Posted on May 14, 2014 by Jahongir Muhammad
Ҳечдан кўра кеч
Фейсбук(Facebook)да “ҚОНЛИ АНДИЖОН” гуруҳининг саҳифаси очилди.
Бу саҳифани очган Мистер Қалампир номи билан ижод қиладиган ҳормас-толмас йигит Андижонда ўлдирилганларнинг рўйхатини тузишга чақирмоқда.
Тўққиз йилдан бери қилинмаган иш ниҳоят амалга ошса, катта жиноятнинг далили ҳозирланган бўлади.
Бугунга қадар ҳукумат томонидан 187 кишининг исми-шарифи келтирилмоқда, андижонлик фаоллар яна 87 кишининг рўйхатини тузишган. Continue reading →
Filed under: Kundalik | Tagged: andijon | Leave a comment »
Posted on May 13, 2014 by Jahongir Muhammad
Rossiya va Andijon
SAVOL: Assalomu Aleykum Jahongir aka, sizga savol yozishga undagan hol shuki: Siz USA ning Jahonda yuritayotgan siyosatini muntazam yoqlab kelmoqdasiz. Hozirda UKR da yuz berayotgan hodisalarning , ya’ni vahshiylik va qonho’rliklarning asl tashkilotchisi hamda homiysi bo’lmish AQSh ni… UKR ning qonuniy Prezidenti V.Yanukovich “Maydan”chilar deb atalayotgan “Xalq namoyondalari” ga nisbatan o’z vaqtida keskin chora ko’rishga qo’li bormagani uchun (qurol ishlatmagani uchun) bugunda Jahon hamjamiyati tomonidan – “qo’rqoq, xalq hiyonatkori” deb atalmoqda, tanqid qilinmoqda. Uning qatiyatsizligimi – “odamiyligi”mi oqibatida hukumatni $ yollagan sohta hokimyat egalladi , mamlakatda – fashizm, “banderachilik” avj oldi, iqtisodiyot parokanda.. Siz fevral oyidagi yozuvlarizdan birida, – Dunyo leksikonida “MAYDAN” degan Turkiy so’z paydo bo’ldi!(uzr so’zma-so’z eslay olmadim), deb g’ururlangandingiz.. Bugunda esa Insoniyat “MAYDAN”ning asl qiyofasini anglay boshladi. Continue reading →
Filed under: Savol-Javob | Tagged: andijon | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.