“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

14.Hadik

-Azizlar, Xudoga shukur o’zimizning mustaqil vatanimiz va aziz yurtboshimiz bor. Garchi Amerikada mardikor bo’lib yurgan bo’lsakda ana shu tuyg’ular bilan yashaymiz. Men o’zim juda katta olimlar sulolasining a’zosiman. Oilamizdan men kabi fan doktorlari juda ko’p chiqqan. Taqdir taqozosi ekan, mana besh-olti yildan beri Amerikada yuribman. Mehnatning oq-qarosi yo’q. Kuchimiz etgancha ishlab u yo’qda qolgan oilamizga etkazib turibmiz. Meni quvontiradigan yana bir narsa bugun shogirdlarimizni Qozog’istonda, Rossiyada, Avropada va mana Amerikada ham uchratish mumkin. Shu erda atrofimizda ham shogirdlarimiz o’tirishibdi. Kelin ham shogirdimiz. Kelin-kuyovga arzimas  bir hadya olib kelganmiz…

O’zbekistonlik  bu professor majlisda emas, to’yda nutq so’zlayotganini payqadingiz. Kelinning ustozi ekan. Bu erdagi to’ylar qiziq. Gapirgan odamni deyarli hech kim eshitmaydi. Chunki kimdir gapirayotgan paytdagina sal tinchlik bo’ladi va odamlar yonlaridagilar bilan hol-ahvol so’rashib ulguradilar. Bo’lmasa musiqa sasining balandligi va hammaning o’rtaga chiqib o’ynashidan hol-ahvol so’rashga ham  imkon bo’lmaydi. Continue reading

“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

Har bir haqida alohida hokoyalar yozishga arzugulik amerikalik-o'zbeklar davrasida

Har bir haqida alohida hokoyalar yozishga arzugulik yaxshi insonlar-amerikalik o’zbeklar davrasida

13.Begona birodarlar

Poytaxt Vashington alohida shtat ham emas, birorta shtatga ham kirmaydi. Shu nomda alohida shtat bor.  U Tinch okeni tomonda. Vashington shahri esa Atlantikaga yaqin-poytaxt, mustaqil shahar. Uncha boy emas. Chunki Amerika soliqlar hisobiga yashaydi. Soliqlarni esa shtatlar va federal hukumat yig’adi. Shuning uchunmikan, Vashingtonning ko’chalari o’ydim-chuqur, mashina qatnovi yomon, uy-joylar eski. Lekin yangi va yaxshi uylari ham bor, juda qimmat turadi. Bu shaharda boy odamlar anchagina. Shunga qaramay, Oregondek joydan ko’chib kelgan uchun ilk taassurot-g’arib shaharga o’xshaydi.

Aksariyat odamlar Vashingtonda ishlagan bilan bu shaharni o’rab turgan Virjiniya va Meriland shtatlarida yashashadi. Shahar va shaharni o’rab olgan joyni Metropolitan mintaqasi deyishadi. AQShga Afg’oniston, Turkiya orqali ko’chib kelgan 140-150 o’zbek oilasi ham mintaqaning Virjiniya qismida yashaydi. Bu joyni Shimoliy Virjiniya deyishadi.

Continue reading

Boshqa dunyo

mashinalar12.Mashina savdosi

“Birinchi mashinam” bo’limida “Hunday” (Hyundai) voqeasiga kelib qolgandik. Davom etamiz.

Bunday mashinalarni Amerikada sotadigan dillership yangi ochilgani uchun kredit tarixi(xarid va to’lov tarixi)ga qaramasdan  qarzga berdi. Ikki yilga foyizdan ozod ham qilishdi.

Qarzga oldik… qani endi uyqu kelsa? Eng yomon ko’rganim qarzdor bo’lish. Buning ustiga uni maydalab to’laguncha qiymati qirqta qirdan oshib ketadi. Foyiz oladida. Shuning uchun “Yemaymiz, ichmaymiz, qarzdan qutulamiz” shiorini ishga soldim. Qisqa vaqtda mashina o’zimizniki bo’ldi qoldi.

Lekin olti kishilik oila bitta mashina bilan  hech narsaga ulgurmas ekan. Biz turgan joyda avtobuslar yurmaydi. Avtobus yuradigan yo’lga qadar 2-3 kilometr. Umuman Amerikada topgan pulingizning anchagina qismini mashina “yeydi”. Sug’urtasi ham “falakda”. Markaziy shaharlarda jamoat transporti bor. Ammo  sharoit yaxshi emas.  Sharoiti tuzukroq joyga bordingizmi, mashinangiz bo’lmasa hayot yo’q. Bir umr mashinaga pul to’laysiz.

Bir kun biz ijarada turgan uyning sohibi o’zi mashina tuzatadigan korxonada “Volga”ga o’xshagan “Kraysler”(Crysler, New Yorker, Limited edition)ni sotmoqchi ekanini aytib qoldi. Bordik. Juda go’zal mashina ekan.  Hamma joyi temirdan. Baquvvat. Minib ko’rdik. Xuddi Kaspiy dengizida suzadigan parom kabi yumshoq yuradi va tovushi eshitilmaydi. Lekin olti silindrli bo’lgani uchun benzinni ko’proq yer ekan. Continue reading

Boshqa dunyo

kitob11.Tangri tarafdori

Oregonda qish va bahordan chiqdingizmi, kuzga tutilasiz, degan gap bor. Bu degani yilning qariyb hamma vaqti yog’ingarchilik bor va yoz juda qisqa degani. Shuning uchunmikan, yoz “odim otdimi” aksariyat odam dam olish kunlari yo parklarga chiqadi yo Tinch okeani sohiliga qarab yo’l soladi. Quyoshli kunlarning birida Bivertondagi markaziy parkka chiqdik. AQShning boshqa joylarida bo’lganidek, bu yerda ham  “stol-stul”lar  o’rnatib qo’yilgan. Yonginasida esa qo’ra. Bittasida uyda “marinovat” qilib kelingan qo’y go’shti va tovuq oyoqchalarini jizillatayotgandik, novcha bir kishi kelib qoldi׃

-Assalomu alaykum, o’zbek ekansiz, Xudoyimdan aylanay,-dedi.-Sakkiz yildan beri o’zbekni uchratmagandim.

U tinmasdan gapirardi. Eng qizig’i u adabiy tilda xuddi diktorlardek, nutq irod qilgandek so’zlardi. Birov yozib bergan va u o’qimoqda, deb o’ylardingiz.

Ismi Mahmud, o’zi Chinozdan ekan. Ko’rinishidan o’ttizlardan oshib qolgan.

Bir zumda borib mashinasidan umr yo’ldoshi va uch farzandini ham boshlab keldi. Mashinasi qimmatbaho-“Mersedes”. Amerikada bunga etish oson emas. Avropadan olib kelishgani uchun bahosi osmonda. Buning ustiga qo’shimcha soliq ham olishadi -yiliga bitta oddiy mashinaning pulini to’lab turasiz. “Mersedes” minganlarning dimog’i baland bo’ladi, ammo bu yigit juda kamtar ekan. Qo’limdan otashkurakni olib “Mana bunaqa qilib pishiradilar” degandek ishga kirishib ketdi. Qo’li ishda, tili tinim bilmaydi. Continue reading

“Boshqa dunyo”dan boblar

Oregon,1998 yil

Oregon,1998 yil

10. Yolg’onga ishonish

Oregonda qiziltanli(hindu)lar bilan bog’liq ko’p joylar va afsonalar bor.  Bu shtatda  hammasi bo’lib besh oy yashagan bo’lsakda, deyarli barcha tarixiy joylarini borib ko’rdik.

Shulardan biri Kreyter ko’li. Bu Amerika tarixiga kirgan va federal miqyosda sharafiga tanga pul chop etilgan ko’ldir.

Bir kuni Mehmet bizni shu ko’lga olib bordi. Favqulodda go’zal joy. Ba’zilar bu ko’lni “Insonning yolg’onga ishonishining hujjati” ham deyisharkan.

Gap shundaki, qizil tanlilarning bir qabilasi shu mintaqaga kelib joylashibdi. Ko’lning suvi juda tiniq va osmondagi bulutlarni ko’lning tubiga boqib tomosha qilish mumkin.

Qizil tanlilarning bolalari ko’l bo’yiga kelib, bulutlarga oshiq bo’lib, ko’kda uchgan qushlarni ko’l tubidan ushlayman deb cho’kib ketaverishibdi. Continue reading

“Boshqa dunyo”

1998 yil, Oregonda

1998 yil, Oregonda

9. Qarsaklar

O’zbekistonda mashina haydamaganman. To’g’risi bir marta chamasi ikki kilometr masofaga haydagandim. O’shanda Orif degan do’stimning mashinasida Samarqand tumanining Rajabamin qishlog’idan rayon markaziga boradigan yo’lda haydashni mashq qildik.

Katta yo’lda mashinalar ko’p bo’lgani uchun qishloq yo’liga o’tdik. Tuproq ko’chadan changitib ketayotgandim, birdan yozadigan maqolam haqida xayolga tolibman, oniydan mashina yo’ldan chiqib ketdi. Yonginamizda katta soy oqayotgan edi. “Furgon” ag’darilib suvga tushdi. Mashinaning “oyoqlari” osmonda, bizning boshlarimiz pastda, suvning ichida. Ko’zimni yumib olganman. Xuddi suv ostida nafas olmay turgan odamdek raqamlarni sanayapman. 20, 21… 33, 34… 44, 45…

Qandaydir kuch meni mashina ichidan tortqilay boshladi. Shu payt ichimga suv o’ta boshladi. Nafasim qaytdi. Bir payt o’zimga kelsam, bosh ustimda bir qancha odam. Orif ham bor. Rangi uchib ketgan.

-Aytmadimmi, hech narsa bo’lgan emas,-deb baqirdi u sevinganidan. Continue reading

“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

kitob8.Hislar tug’yoni

Mashina olganimizni eshitgan Reney va Shyorli xursand bo’lib, bizni Portland shahridagi Simfonik Kontsertlar Saroyiga taklif qilishdi. Kontsertdan oldin suv ustida qurilgan restoranga olib borishdi. Bu joyda ummon mahsulotlaridan taomlar pishirilar va qimmat taomlar maskani hisoblanarkan. Rohilaning sevgan taomlari, ammo menga yoqmaydi. Bildirmaslikka harakat qildim. Aytsam bo’lar ekan, ular menga o’xshab bu taomlarni yoqtirmaganlar uchun oddiy ovqatlar ham pishirarkan. Buni keyinchalik o’rgandim va Amerikada eng mazzali oddiy taomlar dengiz mahsulotlari pishiriladigan restoranlarda bo’ladi, desam lof emas. Har holda menga shunday, hamma baliqlaru shunga o’xshagan narsalarni yeb turganda oddiy ovqat oltin ovqatda! Xullas, bu restorandan qutulib konsert saroyiga keldik.

Raxmaninov va Shostakovich simfoniyalarining ijro kechasi ekan. Tomoshabinlar orasida nafaqat inglizlar, balki o’nlab millat va elatlarning vakillari bor edi. Hashamatli va go’zal naqshlar bilan bezatilgan saroydagi shovqinning o’rnini dirijyorning qo’liga qamchisini, ya’ni tayoqchasini olishi bilan kirib kelgan sukunat qopladi. Continue reading

“Boshqa dunyo”

1998 yil, Oregon

1998 yil, Oregon

7. Birinchi mashinam

Bir kuni Mehmet degan turk bilan tanishib qoldim. Uyiga taklif qildi. Bordik. Umr yo’ldoshi Sevinch xonim va bir o’g’li bilan yashar ekan.  Do’stlashib qoldik. U׃

-Amerikaga yangi kelgan odam nima qilib bo’lsa ham ishni mashina olishdan boshlashi darkor,-dedi.- Bu yerda mashinangiz bo’lmasa keraksiz odamsiz. Biror joyga vaqtida borolmaysiz, ishga o’taman, desangiz o’tolmaysiz…

Lekin meni ko’ndirishi qiyin bo’ldi. Chunki O’zbekistonda xususiy mashinaga ehtiyojim bo’lmagan. Buning ustiga mashina haydasam xayolga tolib qolishdan qo’rqardim. Shuning uchun Amerikada ham mashinasiz yashash mumkin, deb o’yladim. Avvaliga avtobusda yurishga qaror qildik. Ammo bu azobning azobi, vaqtning ajali. Continue reading

“Boshqa dunyo”dan boblar

kitob6. Til-tunning mohitobi

Til bilmagan dil bilmaydi, dil bilmaganni el bilmaydi. Boshqacha aytganda birovning tilini bilmasangiz uning dilini hech qachon anglay olmaysiz. U ham sizning kimligingizni anglamaydi.

Tilmochlar so’zlarni o’giradilar, lekin so’zlar sohibining nafasini, hissini, tuyg’ularini chevira olmaydilar.

Tarjimonlar yordamidagi suhbatlar esa diplomatiyadir – tavoze, manzirat va hokazo. Qolaversa, bir umr yoningizda tarjimon bo’lmaydi.

Bir kuni qo’shnimiz:

-Amerikada ko’p yil yashadim, lekin endi tilni o’qiyapman. Bunga yo’l mirshabining to’xtatgani sabab bo’ldi. Unga haqligimni tushuntirib berolmadim. Indamaygina jazoga rozi bo’ldim. Keyin bilsam, u meni sudga yuborgan ekan. Bordim. Tarjimon ham mening aytganlarimni sudyaga anglata olmadi. Shundan keyin til o’rganishga qat’iy qaror berdim,-dedi. Continue reading

Boshqa dunyo

2001 yil. Reney va Shyorli bilan

2010 yil. Oregonlik Reney va Shyorli mehmonimiz

5.Duoxonlik

Xaridni katta qilishimizning yana bir sababi bor edi. Uyda har kuni mehmon bor. Reney bilan Shyorli ingliz tili o’rgatish uchun kelishsa, Haydar va Sergey mashina haydashni o’rgatishga kelishadi. Qo’shnilarni ham taklif qilamiz. Uyga mehmon keldimi, qozon qaynashi shart. Qozon qaynadimi, dasturxon ne’matlarga to’lishi lozim. O’zbekning azaliy odati bu.

Ammo amerikalikda bunday odat yo’q. Masalan, ingliz tilini o’rgatishga kelgan odamni ham ish bilan keldi, deb hisoblaydi va nari borsa bir stakan suv taklif qiladi. O’zbekda esa birovdan muttaham bo’lib qolmaslik tuyg’usi kuchli. U bizga yaxshilik qilmoqdami biz ham qo’limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bu – xislat.

Darvoqe, hozircha qo’limizdan kelgani mehmonlarga yoqadigan taom pishirish va yaxshilab mehmon qilish.

Lekin Oregonda biz tanigan amerikaliklar ham o’zimizga o’xshaydi. Uyingizda to’yib ovqatlandimi, ertasiga yo uyiga, yo restoranga chaqiradi. Continue reading

Boshqa dunyo

1998 yil, Oregonda

1998 yil, Oregonda. Reney va Shyorli bilan.

4. Post Meridian

Merit bizni Reney, Shyorli degan ayollar va Ven degan oqsoqol bilan tanishtirib qo’ydi. Reney va Shyorli uyimizga kelib, inglizcha so’zlarni o’rgata boshlashdi. Ven esa shoferimiz, qayoqqa boramiz desak, xizmatda. Ba’zan uyiga ham mehmonga olib boradi. Uyi tog’ning tepasida, daraxtlar orasida. Xotini bilan yolg’iz yashaydi. Xotini ham uning o’ziga o’xshagan mehmondo’st.

Bir kuni Ven bizni hukumat idorasiga olib bordi. Bir qancha qog’ozlarni to’ldirdik. Kambag’allar ro’yxatiga kiritishdi. Oziq-ovqat xarid qilishimiz uchun kuponlar to’plamiga o’xshagan kitobcha berishdi. Bu pul o’rnini bosar ekan. (Hozir uning o’rniga plastik karta beradi-JM). Har bir kishiga 120 dollardan hisoblab, 720 dollarlik kupon berdi. Shuncha pulga oziq-ovqat xarid qilishimiz mumkin ekan. Continue reading

Boshqa dunyo

1998 yil, Oregonda

1998 yil, Oregonda

3. Merit

Dunyodan uzilib qoldim. Internet yo’q. Telefon bilan ko’ngilga ravshanlik inmaydi. Istanbulda professor Temur Xo’ja o’g’lidan iltimos qilib, AQShda joylashgan xalqaro tashkilotlarga xat yozdirib olgandim.

Mazmuni shu ediki, bilgan tillarimda biror yumush bo’lsa, ishga olishsa.

Oregonga kelgach bildimki, qancha ko’p tashkilotga “zakaznoy” xat yuborsam, shuncha ko’p pul kerak. Hali ko’zimiz ham, qarashimiz ham turk lirasidan dollarga o’rganmagan. Bir dollarlik ham jigarning parchasi. Shunday paytda hatto xat jo’natish ham og’ir tushar ekan.

Orada “Amerika ovozi”ga telefon qilib turaman. Asli namanganlik bo’lgan va Afg’onistonda yashagan, mana endi amerikalikka aylangan Abdulmannon Keskin hali Turkiyada ekanligimdayoq “Amerikada birov birovga yordam bermaydi, har kim o’z oyog’ida turadi” deb gapning dangalini aytgandi.

Lekin u kishining o’zi hammaga yordam qiladigan odam ekanligini keyinchalik o’rgandim.

Qolaversa, bizga oddiy amerikaliklar chin dildan, beminnat yordam qila boshladilar. Continue reading

Amerikani har kim o’zi kashf etadi

1998 yil, Oregon

1998 yil, Oregon

BOSHQA DUNYO

2. “Jet lag”

Bir joyda to’xtadik. Tun oqqani uchunmi atrof qo’rqinchli edi. Uylar  armiya kazarmasini eslatadi. Har bir uyda oltitadan kvartira. Shulardan bittasini Merit biz uchun hozirlabdi. Ichkariga kirishimiz bilan Merit qizimni chaqirdi va bizga kvartirani “tanishtirdi”׃ Uchta yotoqxonasi bor, bitta katta zal hamda oshxona. Zalda mo’rili pechka o’rnatilgan bo’lib unga o’tin tashlab yoqilarkan. Merit balkonga boshlab:

-Sizlar uchun o’tin ham jamg’arib qo’ydim,-dedi.

Biz Amerikaga keldikmi yoki adashib Meksikaga o’tib ketdikimi, deb o’ylab qoldim. Nahotki uyni o’tin yoqib isitamiz? Atrofga alanglab, oxiri devorning bir chetidan havo keladigan joyni ko’rib qoldim. Keyin bilimdonlik qilgan kabi so’radim:

-Issiq-sovuq havo uzatadigan konditsioner bo’lganda pechkaning nima keragi bor?

Merit jilmaydida:

-Pechkani istagan vaqt yoqasizlar, bu havas uchun. Olov yoqib, unga termulib o’tirish mazza. Continue reading

“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

jm_1996Amerikani har kim o’zi kashf etadi

Kirish o’rnida

Tabib tabib emas, boshiga tushgan tabib, deydilar. Bir paytlar Amerika mutlaqo boshqa dunyo edi, bugun esa bu mamlakatning pastu balandini so’rang, imkon qadar ayta olaman.

Darvoqe, “Amerikani Kolumb ochgani bilan har kim uni o’zicha kashf etadi” degan gap bor.

Bizga 1990 yillardan keyin Amerikaga kelgan o’zbeklar orasida qisqa vaqtda oyoqqa turish nasib etdi.

Steven (familiyasi esimda qolmagan) degan amerikalik bir professor 1999 yilda bizga qisqa fursat dars berganda “Oyoqqa turishing, amerikalik o’rta sinf safiga qo’shilishing uchun kamida o’n yil kerak” degan edi. Bu lof ekan. Chunki bu yerga hech narsasiz kelib, ikki yilda oyoqqa turish mumkin.

Aslida Amerikaga kelgan har qanday kishi bu yerda O’zbekistondagidan yaxshi yashaydi.

Sovet davrida o’rtacha maosh 140 so’m bo’lgan paytda ayni vaqtda bir necha nashrlar (“O’zbekiston Ovozi”, “Qishloq haqiqati”, “Mushtum”, “Zarafshon”) bilan ishlab, oyiga ming so’m atrofida daromad qilardim. Boshqacha aytganda, hayot darajam o’rtachadan ancha-buncha yuqori edi. Lekin Amerikaga kelganlar orasida cho’ntagida puli eng kami ham men bo’lsam kerak. Continue reading