Jahongir Muhammad: Ikkinchi front

Umrimning bir qismini ikkinchi frontdagi kurash o’g’irlaganidan afsusdaman. JAHONGIR MUHAMMAD.

—————————————————————————

“Xalq so’zi” gazetasida Ismat Xushevning maqolasiga javoban 1992 yil 21 aprel kuni chiqqan maqola

“TO’PPONChA”GA JAVOB

Deydilar, it hurar, o’tadi karvon,

Ranju balolardan yonmasin joning,

Lek alam qilar, bir umr giryon,

Itlar orasidan o’tsa karvoning.

Abdulla Oripov.

Janob Ismat Xushev! Men so’zboshi o’rnida keltirgan bu satrlarni ulug’ adibimiz yozganlarida yuraklari qanchalik zardobga to’lganini anglab, o’l zotga hamdardlik tuyg’usini tuyganman. Xoin qoni chelakka, shoir qoni yurakka tomar! Qarangki, charxi kajraftor o’sha o’tli va dardli satrlarni bugun kalomimga soldi.

Siz “Xalq so’zi” orqali “Parvoz va inqiroz. O’zbekiston xalq deputati Jahongir Mamatovga ochiq xat” (1992 yil 18 aprel) yozarkansiz, uning  “shov-shuvi” ancha oldinroq keldi. Oraga tushgan elchilar mendan yalinish-yolvorish, iltimos-iltijolarni kutgandilar. Afsuski, ular “Mayli chiqarsin, xalq kimning kimligini o’zi ajratib oladi” degan qo’rs javobga ega bo’lishdi. Zero, o’tma nomard ko’prigidan soy seni oqizsa ham, deb bejiz aytishmagan.

Chunki nafaqat men, balki yurtimizning jurnalistlar dunyosi Sizning kim ekanligingizni va bunday “to’pponcha” maqolalar, bo’htonu ig’volar orqali qanchadan qancha odamlarga o’q otilganini yaxshi bilishadi. Gohida Efimov singari amaldorlarning qo’liga tushib O’zbekiston jurnalistlar qurultoyida, gohida partiya konferensiyalari, s’ezdlarida otildi, bu “to’pponcha”. Ba’zan kuchliroq qo’lga tushib ularning o’zini ham nishonga oldi.

Tahlikaga tushganda cho’loq eshak ot bo’lganidek, “to’pponcha”ni Sizning padaringizga ham qaratsa otilib ketadi. (Xudo saqlasin. Umrlari uzoq bo’lsin). Begunoh odamlarga otilgach, to’pponchani axlatxonaga tashlab yuborishadi. Dahshatlisi shundaki, uni badbo’y joydan qayta-qayta olib chiqib, undan o’q uzishmoqda.

Faqat keyingi ikki yillik matbuot sahifalarini varaqlasak, qanchadan- qancha deputatlar, fuqarolarga qarshi bunday “to’pponcha”dan o’q uzildi. O’zbekiston xalq noiblari Muhammad Solih, Inomjon Tursunov, Samandar Qo’qonov, Nasrullo Sayid, Imom Fayzi va boshqalarga qarata otilgan “o’q”lar hali-hamon unutilgani yo’q. Xalq tarafidagilarni qon qaqshatish bugungi hodisa emas. O’ktabir to’ntarishi davrida, qatag’on o’ttiz ettinchi va undan keyingi yillarda o’z oramizdan chiqqan “xalqparvarlar” sotqinligi, bo’htonu uydirmalari tufayli qancha boshlar kesilgan.  Farg’ona fojealari, O’shdagi xunrezlik, Parkent voqealari ortida ham ismatsifatlarning basharasi yashirin. Hali hammasi ayon bo’lajak. Oxir -oqibatda adolat g’alaba qilayotir ham. Faqat yarador ko’ngillarning malhami yo’q.

Menga qaratilgan bu maqola kimning buyurtmasi bilan yozilganini gazetxonlar uni o’qiboq anglab olishdi. Tog’iga qarab quloni, suviga qarab iloni. Siz bilib-bilmay ko’plarning ism-shariflarini bitib qo’ygansiz. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deydilar.

“To’pponcha” maqolada, “Sizning yurtboshiga nisbatan odobsizlarcha aytgan: “Bu yurt onangizning mahriga tushganmi” degan iborangiz xalqimizning katta qismi singari meni ham, ranjitganda paydo bo’lgan bo’lsa, ajab emas” degan satrlarni yozasiz. Avvalo men, boshqacharoq aytgandim.

Siz odatingizga ko’ra yurtboshini ustalik bilan himoya qilmoqchi bo’lib ko’rinishni istaysiz.  Nahotki, O’zbekiston Prezidenti Sizning himoyangizga muhtoj bo’lsa! Agar himoya zarurati tug’ilsa, ancha obro’li, e’tiborli zotlar topilishiga shubham yo’q. Qolaversa, Prezidentning siyosati, tutgan tutumi to’g’risida Siz bilan muloqot qilish ortiqcha.

Aslida Sizga javob yozishni o’zimga or deb bilaman. Lekin “to’pponcha” maqolalar yana qancha – qancha odamlarning tinchini buzishi mumkin.  Axir egri tayoqning butog’i burunni yirtar deganlar.

Maqolada shoir Erkin Vohidov bilan oynaijahon orqali suhbatimiz “takkaburlik” deb baholanibdi. Bu “Xalqimizning ko’pchilik qismi uchun beodoblik, haqorat bo’lib tuyuldi”, deyilibdi. Qachondan beri xalqni, uning o’qqa uchgan jigargo’shalarini himoya qilish takabburlik bo’lib qoldi janob Xushev, bu so’zlaringizdan hamyurtingiz, talabalar shaharchasida qonga botib, gul umri hazon bo’lgan qashqadaryolik shahid yigitning arvohi chirqirashidan qo’rqmadingizmi? Qolaversa, xalq nomidan gapirish uchun Ismat Xushevda asosning o’zi yo’q. Boshqa joyda emas, o’z yurtida o’tgan saylovlarda xalq unga vakolat bermadi-ku  axir?!

Maqolaning asosiy qismi O’zbekiston teleradiokompaniyasida yozilgan “bo’htonnoma”ga berilibdi. Unda deyarli rahbarlarning nutqi-kalomlari bitilgani ham ko’p narsani oydinlashtiradi. “Shahar bedarvoza emas” ko’rsatuvi atrofidagi gaplar esa “to’pponcha”dan avvalgi sirtqi fitna edi. Bu fitna haqida o’sha kuniyoq, ya’ni 1992 yil yanvarning so’ngi kunida “Fitna yoki shahar bedarvoza emas” degan maqola yozdim. “Xalq so’zi” bosh muharririga berdim. Baribir chiqara olmadim. Mana o’sha, qo’limda qolgan maqoladan parcha: “…  Har seshanba kuni keyingi hafta uchun dastur tayyorlanar ekan. Muhokama qilayotgandik. 31 yanvar kuniga “Shahar bedarvoza emas” degan ko’rsatuv belgilanibdi.

– Nima haqda? – deb so’radim.

– Urayimjon aka chiqadilar, keyin Jizzaxdan materiallar bor, – dedi siyosiy – iqtisodiy ko’rsatuvlar tahririyati bosh muharriri o’rinbosari Nurilla Holiqov.

– O’tgan ko’rsatuvda ham Urayimjon aka bilan Jizzax viloyati davlat nazorati idorasi boshlig’i chiqqan edi. Mahsulotlarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketishni nazorat qilish jumhuriyat inspeksiyasi boshlig’i Urayimjon Abdug’aniev, umuman doim rahbarlar chiqaverishadimi?  Kechagisidan avvalgisida ham rahbarlar chiqishgan edi. Bu sohaning boshqa zahmatkashlari, bevosita ishlayotgan odamlarini ham ko’rsatish kerak.

Darhaqiqat, dasturga asosan tayyor narsa, hech qurmasa yozma matni bor material kiritilishi taomil. Haftalar o’tib borardi.

31 yanvar kuni ko’rsatuvlar tayyorgarligi muhokamasida “Shahar bedarvoza emas” hali tayyor bo’lmagani aytildi.

Soat o’n ettidan oshganda bosh direktor o’rinbosari Egamberdi Musaev kirdi.

– Tag’in Urayimjon aka chiqar ekan, – dedi u.

Matnni olib varaqlasam, bir necha sahifa faqat yangi qonunlar targ’ibotiga qaratilgan gap-so’zlar bilan to’ldirilgan.

– Qoldiramiz, tayyorlasin, keyin beramiz, – dedim.

Ko’p o’tmay kompaniya raisining birirnchi o’rinbosari  Elbek Musaev qo’ng’iroq qildi.

– “Shahar bedarvoza emas”ni olib qo’yibsiz. Buni orqasida mafiya bor.

– Qachongacha mafiyadan qo’rqamiz? – dedim-da trubkani qo’ydim. Keyin kompaniya raisi E. Hayitboevga qo’ng’iroq qildim.

– Nega mafiya bilan qo’rqitishadi?..

– O’zinglar ko’raveringlar, – dedi u.

Men Nurilla Holiqovni qidirtirdim. Topolmadik. U qaerda edi? Nega qochib yuribdi?  Bir payt E. Hayitboev yo’qladi.

Men B. Muhamedov, E. Musaev? M. Muhammadjonovani ham olib kirdim.Ichkarida Urayimjon Abdug’aniev va ko’rsatuv boshlovchisi Aziz Ernazarov o’tirishgandi. “Mehmon” so’z oldilar.

– Bu ishga millionlar aralashgan. Biz Jizzaxda suratga olganda bir kishi “Jahongir Mamatov bor, baribir chiqarmaydi, chiqarolmaysizlar” deb aytgandi. Mana rost bo’lib chiqdi…

Men “yonib” ketdim. Dunyo ko’zimga tor bo’lib ko’rindi. Osmondan toshlar yog’ilgandek bo’ldi boshimga.

Rais stol ustidagi arizani ko’rsatdi. N. Holiqov allaqachon ariza yozib ulgurgandi. Nima uchun mendan qochib yurdi-yu, nega ariza yozdi? Bu ariza qachon ish berishi kerak edi?

– Elbek Musaevga kelibdi. Sizga ariza yozibdi, nega menga kirib shuni tushuntirmadi? Nega mendan yashirdi? Nega hech kim bilmaydi nima berilishini?

– Sizchi, – deb so’radi rais M. Muhammadjonovadan. – Menga ham ko’rsatishmadi, ko’rolmadim…

– Endi hamma bermaymiz desa ham men berdiraman! O’zim ham chiqaman birga, o’sha mafiya otsa, meni ham otsin, – dedim men.

Ko’z oldim qorong’u edi. Tashqariga chiqdik.

– Keling, mayli bermay qo’ya qolaylik, – dedi U. Abdug’aniev.

– Yo’q, taqsir, endi chiqmasangiz ham chiqasiz, – dedim men. – O’sha la’natinig nomini ham aytasiz.

Qarangki, kadrlar yaxshi edi. Vaholanki, men har kuni tanqidiy narsa beraylik, deb solardim.

Bu o’yining ortida nima borligini o’ylab, topolmay turganimda bir kishi kelib:

– Xudo sizni bir saqladi, – dedi.- Tasodifan eshitib qoldim. Materialni ilgari jumhuriyatda eng katta odam bo’lib yurgan kishi bilan bog’lashmoqchi. Agar bugun berilmay qolsa, ertaga Prezidentga ko’rsatishardi. Tamom. Siz ham uning guruhiga qo’shilgan hisoblanardingiz. Ammo oxirgi kadrda o’sha kattakonning  “odami” haqida gap bor edi. Uni olib qo’yishibdi, ehtiyot bo’ling, tag’in…

Bu fitnadan hech narsa chiqmagach, ”o’yinchilar” o’zlarini oqlashga kirishdilar. Mish-mishlar tarqatildi. “Falonchi olib qo’ydi, men berib yubordim”, “Jizzaxga tekshirishga komissiya ketdi”…

Meni hech kim eshitishni istamadi, hatto rahbarlar ham. Iste’fo berganimdan keyin yana bu o’yindan biror “narsa” chiqarishmoqchi bo’lishdi. Lekin… ular “raqsga tushiramiz” degan odam diyonatli bo’lib chiqdi. Bunaqasi kamdan kam uchraydi.

Mana, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tovar va moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi bo’limi boshlig’ining muovini, milisiya mayori Aziz Ernazarovning bayonotidan parcha: “ Men, Ernazarov Aziz To’g’onovich, 1992 yil 12 – 15 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga xizmat yuzasidan safarga bordim, u erda reyd tadbirini o’tkazdik. Shuni alohida ta’kidlab o’tishim lozimki, ana shu reyd davomida va kino tasvirga tushirish vaqtida O’zbekiston televideniesining  boshlig’i Jahongir Mamatov haqida, uning shaxsiyati haqida va shuningdek uning sha’niga nisbatan hech qanday gap so’zlar bo’lmagan.

Men buni o’z nomimdan qatiyat bilan ta’kidlayman va ushbu yozma bayonotimga javob bera olaman”.

Maqola chiqmadi. Iste’fonomam hatto “Erk”dan ham olib tashlandi. Mish-mishlar avj oldi. O’zbekiston Prokuraturasiga murojaat qildim. Nazorat boshqarmasining boshlig’i B. Qosimov batafsil o’rgandi.

O’zbekiston prokurorining o’rinbosari S. Mirsafoev va nazorat boshqarmasi boshlig’i B. Qosimov o’rtoqlar menga rasman: “ Sizning nomingiz pok” deb javob berishdi. O’zbekiston prokurori B. Mustafoev esa bu xususda O’zbekiston Prezidentini ham xabardor qilganini aytdi. Ismat Xushevga Urayimjon Abdug’aniev tushuntirib qo’ygan emishlar, qorong’uda, e, telefonda topishganlarini qarang!  Odamlar bekordan aytishmagan: “Mushukka “pisht” demagan, tovuqqa “kisht” dermidi?!”

Mayli, men mansabga o’ch odam bo’la qolay. Vaholanki, mansabsevarlar iste’fo berishmaydi, ayniqsa siyosiy qarashlarini ochiq aytgan holda. Ular lo’ttilik qilib bo’lsa-da kun ko’rishadi.

Biroq yodingizdami, Siz hammaga telefon qilib, “Tabriklang, Karim Bahriev televideniega rahbar bo’ldi” deya jar solgandingiz. Rostdan ham yurtboshi Karimjon bilan uzoq suhbatlashib, oynaijahonning yuzini xalqqa burish uchun uni ishga tasviya etdi. Lekin E. Hayitboev, E. Musaev Prezidentga qarshi turib olishdi. Karim Bahrievni haliga qadar ishga kirishishi uchun yo’l berishmayapti.

Xo’sh, bu iste’dodli, iqtidorli jurnalistning aybi nima? Axir, televideniyadagi ishni yaxshilash asosiy maqsad bo’lsa, shunday o’t yurak yigitlarga tayanish kerak emasmi? Afsuski, Karimjon ham ba’zilarning halqumiga tig’ bo’lib sanchilishini ular folbindek oldindan ko’ra biladilar.

“To’pponcha”ni mashina hangomalari bilan o’qlashibdi. Bu o’qni bir paytlar Anishchev degan josus boshchiligida uning Samarqandda jalodlik qilgan “o’ng qo’li” Nikolay Filippovlar “yasashgandi”.

O’shanda men “desant”lardan biri bo’lmish Filippovning kirdikorlarini fosh qilib, baloga qolgandim. Oxir – oqibat ularning niqoblari yirtildi. Bu haqda “Yosh leninchi” ro’znomasining 1990 yil 6 yanvar sonida batafsil yozilgandi. Mashina hangomasini saylovlar oldida qurol qilishdi. Otilmadi. Keyin Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida, kotibiyat boshlig’i bo’lib Mustaqillik deklarasiyasini qabul qilishga yo’l ochganimda Moskovning O’zbekistondagi “boltasi” Efimov ishga kirishdi. Sobiq O’zkompartiyaning ikkinchi kotibi kaminani Oliy Kengashdan chetlashtirish uchun deputatlarni chaqirtirib, ularni qo’rqitib, menga qarshi qo’ydi. Saroy o’yini o’tmadi.

Men o’nlab-yuzlab odamlarga mashina olish uchun xat yozib berganman. Saylovchilarimdan qanchalariga ko’maklashganman. Chunki, mashina olish borasida naqadar adolatsizlik ildiz otgandi. Qancha – qancha bechoralar haliga qadar ham sarson – sargardon bo’lib yuribdilar. M. Istamov masalasida Siz andak adashibsiz, taqsir. “Rasmiy xujjatdan parcha” deb yozibsiz.  Qani o’sha rasmiy xujjat va uni kim bergan?  Ochiqroq yozganingizda edi Anishchev, Efimovlarning Samarqanddagi yana bir gumashtasining basharasi ochilardi. Quturganning kuni qirq, u bashara ochiladi baribir.

“Shoshilinchnoma. Toshkent. O’zbekiston Xalq noibi J. Mamatovga. Men bugun barcha hujjatlarni olib, Toshkentga boraman. I. Xushev degan tuhmatchi bilan sudda gaplashmoqchiman… M. Istamov”.

O’zim esa kimlargadir o’xshab sirli ravishda emas, balki ochiqchasiga mashina olganman. Vaholanki, Sizda ham mashina bor. Uni qanday olganingiz menga qorong’u.

Samarqand kooperativ texnikumi bo’yicha. U erdagi g’ayriqonuniy xatti-harakatlarni, talabalarni qabul qilishdagi hangomalarni viloyatdagi O’zbekiston va oblast xalq deputatlari, mutaxassislar guruhi, O’zbekiston Prokuraturasi, ichki ishlar idoralari va “O’zbekbirlashuv” xodimlari tekshirib, xulosalashgan. Oliy Kengashda uni qo’mita a’zolari muhokama qilishgan. U erdagi hangomalar haqida oz emas, ko’p emas 318 sahifalik hujjatlar bor. Ammo adolatning yo’lini ismatmonandlar to’sishdi. Siz ham shuncha idoralarni inkor etib, allaqanday xatga “mehr” qo’yibsiz. Ehtiyot bo’ling  ukam, moyli qozonga tushgan har qanday jonzot bir kun baribir jizg’anak bo’ladi.

“To’pponcha” maqolani o’qib xursand bo’lib ketdim. Qimmatbaho mebel – garniturimiz bor ekan. Balki ostonamiz ham oltindandur? Is bilar Ismat buni bilarmikan? Do’q – po’pisa qilgan bo’lsam, savdo vaziri M. Usmonov yozib bersinlar. Afsuski, bo’hton. Nafaqat menga, balki savdo vaziriga ham.

Boyning mushugi quyon ovlar deganlarigdek, “Adolat” maqolasini topibsiz. Partokratiyaning qurboni bo’lgan Adolat Bahrievani vijdonan himoya qilganman va kerak bo’lsa bundaylarga bugun ham himoyaga boraman. “ Markaz” esa nimalar yozgani va yozayotgani oynadek ravshan. Siz odam o’ldirgan, begunoh go’daklar umriga zavol bo’lganlarni himoya qilib maqola yozganda vijdoningiz, imoningiz qaerda edi? Axir o’sha savdolar butun elga ma’lumku. “Saodat” jurnalidan qanday ketganingizni hamma biladi. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”dagi hangomalaringiz haligacha tugagan emas.

Birdan “Shukur akam, meni ishga qo’ydilar” deb “Hayot va iqtisod” oynomasida o’z ta’biringiz bilan aytganda “I.O. bosh muharrir” sifatida paydo bo’ldingiz. Har davrada Sh. Mirsaidovning nomini aytib, unga sig’inib yurdingiz. Uning atrofida gaplar aylangandan so’ng esa  Islom Karimov nomini bayroq qilib, uning yaqin odamiman deya qancha hangomalar ko’rsatdingiz. Jurnalist diplomi bilan iqtisod bo’yicha aspirant ham bo’lib oldingiz.

Janob Xushev! Kim mansabda bo’lsa u sizga do’st, ishdan ketgan kuni esa – dushman. Esingizdami, katta mahkamada, obro’li kishilarning yonida “Jahongir aka, Siz televideniega o’tdingiz, haqiqat qaror topdi. Men jurnalistlar s’ezdida saylov varaqalarini buzib Sizga xiyonat qildim. Hali vaqt keladi, bu haqda yozib, kimning topshirig’ini bajarganimni aytib, sizdan uzr so’rayman, keling akajon, bir quchoqlab, o’pib qo’yay” degandingiz. Siz o’sha Ismat-da!  Bugun ham kimdir qo’lida o’ynaganingizni hali tap tortmay aytasiz. Buning uchun ular mansabdan ketishsa bas, shu kun tilga kirasiz. Xalqimiz bejiz aytmagan: boy taxtidan toysa, qulvachcha to’ti bo’lar.

Siz savol beribsiz: “Qaysi qal’aga mansubsiz?”. Men uchun bitta qal’a bo’lgan va bo’lib qoladi. U O’zbekiston qal’asi, o’zbek xalqining qal’asi!  Ana shu qal’a metin va ustuvor bo’lishi uchun kurashib kelayapman va bu yo’lda sobitman. “To’pponcha”lar esa meni  kuchsizlantirmaydi, aksincha kurashda qat’iyatli bo’lishga undaydi.

“Sovet O’zbekistoni” ro’znomasidami, Oliy Kengash Oshkoralik qo’mitasidami, oynaijahondami, hullas qaerda bo’lmasin ko’z oldimda ezilgan, azob-uqubatlarga, tuhmat balolariga, hayot girdoblariga, nohaqlikka duch kelgan odamlar turgan. Xalq dardini ko’tarib yurganlarning dushmani ko’p. Ular izimizdan poylab yuradilar. Buni sezib, ko’rib turamiz. Ular xalq dardidan qo’rqadilar. Bu dard oshkor bo’lsa, qanchadan qancha mansab kursilari, mashinalar egasiz qolishini biladilar.  Shu sababdan ham doim “to’pponcha” qidiradilar, qallob qassobning tushiga mingta tuya kirgani kabi.

Uyim yonganini ham bilib olibsiz. Qator fe’letonlarim chiqib turgan bir paytda, uy – joyni ta’mirlab bo’lgan kunda yarim kechasi olov iskanjasida qolsak va kimdan shubha qilganimni aytsam-u javob ololmasam, bu sirli emasmi?  Bu voqeadan “ochko” qilganim yo’q.  Agar shunday tashvishlardan “ochko”  yig’ganimda edi, sessiya kunlari uyimga bostirib kirishgani, mehmonxonaga kelib qurol bilan do’qlashgani singari ko’plab voqealarni allaqachonlar el-yurt bilgan bo’lardi. Men yurtboshiga-yu, ma’muriy idoralarga xabar qilish bilan cheklanganman. Shu sababdan da’volaringiz elim bilan ham yopishmaydi. Ammo o’zimni beayib  zot deyishdan yiroqdaman. Ko’p xatolarim bor.  Ayniqsa siyosat borasida. Samimiy gaplarga ishonuvchanman. Shuning orqasidan qoqilib yuraman. Siz haqoratu bo’htonlardan ustun bo’lib kamchiliklarimni xolisona ko’rsatib berganingizda qulluq qilardim.  Taassufki bunga qodir emassiz!

Mayli Ismat, boringizga shukur, bir tulki hiylasi qirq kishini charchatsada, Siz tufayli yurakdagi ancha gaplarni aytishga imkon bo’ldi. Shaxsingiz, qilmish – qidirmishingiz haqida bir qop hujjatlarni olib kelishdi. Ishlatmadim. Aks holda men ham birov qo’lidagi “to’pponcha”ga aylanardim.

Botar kunning otar tongi bor. Sizga nasihat qilmayman, uzr so’rashingizni ham istamayman. Haqoratlaringizga kelsak, sud bor. U qarorini chiqaradi. Qolaversa, eng oliy sud Ollohning vaqtidir. Uning har birimizga yarasha jazosi muqarrar. Ijodkorlar orasida gap yuradi: “ Ulug’ shoirlarimizdan biri: “Bu bola o’z ajali bilan o’lmaydi” degan ekanlar. Men Sizning uzoq yashashingiz tarafdoriman. Chunki bobomiz Temur hazratlari aytganlaridek, bu dunyoda vijdonni yo’qotib, uzoq umr ko’rishdan og’ir dard yo’q.

JAHONGIR MAMATOV.

XXXXXXX

“XALQ SO’ZI” MUHARRIRIYATIGA

Ro’znomaning 1992 yil 18 apreldagi sonida “Parvoz va inqiroz” sarlavxali maqolada “ Samarqanddagi olg’irlik Toshkentda ham davom etdi. Savdo vaziriga do’q -po’pisa bilan qimmatbaho mebel – garniturni suv tekin qo’lga kiritganingizni boshqa qanday baholash mumkin?”, deyilgan.

O’zbekiston Savdo vazirligi shuni ma’llum qiladiki, O’zbekiston Respublikasi xalq deputati J. Mamatov mebel masalasi bo’yicha Savdo vazirligiga murojaat qilmagan.

Maqola avtori nimaga asoslanib bu haqda yozganligini tekshirib ko’rib, gazetaga bosib chiqarishingizni iltimos qilamiz.

Savdo vaziri M. USMONOV.

“Xalq so’zi” 1992 yil 21 Aprel 76(327)

“Maratu”larning fojea kunlari yaqindir

“Kuvgin” romani muallifi, xurmatli Jaxongir Muxammadga.

Aziz, xamfikrimiz, Jaxongir Muxammad, assalomualeykum.

Sizning “Xarakat” jurnalida bosilgan “Kuvgin” romaningizni ukib chikdik. Bu roman Sizga bulgan xurmatimiz, muxabbatimizni yuz chandon oshirdi. Tashakkur, millatimz, xalkimiz baxti uchun Siz va Sizga uxshash mujoxid yigitlar omon bulsinlar.

Sizdan bir iltimosimiz bor:

“Kuvgin”ning “Xarakat” jurnalining 1997 yil 3-4 sonlaridagi 38-, 39-, 40-, 52- va 53- betlarida “Maratov-Maratu” obrazi keltirilgan. Ushbu shaxs uylab topilmagan inson bulsa, uning ismi, familiyasi xamda boshka shunga uxshash faktlarni faks yoki xat orkali bizga yuborsangiz. Utinib iltimos kilamiz, bu faktlar biz uchun juda muximdir.

Biz, kuyida imzo chekkanlar Uzbekiston Shaxs Xukuklarini Ximoya Kilish Kumitasining Namangan viloyat bulimida rasman ruyxatdan utgan xolda ishlamokdamiz. Raxbarimiz: Kumita raisi Zoxidov Marat Teshaevich. Bu obraz Zoxidov M.T.ga uxshashligiga shubxamiz kam. Ammo, xozirda Zoxidov M.T. bilan bir muammoga ikki xil karash bilan uzaro ziddiyatlarimiz “Mirtemir-Maratu” kelishmovchilariga yakinlashib kolgan. Shaxsiy ziddiyatlar bulsa mayli edi, ammo Zoxidov M. “xarakati” bilan Uzbekistonda inson xukuklari masalasi oksamokda. Agar Zoxidov va Maratov shaxslari bir kishi bulib, romanda keltirilgan faktlar xakikiy bulsa, bu – daxshat, biz kelajakda uz faoliyatimiz va kurash yunalishini aniklab olishimiz kerak. Biz kanday kilib bu Kumitaga (chuntak kumitaga) kirib kolganimiz sababini bilmokchi bulishingiz tabiiy. Bu kumitaga uz xarakatimiz kelajagiga ishonganimizdan va Siz va biz tanigan eng kuzga kuringan liderlar tavsiyasi va strategiya va taktikani kuzda tutgan xolda kadam kuyganmiz.

Namanganda kulma-kul bulib ukilayotgan “Kuvgin” kelajakda ochik xolda yuzlab-minglab nusxada kitob kilinib, Uzbekistonda ukuvchilarga tarkatilgach, “Shaytanat”dan uzib ketishini va uning muallifi Sizga Ollox Taolodan mustaxkam soglik tilab:

Uzbekiston Shaxs Xukuklarini Ximoya Kilish Kumitasi

Namangan Viloyat bulimi raisi

Maxamadali Koraboy

Uzbekiston Inson Xukuklari Jamiyati

Namangan viloyati bulimi raisi

Axmatxon Abdulla

30 aprel, 1998 yil

Uzbekiston shaxs xukuklarini ximoya kilish kumitasi Namangan viloyati bulimi raisi Maxamadali Koraboy va Uzbekiston inson xukuklari jamiyati Namangan bulimi raisi Axmadxon Abdulla singari muxtaram birodarlarimiz “Kuvgin” romani xakida samimiy minnatdorchilik bildirar ekanlar, ayni paytda bir kator vokealarning zoxir bulib-bulmaganini surashgan, ba’zi obrazlarning kimningdir prototipi ekanligini tilga olishgan. Ana shunday savollar xar kuni okib kelayotgani bois bu xususda batafsil fikr yuritishga karor kildik.

Avvalo shuni aytish kerakki, uzbek romanchiligi xamon kasi bir dorulfununning botanika bogidagi tadkikotchilarning izlanishlariga uxshab kolmokda. Romannavislarimiz daraxtning bir bargi chap tomonga kimirlashini uch saxifa, ung tomonga egilishini yana uch saxifa va urniga kaytishini kamida ikki saxifa tasvirlashga urganishgan. Bunday xolni shurolar davrida tushunish mumkin edi. Romannavislar ana shu bargning kimirlashi orkali yo biror bir fikr aytishga urinishlari yoxud saxifalarni tuldirib, roman xajmini kengaytirishgan bulishardi. Chunki tabiat xakkida xar kancha yozish mumkin edi. Xatto buning uchun tabiatni muxofaza kilish kumitalaridan mukofot olishardi.

Turk romanchiligida Umar Sayfiddin utgan asrdayok arab jimjimadorligi asosiga kurilgan romanchilik uslubini buzib, uz asarlarini xalk tiliga yakinlashtirgan va yangi turk romanchiliginining tamalini kuygandi. Biz esa bugun uzimizni mustakil, deya jar solishga odatlangan kunda xamon yolgon romanlar girdobida kolayotibmiz. Roman xalk tiliga, va xalkka yakin bulishi uchun uning xayotini tasvirlashi va unga kuzgu rolini uynashi kerak. Kun buyi karo mexnatdan ezilib kaytgan inson shalolaning tinik suvida yuzlarini chaygandan sung oynaga bokarkan, uzining bugungi mubtalo kuni va ertangi orzulari xakkida xayolga chumgandek, romanni ukigandan keyin sung xam darin tuygulari jumbushiga kelishi kerak.

Ana shunday fikr ancha vaktdan beri kalbimni tirnagani uchun “Kuvgin” romanini jimjimador uslub va ijobiy xamda salbiy kaxramonlar kurashi doirasi atrofida emas, balki xayotda xakikatan yuz berayotgan va kupchiligimiz kurmay kolayotgan, balki kupchiligimizdan yashirilayotgan vokealar, xodisalar sukmogi olib boradigan urmonni tasvirlashga urindim.

Keyingi yillarda xalkimiz xayotida judda katta vokealar yuz berishi mumkin edi. Jumladan u bundan bir necha yil mukaddam oldin xur bulish nuktasiga kelgan edi. Bu kur-kurona kelish emas edi. Ming-ming insonlar maydonlarda, kuchalarda uz xurriyatlari uchun xaykirdilar. Millionlab insonlar esa uz orzu umidlari bilan ularning xarakatlariga kushildilar. Ammo kiska vaktda, xa, misli kurilmagan juda kiska vaktda millionlarning xarakati, umid orzulari, kelajaklari uldirildi. Nega? Bu ishni chetdan kelganlar emas uzimizning oramizdan chikkanlar amalga oshirdilar. Nega?

Xalkimiz ming-ming fidoyi uglonlarni etishtirar ekan, nima sababdan xoinlarning xam boshini tebratdi?! Uz xuzur xalovatini uylamagan va millatining dardi bilan yashaganlarning boshi kundaga kuyilar ekan, nima sababdan koni okizilayotgan begunox insonni emas, balki kilich kutargan jallodni kulladi?! Bu adashishmidi?! Bu sukirlikmi?! Bu yolgonlar girdobida gark bulishmi?! Bu uz kelajagini uldirishmi?

Xullas, bu kanday bir xol edi-ki, million-million insonlar birdaniga orkaga chekinib, xoinlarning yuliga poyondoz soldilar. Bu kanday bir xol edi-ki, millatning guli xisoblangan ziyolilar-oydinlar uz millatining dushmaniga aylandilar?

Ibtidoiy jamoa davrida kabi xalkimizga rost deb yolgon edirildi. Ibtodoiy jamoa davrida odamlar yolgon va rostning farkiga boraboshlagan edilar, lekin biz “rivojlangan mustakillik” davrida yolgon va rostni ajratolmadik. Nega? Romanda ana shu savollarga javob izladim.

Romanning uchinchi kitobi chet elga chekingan muxolifatning va muxolifat bayrogi ostida muxolifatchi bulib kuringan, xar kadamda Vatani (agar xakikatdan xam Vatanini bor xisoblasa), muxolifat nomi xisobiga (“sotkin” kalimasining siykasi chikdi) kun kechirgan “kuzga kuringan” kishilarning faoliyati xakkida suz boradi.

Tugri, xar bir insonning xar bir odimini kogozga tushirish mushkul. Shu boisdan ularning egizak tuygular, egizak karashlardagi sheriklarini topib, birlashtirgan xolda ukuvchiga takdim etish ancha oson. “Kuvgin” romanida bu koida xam biroz chetga surilgan. Chunki bu roman aslida kundaliklardan iborat edi. Fakat u chop etilar ekan, ismlar, xarakterlar biroz uzgartirildi, xolos. Bugun kaxramonlar – xoin deb e’lon kilingan, xoinlarga kaxramon unvoni berilgan utish kunidir. Shunday musibali kunga kelishimizga Islom Karimov va uning atrofida girdikapalak bulganlar kanchalik aybdor bulsalar, uzimizdan chikkan ”Maratu”lar xam shu kadar javobgarlardir. Kimningdir kurkokligi kimningdir asl xoinligi va yana kimningdir “ilonligi”, yana kimningdir shoxona xayotga tashnaligi boshimizni shu kunga olib keldi. Biz bugun va yoxud ertaga ularning kimligini tanib olishimiz kerak. Mening maksadim uzim taniganlarni sizga tanishtirishdir. Mamnun bulgan joyim shundaki, kupchiligini siz xam tanir ekansiz. Romanning sung saxfalarida “kaxramonlarim”ning asl ism-shariflarini xam ukiysiz, degan niyatim bor.

Marat Zoxidov masalamiga kelsak, bu shaxs mustakillik uchun kurash davrida xam, xozir xam nomenklaturaning atrofida surkalib, uning xizmatini kilib yurgan kiyofalardan biridir. Bir kugirchokni majaklab ezib tashlashga xech kim jur’at etmaydi. Balki kupchilik uni sevadi. Bolalar xam, kattalar xam uni uz mayillariga karab uynatadilar. Marat Zoxidovning ana shunday kugirchoklardan bitta farki bor, u xam bulsa uning jonliligidir.

Ozarbayjon prezidenti Abulfayz Elchi-beyga “KGBning ruyxatini oshkor eting”, deyishganda “Juda kup dustlarimizning ismi-sharifi chikib kolsa-chi?” degan andisha bilan bu ishga kul urmagandi. Okibatda ogir kunlar yashadi.

Bizning xam elchibeylarimiz iktidorga kelganda bitta-yu bitta talabimiz buladi, u xam bulsa josuslar ruyxatini e’lon kilishdir. Biz ularni uldirishni talab kilmaymiz, biz ularning sud kilinishini xam istamaymiz, fakat ularning kimligini urtaga kuymok istaymiz, xolos. Ana ushanda Maratular oramizda kup bulganidan yuragimizni gijimlab kolmasak bulgani. Ammo shu narsa anikki, usha kun “Maratular”ning fojea kunidir. Allox Taolo xar birimizni usha kunga etishga va usha kunni kurishga muyassar etsin!

AKSh, Portland

May, 1998 yil

Bir maktub va unga munosabatlar

Bu maktub 2002 yilning 19 Iyun kuni “Birlik” hamda “ERK” sahifalariga yuborildi. Ular e’lon qilmadilar. Negaligini o’qib chiqsangiz bilib olasiz.

QABIHLIKNING TOPPONCHALARIGA

yoki Jahongir Mamatovning “Birlik” mehmonlar sahifasidagi ig’volarga javobi

Bir necha kundan beri “Birlik”ning “Mehmonlar sahifasi”da yozilganlarni o’qib chiqishga vaqt topolmayotgan edim.

Mana, nihoyat o’qib chiqdim va ko’z oldimga bugun xorijda yashayotgan va o’zini Karimov rejimiga muxolif, deb bilayotgan, o’zbek xalqining taqdiriga mas’ulmiz, deb o’ylayotgan kishilar keldi va chin yurakdan achindim: Ham xalqimizga va hamda ularga. Kimlarning yozgani ko’zgudagidek bilinib turibdi. Ba’zilarining bir nechtadan nevarasi bor, ba’zilarining esa bolalari bo’ylariga teng bo’lib qolgan va yoshlari ham allaqaerga yaqinlashgan.

Nahotki bu odamlar- haqoratning botqog’iga botgan, begunoh odamlarni eng iflos gaplar bilan so’kishdan chekinmayotgan, insonning shaxsini, millatini, nomini ifloslikka qorishtirishga urinayotgan bu to’da O’zbek xalqini o’ylasa?!

Madaniyatli tortishuv nimaligini bilmagan, bir-birining uslubini o’rganib, uning nomidan qilib yozgan va so’ngra o’zi javob bitib, pastkashlik qilgan bu insonlar uchun o’zbek xalqi faqat niqob, vatan masalasi faqat bahona, demokratiya faqat o’yin. Buqalamun ularning oldida ip esholmaydi.

Lekin imzosiz yozganlar bu dunyodan ham imzosiz o’tib ketadilar.

Karimov va uning rejimi o’zbek xalqining boshiga ingan fojia, ammo “Mehmonlar sahifasida” “ERK” va “Birlik” nomidan “ish ko’rayotgan” bu so’kag’on to’dacha O’zbekistonda hukumat boshida bo’lmagani esa o’zbek xalqining baxti. Bu mening xulosam!

Endi kimliklarini hamma ko’rib turgan imzosiz yozuvchilar, fitnakor va ig’vogarlarga umumiy javobim shunday. Yaxshilab o’qib olishsin, chunki yana bir marta yozmayman. Bu mening siz haqingizdagi uzil-kesil fikrimdir. Bundan keyin qaerda yozsangiz ham o’z otingiz bilan va yoki elektron adresimga yozsangizgina javob olasiz. Bo’lmasa karvon o’tib ketaveradi, siz esa…

-Meni “poraxo’r” , deb yozdingiz va yozmoqdasiz. Nima emish, Men “Lenin yo’li” gazetasida ishlaganimda pora olgan emishman. Gap shundaki, men gazetada jurnalist bo’lib ishlab tanilganman va meni oddiy xalq millat vakili etib saylagan. Agar poraxo’r bo’lganimda menga qarashi zulm mashinasini ishlatgan va o’z yo’lidan yurganlarni o’z ro’yxatidan millat vakili qilgan kommunistik partiya meni bugun siz talayotgandan ham battaroq holda talab, qamoqlarda chiritgan bo’lardi. Chunki men unga qarshi, uning zulm mashinasiga qarshi bosh ko’targanman. Buni bugun O’zbekistonda Karimov zulmiga qarshi bosh ko’targanlar yaxshi anglaydilar. Men Turkiyaga va Amerikaga dollarlar bilan yoki dollarlar uchun kelgan emasman. Doim o’zimning qaro mehnatim bilan oyoqda turdim.

Juda qiziq, o’zbek xalqini o’marib dollarlar bilan chetga chiqqanlar va bugunga qadar biror joyda ishlamasdan nimaning hisobiga kun ko’rayotganlari sir bo’lib qolayotganlar seni ayblasa bu – o’g’rining o’g’irlikdan boshqa yana bir ishi bor, u ham bo’lsa to’g’rining yoqasiga yopishmoqdir, degan maqolni eslatadi. Lekin ularga Allohning jazosi bor, u fisqu fasodchilarni, o’g’riboshilarni, fitnachilarni – qo’tirlarni bizga bir shaklda ko’rsatadi, albatta. Ular gap o’zlariga etib kelganda mavzuni o’zgartirish uchun menining otimni yozmoqdalar va shu bilan ikki qushni urmoqdalar, go’yo. Birinchisi, o’quvchilarni chalg’itish bo’lsa, ikkinchisi yuraklaridagi hasad olovini shu yo’l bilan o’chirmoqdalar. Sukishlardan o’zlari rohat qilganlaridek, yana bir ikki rohat qilguvchilarga ozuqa bermoqdalar.

– Meni “Jahonkir”, “Kirjahon” deb yozmoqdasiz. Men Jahongirman, o’z so’z mulkining Jahongiriman, adolatga tashna insonlarning Jahongiriman, aqlimni tanigan kundan beri bechora xalq tarafidaman va bundan keyin ham uning Jahongiri bo’lib qolaveraman. Siz har qancha o’z kiringizni menga chaplashga urinmang hech narsaga erisha olmaysiz. Poklikning nomi poklik bo’lib qolaveradi. Buni Alloh nazorat qiladi va so’ngra har kimning vijdoni.

– Siz meni “donoschi”, “fisqu fasodchi”, “ig’vogar” debsiz. Men bugunga qadar birovning ortidan, sirtdan donoschilik qilgan emasman. Men Islom Karimovning yuziga tik qarab O’zbekiston uning onasining mahriga tushmaganini ochiq aytganman. Men Muhammad Solihning ko’ziga tik qarab, Karimovdan nafrat qilaman, lekin u sizdan yaxshiroq, Xudoga shukurki siz prezident bo’lmabsiz, deganman. Men Abdurahim Po’latning yuziga qarab, mag’lubiyatni tan oling, endi siz emas, yangi kuchlar o’rtaga chiqadi, xizmatingizni qilib bo’ldingiz, ularga yo’l oching, sizdan prezident chiqmaydi, deganman. Liderlarning o’rni chetda emas, vatanda, lider bo’lib qolishni istasangiz vatanga qayting, deb ularga bundan 7-8 yil oldin aytganman.

Men bugunga qadar faqat Allohdan qo’rqdim va Allohga bo’yin egdim. Bandalariga esa bo’yin egganim yo’q. Men erkinlik odamiman. Kim haqida yozmayin ochiq ismimni qo’yib yozganman va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Muhamad Solih va Abdurahim Po’lat haqida kitoblarimda butun bilganlarimni yozganman. (Agar ular liderlikka da’vogar bo’lmaganlarida, balki yozmasdim. Da’vogarmi, demak xalq ular haqida hamma narsani bilishi kerak va bilganlar yozmasa bu xalqqa xiyonatdir!) Bu kitoblarni o’qimagan odamlarga istasalar yuborishim mumkin. Men ig’vogarlik qilganim emas, nahotki bilganlarini ochiq o’z ismi bilan yozish ig’vogarlik? Unda qo’rqoqlarcha ismini yashirib yozish, haqorat qilishning nomi nima bo’lmasa? Ularga gapim shu: siz menimcha, hasadgo’ysiz, sizni hasadgo’ylik yondirmoqda, Jahongir Muhammad kabi bo’la olmaslik yondirmoqda. Ha, sher kabi tug’ilganlar sher kabi yashab, sher kabi o’ladilar. Ilon kabi tug’ilganlar… (Ilonning boshidan boshlanar dumi, shu sabab sudralib o’tadi umri) ilon kabi sudralib o’ladilar, degan o’zbekning bir aqlli shoiri.

-Siz meni ikki gap birda “Eroni” deb so’kasiz.Aslida bu so’kish emas. O’zbekistonda yashagan va eroniy deyilgan xalq asl turklardir.(Bu alohida mavzu) ”ERK” sahifasida bir yil oldin Muhammad Solih haqida tanqidiy gaplar paydo bo’lganda buni “eroniy Jahongir qilmoqda, o’zbek xalqining noni unga harom bo’lsin”, deb bir hafta meni so’kdingiz. Keyin o’zingiz e’lon qildingizki yozgan odam Angliyada o’qiydigan talaba ekan, uning adreslariga qadar yozdingiz. Siz shundan keyin ham uzr so’rashni o’zingizga ravo ko’rmadingiz va bugunga qadar meni so’kishda davom etmoqdasiz. Siz o’zingizni boshqa odam tanqid qilishini tasavvur qila olmaysiz. Yoki hamma tanqidlarni faqat bir kishi yozmoqda, deb menga to’nkash bilan o’zingizni oqlashga urinmoqdasiz. Shuni ochiq aytay, meni tojik ham deysizlar, eroniy ham deysizlar. Lekin men hammangizdan, ya’ni buhtonlarni yozganlarning hammasidan ko’proq o’zbekman. Millat bu insonning qalbida va iymonida. Millat bu insonning muhabbatida. Bolalarimning qoniga ham boshqa qon aralashmagan.

Men bir kambag’al oiladan chiqqanman. Oliygohga o’qishga kirganimda etim edim va pora bermasdan o’qiganman. Rahmatli onam 42 yoshda kamqonlik kasalidan vafot etganlar. Meni o’rtagan o’zbek onasining bu dardli yo’li va o’zimni ana shu onalar va ana shu vatan yo’liga tikkanman. Shuning uchun ham o’tgan o’n yil davomida bir kun ham xalqimga xizmat qilishdan, uning ovozi, uning Jahongiri bo’lishdan chekinganim yo’q, o’zbekligimdan chekinganim yo’q!

-Siz meni “yaxshilikni bilmaydigan nonko’r” debsiz. Men butun umrimni odamlarga yaxshilik qilishga tikdim. Kim qiyin ahvolda bo’lsa unga qayishdim. Minnat qilmayman. Barcha yaxshiliklarim evaziga Allohdan ajrini oldim, olmoqdaman. Eng qiyin kunlarimda Allohning mo”jizasi yonimda edi. Yo’lim hamma vaqt ochiq bo’ldi. Shu bois bugun ham odamlarga qo’limdan kelgan yaxshilikni qilmoqdaman va ba’zan yaxshilik qilganlarimdan yomonlik ham ko’rmoqdaman. Bunga ham roziman. Chunki yaxshilikka yaxshilik kutish bu minnatdir. Ammo menga birov yaxshilik qilgan bo’lsa, hech qachon yodimdan chiqarganim yo’q va chiqarmayman ham. Bu mening o’zim qadrlaydigan xislatimdir. Yaxshilikini qil va dengizga ot, bilsa baliq bilar, bilmasa Xoliq, deydi ulug’ turk millatim.

– Siz meni muhtojlik qilib avval Karimov, keyin Mirsaidov, undan so’ng Solih va Pulatlarning soyasida kun ko’rdi, endi ularga qarshi, deb yozmoqdasiz. Men hech qachon bu insonlarga muhtoj bo’lgan emasman. Balki ular mening Alloh bergan qobiliyatim, mening maslahatlarim va ko’rsatgan yo’limga muhtoj bo’lishgan. Karimov bilan o’z ixtiyorim asosida ishlaganim yo’q, demokrat deputatlarning talabi, tavsiyasi tufayli bu ishga tayinlanganman. O’zbekiston televideniesi rahbari bo’lgunga qadar bir daqiqa ham xalqdan yuz o’girmadim. Televidenie rahbari bo’lganimda rejim mendan xalqqa qarshi bo’lishni talab qildi va men darhol buni iste’fonomamda yozib vazifani tark etdim. Mustaqil O’zbekiston tarixida haliga qadar hech kim men kabi rejimning barcha kirdikorlarini ochiq bayon etib hukumat tarkibidan chiqqan emas.

Mening o’sha bayonotimni 1992 yilda Muhammad Solih iltimos qilib olib, “ERK” gazetasining birinchi sahifasiga qo’ygani va keyin nima bo’lganini o’zi biladi. Men “Erk”ning hamma odamlari sudlanayotgan, qamalayotgan bir kezda uning qanotiga kirdim. Eng og’ir kunlarda Istanbulda boshqa joylarda ishlab, tarjima qilib oilamni boqdim va “ERK” gazetasi nashrini boshqardim. Bu ish uchun maosh olganim yo’q, garchi “ERK” nashri uchun katta tashkilotlardan katta pullar olishgan bo’lishsa ham. Endi mehnatni qilgan nonko’r va pulini eb ketganlar aziz bo’ldimi? Suv keltirgan xoru ko’za sindirgan aziz, deb bekorga aytilmagan ekan.

“ERK” tepasidagilardan ayrilganimdan so’ng(sabablari kitoblarimda yozilgan) mustaqil holda kurashimni davom ettirdim. Ammo oqil erkchilardan ayrilgan emasman. “Birlik”ka ham a’zo bo’lgan emasman. Lekin beg’araz “Birlik”chilar bilan ham birga bo’lganman. Men xalqimdan ayrilishni hech qachon istamaganman va istamayman ham. Abdurahim Po’latdan ham bir tiyin olmasdan “Harakat” jurnali ishlariga yordam qilganman. Lekin “Birlik” veb sahifasida mening hissam yo’q. Mening kitoblarimni qo’ygan bo’lishsa demak bu ularning himmati. Yaqinda yana uch kitobimni barcha o’quvchilar qatorida “ERK” va “BIRLIK” veb saytlariga ham yuboraman va o’z ismlari bilan ochiq fikr bildirishlarini so’rayman. Istasalar sahifalariga qo’yishsin.

-Siz meni bir tomondan Allohsizlikda ayblagan bo’lsangiz ikkinchi tomondan Tohir Yo’ldosh, Zayniddin Asqarovlar bilan uchrashganlikda ayblab, “ERK” saytidagi rasmni eslatib kurakda turmaydigan so’zlar bilan so’kmoqdasiz.Kimning Allohi boru kimniki yo’q buni Allohning o’zi biladi. Sizga hukm chiqarish vakolati berilgan emas. “ERK” sahifasidagi rasmga kelsak, siz endi Jahongirni FQB, MRU tekshirib ishdan quvadi, oz qoldi, deb yozdingiz. Esingizdami, bu gaplarni o’tgan yil ham yozgan edingiz. Yaqinda haydaladi, deb yozib turdingiz. Darhaqiqat, shundan keyin yuqorida nomi sanalgan idoralarga imzosiz xatlar keldi va ular oz emas ko’p emas to’rt oy tekshirdilar. Siz maqsadingziga erisha olmay qoldingiz. Endi yana qanday fitnaga bosh urdingiz bu menga qorong’u. Fitnachining fitna erur mevasi, chunki tengdir tagi bilan tevasi, deydi turkmanlar.

-Meni “Amerika ovozi”dan turib muxolifatga qarshi kurashmoqda, deb yozmoqdasiz. Bu aybnomangizni o’zini muxolifatchi, deb yurgan 3-5 ta kimsaga emas, balki “ERK” va “Birlik”ni ajratmasdan fidoyilik ko’rsatib yurgan muxolifat vakillariga havola qilaman. Haqiqat Quyoshdir, etak bilan bekilmas, ig’vo bilan egilmas…

Istanbulda yashaganimizda bir kishi menga hasad qilib, doim tuhmat uyushtirdi. O’shanda jahlim chiqib unga, “Men Allohga topshirdim, bu ishni kim qilgan bo’lsa qo’tir bo’lsin” degandim. Hozir o’sha odam qamoqda qo’tir bo’lib yotgan ekan. O’sha gapimga afsuslandim. Lekin “Birlik”sahifasida goho ERKchi va goho Birlikchi qiyofasida yozayotgan anonimchilarga o’sha gapni takrorlayman. “Men Allohga topshirdim, menga qarshi bu qabihliklarni kim qilgan bo’lsa qo’tir bo’lsin va Alloh ularning kimligini shu yo’l bilan bizga ko’rsatsin”. Balki bu xatimdan keyin ular ochiq maydonga chiqarlar…

xxxxx

Ushbu xatimni diqqat bilan o’qigan yaxshilarga!

Bundan 10 yil oldin Karimovning “tapponchasi”ga shunday og’ir uslubda javob yozish majburiyatida qolgandim. Bugun esa qabihlikning “tapponchalari”ga, ezgulik kushandalariga javob berdim.

Hammangizning vaqtingizni olganim uchun uzr. O’zim haftada etti kun ishlayman va bekorchilikka vaqtim yo’q. Sizlarning aksariyatingizni ham shunday deb o’ylayman. Ammo indamasang andishaning otini qo’rqoq qo’yar ekanlar. Men tanqidga ochiqman. O’z ismini qo’yib, madaniyat bilan yozsinlar va har bir iddaolariga javob beray. Mening kitoblarimdan parcha o’g’irlab, uni o’zlari “Mehmonlar kitobi”ga qo’yib, keyin unga qarshi imzosiz javob yozishlaridan esa bezdim.Umid qilamanki, bu ularga dars bo’lg’ay. Ammo qalbi so’qirdan umid qilma, deydilar.

Shunda ham qalbi so’qirga, faqat o’zini o’ylaganga, tanqidni ig’vo deb bilganga va ig’vo qilishni san’at deb yurganga Alloh insof bersin va ular bizning vaqtimiz, kurashimiz va umrimizning kushandasi bo’lmasinlar!

Sizga saodatalar tilab Jahongir Mamatov. 19 Iyun, 2002 yil.

“ERK” dan javob bo’ldi: (xatlardan elektron yo’l bilan nusxa olingani uchun va aslini saqlab qolish maqsadida xatolarini tuzatmadim-JM).

444. Name: Sulaymon Cho’kich

444. Name: Sulaymon Cho’kich

Comments: ERK informatsion markaziga Jahongir Muhammad imzoli bir xat keldi.Xat bir suz bilan aytganda takabburona bir ohangda yozilgan monologdan iborat.

Guyo bu odamga tuxmat qilarmishlar va u bunda ERKchilarning ham borligiga imo qiladi.

Bu iddaolarga javob berishdan oldin, bir nechta savolimiz bor Jahongir Muahmmadga.

1- savolimiz: siz doimi qatnashadigan “Birlik” sahifasidagi “ERKka qarshi tuxmat va igvolarda sizning ishtirokingiz yoqmi?

2. savol: Yoq bulsa, nega bu igvolarga 4 yil davomifda biror marta “to’xtating igvoni!” demadingiz? Siz o’zingizni xatingizda adolatliman, insofliman, deb tariflagan odam bu nohaq tuxmatlarni ko’rib adolat va insof tuygingiz tirilmadimi?

3-savol:Siz “men yozdim!” deb gururlanayotgan usha kitoblaringizning hammasi ham siz uydirgan tuxmat va fisqu fasod lar to’plami ekani hech xayolingizga kelmadimi? Bu kitoblar eshikdan emas, kalit teshigidan qarab, gumon – shubha bilan ,

eng dahshatlisi, yomon niyat bilan yozilgan narsalar ekani xayolingizga kelmadimi hech?

4- savol: Kimning nima bulishi va o’zbek halqi nimaga va kimga loyiq ekanini belgilash sizga qoldimi? Siz bu hakamlik haqqini qayerdan oldingiz?

5-savol: Siz o’zingizni “So’zning Jahogiriman!” deb maqtashdan Alisher Navoi va boshqa buyuklarimiz ruhi oldida uyalmaysizmi? ERK partijasi va rahbarlarining siz bilan birorta oldi-berdisi yoq.

Siz ularni guybat qilishni to’xtaing. Agar siz shunday kuchli duochi bo’lsangiz, qani bir qasam ichingchi : “Agar men Jahongir MUhammad begunoh insonlarga igvo qilgan bulsam yuzim qutir bulsin!”, deb qasam iching, shunda sizning igvo qilmaganingizga

ishonamiz.

Biz ERKchilar bu duoni qila olamiz. ERK chilar sizni “ishdan olish” uchun imzosiz xat yozgani yoq.Bu ham bir tuxmat.

Olloh sizni isloh aylasin, yaxshi y’olga solsin.

ERK sahifasi hodimi

Sualaymon Cho’kich

Saturday, June 22, 2002 at 00:39:57 (MSD)

Bunga javob bermadim. Chunki murojaatimda men “Birlik”ning “Mehmonlar” sahifasidagi imzosiz xatlarga javob bermayman degandim.Ular mening adresimga yubormasdan buni anonim xat sifatida o’sha joyga qo’ygandilar. Ya’ni savol berishda ham o’z ismlarini qo’yishdan qo’rqdilar. Vaholanki o’z sahifalarida qo’ysalar yoki mening adresimga yuborsalar albatta javob qilgan bo’lardim. Ammo bu imzosiz xatdan keyin ikkinchisi qo’yilgan va bu ularning maqsadini yanada oydinlashtirar edi:

442. Name: ERK sahifasi mutasadilariga iltimos. , E-Mail:

qiziquvchi,

Comments: Jahongir Mamatovga janoblari. Tubangi fikirlaringizga kopchilik sof insonlar toliq qoshilishi aniq. Abdurahim Polatga nisbatan uning shaetonligi,nopokligi,non

korligi va qolabersa riekorligi ming daraja ortik bolishiga qaramasdan batolni sharmanda qiluvchi ezuvlar kam ezilmoqda. Fikrimcha bu haqida kuproq ezilsa kopchilik hursand

boladi.Imkoni bolsa ingliz tilida ezish kerak.Radiodagilar tushinsin.

Saturday, June 22, 2002 at 01:38:25 (MSD)

Adresimga esa ilk o’laroq Jizzaxdan bir maktub keldi.

“Assalomu-alaykum Jahongir aka! Bugun 5-6 kishi biznikida yig’ilib o’tirdik.

Ayrim ishlarni kelishib oldik. Siz haqingizda ham hurmat ila eslab oldik. Bilasizmi, mana men 10 yildan ortiq muxolifatdaman. Lekin biror joyda Siz haqingizda yamon so’z eshitganim yo’q. Hamisha hurmat bilan eslashadi. Baxmal tog’idagi 66 yoshli oddiy bir cho’pon ham Siz haqingizda qanchalik yaxshi so’zlarni aytdi. O’z ko’zim bilan ko’rganman, rasmlaringizni olib yurishganini.Kim-kimligini yaxshi insonlar allaqachon ajratib olishgan. Bu Sizning eng katta boyligingiz emasmi axir. Albatta boyligingiz!!! Buni Sizdan hech kim, hech qachon tortib ololmaydi!!!

ALLOH dan Sizga sog’liklar tilab Jizzaxdan O’zbekiston Inson huquqlari Jizzax viloyat kengashining raisi Baxtiyor Hamroev!.

Ko’p o’tmay “Amerika ovozi” radiosidagi adresimga yana bir maktub keldi. Mana u:

“Samarqandliklar uchun hurmatli bo’lgan JahonGIR Mamatovich!

ILTIMOS: mening ismimni o’z ro’yxatingizdan o’chirib tashlasangiz. Bunday mish-mishlarni o’qishga mening bo’sh vaqtim ham, istagim ham yo’q.

VOA radiosiga yuborilgan maqola-xabarlarning birortasiga ham javob qaytarmagan bir shaxs qanday qilib o’zining uzundan-uzoq “urib ketdi-surib ketdi”larini birovga yuborishga botina oladi? Axir bu oddiy etikaga to’g’ri kelmaydi-ku?!

Birovdan oddiy odobni talab qilgan kishi, oldin o’zi shu odobga rioya qilishga mas’ul emasmi, JahonGIR Mamatovich?

Men Sizning RO’MONingiz chiqqan BIRLIK veb sahifasini o’qimayman, chunki uning Siz esga olgan BAXS sahifasida kurakda turmaydigan, iflos so’zlar ishlatiladi. Agar Siz muxolifatga achinsangiz, birinchi navbatda, mana shu haqda o’z ustozlaringiz Po’latovlarni tartibga, odobga chaqirishingiz shart edi. Ammo Sizni bunday – ERKka taalluqli bo’lmagan “mayda” masalalar qiziqtirmaydi. Siz nima qilib bo’lsa ham, ERK ka aloqasi bor insonlarga nisbatan ichingizda yig’ilib qolgan zardoblarni chiqarib qolishingiz kerakka o’xshaydi. Men bunday to’polonlardan chetda bo’lishni istayman. Shu bois Sizning bitiklaringizni O’zingizga qaytarib yuboryapman. Yozganlaringiz o’zingizga buyursin!

Xayrulla Ismatulla(ev)

Indiana universiteti

Bloomington

Juma”.

Unga o’z javobimni yozdim:

Assalomu alaykum Xayrulla aka. Avvalo maktubingiz uchun rahmat. Siz bilan telefon orqali gaplashganmiz, ammo hayotda bir birimizni ko’rganimiz yo’q. Iltimosingizga binoan bugundan etiboran nomingizni ro’yxatimdan chiqaraman. Ammo afsus bilan. Faqat eslatmoqchiman, siz menga pochta orqali ikki marta xat yozdingiz va Amerikadan siyosiy boshpana so’ramoqchiman, yordam bering, dedingiz, qo’limdan kelgani qadar iltimosingizni darhol bajo etdim.Kitoblar istadingiz yubordim. Men sizning kitobingzini istadim, siz ham darhol yubordingiz. Rahmat aytgandim. Yana bir bor rahmat aytaman. Lekin undan keyin sizdan biror marta ham xat yoki maqola olganim yo’q. Men (ayniqsa szo VOA dega ”Amerika ovozi”-da) nomimga kelgan barcha maktublarga mutloq javob berib kelganman. Agar o’zim bilmasdan ko’nglingzini og’ritgan bo’lsam va murojaatimni sizga ham yuborganim ko’nlingizga tekkan bo’lsa, buning uchun uzr.Ijodiy ishlaringizga omadlar tilab, hurmatlar bilan Jahongir.

Elektron pochtamga qarasam bir maktub kelgan ekan:

“Assalomu alaykum Jahongir aka,

Men ham mehmonlar sahifasidagi safsatalarga birrov ko’z yugurtirdim, ammo hammasini o’qishga na vaqt bor na imkon. Ularning safsatayu tuhmatu ig’voligi shundoq ko’rinib turibdi sal mulohaza yuritgan kishi uchun.

Jahongir aka tuhmat qanchalik yomon bo’lishligini oz bo’lsa ham boshimdan o’tkazib ko’rganman , juda og’ir chidash.

Ammo u yo ki bu toifa kirib boru yo’qligini shu toifa ismi qolish qolmasligiga bog’lamagan, haqiqat izlagan, o’zgalarga yaxshilik istagan juda ko’plar Siz haqingizda ijobiy fikrda bo’lishiga aminman.

Inson zoti borki kamchilik va xatolari bor , ammo siz ko’rsatgan va ko’rsatayotgan ezgulik yo’lidagi jasoratlarni ko’plar qilolmaydi, bu katta ijobiy fazilat va uning egasi shubhasiz yaxshi inson.

Shuning uchun bardam bo’ling, ko’plar Siz bilan birga, chunki Siz mazlumlar va qoqinganlarga yordam qo’lini cho’zib kelgansiz.

Sizga hurmatlar bilan Muxlis.

=====

Signature:

Best wishes……. .

Remember:

There is nothing easier than to be a bad man, but it is too difficult to be a

good person.

Oxirgi jumlaning tarjimasi shunday: Yoddan chiqarmang, yomon odam bo’lishdan osonroq ish yo’q, ammo yaxshi odam bo’lish juda ham qiyin.

Javobim esa: Rahmat!

Ko’p o’tmay Nomoz Normo’mindan bir maktub oldim.

“Bismillah ! Assalamu alaykum!

Maktubingizda tilga olingan masalaning echimi menimcha quyidagichadir:

1. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz. Shunday bo’lgandan keyin butun ishlarimizni musulmonlik doirasida hal qilishimiz zarur. Jahl yoki nodonlik

bilan “Yo’q u musulmon emas” deyish juda tahlikalidir. Chunki hadisi sharifda aytilgani kabi “Bir kishi (musulmon) birodariga xitoban : Ey kofir, dedigi zamon ikkisidan biri bu sifatga ega bo’ladi” (Buhoriy).

Alhamdulillah biz hali bir-birimizga bunday tahlikali so’zlarni aytish darajasiga etganimiz yo’q, etmaymiz ham inshaalloh. Demak bu ishning yagona chorasi musulmonlik yani masalani iymon yo’li bilan hal qilishdir.

2. Quroni Karimda “Muminlar shak shubhazis og’a-inilardir (aka-ukalardir.N.N). Bas sizlar ikki og’a-iningizning urtasini o’nglab quyinglar. Allohdan qurqinglar-shoyad rahmatiga erishsangizlar” (Hujurot surasi 10) deyiladi.

3. Hadisi sharifda “Musulmonning musulmondan xafa bo’lishi uch kundir. Undan ortig’i haromdir. Uch kundan keyin kim oldin salom bersa o’sha kg’proq savob oladi ” deyiladi.

Demak, orani tuzatish ayni paytda haromdan qutulish ham demakdir.

4. Kechirimli bo’lish. Rasulalloh (sav) hazrati Hamzani (ra) urushda o’ldirgan Vahshiyyni ham musulmon bolgandan keyin (Islom hurmatiga) kechirgan edilar.

Biz hali bir-birimizni o’ldirish darajasiga etganimiz yo’q demak ishimiz oson, kelishish va yarashish uchun imkoniyat katta.

5. Alloh Taoloning sevmaydigan bandalari qiyomat kunida bir-biri bilan Alloh huzurida davochi boladilar. Allohning sevdiga bandalar bolish uchun bu dunyoda bir-borimiz bilan rizolashib Allohning huzuriga yorug yuz bilan borishni o’ylaylik. Bir-birimizga haqqining halol qil, halol bg’lsin deb aytaylik.

Hullasi kalom men orada vositachi bo’lishim mumkin.

Do’stlarga va bolalarga salom ayting. Namoz”

Nomoz Normo’minga “Marhamat, lekin sizning gaplaringizni ular e’tiborga ham olmaydilar” mazmunida javob yozdim. Shunday ham bo’ldi shekilli, qaytib javob kelmadi undan.

ORADAN O’N YIL O’TIB “TOPPONCHA”NING YANA PAYDO BO’LISHI

“Amerika Ovozi” muxbiri Gulchehra Nurullaeva bilan 2004 yilning May oyida o’tkazilgan suhbatdan:

“GULChEHRA NURULLAEVA: Ismatjon siz yuqorida Man qilgan xatolar degan iborani ishlatdingiz, agar sir bo’lmasa osh xatolar…

XUShEV: Masalan men Jahongir Mamatovga ochiq xatlar yozganman. Opa bugun eslasam uyalaman, rostini aytay man juda uyalaman bugun. Man juda uylaman hukumat va kerakli tashkilotlarning usha rahbarlarning topshirig’i bilan ularni obro’sini tushirish maqsadida man ochiq xatlar yozganman.Jurnalist sifatida man armonlarim, mani yuragimni qiynaydigan ana shunday gunohlarim borki bugun ajabki o’zim birovlarning topshirig’i bilan xo’rlanganlar qatoriga tushib qoldim. Demak bu dunyoda odam har bir qadamini o’ylab qilishi kerak ekan.

Uning bu gapi magnit lentasida turibdi va quyidagi adresda eshitib ko’rish mumkin.”

XUSHEVDAN MAKTUBLAR

13 Dec 2004

Saytingizdagi “Turonzamin faryodlari” ga hali kirmagan edim. Hazin kuylar ohangidagi betakror she`rlaringizni tinglab, juda ezildim. Evril To’ron, Shovruq Jahon, Emil Usmonlar bois yuragimda bosh kutargan o’ksik vijdonlar uchun rahmat Sizga.

“Men Boymirza, Olmon elda o’lib qolaman” degan o’lmas satrlarni tinglab, o’ksib-o’ksib yig’lagim keldi. Men 2000 yil bosh muharrir sifatida rasmiy safar bilan Olmoniyaga borganimda u kishini ziyorat qilgan edim. Shunda Boymirza aka “Men Karimovga hech yomonlik qilnagan edim, lekin yurtga qo’ymayapdi, men Endi qarib qoldim, yot ellarda o’lgim kelmayapdi, umr bo’yi yiqqan kitoblarimni Endi Turkiyaga jo’natayapman” deb aytgan edilar…

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat XUShEV.

14 Dec 2004

Sizga yozgan sunggi maktubdan to hozirgacha “Quvgin” romanining birinchi va ikkinchi kitoblarini uqib tugatdim. Demak ilgari parcha uqigan ekanman, xolos. Endi tulaligicha, xotirjam va batafsil uqib chiqdim. Muhammad Solihdan boshqa deyarli hamma obrazlarni hayotda qanday bulsalar xuddi ushanday qilib, juda katta mahorat va salohiyat bilan ta`rif-u, tavsif etganingizga qoyil qoldim.

Karimovni, podsholikning sir-u asrorlarini, saroy uyinlarini men yaxsh bilaman deb yursam, Siz mengan ham yaxshiroq bilar ekansiz. Uning jilovlanmas hatti-harakati, gap-suzi va fikr-u uylarini shu qadar mahorat bilan ochib beribsizki, Sizni iste`dodli yozuvchi sifatida tan olmoq va qoyil qolmoqdan uzga iloj yuq.

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat XUShEV.

17 Dec 2004

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!

Bilasizmi Jahongir aka. Men Siz uchun Norvegiya yoki Germaniyaga ham borib kelishga tayyorman. Men muxolifat liderlarini bir bulib, jipslashishini orzu qilaman. Siz tom ma`noda lidersiz.Yozganlaringiz Sizga shunday huquq beradi.

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat XUShEV.

18 Fev 2005

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!

“Savol-javoblar”… Bu “Rubrika”ni ochib yaxshi qilgansiz… Rustam Shog’ulomov obrazini (liftda) yaxshi, ishonarli qilib beribsiz. Shuning uchun ham Sizga hat yozgim keldi. Hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev.

22 Fev 2005

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!

Radioto’lqinlarda yaxshi gaplashdik.

Suhbat avvalida men bir oz sarosimada bo’ldim, shekilli. Lekin Siz baribir bizdan ustunlik qildingiz. Javoblaringiz puhta, qisqa, lo’nda bo’ldi.Men bir oz aylantirishga majbur bo’ldim. Keskin va to’g’ri savol qarshisida bir oz sarosimaga ham tushdim… Hullas, bu gal uloq sizda ketdi,tan olish kerak. Lekin, baribir birgalashib chiqqanimiz va men Sizni ehtirom bilan eslab turganim yaxshi bo’ldi. Bu bilan qaysidir ma`noda oldingizda hijolat chekayatganimni tinglovchilar tushunishgan bo’lsa, menga kifoya. Men shuni istagan edim…

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev

28 Fev 2005

Assalomu alaykum Jahongir aka!

Turli-tuman shuncha savollarga javob yozaolganingizga qoyil qolish kerak. Ularni to’plab yaxshi qilayapsiz. Bir kun kelib yurtga qaytsak(ilohim shunday bo’lsin) haqiqiy shov-shuvga sabab bo’ladi bu yozuvlar. Faqat yozganlaringiz samimiy va tabiiy bo’lsa, haqiqat me`zonida turib yozilsa, o’quvchilaringiz yanada ko’payadi.

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev

02 Mar 2005

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!

Savol-javoblarda “LAK” degan asaringiz haqida o’qib qoldim.

Birinchidan, LAK nima degani, tushunmadim. Ikkinchidan, lotinda umuman o’qiyolmayapman. Uning kirildagi nushasi youqmi? Yo faqat lotinda yozganmisiz? Asar mundarijasi juda qiziqtirib qo’ydi. o’zim tilga olingan joylarni o’qidim, lekin chalkashliklar ko’p. Kitobimda bu voqealarga oydinlik kiritganman. Yaqinda o’qiysiz. Kengroq kitobhonlar ommasi o’qishi uchun, nazarimda, “LAK”ni kirilga almashtirish kerak. Hullas, tarih, bizga yoqadimi – youqmi, bor bo’y-basti bilan halqqa oshkor etilishi kerak. Men shu ma`noda Sizning qilayotgan hayrli ishlaringizni qo’llab quvvatlayman. Faqat bizning burchimiz – uni holis va adolat mezonida turib halqqa etkazishdan iborat. Men masalan o’z kitobimda shunga amal qilishga intilganman. Necholik uddalaganim – bu endi o’quvchiga havola.

Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev.

SAVOL

Jahongir aka! Siz adashmasam, 1992 yilda Ismat Xushev haqida “Topponcha”ga javob” deb yozganingizda uni Karimov ishlatib, axlatxonaga tashlaydi, keyin yana bittasi topib olsa, yana qo’llanadi, deb yozganingiz esimda. Shunday bo’ldi ham. Karimov uni qo’llanib otib yubordi. Shunda ham u xulosa chiqarmay, 15 yil Karimovga maddohlik qildi. Endi chetga chiqib olib, “Men hurruyat uchun kurashgandim” deyayotganiga va boshqalarga maddohlik qilayotganiga yoqamni ushlab qoldim. Nahotki, odam ham shuncha bezbet bo’lsa?

Sizga esa savolim, kecha “Tribune-uz” da uning maqolasini o’qidim. Karim Bahriev haqida yozib 1992 yilda, uni Karimov vazir o’rinbosari, etib tayinlamoqchi edi, ammo (kinoya shaklida) “Keyin bu o’ringa Jahongir Mamatovni tayinlashadi”, deb yozgan. Kitobingizni o’qib chiqqanman va hech qaerda vazir o’rinbosari bo’lganingiz haqida gap yo’q. Shunga izoh berolmaysizmi? (Alimardon, 2005 yil, 22 Aprel).

JAVOB

Aslida bunga izohni Xushevdan so’rash kerak edi. U keyingi paytda menga yozgan maktublarida tarixni yoritishda haqiqatga to’la rioya qilishni oldiga maqsad qilib qo’yganini ta’kildab kelmoqda va xatlar bo’limida ba’zilarini o’qishingiz ham mumkin. Ammo haqiqat tulkining kulkisi sher ketgandan keyin zaharga aylanadi, kabi bo’lmasligi kerak.

U bir kuni mening “IAK” hujjatli romanimda Jurnalistlar uyushmasi haqida yozganimga e’tiroz bildirib, u erda Kompartiya MK Buyrosining a’zolari qatnashmagan edi, “Ko’pirtirib yozaversa bo’larkan-da” dedi kinoya qilib. Men bittalab, kimning qatnashgani, qaerda o’tirgani va nima deganini eslatganimdan keyin “Ha, yurishgan edi-ya, endi esladim” dedi.

Xuddi shunday, u “Ozodlik” radiosidagi muloqotimizda ham 1991 yildagi 7-sessiyada men o’sha erda o’tirgan edim, deya u paytda Karimovni xalq istaganini iddao etdi. Demak, biz xalq istagiga qarshi bosh ko’targan ekanmiz-da! Balki xalq deganda u o’zini tushungan bo’lsa, u holda gapimni qaytib oldim.

Mazkur sessiyaning asosiy qismining matnini videolentadan so’z-ma-so’z ko’chirib, “IAK” kitobida e’lon qilganman. Magnit lentasiga yozilgan yozuvi esa, “Amerika ovozi” radiosida e’lon qilingandi. Shunga qaramay u tarixni soxtalashtirishga va Karimovga qarshi kurash 1991 yilda boshlanganini rad etishga urinayotgan bo’lsa, bu juda jiddiy masala. Nahotki, yana topshiriq olib, tashqariga chiqqan bo’lsa? Yoki topshiriqni tashqaridan oldimi?

U “Ozodlik” radiosidagi muloqotda uyalmay, netmay Karimov dastlabki besh yilda demokratiya uchun katta xizmat qildi, deb aytdi. Demak-ki, muxolifatni, hurriyat tarafdorlarini qatag’on qilish demokratiyaga xizmat ekan-da! Yoki Karimov suyak tashlab turganda “demokratiyaga xizmat qilmoqda”, tashlamaganda esa aksi bo’ladimi?

Qolaversa, “IAK” kitobining Saroyga oid qismlarini 15 yildan keyin xotirani titkilab emas, 1992-93 yillarda qoralaganman. “Erk” faoli, adiba Dilorom Isxoqova muharrirlik qilib, ko’rib bergan va muxolifatdan ko’pchilik o’qigan . Almatovning odamlari ham bir nusxasini olishgan va Karimovga etkazgandan keyin meni quvg’in etib, qamoqda chiritmoqchi bo’lishgan.

Men kitobimda yozganimdek, qisqa muddat O’zbekiston Teleradio kompaniyasi raisining televidenie bo’yicha o’rinbosari bo’lganman va bu ishga 1991 yil oxirida tayinlanib, 1992 yilning Yanvar oyida Talabalar shaharchasidagi voqealardan so’ng iste’fo berganman. Xushevning versiyasi bo’yicha, o’zim ham bilmagan holatda yana bir marta tayinlanganman, shekilli?!

Bu joyda Elbek Musaev ishlab turgani uchun Karimov yangi bir shtat ochgandi va mening ise’fomdan keyin bu shtatni qisqartirgandi. Har holda Ismat Xushev Karim Bahrievdan boshqa bir voqeani eshitib, o’shani o’zlashtirib, chalkashtirib yozgan bo’lsa kerak. Zotan u o’zining shunday odati borligini ham inkor etmaydi.

Televideniedan iste’fo berganimdan keyin bir kuni prezidentning kadrlar bo’yicha maslahatchisi Mavlon Umurzoqov chaqirdi. Borsam, Karim Bahriev ham o’sha erda ekan. Uni ham chaqirishibdi.

-Sizlar bilan oqsoqol uchrashmoqchilar,-dedi u.

Kutish uzoq cho’zildi. Karimga qanday vazifa va’da qilishganini bilmayman. Men ilgari ishlagan joy va’da qilingandir desam, u shtat qisqartirilib, yana Elbek Musaevning o’zi televidenie jabhasiga rahbarlik qilayotgandi.

O’sha kun Mavlon aka menga O’zA direktorining o’rinbosari vazifasini taklif qildi. Men qabul qilmadim va Karimov huzuriga ham kirmadim. Shundan keyin gazetada menga qarshi bo’htonnoma chiqdi. Biz Karim Bahriev bilan yaqin edik. U maqola chiqishidan bir kun oldin menga telefon qilib, unga ham qo’l qo’yish so’ralgani, ammo bosh tortgani va bu iflos ish “topponcha”ga qolganini aytgandi. Uning ana shu iborasi menga yoqib qolib, Xushevga yozgan javobimga sarlavha bo’lgan va uning bu laqabi ommalashib ketgandi. Bu haqda ham “IAK”da yozganman.

Yaqinda Xorijiy radiolardan birining Toshkentdagi muxbiridan maktub oldim. Unda yozilishicha, Xushev ishdan ketib, xalqaro bir konferensiyada bu haqda bayonot berganda unga savollar yog’ilgan va shulardan biri men haqimda ekan.

Undan:

-Bir paytlar Jahongir Mamatov haqida topshiriq bilan bo’hton yozgan edingiz, mana endi o’sha kun sizning ham boshingizga keldi. o’sha qilmishingizdan pushaymonmisiz?,- deb so’rashganda u:

-Men pushaymon emasman, maqolani o’zim yozganman va hali ham o’sha fikrdaman,- degan ekan.

Meni hayratga solgani shu konferensiyadan ko’p o’tmay u Bi-Bi-Si(BBC) radiosning Toshkentdagi offisidan menga telefon qilib, kechirim so’radi. U yig’lagani uchun uni mast, deb o’ylab, gapini jiddiy olmadim. Keyin radio orqali chiqish qilib, menga qarshi maqolani topshiriq bilan yozganini tan oldi.(Mana o’z ovozidan eshitib ko’ring http://www.jahongir.org/menhaqda.html )Keyin ham bir necha marta kechirib so’radi.

Xullas, uning bu safargi xatosi ataylab emas, balki shunchaki adashish ham bo’lishi mumkin. Ammo qachongacha adashish mumkin? Yoki bukrini go’r ham tuzatolmaydi, deganlari rostmikan?!

SAVOL

Kecha “Ozodlik” radiosining “Qurultoy” programmasida jumladan, Sizning jurnalist Ismat Xushev bilan tortishuvinguzni tingladik. Ismat Xushev o’z so’zida “Islom Karimov dastlabki besh yillik faoliyatida demokratiya uchun, o’zbek xalqi, O’zbekiston uchun juda katta xizmat qilgan edi” dedi. Siz esa bunga qarshi chiqdingiz, Ismat Xushevga “Islom Karimovning xizmatlarini sanab ber,” deganingizga qaramay, sanab bermadi, xo’sh siz Karimovning shu yillarda demokratiya, o’zbek xalqi, O’zbekistonga qarshi xizmatlarini sanab berishingiz mumkinmi?(Sulaymon, 2005 yil, 12 Aparel).

JAVOB

Men buni qachonlardir birma-bir sanab qo’yganman. “IAK” hujjatli romanining KUCh ADOLATDAMI, ADOLAT KUChDAMI? deb nomlangan bo’limi Islom Karimovning 1990 yillar boshidagi bevosita demokratiya, o’zbek xalqi, O’zbekistonga “xizmatlari” haqidadir. Umuman bu hujjatli romanda Karimovning asosan o’sha yillardagi “xizmatlari” qalamga olingan.

Shuningdek “O’zligim” roman-pamfletida ham Islom Karimovning dastalabki besh yildagi besh tamoyili va “samarasi” haqida so’z boradi. Shu bois qayta takrorlashga hojat bolmasa kerak

SAVOL

“Ozodlik” radiosining bugungi, men doim eshitib boradigan “Qurultoy” dasturida jurnalist Ismat Xushev “Jahongir Mamatovga o’xshab vaqtida bu odamning (Islom Karimovning) yuziga kimligini aytib, mamlakatni tark eta olmadik. Buning uchun ham odam juda kuchli, irodali, jasoratli bo’lishi kerak ekan, nazarimda” dedi. Nima deb ketganingiz haqida ma’lumot berishingiz mumkinmi? (Odil, 2005 yil, 28 Fevral).

JAVOB

Tabiiyki, Islom Karimovning zolim ekanligini uning ko’ziga tik qarab aytish oson emas edi. Buni Shovruq Ro’zimurodov, Toyiba To’laganova, Murod Jo’raev, Samandar Qo’qonov, Meli Qobulov, Shuhrat Nusratov kabi deputatlar aytishga o’zlarida jasorat topa olgandilar. Lekin ularning aksariyatini mudhish kunlar, quvg’in, qatl, qamoq qarshiladi.

Endi mening nima deganimga kelsak, buning uchun “IAK” hujjatli romani bilan tanishib chiqsangiz, har holda savolingizga javob topishingiz mumkin. Shuningdek, “QUVG’IN” romanida ham bu haqda batafsil to’xtalingan.

IZOH

Ismat Xushev haqidagi bir savolga javob berganimdan va u haqdagi bir maktub maqolani chop etganimdan keyin oradan bir kun o’tmasdan o’quvchilardan juda ko’p savollar va xatlar kelmoqda. Bir paytlar “Amerika ovozi”da uning suhbatini berganimizda ham shunday bo’lgandi. 100 ga kishi u haqda salbiy fikrlar bildirib, hatto g’azzab bilan maktub yozishgandi. Bu safar ham shunday bo’ldi. Balki bularni bir kun kitob qilish kerak bo’lar?! Hozir esa ularning hammasiga javob berish mushkul. Buning uchun vaqt ham yuq va u bu qadar vaqt ajratishga ham arzimaydi.Qolaversa, javoblar ko’pgina savollarning uzida mujassam. Ana shunday maktublardan ba’zilarini haqoratli qismlarini qisqartirgan holda, ayrim mulohazali joylari Ismat Xushevga o’zini isloh qilishi uchun foydasi tegar degan maqsadda bu erga quyildi.

O’QUVCHILARDAN MAKTUBLAR

22 Apr 2005

Men Ismat Xushevning ovozini eshitib kurdim. U rahbarlarning, maxsus tashkilotlarning topshirig’i bilan tuhmat qildim, uyalaman degan ekan, lekin uning uyalishiga ishonmayman. Bunday odamlar uyat nimaligini bilmaydilar. U uzini 1990 yillarda matbuotga yangi kuch olib keldim, keyin erkin fikrli bulganim uchun surildim deb yozgan. U faqat matbuotga emas, butun jamiyatga g’ulom qanaqa bo’lishini uzida kursatish taejribasini olib keldi. Bu uning yangiligi. Shunday emasmi?(Botir).

22 Apr 2005

Abdulla Oripov Almatovga qarata bu itvachchalarning boshini sapchadek uzib tashlang deganda Ismat Xushev ham usha zalda utirgan bulsa kerak. Mana minglab boshlarni sapchadek uzdilar. Qanday qilib endi bu badbaxt buncha Abdulla Oripovni maqtaydi. Uylmaydimi? Unga minbar berayotganlarning ham vijdonlari uniki bilan baravarmi?(Shoira).

22 Apr 2005

Karimov davrida ming-miglab odamlar qamalib ketdi. o’ldirildi, surgun qilindi. Lekin Xushevlar buni ko’rmalsikka oldilar. Qanday qilib shunday odam siyosiy muhojir bo’lishi mumkin. Qani adolat? U 10 yil Karimovni maqtab uni jinoyataiga sherik bo’lgani uchun uni mukofotlash kerakmi? Kim uni tavsiya etdi, kim unga boshpana berdi. Hukumatdan quvg’iniga uchrgan qancha odamlar siyosiy boshpana ololmayotgan bir paytda u qanday oldi? Bu erda ham tanish bilishchilik qildimi? U ham Polvonzoda ham Karimov bilan birga jinoyat kursisida o’tirishlari kerak emasmi?(Abdumalik).

22 Apr 2005

U oldin Karimovni maqtab paxta quyib kelgan bo’lsa, endi muxolifat liderlariga paxta quymoqda. Ularga ham o’zini maqtov bilan sotmoqda. Lekin Ozodlik radiosiga qoyilman. 10 yil davomida muxolifat vakillari gapirganda tarozini tenglashtirish uchun hukumat tomondan Xushevga suz berardilar. Hozir ham shunday. U hali ham tarozining hukumat tomonida. Demak hech narsa uzgarmagan. Uning basharasini ochganingiz uchun rahmat. Balki uni muhojiratga hukumat junatgan bulsachi??? Agar shunday bulsa radiodagilar uni boflab tazirini berishmoqda. Bunga qo’shilasizmi?(Shamsiddin).

22 Apr 2005 13:51:21 +0800

O’zbekistonda Karimovni maqtashda chempionlikni Ismat Xushevdan hech kim ololmagan. Radiolarda tinmay Islom akasini maqtardi. Hatto qamalib chiqqandan keyin ham maqtardi. Tushunmas edim. Endi yozayotgan kitobini uqib tushundim. U shuning hisobiga yashagan ekan, har bir kuni, har bir soati harom o’tganini o’zi yozgan. Alloh ana shunday, shaytonni o’z tilidan gapirtiradi. U har ishni tanish bilish qilib olgani, o’qishga ham tanish bilish qilib kirgani, milisalarni ishga joylab yurganini yozgan. Almatovning orqasini o’pganini yozgan. Manimcha bu asrning Majidinni bu Ismat Xishevdir. U uz ustoziga ham kesakka shisha joylab beradigan odam.(Toshpo’lat).

22 Apr 2005 13:57:00 -0800

Ismat Xushev shunaqa odamki hech qachon mustaqil bo’lolmagan va bo’lolmaydi. U doim qandaydir o’yinlarda qo’llanilgan. O’zbekiston adabiyoti sana’ati gazetasida maqolasi chiqmagani va buni Ahamadjon Meliboe va Ahmadjon Muxtorovlar qoldirganini keyin O’ktam Usmonov bosib chiqarganini yozgan. Men bu voqeaning tarxini bilaman. O’zbekiston Kompartiyasi nashriyotining direktori Islom Shog’ulomov, ukasi Rustam Shog’ulomovlar viloyatlardan kelganlarni kamsitar va Toshkentdan bo’lganlarni qo’llar edilar. Meliboev va Muxtorovlar bilan ularning orasida jang borayotgandi. Rahmatli O’ktam Usmonov ham Abdurazzoqovlar oilasining kuyovi edi va Shog’ulomovlar guruhida edi. Ular o’lzarining qora niyatlari uchun Ismatni qo’llanishgandi. Mana endi uning o’zi o’sha yozganim noto’g’ri bo’lgan deb yozibdi. Uning butun hayoti notug’ri bo’lgan va bugun ham noto’g’ri yashamoqda. Shunday emasmi?(Yoqubjon).

22 Apr 2005

Men student edim. Otamning ishi Shahrisabz purkuroriga tushgandi. Usha erda turgandik. Bitta galstuk taqqan odam tez-tez yurib keldi. Purkuror yuugirib chiqib uni kutib oldi. U kissasidan bita rasm chiqarib unga kursatib, mana Islom akam bilan kecha birga edik, sizga salom aytdilar, sizni maqtab quydim u kishiga dedi. Keyin rasmni bizga ham kursatib chiqdi. Uzining Ismat Xushev ekanligini aytdi. Keyin purkurorni olib chiqib ketdi. Biz oxshomgacha kutib utirdik. Ular qaytmadi. Keyin tez-tez eshitib turdim, Ismat Xushev Karimov bilan tushgan rasmni kursatib, ish bitirib yurar ekan, deb. Buni hamma bilardi. Lekin nega unga ishonishgan?(Omon).

27 Apr 2005

“Men Ismat Xushevning nima uchun Karim Bahrievni maqtayotganini topdim. Aslida u kishi Xushevning maqtoviga qarab qolgani yo’q. Xushev maqtagan odamlarni obrusi kutarilmaydi. Shuning uchun ham uning sizni maqtagan xatlarini e’lon qilganingizda xafa bulib, nahotki shuni bilmaysizmi deb xat yozgan edim.

Karim akaning aytishlaricha “topponcha” xat yozib bir kitob yozayotganini va bu kitobini “Tribune-uz”da chiqarishni u kishidan yalinib suragan ekan. Shundan keyin Karim aka buni Alo Xujaevdan iltimos qilibdilar. U uzbekchani bilmagani uchun uqib ham kurmasdan rozi bulibdi. Aslida yaxshi bulgan. Mana sharmandasi chiqib turibdi. Ba’zilar uni siz bilan urishtirib qo’yib, uni kimligini ochib bermokchi. Uni sizdan boshqa odam fosh qila olmaydi deganlar bor. Bilishimcha uni yana uynatishmoqda. Hikmat”.

18 Apr 2005

Assalomu alaykum Jahongir aka!

O’zbekistonning turli universitetlaridan domlalar bilan 10 kun davomida safarda bo’ldik. Shu orada internetga kirishim ko’p bo’lmasada, Ismat Xushevning kitobini men ham bir ikki bobini o’qigandim- to’laligicha emas, ammo hulosa chiqarishga etarli deb o’ylayman.

Sizdan esa ikkita iltimos, bu maqolamni sahifangizda chiqarsangiz… Agar menga xat yozadigan bo’lsa xatlarini manga jo’natsangiz, keyin o’zim javob yozaman.

MAQOLAM esa BU:

Ohirgi paytlarda turli muholifat yoki demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari saytlarida rusum bo’lib borayotgan turli siyosatchi, mustaqqil jurnalist yoki siyosiy muhojirlarning o’z hayotlari, boshdan kechirganlari haqida yozilgan romanlar bilan tanishar ekanman, mendan boshqa ham kimdir bularni o’qirmikan, o’qishsa shularning hammasiga ishonisharmikan degan savol tug’iladi. Bu romanlar huddi O’zbekiston telekanallarida aylantirib qo’yilaveradigan, namoish qilinishidan asosiy maqsad orasida qo’yib yuboriladigan reklamalardan mo’may daromad topish bo’lgan, halqni ”informatsiyon kapsulada” saqlashda, ongi va zehniyatini bo’g’ib qo’yishda cheksiz ahamiyatga ega bo’lgan, bir-biridan bema’niligi bilan tirnoqcha ham qolishmaydigan seryallarning internetda takrorlangan variantini eslatadi. Har safar ”Prezident erkasining hotiralari” yoki ”U vhoda v tot svet”(har holda ”Narigi dunyo ostonasida” bo’lsa kerak) kabi asarlarning qaysidir bir varag’i yoritilgan sahifalarni uchratar ekanman, shu sahifalar ”vebmaster” lari bahtlariga Ismat Xushev va Safar Bekchon borligini, aks holda ularni to’la to’kis ”ko’chirib yoritish”da ayblasak bo’lardi.

Afsuski shu romanlarni yoritishdan oldin o’zlari bir marotaba shu romanlarni mutaola qilsalar, qaysidir jihatdan o’z sahifalarida yoritilishi uchun asos topilsa, ana unda kichik izoh bilan, mana masalan ”Erkin Yurt sahifasining asosiy maqsadi- ozod Turkistonni yaratishda Prezident erkasining hotiralari asari o’rni shundan iboratki, bu asar milliylik ruhida bitilgan, siyosiy arbobning kurashlaridan iborat mashaqqatli hayotini bayon qiladi… ” qabilida izoh berilsa, yozilmagan taqdirda ham, hech bo’lmasa shu izohga mos kelsa, bunday asarni ayni saytlarda yoritilishiga hech qanday e’tiroz bildirmas edim.

Afsusku, agar aynan shu asarga izoh berilsa ”Mansab, lavozim va manmanlik ilinjida hech nimadan qaytmaydigan, yashagan qirq yil umrining asosiy qismini o’z dunyosini shakillantirishga bag’ishlagan, mansab va manfaat orttirish ilinjida amaldorlar ostonasida ovvora, ”pahta qo’yish” bo’yicha tengi yo’q mutahasis, hayolparast, tinib-tinchimas yigitning boshdan kechirgan sarguzashtlari” deyish mumkin. Ismat Xushev hafa bo’lmasinlarku, agar shubha qilsalar romanlarini yana bir karra o’qib ko’rsinlar, bundan ham chuqurroq ta’riflab bo’larmikan romanlarini. Bu boshqa masala, asosiy masala esa, shunday ”sarguzasht”larning qay yul bilan turli muholifat yoki demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari saytlarida paydo bo’lib qolayotganligidadir.

Siyosiy boshpana olgan muhojirlarning asosiy qismi qanday qo’zni shamg’alat qilib boshpana olgan bo’lsalar shu tariqa pul ishlashni maqsad qilib turli fondlardan grantlar oladilar, va ”Asosiy maqsadimiz halqni bo’layotgan siyosiy hayotdan voqif qilish, senzuraning tomirini kesish!” degan shiyor bilan eng shimarib ishga kirishadilar. Dastlab qo’ldan kelgancha qalam haqi to’lab sahifalarida qiziqroq maqola yoritsalar, keyinchalik bu maqolalarni qalam haqisiz ham qaysidir saytlardan ”ko’chirma qilish” mumkinligini ”kashf” qiladilar.

Bora-bora zerikarli bo’lib ketayotgan saytlarida ”asosiy maqsadlari” esdan chiqib turli sarguzashtlar yorita boshlaydilar. o’zbek mustaqqil jurnalistikasining halqqa qilgan beminnat yordami bu ham…

Ismat Xushev ”Iqtisod va hayot” jurnali muharriri bo’lganida, ToshDU hojathonasida ham Abdulla Oripov she’rlarini baqirip aytib yuradigan, gaplari poyintar-soyintar yigitning qanday bu lavozimgacha kelib qolganini aqlimga sig’dirolmay yurardim. Asarning ahamiyati ham aynan shunda deb hisoblayman- u ko’plab aql qo’zini mansab va manfaat pardasi qoplaganlarga ”kitob” bo’lishi mumkin. Ammo bu sarguzasht asarning ham siyosiy sahifalardan o’rin olgani bu sahifalarning asosiy maqsadi nimadir yozishdan boshqa narsamasligi, grantlarning ”eb yuborilgan pullariga” hisobot yozish uchungina sahifa yoritilishi ko’rsatadi.

Asarning to’qilganini, asil Ismat Xushev hamma havas qiladigan, yoqasini chertib yuradigan yigitmas, shunday bo’lishga harakat qilib har safar ”qovun tushiradigan” omadsiz yigit ekanligini isbotlash uchun quyidagi misolni ketiraman. O’qishni bitirib kelgan Ismat Xushev Abdulla akasining etagini qo’yib yubormasdan ”ish topip berasiz” deb turib olganda Abdulla Oripov unga 1 enlik yozuv yozib konvertni elimlab berib yuboradi. Sabrsiz yigit yulda hatni ochip o’qisa, ”Jenya” so’zi bilan boshlangan nomaga ko’zi tushadi. ”Men shunda birinchi marotaba ”Evgeniy” ismining qisqartmasi ”Jenya” ekanligini bilib oldim” deyilgan. Sevgilisi bilan yuz kelishdan qochib falon yil o’qib, Moskva Davlat Universitetini bitirgan talabaning Jenya Evgeniyning qisqartmasiligini aynan shu erda o’rgangani juda ishonarsiz chiqqan…

Ismat Xushev balki endi oq qorani tanigandir, uning hozirgi fikrlari oldingi qiliqlari kabi telba teskarimas, ammo undan iltimos, farosat bilan badiiy sahifasini ochib yoritsin ijodi namunalarini, siyosiy muammolar bilan uning bir honandaga uylanaman deb ikki tarsaki egani, harbiyda haqiqatni kech bo’lsa ham qaror topdirgani, Abdulla Oripov etagiga yopishib Lenin qabriga gulchambar quyganining umuman aloqasi yo’qligini to’g’ri tushunadi, degan umitdaman.Nima u kishi katta bir dohiymiki biz hojatxonaga borganlarini ham o’qishimiz kerak. Mard bo’lsalar tezroq Karimovning qiliqlari haqida yozsinlar.

Jaloliddin.(Milliy Universitet).17/4/2005

XULOSA O’RNIDA

Ismat Xushevga murojaat

Salom Ismat aka sizni chikishlaringizni bir ikki joyda kuzatib koldim.TRIBUNE.UZ saytida rumoningizni ukib koldim.

Ajoyib yangilik yaratibsiz. Asaringizni ukigan insonlarda ajoyib tuygu paydo buladi. “Kim Uzbekiston chegarisidan utsa muxolifat, kaytib kirsa xukumat buladi” degan. Sizning adabiy kashfiyotingizning kimmati shundaki siz uziga xos siyosiy kobiliyatingiz bilan adabiy isdedodingizni birlashtirib galati yangilik kilibsiz, ya’ni A.Oripovni yagir kuylagini kiyganingizdan tortib, siz uchun kimmatli bulgan she’rini kaysidir axlatxonadan topib olib kuzga surtganingiz xakida yozib sobik kasbdosh “paxtakor” larga paxta kuygan bulsangiz, kachonlardir muxolifatdagi falonchiga falon amalni takdim kilganman deb ularga yokishga xarakat kilasiz. Uzizcha sharoitdan foydalanishga xarakat kilib ikki kuyonni uraman deb uylaysiz.

Adabiyot bustonidan bir tikanchalik joy topa olmadingiz, siyosatda esa bunaka axvol -xech kim gapingizni eshitgisi yuk. Ammo tushkkunlikka tushmang xammasi utib ketadi. Sizga ajoyib taklif bor albatta xup desangiz. Xozir mana muxolifat sizni kabul kilmadi. Xukumatdan esa umid yuk, chunki xali birov xaydalib tiklangani yuk, shunday ekan bitta yul koladi. SABR. Kaysi ma’noda? Kachon bugungi muxolifat xukumat buladi shunda siz uzingizni muxolifat deb e’lon kilishingiz mumkin. Usha paytda avvalgi kasbdoshlar xam sizni kullab kuvtlashiga 100% kafolat beraman, balki “shef”ingiz xam siz tarafda turar yana bilmadim buyogini xudo biladi ungacha kim bor kim yuk. Buning ustiga sizni imkoniyatingiz kup ekan masalan 1991 dan beri 8000dan ortik odam ishdan kuvilgan ekan, 16000 devonxonadan xaydalgan. Shularni boshini kovushtirib “butun jaxon sobik paxtakorlari uyushmasi”ni tuzsangiz albatta sizni boshlik bulib saylanasiz ana imkoniyatu mana imkoniyat. Karang birov sizni bu yaxshi paxtakor emas edi deb xozirgiday tankid kilmaydi. Sizga shior xam tayor tugrirogi Lenin bobomdan kuchirilgan “Butun jaxon sobik “paxta” korlari birlashingiz”. 3-5-2005

AZIZBEK demokratikblok@mail.ru

“Assalomu-alaykum Amerika Ovozi va Jahongir aka!

Ismat Xushev bilan bulgan suhbatinglarni ayanchli va achinarli xolatda eshitdik.

Ismat Xushevga atalgan maktub.

Ismat Xushevga emas balkim uning sadqayi insonligiga achindik.Qaysi yuz bilan,q aysi bet bilan Ismat Xushev bu intervuni berdi.Qarangki u hali ham Islom Karimovga , 10 yildan beri kurmagan prezidentiga sodiq qolmoqda. Payti kelsa odam bir kunda, bir soniyada uzgaradi, jurnalist Xushev esa Uzbekistonda yuzaga kelgan qiyinchiliklardan prezidentni xabari yuq, mamlakatdagi qonunsizliklardan, adolatsizliklardan,xalqni nochor axvolida prezident emas balki uning komandasi aibdor demoqda.

Ajabo yoqa ushashingni bilmaysan insonning bunchalik past ketishiga.Yillar davomida osmonlarga kutarib maqtab kelgan, undan yana bir doxiy qilishga uringan , itga suyak tashlaganday – uy berganda,tagiga moshin berganda dumini likillatib,oyogini yalashga tayor turganlar, endi xurakdan maxrum bulgandan keyin “Freedom Hous”da matbuot konferenciyasini bergan.Oldin qaerda edingiz. Boshqa insonlarni xaq-xuquqlari poymol qilinganda, oilasiga nisbatan bosim qilinganda , chet-ellarda sangishga majbur bolgan paytda siz gazetangiz orqali unga sigindingiz,soyasiga sajda qildingiz, va u insonlarni qoralagan bulsangiz kerak. Boshingizga tushgan shuncha savdolardan keyin ham siz yana Islom Karimovni sevib kelmoqdasiz va unga sodiq qolishga xarakat qilmoqdasiz.

Afsus, ming afsuski sizga uhshagan “siyosatchi jurnalistlar” Uzbekistonimizda kupayib ketdi.

Karimovning yoki uning apparatining javobi qanday bularkin. Deydilar–“It xurrar,it xurrar otadi karvon… Kamola2001@aol.com”

QORA KITOB

Salay Madaminov tahriri va rahbarligi, homiyligi va zahmatlari evazigi chop etilib, tarqatilgan “Narigi dunyo darchasi oldida” kitobi qamoqxona haqidagina bo’lganda balki foydasi bo’lar edi. Ammo kitob 223 sahifadan iborat bo’lsa, shuning teng yarmi Abdurahim Po’latov haqida yoki unga tosh otishga qaratilgan.

Shuningdek, Abdumannob Po’latov, Shukrulla Mirsaidovga maxsus sahifalar ajratilgan. Yodgor Obid, Vasila Inoyatova va boshqalar “talangan”. Kitobni varaqlagan kishi Safar Bekjonovni Karimov hukumati emas. Po’latov qamagan ekan-mi, deb o’ylanib qoladi.

Kitobning so’z boshisida, “Kitob parcha-parcha, har xil erlarda yozildi. Lekin uning asosiy qismi O’zbekiston jazo koloniyalarida 1993-1996 yillarda qog’ozga tushgan”, deyilsa-da, kitobning bir necha joyida qamoqxona erto’lalarida kundalik yozish u yoqda tursin, ikki enlik maktub yozishga izin berilmagani va har oqshom tintuv o’tkazishgani e’tirof etiladi.

Biz Safar Bekjonovni O’zbekiston tarixiga oid qimmatbaho tangani rostdan ham o’g’irlagani va “bo’lajak prezident” havosidagi S.Madaminovga hadya etganini keyinchalik eshitdik. Lekin boshiga pashsha qo’nsa, yiqilib ketib, bir joyini sindirishi mumkin bo’lgan bu odamni qamoqxonada o’ldirib qo’yishmasin, deya ovozimizni chiqarmadik. Zotan muxolifat “it-mushuk” bo’lib yurgan payt edi. Bunga bizning sasimiz qo’shilishini istamadik. Aslida xato qilgan ekanmiz – andishaning otini qo’rqoq, deydilar.

Biroq qimmatbaho tanganing Salay Madaminovda ekanligini bilib qolgach, unga bu tarixiy ashyoni mamlakatga qaytarish uchun bosim ko’rsatdik. (Bu paytda S.Madaminov Istanbulda bo’lgan, – Tax.). Hatto partiyadan iste’fo etish masalasini o’rtaga qo’ydik. Ko’p o’tmay Salay Madaminov samarqandlik do’sti (ilgari KGBda ishlagan, keyinchalik “Erk” gazetasini olib borib, Mamadali Mahmudovning uyiga tashlab ketgan va o’sha kuniyoq Mahmudov qamoqqa olinganda ham kimligidan Salay Madaminov shubha qilmagan) Adham Roziqov orqali tangani berib yuborgani va Dilorom Ishoqova uni Safar Bekjonovning oqlovchisiga olib borib berganini aytdi.

Bu voqea bizning o’rtamizdagi samimiyatga darz etkazdi.

Kamina Salay Madaminov guruhini tark etganim bois, qo’rqqan oldin musht ko’tarar, deganlaridek bu kabi qilmishlarining pardasi ko’tarilib qolmasin, deb ular to’hmatga erk berdilar.

Kitobda yozilishicha, guyo 1994 yil Qarshidagi UYa 64-49 qamoqxonasida Parda Ahadov Safar Bekjonovga shunday deganmish:

“1964 yilda Samarqand shahrida tug’ilganman, Samarqand Savdo institutini tamomladim. Oldiniga Samarqand choy qadoqlash fabrikasida ellik ming dollar pora berib, ombor mudiri bo’ldim. Keyin yuz ming dollar pora berib, Samarkand teri zavodiga direktor bo’ldim. Toshkentdagi mafiya kuchlari daromadimning to’qson foizini olib ketishardi. O’rtada kelishmovchilik boshlandi. Biz, to’rtta aka-uka qurollangan guruh tuzdik. Oldiniga Samarqandni qo’lga oldik. Hatto viloyat hokimi Po’lat Abdurahmonov ham mendan qo’rqardi. Chunki uning o’zi ham poraxo’r odam.

1991 yil Jahongir Mamatov degan jurnalist, deputat mening ustimdan ma’lumot to’plaganini aytdi. O’rtaga Bulung’ur tumani hokimini qo’yib, jurnalistni tinchitdim. Unga ancha pul berdim va bir oy ichida dang’illama uy qurib berdim. Jurnalist Mamatov men qurdirib bergan uyda bemalol yashamoqchi edi, ammo chuchvarani xom sanagan edi.

O’zbekistonda pora olmaydigan rahbar yo’q. Shu jumladan, Toshturma boshlig’i ham pora oladi. Bir kuni men Toshturmadan chiqib, to’g’ri Samarqandga ketdim. Jurnalist uyida yo’q ekan. Uyni yoqtirib yubordim va odamlarimga o’zini topib, yo’q qilishni buyurdim. Tongda Toshturmaga etib kelolmadim.”

Avvalo Parda Ahadov degan odam bormi yo’qmi bu Allohga havola. Agar u bor bo’lsa va kitobda yozilganidek 1964 yilda to’g’ilgan bulsa, 1991 yilga kelib 27 yoshga kirgan bo’ladi. Yigirma etti yoshga etgunga qadar ham Savdo institutini bitirib, ham ellik ming dollar pul topib, ham choy qadoqlash fabrikasiga ombor mudiri bo’lib, undan keyin yuz ming dollar pul topib, Samarqand teri zavodiga direktor bo’lganiga avom biri ishonar, lekin aqli hushi joyida bo’lgan kishini ishontirish qiyin.

U paytda Samarqand teri zavodida pul berib birovni ishlata olmas edingiz. Chunki sifatsiz terilar ko’pligidan zavod bo’hronga uchragandi. O’shanda zavodga direktor qidirishgani karga ham so’qirga ham ayon edi.

Ne emish, feleton yozaman deya kolxoz raislaridan pora olgan ekanman. Bu iftironi bir paytlar Ismat Xushev o’rtaga otgan va haqqini olgandi. Endi esa bu “latta” akasiga qolibdi.

1991 yilda men Toshkentda yashardim, o’sha paytlari men hech qanday uy qurmaganimni nahotki hofizai sabil bu qadar tez unutdi. Qolaversa, ota-onamdan qolgan uy 1991 yilda emas, 1984 yilning 1-dekabrida yonib ketgandi.

Darvoqe, kitobdagi xotira qamoqdagi bir odamning nomidan keltirilgan. Shunga ham ota go’ri qozixona-mi deyishingiz mumkin? Lekin kitobda muallifning alohida izohiga alohida er berilgan. Unda shunday deyiladi:

“..Jahongir Mamatov – jurnalist, sobiq deputat. 80-chi yillar so’ngida Samarqand viloyati “Lenin yuli” gazetasida ishlagan. Feleton yozaman, deb shantaj qilib, ko’pgina kolxoz raislaridan pora olganligi ma’lum. 1992 yil oxirida deputatlikdan haydalish havfi tug’ilganda, “Erk” partiyasidan “boshpana” so’rab, unga a’zo bo’lgan. 1993 yil bahorida Muhammad Solihga ergashib, Turkiyaga kelgan. 1994 yil Karimov hukumati bir guruh “Erk”chilarni qamoqqa olganda, Jahongir Mamatov “Erk” dan chiqqan. Bugun u Istanbulda A. Po’latov bilan hamkorlikda “Erk” partiyasiga qarshi tashviqot ishlarini olib bormoqda”.

Mana endi gap nimadaligini anglab oldingiz. Avvalo izohning o’zi izohtalab, ya’ni kamina 80-chi yillarning so’ngida (86-90) “Sovet O’zbekistoni” – “O’zbekiston Ovozi” gazetasida ishladim. “Erk” partiyasiga boshpana so’rab borganim yo’q, balki sekretarlari, faollari birin-ketin qamalayotgan og’ir

kunlarida nomzodimni partiya sekretarligiga ko’rsatishganida va “Erk” partiyasi gazetasining Bosh muharrirligini taklif qilishganida rad etmadim. Partiya Markaziy kengashida bir ovozdan saylanganman. Chunki partiya sekretari Otanazar Oripov qamoqda, “Erk” gazetasi Bosh redaktori va xodimlari sudga tortilgandi. Jonini asragan inson shunday olovning ichiga o’zini uradi-mi?

Men “Erk” partiyasiga kelganimdan keyin partiyaning yangi davri boshlandi. Bugungacha ba’zilar “siyosiy bagaj” sifatida foydalanib yurgani O’zbekiston demokratik kuchlar forumi kaminaning tashabbusi bilan tug’ildi. O’sha paytda men partiya raisiga hukumat qarshisida ikki yuzlamachilikni tugatishni shart qilib qo’ydim. Chunki hukumat tarkibida uch oy ishlab iste’fo etgandim va uning bilan takror bir yo’lga kirish mumkin emasligi idrokida edim.

1993 yilning bahorida Turkiyaga kelgan paytimda O’zbekistonda Madaminov Salayni qamashdi. Abdurahim Po’latov va boshqa muholifat a’zolari bilan Antaliyada Turk dunyosi qurultoyiga kelgandik. M. Solixni ozod qilish uchun Turkiya va xalqaro jamoatchilikka murojaatlar qildik.

Men Turkiyadan qaytib ketganimdan keyin 1994 yilning oxirida yana keldim. “Erk’ gazetasining 15-ta sonini tayyorladim.

Biz demokratiya, so’z erkinligi, inson haqlari ta’minoti, haqqoniyat tarafdorimiz. Bu bois ham Karimov hukumatiga qarshi kurashayapmiz. Bu kurashdan qaytadigan niyatimiz yo’q. Lekin yo’limizda ikkinchi, uchinchi Karimovlar paydo bo’lar ekan, ularga qarshi mujodalamizni ham to’xtatmaymiz, ularning qora kitoblari yoki ukalari, “do’stlari” orqali telefon po’pisalari, boshqalarning nomidan bizga qarshi maqolalar uyushtirishlari mujodalamizni aslo va aslo kuchsizlantirmaydi. Balki yana ham hushyorroq kurashga undaydi.

Kitobning 145-sahifasida shunday satrlar bor: “Qoraqalpog’iston muxtor jumxuriyati aholisining teng yarmi o’zbeklardan iborat bo’lishiga karamay, markaz Nukus rahbariyatida o’zbek yo’q” deyiladi. Bugun Turkiyada har kuni “Biz turkchi, biz bir millat” deb va’z aytib yurgan odamning ikki yuzini o’rtaga qo’yadi bu.

Birga yo’lga chiqqan yo’ldoshlari Zohir A’lam, Ahmad A’zam, Dadaxon Hasan, Sodiq Yigitali, Shodi Karim, Ibrohim Haqqul, Abdulhay Abdumavlon, Samad Murod va boshqa namoyondalar nega uni tark etishdi, nega ba’zilari boshqa yo’llarni afzal deb bilishdi?! Salay Madaminov bu xususda hech o’ylab ko’rdi-mi? Atrofida kim qoldi? Bundan uch yil oldin ukasi Maqsud Bekjon unga yozgan ochiq xatida boshi berk ko’chaga kirib borayotganini eslatgandi. Bir kun kelib yolg’izlanib qolajagiga shama etgandi.

Salay Madaminov va hamqalam xonadoni o’zining “Narigi dunyo darchasi oldida” turganini his etayotgan bo’lsa, boshqalarning ham qo’lidan tortib ketaman, deb ko’p urinmasin. Allohdan qo’rqsin! Hali ham kech emas, es-hushini yig’ib olsin, xatolariga iqror bo’lsin va bu chirkin yo’ldan qaytsin! Alloh kechiruvchandir! Salay Madaminov xatolarini tan olsa, biz ham o’shanda uni kechirishimiz mumkin. O’shanda yolg’izlik azobidan qutilib safimizga qo’shilishga va takror Muhammad Solih bo’lish imkoniga qovushadi. “Narigi dunyo darchasi oldida” iftiro ixtiro qilish hech kimga obro’ keltirmagan va keltirmaydi ham. Fitnaning mahsuli fisqu fasoddir!

Faoliyatimni tanqid kilishsin, marhamat, rahmat aytaman, lekin bezbetlarcha to’hmat bilan toshbo’ronga tutishmasin!

Xullas, bular xamir uchidan patir! “Norin”, “Manti”ning esa vaqti emas. Ammo ko’ngillari juda istasa, ishtahalari bosilmasa, uni ham oladilar.

AL-QISSA:

Sen shaytonga topinding, men esa Rahmonga, kurashimiz bitmasdir!

12 oktyabr 1997 yil.

Manfur usul yoki Fayzning fayzsiz “kitobi”

Bahodir Fayzini yaxshi taniyman. U Turkiyada Zokir Ali bilan birga uyimizga kelganda, osh eb o’tirganda, “Abdurahim Po’latov muxolifatning otasi, Muhammad Solih esa Xorazm masxarabozi” degani uchun unga tanbeh bergandim. Qarang-ki, u 360 darajaga aylanib ketibdi.

U Turkiyada o’zbek lahchasida yozish u yoqda tursin, hatto gapirishni ham mosh-guruchga aylantirgan va rus tilini esa bilmas edi. Bu uning aybi emas. Ha, rus tilini bilmaslik ayb emas, balki ona tilini bilmaslik aybdir.

Bugun uning o’tgan yili o’zbek tilida menga yozgan to’rt qatorli elektron maktubini ochib qarasam, 37 ta xato qilgan ekan. Uning nomidan rus tilida chiqqan “kitob”ni Xushev o’zbekchaga tarjima qilayotgani ham uning ona tilida ikki jumlani eplay olmasligiga bir dalil.

Bir paytlar uni “Amerika ovozi”da jamotchi muxbir sifatida ishlatamiz deb ko’p aziyatga qolganmiz. Afg’onistondan kelgan o’zbek qardoshlarimiz uning ovozini eshitib, yozganini o’qiy olmay “O’zbekistondan kelgansizlar-a”, deb rosa masxara qilishgan. Shundan keyin uni jamoatchi muxbirga “aylantirish” uchun ko’p mehnatim ketgan, ammo natija chiqmagan. Bo’lmasa, bo’lmas ekan.

Ajab, o’z tilini ham, rus tilini ham bilmagan odam qanday qilib, O’zbek muxolifati haqida “kitob” yozib qoldi? Umuman bitta maqola yoza olmaydigan odam-a!.. Bu ham ayb emas. Chunki hammadan ham maqola yozish talab etilmaydi. Buning ustiga u hech qanaqa fan doktori ham emas. Amerikada barcha fan doktorlarining ro’yxati e’lon qilinishini bilmagan kimsalar esa undan fan doktorini “yasashdi”. Uning o’zi ham, bunga ishonishni istaganlar ham, jumladan “Ozodlik”ni shaytanat deb bilgan prezidentlikka soxta nomzodning soxta ishonchli vakili Shuhrat Bobojonov kabilar uning fan doktorligini da’vo qila boshladilar. Xuddi shu bilan uning uning nomidan yozilganlarga va unga ayttirilganlarga butun dunyo ishonadigandek. Ko’zingizni oching, qo’lingizdagi cho’pni tashlang, ibtidoiy jamoa davri ortda qolgan!

Har qanday qora ishning ortidan bir yaxshilik keladi, deydilar. Shu voqea bois “Muxolifat QOMUSI” ga qo’l urildi va muxolifatning inqirozi haqida beburd odamlar emas, balki muxolifatchilarning o’zlari yozganlari bir kitobga jamlanib, inqirozlarni tahlil qilish boshlandi. Bu esa, iflos suvni ko’rib, quduq qazib, toza suv chiqarish haqida o’ylagan avlodlarimizni yodga soladi.

Fayzning fayzsiz “kitobi”da faqat Muhammad Solihgina bilishi mumkin bo’lgan gaplar va u hamda uning yaqinlaridan chiqqan uydirmalar bijirlagani tabiyki u qanday qilib tuzoqqa ilingani haqida savol uyg’otadi. Bu “kitob”ni kasal bo’lib qolganda yuborilgan ming dollar uchun tarjima qilib berayotgan kimsaning aytib yurgan gaplariga e’tibor qilmasak ham, Bahodir Fayzi bu “kitob” uchun olgan “gonorar”dan qancha soliq to’ladi ekan, deb savol berish bilan unga bugunga qadar yomonlikni ravo ko’rmaganimizni eslatib qo’ymoqchiman. U qaysi bir qishloqda emas, qonunlar mamlakati Amerikada yashayotganini unutmasligi kerak. Bu erda telefon suhbatlarini va qaerdan, qachon, qancha pul kelganini topishdan oson ish yo’q. Ayniqsa, soliqlar borasida uni yuz yilda ham kechirmasliklarini unutmasin! Qolaversa, uning yozish uslubi borasida test qildirib, terrorga bevosita aloqasi bo’lganlarni oqlashi va boshqalarga bo’hton yog’dirishi bilan jinoyat ko’chasiga kirib qolganini ham eslatmoqchiman. Bugun unga jabr qilish niyatim yo’q. Andishani qo’rqoqlikka yo’yaversa, bir kun javobini berishiga to’g’ri keladi.

Hali ham kech emas, Bahodirda zig’irdek bahodirlik topilsa, bu qulliq tuzog’ini bo’ynidan olib otadi va tavqi la’natdan hamda beburd odamlar qo’lida kukla bulib qolishdan qutuladi va ajabmaski, shu bilan to’g’ri yo’lga qaytgan insonlar kabi Xudoning ham g’azzabiga uchramasa!

Uning nomidan chiqarilgan “kitob”da negadir Solihning ham Tohir Yo’ldosh bilan tushgan rasmlari emas-da, bizniki ajratib berilgan va qayta-qayta nashr etilmoqda. Shuningdek, men ilgari bo’htonligi haqida “Qora kitob” deya raddiya yozganim “kitob”dan parchalar olish bilan kaminani ayblashga urinilgan. Shu bois bundan besh yil oldin yozilgan quyidagi satrlarni o’qib, bizdan ham fikr olishga qiziqqanida uning haqiqatdan ham tarafsizligi va kitob yozganiga ishongan bo’lardim.

Xullas, mana shu besh yil oldin yozilgan matnni o’qisangiz, Bahodirning nomidan chiqqan “kitob” ham manfur usul mahsuli ekanligiga qanoat hosil qilasiz.

BIR RASM AFSONASI

“ERK” Veb sahifasidan ko’chirma:

“O’zbek hukumatiga va muxolifatga savollar

Savollar:

1. Nega O’zbekiston hukumati bu suratni (Sahifada 1995 yilda yilda olingan bir surat berilgan va bu savollar shu haqda-JM) shu paytgacha e’lon qilmagan? (Surat O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmatiga yaqin manbalardan olingan). Axir xuddi shunday surat asosida ERK Partiyasi raisi Muhammad Solih sud qilinib, 15 yil qamoq jazosiga hukm qilinmadimi? Hukumat qo’lida shunday suratdan boshqa M.Solihning Islomiy harakat bilan aloqadorligini isbotlaydigan hech qanday dalil yo’q edi-ku?

2.Yana bir muhim savol: Nega MXX(SNB) bu suratni faqat endi “ishga solish”ga qaror berdi?

Yoki biron narsaning fursati keldimi? Nimaning, kimning Fursati keldi?

Malumki, 1999 yil fevral voqealari mahkamasiga chiqarilgan “guvoh” Zayniddin Asqarov yuqoridagi surat “personajlari”ga qarshi ham ko’rsatma berdi, ammo bu ko’rsatmalar e’lon qilinmadi, buning siri nimada?

3.O’zbekiston hukumatining bunday ikki xil yondoshish usuli ostida nima yotibdi – o’zi shundoq ham parchalangan muxolifatni yana ham parchalash rejasimi yoki bu erda bundan ham jiddiyroq niyatlar yashirilganmi?

4. So’nggi paytlarda “Amerika ovozi” radiosi o’zbek bo’limi, aniqrog’i, uning xodimi Jahongir Muhammad(Mamatov) tomonidan O’zbekiston muxolifatiga qarshi kuchayib ketgan propagandani nazarda tutib, bu soxta muxolifatchilarni boshqarib turgan Markaz Toshkentda joylashmaganmi, degan savol tug’ilmaydimi?

5. Nega hech kimning xayoliga “nima uchun 8 yil davomida bu “muxolifatchi”lar nomi O’zbekiston matbuotida na yaxshi, na yomon tarafdan loaqal biron marta ham eslanmadi-yu, bu davr mobaynida Muhammad Solihning nomi totalitar rejim matbuoti va televideniesidan “xalq dushmani” sifatida hech to’xtamay qoralandi,” degan savol kelmaydi?

Bu haqda xolis kuzatuvchilar shunday yozadi:

“1999 yil fevral oyining 18-chi kuni Toshkentda yuz bergan qayg’uli voqealardan so’ng aynan so’z qo’riqchilari ekstremizmga qarshi kurashning yo’l ko’rsatuvchilariga aylandilar. Ular redaksiyalarga bu voqealardan g’azablangan odamlarning ochiq xat va maqolalarini chop etishni buyurardilar, agar odamlar hech narsa yozmasalar, ular jurnalistlardan ana shunday “munosabat”larni to’qib-bichib yozishni talab qilardilar. Masalan, “Xalq so’zi” gazetasi asosiy “terrorist” Muhammad Solih haqida maqola chop etdi(“u ko’p xotinli, ko’rimsiz bir shoir va portlashlarning ma’naviy tashkilotchisi” qabilida) va senzura o’sha kuniyoq rus tilida chiqadigan nashrlardan “munosabat” talab qildi. Va jurnalistlar quyidagi qabilda “munosabat” to’qishga majbur bo’lishdi: “Men, kabel zavodida ishlaydigan Vasya Pupkin, yaramas Solih haqida o’zbek tilida chop etilgan maqolani o’qidim va bu g’ayriinsonga o’zimning noroziligimni bildiraman, u hech ham shoir emas…” Va so’z nazoratchilari mana shunday “liniya” yil davomida ushlab turilishini qattiq nazorat qilib turishadi…

6. Voqealarni ko’rib turgan har qanday kishi shunday deb savol berishga haqli: nega Muhammad Solih va uning ukalarinining uylari musodara qilingani singari bu soxta muxolifatchilarning uylari musodara qilinmagan, nega ularning qarindoshlaridan birontasi ham Muhammad Solihning qarindoshlari singari qamoqqa olinmagan, qiynoqlarga solinmagan?

7. 8 yillik umrini faqat ERK Partiyasiga qarshi tuxmat qilish, uning obrusini to’kishga sarflagan bu guruhni “Karimovga qarshi Muxolifat” deb atash mumkinmi?

O’zbek muxolifati yillar davomida O’zbekiston demokratik kuchlarining Birlashgan Jabhasini tashkil etishga urunib keldi,(eng so’nggisi 1992 yilda tuzilgan Demokratik Forum edi), ammo bu bunga doim yana o’sha “po’latovalr” halaqit berdi – ular muhojirotda qanday “Missiya” ni ado etmoqda? Va bu “Missiya” ularga kimlar tarafidan topshirilgan?

Chengiz Turan Turkistan-NET, 04.04.2001″.

“ERK”dagi bu rasm va bir necha tilda(?)gi savollar menga qaratilmagani va men muxolifat tarkibida emasligim uchun uni avvaliga parvosiz qoldirdim. Ammo uning ortidan yuz bergan voqelar bunga qaytishga undadi. 2001 yilning 17 May kuni bu xususda yozishiga to’ri keldi.

IG’VOGARGA YoZILGAN MAKTUB

Biz rasmga tushgan kunlar 1995 yil oxiri edi. Tohir Yo’ldosh bilan avval Abdurahim Po’latovning Istanbulning Kadiko’y mahallasidagi uyida uchrashdik. U bir necha kishi bilan keldi va salom alikdan so’ng:

-Bir xonaga o’tib gaplashaylik,-dedi.

Abdurahim Po’latovning bolalari uxlaydigan xonaga o’tdik. Ikki qavatli karavotga suyanib o’tirgan Tohir:

-Menga siyosiy qanot kerak,- dedi.- Armiyam bor, askarlarim bor, faqat siyosiy bir kuch bo’lsa bas, hukumatni unga olib beramiz.

Biz uzoq gaplashdik. Men:

-Toliblar bizga hech qachon do’st bo’lmaydi,-dedim.-Agar ular O’zbekistonga kelsalar va siz ularning safida bo’lsangiz, biz Amudaryoning ikki sohilimiz!

Abdurahim Po’latov ham O’zbekistonda islom davlati emas, demokratik davlat tuzish masalasida qarorli ekanini aytdi. Tohir kayfiyati buzilib xonadan chiqarkan, zaharxanda kulib turib, yarmi hazil-yarmi chin shaklida׃ “Sizlar kommunist bo’lganlaringcha qolibsizlar”,- dedi.

Uning hali Karimovni o’ldirish haqida gapi yo’q edi. Ammo Islom davlati rejasi unda paydo bo’la boshlagan edi. U birgalashib kurashaylik, deb atrofiga odam to’playotgandi.

U ketayotib “Men MS (Madaminov Salay va yoki Muhammad Solih-JM) bilan ko’rishaman, keyin sizlar bilan ham takror uchrashaman”, dedi. Ertasiga Tohirning Istanbuldagi vakili Zayniddin Asqarov telefon qildi va Tohirning men bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi.

Zayniddin ikki yil oldin Istanbulga kelgan va ora-sira telefon qilib turardi. U doim MS ning yonida bo’lganini aytar va uning mendan juda ham ranjiganini takrorlardi.

Tohir bilan ertasi kuni kechqurun bizning uyimizning yonida, benzin kolonkasi oldida gaplashdik. Tohir uyga kirishga vaqtim yo’q, desa ham ikki soat chamasi tortishdik. U menga katta pul evaziga o’zi bilan Eronga borishimni va Tojik muxolifatining radiosida O’zbekcha eshitirishlarga bosh bo’lishimni so’radi. Men unga o’zbek o’laroq bir vatan farzandlarimiz, lekin, biz g’oyaviy jihatdan boshqa-boshqa odamlar ekanligimizni, qurolli yo’l emas, maqsadimiz, balki demokratiya ekanligini tushuntirishga harakat qildim.

U ketayotib׃ “Xato qildingizlar, Muhammad Solih sizlarga qaraganda ancha yaxshi tushunar ekan”, dedi. Men undan gazetaga intervyu berishini suradim. O’shanda “Turkiya” gazetasida ishlardim. U rozi bo’ldi va ertasiga uchrashadigan bo’ldik. U Abdurahim Po’latovga ham va’da bergan ekan. Istanbul markazidagi Yoshlar uyida uchrashdik. Rasmga o’sha erda tushdik. Boshqa rasmlar ham bor. Intervyudan keyin u MS bilan uchrashgani va bizlarga oxirgi marta birga bo’lish taklifini qilayotganini aytdi. Biz o’zbek sifatida bir-birimiz bilan uchrashib, gaplashishimiz mumkinligi, lekin g’oyalarimiz ayri-ayri qolishini takror aytib, xayrlashdik.

Zayniddin Asqarov oldin gazetaga ham kelib turardi. Birdan oyog’ini uzdi. Ammo ora-sira telefon qilib, MS bilan Eronga, Afg’onistonga, Chechenistonga borib keldik, deb aytardi yoki Tohirning Istanbulga kelgani haqida ham sha’ma qilardi. Men uning bunday uslubini tushunmas va MS ning navbatdagi o’yini deb qo’yardim. Ammo o’shanda MS ning “Ozodlik” radiosidagi bir chiqishi diqqatimni tortdi.

MS vahobiylar haqida gapirib, bu oqimning fazilatlariga to’xtaldi va so’ng toliblar bizga dushman emas, do’st ekanligini aytdi. Abdurashid Do’stimni do’stim, deb kelgan MS birdaniga unga ham qarshi fikrlar bildirdi. Men ko’proq turkchi, turonchi g’oyasiga yaqin bo’lganim uchun buni hazm qila olmadim.

Abdurashid Do’stim Anqaraga kelganida Abdurahim Po’latov bilan huzuriga bordik. U bilan “Turkiya” gazetasida katta suhbatim, rasm bilan birga bosilgan. Kelgusida balki u ham “terrorchi” deb topilib qolsa, dalil qidirganlarga buni oldindan aytib quymoqchiman.

Keyinchalik “Radikal” gazetasida Anvar Oltoyli va MS haqida turkum maqolalar chiqqanda, MS va Do’stim orasi nega buzuq ekanligini tushundim.

Maqola “Yo’qolgan pullar MHP kur’erida” deb nomlangan va Turkiyaning eng mashhur gazetalaridan biri bo’lgan “Radikal”da 1996 yil 17 dekabr, seshanba kuni bosilib chiqqandi. Gazetaning yozishicha, Turkiya hukumati Abdurashid Do’stimga Anvar Oltoyli orqali 3 million dollar yordam yuborgan. Ammo pulning hammasi Do’stimga bormagan. Faqat bir million borgan. Oltoyli keyinchlik bergan suhbatlarida qolgan pulni MS ga berganini aytgan. Bu ishda Turkiya hukumatida ishlagan Kamol Yujaorol (turmush o’rtog’i o’zbeklardan va o’zi MS ning do’sti. Bulent Ejevitning MSning kitobiga yozilgan so’zboshisini ham shu odam uyushtirgandi) arachilik qilgan ekan.

Darhaqiqat, shundan keyin men ba’zi savollarimga javob topganday bo’ldim. Turkiyada yashash oson emas edi. Men kelganimdan ko’p o’tmay, gazetada ishlay boshladim. Ammo bir oilani boqish uchun bu maosh etmas edi. KOCh universitetida o’zbek tilidan dars bera boshladim. Bi-Bi-Ci radosiga muxbirlik qildim. “Ozodlik” bilan hamkorlik qildim. Shunda ham ba’zan qo’l kaltalik qilgan paytlar bo’lgan. Ammo MS Istanbulning eng qimmatbaho joyidan uy olgan va shohona hayot kechirar, lekin hech qaerda ishlamas edi. Kitob chiqarish uchun ham pul kerak edi. Gazeta uchun ham, boshqa sarf-xarajatlar uchun ham…

Xullas, gazetadagi maqola ko’p narsani oydinlashtirdi. Bu paytda hukumat almashib, pul berganlar o’rniga islomiy REFAQchilar kelgandi. Kechagina demokrat bo’lib, yurgan MS endi dindor bo’lib qoldi. U namoz o’qishni boshlash bilan birga Umraga ham borib kelsada ba’zan “qittay-qittay” qilishni ham qo’ymas edi. Ammo pul masalasida tekshir-tekshirlar boshlangani uchun Turkiya unga tor bo’lib qoldi.

Mayli, bu ayri mavzu. Tohir masalasiga qaytadigan bo’lsak, O’zbekiston hukumati MSni faqat bitta rasm uchun ayblayotgani yo’q. Uning 1994 yilda qurol yo’li bilan davlat to’ntarishiga harakat qilgani sir emas. Bu haqda kitoblarimdan batafsil ma’lumot topishingiz mumkin.

MS Afg’onistonga bormaganini ham isbotlay olmaydi. Chechenistonga borgani ham o’rtada. General Lebed bilan uchrashgani esa “ERK” gazetasida shov-shuv qilindi. Anvar Oltoyli bilan Saudiya Arabistoniga qayta-qayta borib kelishgani ham oydan ravshan. Mening shaxsiy fikrim shunday: Toshkent portlovlarini O’zbekiston hukumati qilgan. Lekin MS va Tohirni bu ishda qo’llanishgan. Ya’ni taxminan ishtirok 70 ga 30 foyiz darajasida bo’lgan.

O’zbekiston hukumati o’zini qo’llanayotganini MS bilib turganiga ham ishonaman. Chunki Turkiya elchisi bo’lgan Abdulla Abdurazzoqov bilan doim xufyona uchrashib turgani va Abdurazzoqov Toshkenga chaqirilgach ham undan maktub olib turganini bilaman. Hukumat MSni Abdurazzoqov va Oltoyli orqali boshqargan. Hukumatning maqsadi MS bo’lmagan. Balki islom tahlikasini kuchlantirib, o’z umrini uzaytirmoqchi, demokratiya istaganlarni ham yo’qotmoqchi va zulmni xavfsizlik tahlikasi bilan oqlamoqchi bo’lgan. Ammo tahlika rostdan ham kuchaydi va bunga hukumatning o’zi aybdor.

“ERK” e’lon qilgan savollarda shunday satr bor:”Surat O’zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmatiga yaqin manbalardan olingan”. Bu esa hukumat bugun ham MSni kimlardir orqali boshqarayotganini ko’rasatdi. MS “Iqror” kitobining tarjimai holi yozilgan qismida, 440 betda shunday yozadi:

“1984 yil may oyida meni KGB ga chaqirishdi. Bir rus mayori suhbat qildi. O’sha paytlari Toshkentda bir amerikalik olim yigit bilan tanishib qolgan edim. KGBni shu Amerikalikning dunyoqarashi va albatta mening unga qarashim qiziqtirgan ekan. Mening aytganlarim unga ma’qul bo’lmadi. Shunga qaramay, suhbat so’ngida tez-tez uchrashib tursak yaxshi bo’lardi, dedi mayor”.

Shundan keyin, MS mayor hech kimga aytmang degani bilan bu uchrashuvni hammaga aytganini yozadi. So’ng “84 yil oxirida mening hayotimda yana bir muhim voqea ro’y berdi. Yozuvchilar soyuzi menga bir emas, ikki emas, roppa-rosa uch xonali kvartira berdi” deb yozadi MS.

O’sha yillarni bilganlar aytishsin-chi, KGB ga qarshi chiqqan odam kvartira ololarmidi?

Men MS KGB chi demoqchi emasman. Balki uni qo’llanishgan, degan fikrdaman. U har narsaga darrov ishonadigan va do’st dushmanni ajrata olmaydigan, ig’volarga berilib ketib, nimalar bo’layotganini unutadigan bo’lgani uchun ham hozirga qadar qo’llanishmoqda. Bo’lmasa qanday qilib, bu rasmni MXX “ERK” sahifasiga chiqishini taminlaydi?

Savollarning men haqimdagi qismida esa mening “Amerika Ovozi”da muxolifatga qarshi propaganda ishlari olib borayotganim masalasidir. Juda qiziq, radioning yopilishi haqida gap ketsa, meni Islom Karimovga qarshi tinimsiz tanqidiy chiqishlar qilganim uchun ayblashadi. Yoki Tohir Yo’ldosh bilan suhbat qilganim bunga sabab bo’ldi, deyishadi.

“Amerika ovozi” men ishlagan davrda haqiqatdan ham Karimovni deyarli maqtamadi. Chunki Karimovni maqtaydigan matbuoti bor. Muxolifat a’zolaridan ham aksariyatiga doim so’z berildi va senzura qilinmadi. Radioda bugunga qadar kamdan-kam tortishilgan mazularga ham qaytiladigan bo’ldi. U ham bo’lsa muxolifat o’rtasidagi parchlanishni yo’qotib, umumiy demokratiya va inson huquqlari masalasida birlashish. Bu mening o’ylab topgan narsam emas. O’zbekistonda etilgan masala bu. “ERK”chi va “Birlikchi”lar o’rtadagi g’avg’olarga etar, bas demoqda edilar. Men ham birlashish masalasidagi fikrlarni olib, o’rtaga qo’ydim. Gapirgan men emas, balki muxolifat a’zolari. Agar o’z safdoshlaringizning tanqidini hazm qila olmasangiz liderman deganingiz necha pul, deb so’raydigan yo’q.

Biz esa ezgulik xizmatida. Radio eshitmaydigan va ukasi yoki boshqa birovning gapi bilan darhol jahli chiqadigan MS buni o’ziga qarshi deb bilmoqda. 1994 yilda Istanbulda ekanimizda, ukasi Muhammad Bekjon “Ozodlik” radiosidan bizga tosh otmoqdalar, deganida, darhol radioga raddiya xati yozib, menga “Qo’l qo’yib, jo’nating” dedi. Men unga: “Bu ahvolda Karimovdan farqimiz qolmaydi-ku? U tanqid uchun odamlarni qatag’on qilmoqda. Biz ham radioga darhol xat yozsak, qanday bo’ladi. Ular shaxsimizni haqorat qilishgan emas. Hatto otimizni tutib, tanqid ham qilishgan emas, faqat Abdurahim Po’latovga so’z berishganda u nimalargadir ishora qilib gapiribdi”,- dedimu baloga qoldim.

Xatni o’zi imzolab yubordi va so’ng radio bo’lim boshligi Yoqub Turonga telefon qilib u bilan ham ancha tortishdi.

Darvoqe, “Amerika ovozi” masalasiga qaytasak, bu egasiz dargoh emaski, JM hamma ishni qilsin. Bo’limda eng kichik lavozimda bo’lgan odam kamina edi. Olinadigan va beriladigan suhbatlar mudir bilan maslahatli qilinardi. Mudir eshitib ko’rgandan keyin efirga berilardi. Masalan, men rahbariyatning izni bo’lmasdan biror intervyu olganim yo’q. Tohir Yo’ldosh va yoki uning safdoshlari telefon qilganda, mudir Nasratilloh Laheeb menga buyurgan va shundan keyin men bu ishni bajarganman.

O’zbekiston Islomiy harakati terroristlar ro’yxatiga kirganda va Tohir Yo’ldosh radioga telefon qilganda men mudirga “Borib rahbariyatdan so’rab keling-chi, olishimiz mumkin-mi” deganman. Rahbariyat esa “Bu er Amerika, so’z erkinligi”, deb javob qilgan. Agar “ERK” da savol berganlarning mantig’iga quloq solinsa, jurnalist Ahmad Rashidni qamab qo’yish kerak ekan-da. U nafaqat intervyu olgan, balki Afg’onistonda o’zbekistonliklar bilan yuzma-yuz uchrashgan ham.

Agar “Amerika ovozi”ning Karimov rejimiga qarshi bo’lganlarga keng o’rin berganini muxolifatga qarshi propaganda desa, buni o’ylab ko’rish kerak. Menimcha gap bunda emas. Bu bir kasallikning alomati. Nega men emas, ular tanqid qilishadi, degan ichki bir hasad kasali bu. Balki Karimov rejimi yana MSni qo’llangan bo’lmasin?!

Savollarda diqqatni tortgan yana bir necha jihat bor.

Birinchisi: Bugunga qadar O’zbekiston hukumati faqat MSni gapirayotgan va boshqalarga, jumladan menga indamayotgan, ekan. Shu qadar ham so’qir bo’lish kerakmi? 1994 yilda 300 raqamli Jinoyat ishida MSning qozon qorasidan bizga tegmaganmi? Yaqinda, yani 2000 yil 19 Noyabrda O’zbekiston Oliy sudi chiqargan hukmda garchi muxolifatdan chiqib ketganimga besh-olti yil bo’lganiga qaramay mening nomimni bir necha joyga tirkab qo’yishganini nahotki MS ko’rmadi? U holda Hukmni yana bir o’qib chiqsin. Hamma qilg’ilikni u qilib, balosiga boshqalar qolmoqda-ku? Yana nega menga indaydiyu boshqalarga indamaydi, deyishi uning xarakterida men ochmoqqa uringan detallarni oshkor qilib turibdi.

Esimda hukumat mening o’yimni olib qo’yganda (Darvoqe savollarda nega MSning uyini olishdiyu boshqalarnikini olishmaydi deb so’rashgan.) MS “Bu haqda gapirishimni ham istamasdi. Qarindoshlarimni qamashganida ham O’zbekistondek katta masala oldida bular mayda-chuyda, degan shaklda gap qilardi. Ammo navbat o’zining uyini olishga kelganda, bu xabarni telefonda eshitayotib lablari gezarib, qo’llari qaltirab qolgandi. Mol-mulk jigar, deydilar. Men chekkan aziyatlarni MS bu qadar tez unutgani uning xotirasida ham zaiflik boshlanganining dalolatimi?

Yaqinda Amerikaliklar bir kashfiyot qilishdi. Odamlar eslab qolmaslikka ataylab urinsalar xotira hodisalarni xazinasidan uloqtirar ekan. Bu ikki taxmindan qaysi biri to’g’ri, bu menga qorong’u. Umuman men va qarindoshlarim va yoki Po’latov va qarindoshlari Karimovdan aziyat chekmagan taqdirda ham “Nega bularga indamayapsan?” deb baqirishning o’zi dahshatli hol. Bunday odamdan hamma narsani kutsa bo’ladi.

Men sakkiz yildan buyon ERK partiyasiga va yoki MS yozganidek, ERK ga qarshi kurashibman. Men ERK partiyasidan chiqqanimdan keyin biror marta ham ERKga qarshi yozmadim. ERK bu xalq . Xalqqa qarshi yozish mening uslubim emas. Ammo o’zini “ERK” deb hisoblagan MS o’ziga qarshi gaplarni ERK ga qarshi deb bilsa, bu ham uning tarjimai holiga oid.

Men MSga toki u Safar Bekjonning nomidan yozilgan kitobida menga tuhmat, buhton yozmaguncha bilganlarimni ichimga yutdim. Endi bilsam, eng katta xatoim shu bo’lgan ekan. Andishaning otini qo’rqoq deydilar, deganlari bugun o’rtaga chiqmoqda. Karimov rejimi barobarida MS rejimi ham kamina haqida tinmay ig’vo tarqatib kelmoqda.

Birlik elektron sahifasini men tayyorlayman, deb o’ylaydi. Chunki men MS ni yonida bo’lganimda hamma yozish-chizishlarni qilganim, gazetani o’zim chiqarganimni xotirasiga “unutma” degan. Bugun hatto Abdurahim Po’latov o’z oti bilan yozganlarini ham mendan ko’radi. Men keyingi bir yil ichida Abdurahim Po’latov bilan faqat bir marta uchrashdim, u ham bo’lsa u radioga tashrif buyurganda. “Birlik” sahifasiga esa aloqam yo’qligini yozishimga ham hojat bo’lamasa kerak.

MS o’zini ovutib JM yana menga tuhmat qilmoqda va rasmni Chengiz Turon degan turk e’lon qilgan, men emas, deydi. Bu cho’pchak. U odam agar bor bo’lsa “Amerika ovozi”nining o’zbekcha eshittirishlarini eshitib, tushunmaganga o’xshaydi. O’zbek turkchasini o’rganishni maslahat bergan bo’lardim unga. Agar u yozgan bo’lsa, MS ga shu qadar yoqib ketibdi-ki, “ERK” sahifasining “qoshi” bilan “ko’zi”ga aylandi bu rasm va savollar? Agar rostdan ham faqat rasm tufayli ayblanayotgan bo’lganda “Qo’yinglar bu tuhmatni men yashayapman, dushmanimga ham ravo ko’rmayman”, degan bo’lardi. Afsuski, bu ham uning terrorga boshi kirib, orqasi chiqmay qolganini ko’rsatadi.

Qisqa qilib aytganda, qo’li qon odam har qanday qabihlikdan qaytmas ekan. MS qisman rohat qiladigan bo’ldi. Bugun mening opam va singlimni qamoqqa olishdi. (Vashington, 2001 yil, 17 May)


 

 

 

3 Responses

  1. […] 28. Ikkinchi front […]

  2. […] 28. Ikkinchi front […]

  3. […] 28. Ikkinchi front […]

Comments are closed.

%d bloggers like this: