Menga ta’nalarida ”maqolacha”ngiz, deb tosh otayotganlar va holis o’quvchilarga o’zimdan emas atrofdagi menga aytayotganlarning fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib yana bir ”maqolacha”mni yo’llayman.
Jahongir Mamatovning o’zi hohlaydimi yo’qmi U muholifat liderlarining lideri. Jahongir Mamatovni maqtamoqchi emasman. Faqat uning bugun karaht yotgan muholifat lideriman deganlarni qo’zgatib uygotayotganining o’zi liderlarning lideri ekaniga isbotdir.
Buni men bugun,hozir o’ylab topib aytayotganim yo’q.Buni ko’pchilik e’tirof etmoqda. Men Jahongir Mamatov bilan yaqindan tanish emasman. Lekin ayrim igvogar, ismsiz fisqu fasodchilarga eslatib qo’ymoqchiman holos.
Jahongir Mamatov bugungi muholifatni faollashuviga ustun liderdir va u buning uddasidan chiqmoqda.
Faqat Jahongir Mamatovgina O’zbekistonda o’zgarishlar bo’lishiga etaklab boruvchi liderga to’gri yo’lni ko’rsatib bera oladigan yo’lboshchidir. Va unga ishonayotganlar safi tobora kengayib bormoqda.
Boshqalarni ham Jahongir Mamatov ko’rsatayotgan yo’lning naqadar sodda lekin puhta yo’l ekanini anglab etishlarini istar edim.
Bilaman, Jahongir Mamatov yozganlarimni o’qib biroz o’ng’aysizlanadi. Chunki uning qilgan va qilayotgan ishlariga ijobiy baho berish uchun vaqt erta,deb o’ylaydi.
Haqiqatan ham galvirni suvdan ko’tarishga erta. Faqat aytmoqchimanki siz liderlikka da’vogar bo’lmasangizda lidersiz,deb hisoblaydiganlar millionlarcha.
Nafaqat horijda balki O’zbekistonda ham Karimov yuziga qarab aytgan bir so’zingiz sizni jasur va jasoratligingiz belgisi sifatida hozirgacha bor bo’y basti bilan yaqqol ko’rinib turibdi. Biz siz bilan birgamiz.
Rizo Obid. (Manba: www.rizobek.ucoz.ru)
Filed under: E'tirof |