Qoqlanmagan ishton kissasi yoki diktatorning noskadisi
Opasi
-Gulnora haqida she’r yozgandim, nega saytingga qo’ymading?,-deb xat yozdi bir muxolifatchi Ismatchaga.
Ismatchaning jahli chiqib saytida:
“Beparda va haqorat so’zlar bilan ta’riflaganingiz uchun, unga o’lim tilaganingiz uchun bu she’rni chop etolmadik.Shunday go’zal va shunday tinib tinchimas qizga o’lim tilagandan ko’ra unga umr tilang. Uning kiygan lozimini muhokama qilgandan ko’ra, unga ibodat va saodat tilang!” deb she’r ham yozib qo’ydi:
“Iqboliga havas qiling do’stlar bugun,
Malikamiz bo’lmish pari ruxsoraning…”
Endi muxolifatchining jahli chiqdi va Ismatchaga sim qoqdi:
-Gulnora o’g’ri, reketchi, zolim poshshoning zolim qizi bo’lsa nega uni so’ksam xafa bo’lasan? Otasi butun xalqning onasini so’ksa mayliyu biz uning qizini so’ksak jahling chiqadimi?
-Qiziq ekansiz,-dedi unga Ismatcha,- opasiini so’ksangiz kimning jahli chiqmaydi?
-Bo’lmasa, he opangni…!
Adashmoq
“Mutelikdan xalos bo’lib peshonamizga bitgan mustaqillikning jamol ko’rsatganiga ham mana o’n yildan oshdi. Rostdan ham o’zbek taqdirini olamshumul sinovdan o’tkazgan shu o’n yil ichida asrga tatigulik tarixiy hodisalar, bunyodkorliklar ro’y berdi. Qaytadan “o’ziga xos va o’ziga mustaqil O’zbekiston davlati qad rostladi. Bu jarayon o’z-o’zidan, stixiyali ravishda kechmadi-ku. Unga kimdir bosh bo’ldi..”
-Shu gaplarni sen yozganmi Ismatcha?-deb so’radi bir muxolifatchi.
-Ha, men yozganman, qayta-qayta internetga qo’ydim ham. Davomiga qarang, mana nima deb yozganman׃ “Yana kimlardir tarix aravasi g’ildiragiga cho’qmor tiqib to’xtatmoqchi, orqaga tisarmoqchi bo’lishdi”. Biz Islom akam bilan bu aravani oldinga tortib, qutqarib qoldik.
-Hmm… cho’qmorchilar uni qaerga tiqishda adashgan ekanlar!
Millat
-1989 yilda “Birlik” Matbuot uyi oldida miting boshlaganda o’zing ham u yerda gapirib, keyin nega miting haqidagi gaplarni yugurib borib Islom akangga sotding? Bundan ham qizig’i bu gaplarni maqolangda ham yozibsan? -deb so’radi bir muxolifatchi Ismatchadan.
-Nega yozmayin? Haqiqat bu. Islom akamning hayotlarini qutqazib qolganman. O’sha kuni ul muborak zot Matbuot uyida edilar. Mening gapimdan keyin boshqa eshikdan chiqib ketdilar.
-Nega bunday qilding?
-Islom akamning tarixiy shaxs ekanliklarini oldindan sezganman. Qolaversa, vazifam va burchimni bajarganman. Men millat himoyachisiman,-dedi Ismatcha gerdayib.
XuShev
-O’zbeklarda “Xushev” degan familiya yo’q, buni qaerdan topgansan?,-deb so’radi Abdulla Ismatchadan.
-Uruslar bergan bu nomni. Biz sovet rejimiga qarshi millatchilikni namoyish qilib, bu nomni o’zbekchalashtirganmiz?
-O’zbekchalashtirgan?
-Ha,-da o’rtasiga “sh” harfini qo’shib qo’yganmiz.
“Talant”
-Sen nega o’zingga “Talant” degan laqab olding?-deb so’radi akasi Ismatchadan.
-Xudo bermaganidan keyin o’zim oldimda! Shuning uchun ham dunyoviy, ateistman!
-“Talant”ning yoniga “Aleksanderov” deb qo’shganing nimasi?
-Kimdir o’zgartirib qo’yibdi, aslida “Aqlsandiroq” edi.
Ta’lim
-Otang urus maktabida dars berganda urus bolalariga musulmonchilikni o’rgatgani uchun fel’eton qilinganini uydirib yozgansan?-dedi bir muxolifatchi Ismatchaga.
-O’lay agar uydirganim yo’q.
-Nega bo’lmasa otang urus bolalaridan oldin senga o’rgatmagan musulmonchilikni? O’zingni “ateistman” deb yozasan, aroq, pivo ichib dumalab qolganing bilan maqtanasan-ku?
-Aka nima qilay, Moskavda o’qiganman, o’risdan ta’lim olganman. Ko’rdingizmi, Islom akam bilan taqdirimiz bitta.
Chaqimchilik
-Bolalikdan xotirangda qolgan eng muhim voqea nima?-deb so’radi Abdulla akasi Ismatchadan.
-Maktabdagi gaplarni xatga tushirib, dadamga olib kelib berardim, dadam RayONOga yozardilar.
-Chaqimchilik ota kasb ekanda senga?
-Yo’q, ota kasb emas, dadamni ham bu ishga men zo’rlaganman.
Illatchilik
-Sanga bitta savolim bor, Sovet davrida otasi millatchi deb fel’eton qilinib, ishdan quvilgan odamning bolasini kommunistik partiya rahbarlarining arzandalari dam oladigan “Artekka” yuborisharmidi?
-E, yo’q!-deb javob qildi kayfi oshib qolgan Ismatcha qo’shnisiga.-Yo otasi urusparast bo’lish kerak edi, yo bolasi etimcha. Bo’lmasa “Artekka” borolmasdi. Mana men borganman va buni chin dildan aytayapman sizga.
-Lekin otam “millatchilik qilgani” uchun urilgan deb yozgansan-ku?
-Ha, yozganman. Otam bilan faxrlanaman!
-Joylari jannatda bo’lsin. Lekin, o’sha gapni senga ham atasa bo’lar ekan, faqat “millatchilik qilgani uchun urilgan” degan iboradan birinchi “m” harfini o’chirsa bas!
“B” harfi
-Abdulla akangni mana bu she’rini saytingda har uch kunda takrorlab qo’yasan
“Mening mavjudligim o’zimga kerak,
Taxtim – oilamning balki taxtidir.
Islom aka, Siz bor, biz g’olib beshak,
Sizning borligingiz xalqning baxtidir!”
-Zo’r she’rni qayta-qayta o’qish kerak,-dedi Ismatcha.
-Unday bo’lsa, uchinchi qatorda bitta so’zning oldiga ataylabdan “b” harfini qo’shib qo’yganing nimasi?
Topshiriq
-Sen radiolarga chiqib maxsus idoraning topshirig’i bilan falonchilarga tuhmat qilganman, deb ko’z yoshi to’kkanding, mana endi xorijga chiqib olib ham yana o’sha odamlarga buhton uyushtirmoqdasan. Bu safar topshiriqni qaerdan olding?,-deb so’radi Ismatchadan bir muxolifatchi.
Ismatchaning jahli chiqdi׃
-Siz meni kim deb o’ylayapsiz? Men printsipial odamman. Mingta joydan topshiriq oladigan lo’ttiboz emasman. Bir umr bitta joydan olaman topshiriqni. Bundan keyin gapingizni o’ylab gapiring!
Dengiz
-Qachon saytingni ochsam Abdulla akangni mana bu she’rini ko’rib qolaman. Uni juda sevsang kerakki takror-takror nashr etasan?
”Afsus, bizning dengizimiz yo’q,
Goho alam bilan yangrar so’zingiz.
Lekin, Islom aka, mening ko’nglim to’q –
Bizlar uchun dengiz o’zingiz…”
-Bu juda ham zo’r she’r!
-Bitta savolim bor, ichib yurgan bo’lsangiz kerak, shu dengizning suvi totlimi yoki sho’rmi?
Tili uzun
-Bobo sudralib yuruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?-deb so’radi dars qilib o’tirgan nevarasi IAKdan.
-Hm… masalan, ilon, kaltakesak va… ismatcha.
-Bobo, isamatcha deganingiz qanaqa hayvon?
-Tili uzun. Ana tuflimga qaragin qanday yaltiratib qo’yibdi? U faqat menikini emas, MXX raisi, Bosh vazir va boshqa o’nlab vaziru nozirlarnikini ham yalab qo’yadi.
Islom aka
Ismatcha o’g’lini maktabga olib borayotgandi, telefon jiringladi. Radiodan ekan. U gaplashib bo’lgach׃
-“Saytimni har kuni Islom akam o’qib boradilar”, deb aytdingizmi dada,- deb so’radi o’g’li.
-Ha, Islom aka har kuni o’qiydilar. Buni chin qalbdan his qilaman, ko’rib turaman go’yo.
-Dada nega meni aka deydigan bo’ldingiz?
-Men seni emas, bobong Islom akani nazarda tutayapman.
-Ha…, men ham hayron bo’ldim, chunki saytingiz borligini bilmaymanda.
Ta’sirli
-O’zbekiston musulmonlari ichida eng ta’sirlisi, eng taniqlisi, eng kuchlisi kim?-deb so’radi radio muxbiri bir tinglovchidan.
-Kim bo’lardi, Ismatchada
-Qaerdan oldingiz bu gapni? Kim aytdi bu gapni?
-Kim aytardi, uning o’zi aytdi!
Lapsha
-Ismatcha saytingda “Aziz muxlislar, iltimos, to yangi kuchli kompyuter olib bu muammoni bartaraf etgunga qadar saytimizga kamroq kirishingizni iltimos qilsak, bizdan ranjimang”, deb yozibsan. Nahotki bu narsa kompyuterga bog’liq emasligini bilmasang?
-Bilaman aka…
-Unda nega bunday deb yozding?
-O’zim komment yozishdan charchab kettim. Boshqalar esa meni IPsiini topib, Toshkentga uzatadi, deb o’ylab, yozishmayapti. Shuning uchun quloqqa lapsha osib qo’ydim.
-Ha, ko’rib turibman, yarashibdi.
Shohanshoh
-Bitta maqolangda Islom Karimov haqida yozib unga “Saddam Husayn, Muammar Qaddofiy, Husni Muborak va mana Bashar Asad kabi fojeali qismat yor bo’lishini orzu qilayotgan odamlar Islom Karimovning… ayni paytda ko’plarga yaxshilik qilgan va alal oqibat ularning aksariyatidan yaxshilik ko’rmagan shahanshoh ekanini bilisharmikan?” deb yozibsan? Hech bo’lmasa bitta yaxshiligini aytib berolasanmi?-dedi bir muxolifatchi.
-Mana, masalan, yaqinda Amerikaning iltimosi bilan bitta muxolifatchini qamoqdan chiqarib yubordilar. Bunday misollar mingta,-deb javob qildi Ismatcha.
-Muxolifatchilarni uning o’zi qamagandi-ku?
Ismatcha ajablangandek elkasini qisib׃
-Ja, qiziqsiz-a, Islom akam oddiy melisamikilar odamlarni qamasinlar? U kishi shahanshoh!-dedi.
Ko’ylak
Ismatcha Moskvada Abdulla Oripovni ko’rib unga “yopishib oldi”:
-Shu ko’ylagingizni menga hadya qiling, ustoz.
-Yoqasini yag’ir bosib ketgan bu ko’ylakni nima qilasan qiztalaq?
-Aylanib ketay yag’iridan, yuvaman uni,-dedi Ismatcha sevinib-sevinib.
-Jinnimisan bu juldirab qolgan ko’ylak bo’lsa, bir yuvilsa kerak bo’lmay qoladi.
-Ustoz, menga zotan ko’ylak kerak emas, mag’zavasi kerak,-dedi Ismatcha qimtanib.
Vijdon
-Diktator Karimov ozodlik kuychisi, yozuvchi Evril Turonni qamoqda qiynayotgani haqida butun dunyo gapirganda O’zbekiston O’zuvchilar uyushmasi qarsak chalib turibdi,-dedi Ismatcha bilan suhbatlashayotgan radio muxbiri.
-Ular vijonsizlardir, o’z safdoshlari taqdirini o’ylamaydigan ablahlardir,-dedi Ismatcha.
-Lekin soyuzda sizga hurmatli bo’lgan okaxoningiz Abdulla Orif raislarki?
-Kecha u kishidan ariza yozdirib olishgan.
-Hali o’tiribdi joyida. Islom otangiz javob bermabdi, bila’ks yubileylarini tantanali o’tkazish haqida qaror chiqaribdi.
-Go’zal xabar. Darvoqe, bilasizmi, gap Evril Turonning o’zida, Islom otaning yaxshiliklarini bilmagan, Abdulla akani hurmat qilmagan…
Kallavaram
“Hurmatli qadrdon akaxon. Sizni butun dunyo o’zbeklari, Birlashmagan millatlar tashkiloti, Qochoqlar umumdunyo hamjamiyati, Pulsiz biznessmenlar fondi nomidan tug’ilgan kuningiz bilan samimiy qutlayman. Dunyo turguncha, o’zbeklar bo’lguncha omon bo’ling aka” deb yozdi Ismatcha Maratu haqida. Keyin unga “O’qidingizmi?” deb telefon qildi.
-Nima deb valdirayasan bratok, bugun meni tug’ilgan kunim emas.
-Aka, Feysbukda o’zingiz shunday yozib qo’yibsiz-ku?!
-Kallavaram, qaysi ahmoq Feysbukka haqiqiy tug’ilgan kunini yozadi?
-Mana men yozganman.
Go’rkov
“Hukumat binosiga hujum qilgan bu ablahlarning boshini sapchadek uzib tashlang” deb baqirdi Abdulla Orif majlisda Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga.
Majlisdan keyin Ismatcha uning yoniga keldi:
-“Sapcha”larni ko’mish vazifasini menga olib bering, akajon,-dedi unga yolvorib.
-Nima bo’ldi, yana ishsiz qoldingmi? Go’rkovlik qilishga rozimisan?
-Roziman ustoz, ming marta roziman. Bilasiz qamoqdan keldim, holim tang.
-Bu ishning qamoqqa, holing tangligiga nima aloqasi bor?-dedi Abdulla akasi Ismatchaga.
-Hukumat binosiga hujum qilganlarni bilaman, hammasining tilla tishi bor!
Vahshiy
Ismatcha turli sabablar bilan qochib ketgan Xo’roz, It va Eshakni boshlab aeroportga olib keldi.
-Xalq och, borsang seni so’yib eydi, u yerda nima qilasan? -dedi bir keksa yo’lovchi Xo’rozga.
-Hozir hizblar ko’payib ketdi, xabaringiz yo’qmi, har joyda azonni har turli aytishmoqda, men borib bir xil azon aytilishini tashkil qilaman!-dedi Xo’roz.
-Senchi?-deb so’rashdi u Itdan.
-Melisa va MXX aynib ketdi, xalqni talamoqda, tartib intizom yo’q, o’zim borib amniyat o’rnatmasam bo’lmaydi!-dedi gerdayib It.
So’ng eshakdan so’radi.
-Nega qaytmayin? Xalqqa quloq soldingizmi, hammasi IAKni eshak demoqda, tez qaytib, inqilob qilib, taxtni olib, unga kim aslida kimligini ko’rsatib qo’yishim kerak!-dedi do’rillab Eshak.
Keyin Ismatchadan:
-Sen qochib keldim deb yurganding, sen nega qaytayasan?-deb so’radi.
-Men bularni ushlab olib ketish uchun kelgandim.
-Qanday qilib ushlading bularni?
-Bir ikki maqtab, orqasini uqalasang har qanday vahshiy hayvon oyog’ingga bosh egadi.
-Hmmm… “Islom otam shamollab qolganlarida orqalarini uqalganman” deb yozganding, nahotki u senga bosh eggan bo’lsa?
-E, unaqa demang, men u zotga bosh egaman.
Nofiziy.
Leave a Reply