Олтинчи қават (Қисса)

qulПрезидент  тансоқчисининг кундалиги

6. Авлиё

Ёшинг кетаверса ёш бола бўлиб қоласан, деган гапни эшитгандим. Ўзим ёш боламан. Лекин мана бу Президент ҳам ёш бола бўлиб қолганга ўхшайди. Бўлмаса шунақа гапларни айтадими, деб ўйлаб турсам жиддий савол бериб қолди:

-Қанақа мошинни яхши кўрасан?

Бўйнимни қисдим.

-Биламан! “Бэ-эм-вэ”, “беш экс”,-деди ўзи.

Бу машина кимнинг ҳам орзуси эмас. Ёш бола борми машина маркасига қарайди, юраги ўша машина балонининг айланиши билан баробар югуради. Лекин бу одам ҳамма нарсани қаёқдан билаяти? Адамнинг гапи рост чиқди. ”Унга ёлғон гапирма, у ҳамма нарсани билади” деганди. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

jm_20014_febrPrezident  tansoqchisining kundaligi

14. Bo’stonliq

Ertalab Prezidentning mashinasi biz yotgan binoning garaj qismiga kirdi va unga faqat men mindim, adam esa tashqaridagi mashinalardan biriga. Oldinda va orqada bir qancha maxsus mashina bilan yo’lga chiqdik. Hammasiga rangli chiroqlar o’rnatilgan. Chiroqlarning o’chib yonishi kishining qalbiga kuch olib kiradi.

Lekin Buyuk Ipak yo’li bo’m-bo’sh. Qiziq, negadir yo’l chetida odam ko’rinmaydi. Sel oldidan iniga kirib ketgan chumolilardek hamma uyiga bekinib olganmi? Nega Prezidentning korteji ular uchun qiziq emas? Balki hamma o’z ishi bilan banddir? Yo’q, bu soatda yo’laklarda ishga boruvchilar bo’lishi kerakku? Maktabga boradigan o’quvchilar ham ko’rinmaydi? Balki…odamlar yuradigan yo’laklar bekitib qo’yildimi?

”Batya” meni odamlarga ko’rsatmoqchi emasmikan? Unda mashinaning orqa qismida o’tirgan bo’lardim. Chunki orqa oynalar qora. Ichkari ko’rinmaydi. Lekin adam oldinda o’tirishimni so’radi. Continue reading

40 кун Туркияда

2013_10_12_Istanbul (8)4. Чизгилар

Мирзо Улуғбекнинг замондош ва илмдоши  даниялик Тихо Браҳе йигитлик чоғида дўсти билан баҳслашиб қолади. Баҳс даҳанаки жангга айланиб, охири улар дуэлга чиқадилар. Дўсти қилич билан Тихонинг бурнини кесиб ташлайди.

“Энди осмонга қараб яшайдиган бўлдинг, ерга қаролмайсан,  қолаверса энди ҳид ололмайсан”,-деган экан “дўсти”.

Дунёнинг ишларини қарангки, Тихо рамзий маънода кўкка қараб яшаган ва даврининг кучли астрономик жадвали-харитасини тузган. Космосдаги ҳаракат системасини асослаб берган Кеплер уни устози аввалин деб билган. Кеплернинг ёзишича,  олтин бурун тақиб яшаган Тихо ўлаётган пайтда “Бурнимни кесган дўстимга раҳмат, бўлмаса вақтимини ҳид олиш кемирарди” деган экан.

Рақибига  шу тарзда кинояли раҳмат айтиш ўзимида ҳам бор. Continue reading

Boshqa dunyo

mashinalar12.Mashina savdosi

“Birinchi mashinam” bo’limida “Hunday” (Hyundai) voqeasiga kelib qolgandik. Davom etamiz.

Bunday mashinalarni Amerikada sotadigan dillership yangi ochilgani uchun kredit tarixi(xarid va to’lov tarixi)ga qaramasdan  qarzga berdi. Ikki yilga foyizdan ozod ham qilishdi.

Qarzga oldik… qani endi uyqu kelsa? Eng yomon ko’rganim qarzdor bo’lish. Buning ustiga uni maydalab to’laguncha qiymati qirqta qirdan oshib ketadi. Foyiz oladida. Shuning uchun “Yemaymiz, ichmaymiz, qarzdan qutulamiz” shiorini ishga soldim. Qisqa vaqtda mashina o’zimizniki bo’ldi qoldi.

Lekin olti kishilik oila bitta mashina bilan  hech narsaga ulgurmas ekan. Biz turgan joyda avtobuslar yurmaydi. Avtobus yuradigan yo’lga qadar 2-3 kilometr. Umuman Amerikada topgan pulingizning anchagina qismini mashina “yeydi”. Sug’urtasi ham “falakda”. Markaziy shaharlarda jamoat transporti bor. Ammo  sharoit yaxshi emas.  Sharoiti tuzukroq joyga bordingizmi, mashinangiz bo’lmasa hayot yo’q. Bir umr mashinaga pul to’laysiz.

Bir kun biz ijarada turgan uyning sohibi o’zi mashina tuzatadigan korxonada “Volga”ga o’xshagan “Kraysler”(Crysler, New Yorker, Limited edition)ni sotmoqchi ekanini aytib qoldi. Bordik. Juda go’zal mashina ekan.  Hamma joyi temirdan. Baquvvat. Minib ko’rdik. Xuddi Kaspiy dengizida suzadigan parom kabi yumshoq yuradi va tovushi eshitilmaydi. Lekin olti silindrli bo’lgani uchun benzinni ko’proq yer ekan. Continue reading

“Boshqa dunyo”dan boblar

Oregon,1998 yil

Oregon,1998 yil

10. Yolg’onga ishonish

Oregonda qiziltanli(hindu)lar bilan bog’liq ko’p joylar va afsonalar bor.  Bu shtatda  hammasi bo’lib besh oy yashagan bo’lsakda, deyarli barcha tarixiy joylarini borib ko’rdik.

Shulardan biri Kreyter ko’li. Bu Amerika tarixiga kirgan va federal miqyosda sharafiga tanga pul chop etilgan ko’ldir.

Bir kuni Mehmet bizni shu ko’lga olib bordi. Favqulodda go’zal joy. Ba’zilar bu ko’lni “Insonning yolg’onga ishonishining hujjati” ham deyisharkan.

Gap shundaki, qizil tanlilarning bir qabilasi shu mintaqaga kelib joylashibdi. Ko’lning suvi juda tiniq va osmondagi bulutlarni ko’lning tubiga boqib tomosha qilish mumkin.

Qizil tanlilarning bolalari ko’l bo’yiga kelib, bulutlarga oshiq bo’lib, ko’kda uchgan qushlarni ko’l tubidan ushlayman deb cho’kib ketaverishibdi. Continue reading

“Boshqa dunyo”dan boblar

kitob6. Til-tunning mohitobi

Til bilmagan dil bilmaydi, dil bilmaganni el bilmaydi. Boshqacha aytganda birovning tilini bilmasangiz uning dilini hech qachon anglay olmaysiz. U ham sizning kimligingizni anglamaydi.

Tilmochlar so’zlarni o’giradilar, lekin so’zlar sohibining nafasini, hissini, tuyg’ularini chevira olmaydilar.

Tarjimonlar yordamidagi suhbatlar esa diplomatiyadir – tavoze, manzirat va hokazo. Qolaversa, bir umr yoningizda tarjimon bo’lmaydi.

Bir kuni qo’shnimiz:

-Amerikada ko’p yil yashadim, lekin endi tilni o’qiyapman. Bunga yo’l mirshabining to’xtatgani sabab bo’ldi. Unga haqligimni tushuntirib berolmadim. Indamaygina jazoga rozi bo’ldim. Keyin bilsam, u meni sudga yuborgan ekan. Bordim. Tarjimon ham mening aytganlarimni sudyaga anglata olmadi. Shundan keyin til o’rganishga qat’iy qaror berdim,-dedi. Continue reading

Boshqa dunyo

2001 yil. Reney va Shyorli bilan

2010 yil. Oregonlik Reney va Shyorli mehmonimiz

5.Duoxonlik

Xaridni katta qilishimizning yana bir sababi bor edi. Uyda har kuni mehmon bor. Reney bilan Shyorli ingliz tili o’rgatish uchun kelishsa, Haydar va Sergey mashina haydashni o’rgatishga kelishadi. Qo’shnilarni ham taklif qilamiz. Uyga mehmon keldimi, qozon qaynashi shart. Qozon qaynadimi, dasturxon ne’matlarga to’lishi lozim. O’zbekning azaliy odati bu.

Ammo amerikalikda bunday odat yo’q. Masalan, ingliz tilini o’rgatishga kelgan odamni ham ish bilan keldi, deb hisoblaydi va nari borsa bir stakan suv taklif qiladi. O’zbekda esa birovdan muttaham bo’lib qolmaslik tuyg’usi kuchli. U bizga yaxshilik qilmoqdami biz ham qo’limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bu – xislat.

Darvoqe, hozircha qo’limizdan kelgani mehmonlarga yoqadigan taom pishirish va yaxshilab mehmon qilish.

Lekin Oregonda biz tanigan amerikaliklar ham o’zimizga o’xshaydi. Uyingizda to’yib ovqatlandimi, ertasiga yo uyiga, yo restoranga chaqiradi. Continue reading

Latifalar

mushtumQoqlanmagan ishton kissasi yoki diktatorning noskadisi

Opasi
-Gulnora haqida she’r yozgandim, nega saytingga qo’ymading?,-deb xat yozdi bir muxolifatchi Ismatchaga.
Ismatchaning jahli chiqib saytida:
“Beparda va haqorat so’zlar bilan ta’riflaganingiz uchun, unga o’lim tilaganingiz uchun bu she’rni chop etolmadik.Shunday go’zal va shunday tinib tinchimas qizga o’lim tilagandan ko’ra unga umr tilang. Uning kiygan lozimini muhokama qilgandan ko’ra, unga ibodat va saodat tilang!” deb she’r ham yozib qo’ydi: Continue reading