Мулоҳаза

hojiboytojБилвосита қурбонлар

Агар кулгидан умр узоқ бўлганда қизиқчилар энг кўп яшаган бўлардилар. Шундай дейману ёдимга раҳматли Ҳожибой Тожибоев келади. У гапираётганда деярли кулмасди, юзида қандайдир тажанглик аломатларига ўхшаш бир ҳолат бўларди.

Юз қалбнинг зоҳири. Соддалаштирадиган бўлсак, юз қалбнинг ботинида бўлган ҳолатни зоҳирга уради. Демак, Ҳожибой Тожибоевнинг қалбида доим қандайдир азоб, қандайдир дард бўлган. Шунинг учун ҳам у яйраб кула олмаган. Continue reading

Advertisements

Оддий гаплар

Ўзини топган одам ўзини йўқотиб қўйишдан қўрқади

“Адабиёт инсон тафаккурини шакллантиради ва уни ҳурликка етаклайди” дейишади. Ундай бўлса, адабиётимиз ўз вазифасини бажара олмади.

Шунинг учун ҳам адабиётимиз ундай, адабиётимиз бундай деган мақотовлардан тийилмоқ керакмикан?!

ХХХ

Kатта ҳўкизнинг йиқилиши қассобнинг белини синдириши, атрофдагиларнинг ўтакасини ёриши мумкин.

XXX

Ўзини топган одам ўзини йўқотиб қўйишдан қўрқади.

ХХХ

Мендан қўрққанлардан мен ҳам қўрқаман. Continue reading

Бугуннинг гаплари

qor-kurashГлобал совиш

Вашингтонда қишни ҳам 15 марта кўрдик. Лекин бу галгиси бошқаларига ўхшамайди. Узоқ, совуқ, қаҳратон, изғирин, қор, муз… йилнинг ярмини олди.

Ўтган йилнинг октябрида бошлаган ва бу йилнинг наврўзида ҳам битмаган.

Бугун ҳам қор қоплаган.

Казо-казолар Глобал исиш ҳақида кўп гапиришади. Ҳатто Ал Горе деганлари бу ҳақда гапиравериб Нобел мукофотини ҳам олди.

Лекин Глобал исиш ‘мас, Глобал совиш юз бермоқда. Балки глобал совишнинг номи Глобал исишдир?

Чунки бугун дунё ўзгарди: ёлғонни рост, аҳмоқни доно, золимни одил, ўғрини тўғри, ўқимишлини гостербайтер, яхшиликни ёмонлик, ёмонликни яхшилик дейдиган бўлинди… Continue reading

Suratlar tarixi

Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).

Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).

Novdalar

1990 yilning 18 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lgandi.

Demokratiya shamoli bor edi. Shuning uchun ikkinchi turga qolganlar yoki saylanolmaganlar o’rniga yangi nomzodlar chiqishi kabi hollar ham bo’lgan.  Birinchi turda muqobil asosda saylangan edim. Tanishlarimdan ikkinchi turga qolganlar yoki yangi nomzod bo’lganlar birgalikda ularning saylov okruglariga borishni so’rashardi. Yangi deputatman, hammasiga ulgurish mumkin emas. Faqat 2-3 tasiga boroldim, xolos. Shulardan biri do’stim Dadaxon Yoqubov  saylanayotgan okrug edi. Uning nomzodi Namangandan ko’rsatilgandi.

Dadaxon bilan ToshDUning jurnalistika fakultetida o’qiganimizdan beri tanish edik. Biz aslida ikki dunyoning odamlari edik. Xarakter va hayot tarzimiz bilan. Lekin bizni ruhiyatdagi yaqinlik bir-birimizga tortib turardi. Oramizda qandaydir ijodiy musobaqa ham bor edi. Continue reading

Suratlar tarixi

Суратда׃ Дадахон Ёқубов ва Жаҳонгир Маматов (1991).

Суратда׃ Дадахон Ёқубов ва Жаҳонгир Маматов

NAVRO’Z

Jurnalist Dadaxon Yoqubov bilan ijodiy hamkorligimizning cho’qqisi 1990 yilda o’tkazilgan “Navro’z telemarafoni” bo’lgandi.

Shuni aytish kerakki, o’sha kezlarda Dadaxon yoniga juda iste’dodli kishilarni to’plagan edi. Masalan, rejissyorlar Meli Mahkamov va Tamara Mahkamova o’zbek telesan’atining favqulodda talanti insonlari edilar. Meli aka juda xushmuomala, topqir, bilimli bo’lish bilan birga sodda va kishining ko’ngliga juda tez yo’la topadigan odam edi. Continue reading

Suratlar tarixi

boymirzahYo’qolgan Turkiston

O’zbekiston televideniyesiga ishga kelishim bilan bir necha yangi dasturni boshlatgandim. Shulardan biri “Turkiston” siyosiy-ommabop axborot dasturi edi. Buni oldindan orzu qilgandim. Shu yo’l bilan Turkiston xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shmoqchi edim.

Dasturni darhol yo’lga qo’yish uchun Axborot bo’limidagilarga fikrlarimni aytdim. Uni jonli ravishda uzatishni lozim topdik.

Turkiston xalqlari hayoti bilan bog’liq juda qiziq va juda dolzarb xabarlar, videotasmalar to’plandi. Ularni tartibga keltirishdi. Dastur chizmasi tayyorlanganini aytishgach, mashq variantini ko’rmoqchi bo’ldim. Continue reading

Shunchaki gaplar

Bugunning so’zi: JILMAY TUR!

O’zbekistondagi amaldorlarning xorijga chiqish erkinligi cheklanibdi!

Qoyil!

Inqiloblarda qon to’kilsa, AQSH va Avropaning diktaturalarga qarshi bittayu bitta quroli bor edi. U ham bo’lsa mansabdorlarning safarini cheklovchi sanksiyalar.

IAK buni ham ularning qo’lidan olibdi!

Balki mansabdorlar inqilob qilamiz deb qoldilaru IAK ularga sanksiya qo’ydimi? Bu endi latifa. Latifa bo’lganda ham jilmaytirmaydigan latifa! Continue reading