Fayzbog.uz:

Eksklyuziv interv’yu!

Jahongir Muhammad: Qalbimiz, yuragimiz, xayolimiz O’zbekistonda

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan yurtimizda turli islohotlar ro’y bermoqda. Xususan, so’nggi paytlarda matbuotimizda erkinlik havosi uf urib kelyapti. Qo’shimchasiga, ajib zamonlarni boshdan kechiryapmiz. Misol uchun, bundan bir necha yil avval xoin va “vatanfurush” deb nom olgan bir qancha sobiq mahbuslar ozodlikka chiqarilgan bo’lsa, aksincha — yaqin vaqtgacha “yurtimiz xaloskorlari” deya e’tirof etilib kelingan bir qancha ikkiyuzlamachi “kalamushlar” esa, bir qismi ishdan olindi, boshqalari hibsda.

Bugungi saytimiz mehmoni — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, sobiq deputat Jahongir Muhammad. Ochig’ini aytadigan bo’lsak, jurnalistning Feysbukda yozib qoldirgan mana shu kichik posti bizni shu suhbatni uyushtirishga undadi: Continue reading

“Yer ostida ilon qimirlsa ham bilaman”

 

Ozodlik radiosi/Sadriddin Ashur: OzodnazarPlus eshittirishining bugungi mehmoni AQShda yashayotgan yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan inqilob yasash kerak emas dedi. Jahongir Muhammad nazaricha, prezidentning bu majlisda aytgan gaplarining 90 foizi uning bir yillik faoliyati davrida bir necha marta aytilgan.

“Prezidentning bu chiqishidan so’ng, menda ko’pchilik go’yoki qayiqning bir tomoniga o’tib olganday taassurot uyg’otdi. Bunday holatda qayiq bir tomonga og’ib qoladi va bu xatarli”, deydi Jahongir Muhammad.

Jurnalist fikricha, prezident aytgan juda ko’p muammolar bir qo’ng’iroq bilan hal qilish mumkin bo’lgan:

“Masalan, viloyatlar orasidagi behisob postlarni Ichki ishlar vaziriga telefon qilib, “yo’qot bu postlarni” deb aytsa masala hal edi. Yoki jurnalistlar uchun maxsus universitet ochish shart emas, uning o’rniga barcha redaktorlarni yig’ib “muammolarni ochiq yozinglar” desa tamom vassalom, zo’r jurnalistlarni ana o’shanda ko’rasiz”, deydi Jahongir Muhammad.

Islom Karimov: Bu xalqning onasini…

Озодликнинг “Озод назари”да

jm_ozodlik

“Эрдўғон ўз ғурурини русларнинг оёғи остига ташлади”

2015 йилнинг 25 ноябрида турк ҳарбийлари Россиянинг Су-24 учоғини уриб туширганидан сўнг Путин билан “юз кўрмас” бўлиб кетган Эрдўғон бугунга келиб уни “дўстим”, деди. Анқара-Москва муносабатларининг яшин тезлигида ўзгариши – АҚШда яшаётган журналист Жаҳонгир Муҳаммад билан суҳбатда тилга олинган мавзулардан бири.

Суҳбатни журналист Сарвар Усмон олиб борди.

Ҳокимлар зўравонлиги

Savol-Javob

savollarRossiya va Andijon

SAVOL: Assalomu Aleykum Jahongir aka, sizga savol yozishga undagan hol shuki: Siz USA ning Jahonda yuritayotgan siyosatini muntazam yoqlab kelmoqdasiz. Hozirda UKR da yuz berayotgan hodisalarning , ya’ni vahshiylik va qonho’rliklarning asl tashkilotchisi hamda homiysi bo’lmish AQSh ni… UKR ning qonuniy Prezidenti V.Yanukovich “Maydan”chilar deb atalayotgan “Xalq namoyondalari” ga nisbatan o’z vaqtida keskin chora ko’rishga qo’li bormagani uchun (qurol ishlatmagani uchun) bugunda Jahon hamjamiyati tomonidan – “qo’rqoq, xalq hiyonatkori” deb atalmoqda, tanqid qilinmoqda. Uning qatiyatsizligimi – “odamiyligi”mi oqibatida hukumatni $ yollagan sohta hokimyat egalladi , mamlakatda – fashizm, “banderachilik” avj oldi, iqtisodiyot parokanda.. Siz fevral oyidagi yozuvlarizdan birida, – Dunyo leksikonida “MAYDAN” degan Turkiy so’z paydo bo’ldi!(uzr so’zma-so’z eslay olmadim), deb g’ururlangandingiz.. Bugunda esa Insoniyat “MAYDAN”ning asl qiyofasini anglay boshladi. Continue reading

Ўзгармаган мавзулар

iakvaqubghin2Хотира куни

САВОЛ: 9 май. Сиз бу кунни фашизм устидан қозонилган ғалаба куни деб биласизми ёки 1999 йилда эълон қилинган “Хотира ва қадрлаш куни”-ми? (Муаррих).

ЖАВОБ׃ Менимча иккинчи жаҳон уруши фашизмнинг фашизм билан тўқнашувидир. Бу Ҳитлер қиёфасидаги олмон фашизми билан Сталин бошқарувидаги славян фашизмининг ўзаро урушига дунёнинг жуда кўп мамлакатлари турли сабаблар, манфаатлар, янглишиш ва мажбур қолиш туфайли қўшилганлар.

Жумладан, Ўзбекистон ҳам СССРнинг мустамлакаси, зулмнинг қурбони сифатида қатнашган ва жуда катта талофотлар берган. Continue reading