushunamiz. Xorijda yurib O’zbekistonga borolmayotgan ko’p guruhlar bor.
Masalan:
1.Rostdan ham jinoyat yo’liga kirganlar.
2.Islomiy davlat tarafdorlari.
3.Jinoiy to’dalardan uzoq bo’lgan demokratik tuzum tarafdorlari-siyosiy qochqinlar.
4.Mehnat qilaman, deb borib, turli sabablar bilan qaytolmayotganlar ва ҳоказо.

Nazarimda hukumat 3-va 4-guruhga kiruvchilarning qaytishiga rozi bo’lganga o’xshaydi. 4-guruhga kirganlar birin-ketin qaytishmoqda ham.

3-guruhdan murojaatlar ko’rib chiqilayotgandek. Lekin ularning siyosiy maydonga emas, mahalla-kuyga qaytib, tinchgina nonini yeb-oshini ashab yurishlarini istaydi. Qora ro’yxatlardan chiqarib, oqlashga ham rozi bo’lishi mumkin.

Ammo 1-2-toifaga kirganlarni maxsus nazoratda tutishi aniq. Ularga qaytish uchun yo’l ochmaydi. Siyosiy qochqinlar orasidan ham 1-2- guruhga qo’shilganlar yoki 2-guruhga xayrixohlarni nazoratdan chiqarmasa kerak.

Menimcha bugunning haqiqati mana shu. Xom xayollar esa ko’p.

Bu masalani jamoatchilik, inson huquqlari kurashchilari, hukumat vakillaridan iborat maxsus komissiya ko’rib chiqishini yil boshida taklif qilgan edik.

Ertami-kechmi shunga kelinadi. Qancha oldin harakat qilinsa, shuncha yaxshi.

JM

***
Эртами-кечми, шунга келинади!

Ўзбекистон ҳукуматидан хориждагиларнинг ҳаммасини ёппасига таклиф қилиб, оқласин, деган талабни қўйиш мантиқсизлик эканини тушунамиз. Хорижда юриб Ўзбекистонга боролмаётган кўп гуруҳлар бор.

Масалан:
1.Ростдан ҳам жиноят йўлига кирганлар.
2.Исломий давлат тарафдорлари.
3.Жиноий тўдалардан узоқ бўлган демократик тузум тарафдорлари-сиёсий қочқинлар.
4.Меҳнат қиламан, деб бориб, турли сабаблар билан қайтолмаётганлар ва ҳоказо.

Назаримда ҳукумат 3-ва 4-гуруҳга кирувчиларнинг қайтишига рози бўлганга ўхшайди. 4-гуруҳга кирганлар бирин-кетин қайтишмоқда ҳам.

3-гуруҳдан мурожаатлар кўриб чиқилаётгандек. Лекин уларнинг сиёсий майдонга эмас, маҳалла-куйга қайтиб, тинчгина нонини еб-ошини ашаб юришларини истайди. Қора рўйхатлардан чиқариб, оқлашга ҳам рози бўлиши мумкин.

Аммо 1-2-тоифага кирганларни махсус назоратда тутиши аниқ. Уларга қайтиш учун йўл очмайди. Сиёсий қочқинлар орасидан ҳам 1-2- гуруҳга қўшилганлар ёки 2-гуруҳга хайрихоҳларни назоратдан чиқармаса керак.

Менимча бугуннинг ҳақиқати мана шу. Хом хаёллар эса кўп.

Бу масалани жамоатчилик, инсон ҳуқуқлари курашчилари, ҳукумат вакилларидан иборат махсус комиссия кўриб чиқишини йил бошида таклиф қилган эдик.

Эртами-кечми шунга келинади. Қанча олдин ҳаракат қилинса, шунча яхши.

ЖМ

Mulohaza

To’ytepaning tagida

Prezident menga yaxshi muomalada bo’lgan, unvon olishimda qo’l qo’ygan, mansabga tayinlaganimda qarshilik qilmagan deb uning jinoyatlaridan ko’z yumib, umr bo’yi uni maqtab, maddohlik qilishim kerakmi?

Bu bilan uning jinoyatlariga sherik bo’lmaymanmi?

Afsuski, shunday va buni guvohi bo’ldik. Yoppasiga Sovet rahbarlarini maqtaganlar, yoppasiga Karimovni maqtashdi, endi yoppasiga Mirziyoyevni maqtashga o’tdilar.

Demak, o’zbekchilik zehniyati hali To’ytepaning tagida.
JM
***

Тўйтепанинг тагида

Президент менга яхши муомалада бўлган, унвон олишимда қўл қўйган, мансабга тайинлаганимда қаршилик қилмаган, деб унинг жиноятларидан кўз юмиб, умр бўйи уни мақтаб, маддоҳлик қилишим керакми?
Бу билан унинг жиноятларига шерик бўлмайманми?

Афсуски, шундай ва буни гувоҳи бўлдик.

Ёппасига Совет раҳбарларини мақтаганлар, ёппасига Каримовни мақташди, энди ёппасига Мирзиёевни мақташга ўтдилар.

Демак, ўзбекчилик зеҳнияти ҳали Тўйтепанинг тагида.
ЖМ

Бугуннинг гаплари

savollarАлдов анатомияси

Ўзбекистонда битта ўртамиёна амалдор қамалгани ҳақида матбуотга маълумот сиздирилса, тамом, “ура-ура” бошланиб кетади. Гап айланиб-айланиб ҳукумат тозалаш ўтказмоқда, деган алдовнинг тепасига чиқади. Одамларда умид пайдо бўлади, миш-мишлар болалайди, президент мусичаи бегуноҳ, унинг атрофидагилар юлғич-порахўрлар дейиш авж пардасига етади.

Алдашга бола яхши деган гап бор. Бу алдовчининг маҳорати билан бирга боланинг ҳам алданишга мойиллигидан, бола анатомиясидан келиб чиқади.

“Ухла, бўлмаса, алабўжи олиб кетади”.

“Ухлсанг, эртага паркка олиб бораман”.

“Жим бўл, ана аждаҳо келаяти”.

“Овозингни ўчирмасанг, мелиса чақираман”

“Хўрозқандингни чўз, туя қилиб бераман” . Continue reading