“OZODLIKNING OLOVLI YO’LLARI”

Chechen xalqining uch yuz yil davom etgan ozodlik kurashi asrimizda Javhar Dudaev nomi bilan alohida ko’zga tashlandi. Bosqinchi ruslar tarafidan vahshiylarcha o’ldirilgan Dudaevning o’z xalqining dardi, faryodi, chekkan azoblari va mujodala yo’lini anglatgan kitobi 1992 yilda Vilnyusda ana shu nom bilan nashr etilgan edi.

Chechen xalqining ruslarga qarshi mujodalasi zamirida nafakat o’zbeklarning, balki butun turk dunyosining, islom olamining ozodlik uchun kurash tuyg’ulari va orzulari ham aks etgan.

Javhar Dudaevning bu kitobi o’zbek yozuvchisi Jahongir Muhammad tarafidan turkchaga tarjima etilishi va Turkiyaning nufuzli muaassasalaridan biri Turon madaniyat fondi tarafidan nashr etilishi bizni sevintirdi.

Kitob haqida Turkiyadagi aksariyat gazetalar o’z munosabatlarini bildirdilar va bu kitob Turkiya ijodiy olamida katta voqea bo’lganini ta’kidladilar.

Shunisi e’tiborga molikki, Turkiya turkchasida “O’zgurlik qulay deyil” deb nomlangan kitob hozirga qadar ikki marta takror nashr etildi va uning butun tiraji “Kavkazliklarga yordam” qo’mitasiga xayriya o’laroq bag’ishlandi va ular tarafidan o’tkazilgan kampaniyada sotildi.

Kitobning sotilishidan kelgan mablao’ning hammasi Chechenistonda urush sharoitida qiynalib qolgan oilalarga, etim bolalarga berildi.

Kitobdan tushgan yigirma ming dollardan ko’prok mablag’ni “Kavkazliklarga yordam” kumitasi hay’ati Chechenistonga olib bordi va urush dahshatlari girdobida qolgan oilalarga nafaqat yordam puli sifatida tarqatdi, balki ularga dori-darmon hamda oilalarining mushkulini oson qilish uchun sarfladi.

Bu o’zbeklarning chechen xalqi chekayotgan azoblar qarshisida qo’l qovushtirib o’tirmaganlarining ko’plab dalillaridan faqat bittasidir.

(Harakat jurnali).

4 Responses

  1. […] Munosabat 6. Abdurahim Polatov, “Nur yo’li“ 7. “Birlik”: “Ozodlikning olovli yo’llari“ 8. Xalq deputati guvohnomasi 9. ERK partiyasi guvohnomasi 10. Prezident devoni guvohnomasi […]

  2. […] 7.”Бирлик”: “Озодликнинг оловли йўллари” […]

  3. […] preface for Jahangir Mamatov’s book, “Nur yo’li“ 7. “Birlik”: “Ozodlikning olovli yo’llari“( An article from the “Birlik” website) 8. Certificate of peoples’ deputy 9. […]

  4. […] popular movement, preface for Jahangir Mamatov’s book, “Nur yo’li“ 7. “Birlik”: “Ozodlikning olovli yo’llari“( An article from the “Birlik” website) 8. Certificate of peoples’ deputy 9. Certificate of […]

Comments are closed.