Savol-Javob

savollarRossiya va Andijon

SAVOL: Assalomu Aleykum Jahongir aka, sizga savol yozishga undagan hol shuki: Siz USA ning Jahonda yuritayotgan siyosatini muntazam yoqlab kelmoqdasiz. Hozirda UKR da yuz berayotgan hodisalarning , ya’ni vahshiylik va qonho’rliklarning asl tashkilotchisi hamda homiysi bo’lmish AQSh ni… UKR ning qonuniy Prezidenti V.Yanukovich “Maydan”chilar deb atalayotgan “Xalq namoyondalari” ga nisbatan o’z vaqtida keskin chora ko’rishga qo’li bormagani uchun (qurol ishlatmagani uchun) bugunda Jahon hamjamiyati tomonidan – “qo’rqoq, xalq hiyonatkori” deb atalmoqda, tanqid qilinmoqda. Uning qatiyatsizligimi – “odamiyligi”mi oqibatida hukumatni $ yollagan sohta hokimyat egalladi , mamlakatda – fashizm, “banderachilik” avj oldi, iqtisodiyot parokanda.. Siz fevral oyidagi yozuvlarizdan birida, – Dunyo leksikonida “MAYDAN” degan Turkiy so’z paydo bo’ldi!(uzr so’zma-so’z eslay olmadim), deb g’ururlangandingiz.. Bugunda esa Insoniyat “MAYDAN”ning asl qiyofasini anglay boshladi.
Xullas, insoniyligini butkul yo’qotmagan kimsa borki, bunday zulm uyasini avval boshidanoq tomiri bilan yulib tashlash kerak edi , – demoqda. Sizga jazm etgan savolim uchun avvalo uzr so’rayman; – 2005 yili Andijonda AQSh yollagan va homiylik qilgan kimsalarning davlat to’ntarishiga bo’lgan urinishini o’z vaqtida, yani gazak olib ulgurmasidan bostirilgani uchun Prezidentimizni tanqid qilganingizda Xalqimizga – bugunda Ukraina Xalqining boshiga tushgan fojealarni ravo ko’rganmidingiz..??? Sherali Ashurov, oddiy ishchiman

JAVOB: AQShning ham tashqi siyosatda xatolari ko’p. Lekin ularni xalq tanqid qilib tuzatishga chaqirib boradi. Bu demokratik unsur.

Xatosiz odam ham yoq, xatosiz davlat ham. Hamma gap ana shu xatoni ko’ra bilishda va uni tuzatish uchun harakat qilishda.

Ukraina masalasida ikkinchi tomonning-aslida birinchi tomonning-ukrainlarning manfaatini ham o’ylash kerak.

Manga qolsa AQSH bu masalada zaif aralashuvdan nariga o’tmayapti. Balki AQSH manfaatlari uchun bu muhimdir?

Yanukovichning qanday hokimiyatga kelganini va aslida kim bo’lganini hamda kimning qo’llovi-o’yinlari bilan prezident bo’lganini bir qidirib, o’qib ko’ring. O’shanda ko’p narsa oydin bo’ladi.

To’gri muxolifat xato qildi. Uni hokimiyatdan quvmasdan, u vazifalarni muxolifatga berganda ishni boshlashi va uni qonuniy yo’l bilan chetlatishi kerak edi. Ovoz berishni u ketgandan keyin emas u Kiyevdaligida qilishsa demokratik bo’lardi. Muxolifat o’zining demokrat ekanligini ko’rsatishi shart edi.

“Maydon”da boshqa xatolar ham bo’ldi. Masalan til masalasida boshqalarni qo’rqitib qo’yishdi. Lekin Rossiyaning siyosatini rossiya ideologiyasi hududida yashayotgan o’zbekka tushuntirish oson emas.

Chunki juda katta propaganda mashinasi ishlamoqda. Har qancha qora desam ham oq bo’lib ko’rinadi. Bu tabiiy. Siz ham AQShda yashaypsiz deyishingiz mumkin. Lekin bu yerda matbuot rangba rang. Tanganing har ikki tomoni ochiq gapiriladi.

Andijon masalasida:

1.Nega namoyishchilar muzokaralar davomida doim Putinga murojjat qilishdi, uning aralashuvini istashdi? Ularning murojaatlari radiolarda ham berilgandi. Bu savol hali javobini topgan emas.

2.Namoyishchilarning liderlari O’zbekiston hukumati vakillari bilan hamkorlik qilganlari va ular tomonidan boshqarilganlarini radiolarda aytishdi, videolari ham internetda bor. Bu masala Karimov ketganidan keyin baribir ochilsa kerak.

Tarix bu ikki holatni oydinlashtirsa sizning va boshqlarning savollariga o’rin qolmaydi.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: