#ZokirAligaOzodlik

“159” qaytmoqdami?
1972 yilda tug’ilgan Zokir Aliyevga tuhmatning eng kattasini qilishmoqda.
Qarshida DXX tergovchisi Nodirbek Kamolov uni 242, 244, 155, 232 va 159 moddalar bilan ayblab qamoqqa olgan. Unga 2002 yilda Afg’onistonga, Eronga borgan degan gumon va tuhmat qilinmoqda. Tohir Yo’ldoshning jiyani Bahrom ko’rsatma berishga olib kelingan va u “bu odamning ko’zlari o’xshayapti, o’zi emas” degan. Zokir Aliyev hech qachon diniy oqimlar bilan yaqin bo’lgan emas! Buni biz yaxshi bilamiz!
Dahshat! 2002 yilda Zokir Aliyev Amerikada edi va hali chetga chiqib ketish imkoni yo’q edi. Bunga o’nlab guvohlar bor.
Nahotki O’zbekiston zolim Karimov davriga qaytdi?!
#ZokirAligaOzodlik

Ўзбек зиёлиларининг Ўзбекистон раҳбарига мурожаати

ЭРКИН МАТБУОТ – ТАРАҚҚИЁТ КАЛИТИ!

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёевга

Ўзбекистондаги ва чет элдаги миллатдошлар ҳамда ватандошларнинг

МУРОЖААТНОМАСИ

25 июнь, 2018 йил,
09:30 (Тошкент вақти)

Жаноб Президент!

18 июндан бери Ўзбекистондаги бир қатор илғор ахборот сайтларига киришда муаммолар юзага келаётганлиги ҳақида уч кундан бери Ватан ичидаги ва чет элдаги инсонлар қаттиқ ташвиш билдирмоқда.

Ўзбекистондаги бир қатор ахборот-таҳлилий сайтлар — “kun.uz”, “xabar.uz”, “qalampir.uz”, “sof.uz”, “azon.uz”га кириш қийинлашгани ҳақида мамлакат ичидаги бошқа матбуотлар ҳам тинмай бонг урушмоқда.

Масалан, бугун, 25 июнь, душанба эрталаб, Ўзбекистон ва Марказий Осиёнинг бошқа давлатларидаги сайт ўқувчилари ҳамда АҚШ, Канада, Европа, Туркия, Миср, Саудия Арабистони, Австралия, Ҳиндистондаги ўзбекистонликлар ушбу сайтларга киришга ҳаракат қилдик. Натижада, “kun.uz” ва “xabar.uz” сайтларига кириб бўлмади. “qalampir.uz”, “sof.uz”, “azon.uz”га эса, бемалол кира олдик. Continue reading

#ZokirAligaOzodlik

OzodNazar: Алиев иши Мирзиёевни қўрқитиш учун қилинган

Меҳрибон/Озодлик:АҚШда яшаётган ўзбек журналисти Жаҳонгир Муҳаммад Ўзбекистон ДХХси сиёсий ва диний айбловларда айблаб, қўлга олган Зокир Алиевни шахсан танишини, ҳатто кетаётган куни у билан ошхўрлик қилганини айтади.

Жаҳонгир Муҳаммад Зокир Алиевнинг ҳибсга олинишини президент Мирзиёевнинг хориждаги ватандошларни қайтариш ҳаракатларини тўхтатиш уриниши сифатида баҳолайди. “Шу орқали Мирзиёевни қўрқитишмоқчи” дейди суҳбатдош.

Бугунги OzodNazar да “Алиев иши”дан ташқари, Гулнора Каримова пуллари ва сўконғич мулозимлар мавзуси ҳам тилга олинади.

#ZokirAligaOzodlik

Yo tovba, bu ne qismat?!

Bir oddiy inson sifatida shokka tushdim. 25 yildan beri yaqin taniganim Zokir Aliyevni O’zbekiston Islomiy Harakatining a’zosi, terrorist deb tuhmat qilishdi.

Zokir chumoliga zarar bermasdi, “u ham uyini qidirmoqda” deb. Shunaqa yumshoq yigit.
U favqulodda odobli, hamma narsani idrok qiladigan, besh dollar topsa, 2 dollarini kambag’al bechoralarga ulashadigan yigit.

Ey nomardlar! Tuhmat qilishda shunchalikka ham borasizmi?

Agar u terrorist bo’lsa nega shu paytgacha dalilingizni Amerikaga bermadingiz?

Axir O’zbekiston Islomiy Harkati ularda terroristlar ro’yxatida-ku?

Bu Shavkat Mirziyoyevni zolim Karimov iziga qaytganidan nishonmi?

Bu ne hiyla? Hiyla bo’lganda ham iflos hiyla!

Hamma gapga ishonishim mumkin, ammo Zokir Aliyev terrorist degan gapga ishonmayman!

Uni faqat men emas, yaqin biladigan juda ko’p inson bor va shu fikrimga qo’shilishadi.

Biz uning O’zbekistonga borishi oldidan uyida to’planib samimiy sevinchiga sherik bo’lgandik.

Yo tovba, bu ne qismat?!

U Islomiy Harakat a’zosi emas! Kerak bo’lsa, bu gapimni bu dunyoda ham, u dunyoda ham baralla aytaman!

Jahongir Muhammad
#ZokirAligaOzodlik

#ZokirAligaOzodlik

Мирзиёев билмайдими?

Шавкат Мирзиёевнинг чақириғига жавобан Ўзбекистонга борган АҚШ фуқароси, ишбилармон-тадбиркор Зокир Алиев қамоққа олинди.

Зокир учун Қашқадарё вилоятининг Чироқчи туманидаги яқинлари таклифнома берган, ОВИР тасдиқлаган ва Ташқи Ишлар вазирлиги виза рухсати чиқарганди.

Ўзбекистоннинг Америкадаги элчихонаси унинг паспортига 90 кунга виза қўйган.

Ота-онасининг уйига қадар эсон-омон етиб борган. Яқинлари билан кўришгандан кейин бир соат ўтиб Қарши шаҳридан келган миршабалар олиб кетишган. У ердан ДХХга олиб кетилган.

Ҳайит куни кекса ва бемор онасини қон қақшатишди! Continue reading

#ZokirAligaOzodlik

O’zbekiston yolg’on ustunlari ustiga qurilmoqdami?

Zokir Aliyev 2002 yilda Afg’nositonga borib jang qilgan emish. Tavba!

2001 yil oktyabrda Afgonistonga AQSh kirdi. O’zbekiston ham koaltsiya ichida edi. Shimol bosib olindi. Tolibon janubga qochdi.

O’zbekiston Islomiy Harakati Tojikistonning Tavиldarasi va Qirg’iston tog’larida edi. Uning lashkarlari 2001 yilda rasman parchalanib tashlandi. Juma Namanganiy o’ldirildi. Tohir Yo’ldosh Eronga qochdi.

Bu paytda 2000 yildan boshlab Zokir Aliyev Amerikada siyosiy qochqin. Mana sizga fakt!

Axmoqlar, esa tuhmat to’qib tashlaveradi mana bunday:

“В 2002 году в ходе боевых действий в Афганистане он получил огнестрельное ранение в левую ногу, после чего лечился в медучреждении для членов ИДУ. Из-за ухудшения здоровья он попросил главарей террористической организации разрешить ему выехать в Турцию” (podrobni uz degani shunaqa yozibdi)
#ZokirAligaOzodlik

#ZokirAligaOzodlik

SOS!
Shavkat Mirziyoyevning chaqirig’iga javoban O’zbekistonga borgan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev qamoqqa olindi.
Zokir Aliyev uchun Qashqadaryo voliyatining Chiroqchi tumanidagi yaqinlari taklifnoma bergan, OVIR tasdiqlagan va Tashqi Ishlar vazirligi viza ruxsati chiqargan.
O’zbekistonning Amerikadagi elchixonasi uning pasportiga 90 kunga viza qo’ygan.
Zokir Aliyev ota-onasining uyiga qadar eson-omon yetib borgan. Yaqinlari bilan ko’rishgandan keyin bir soat o’tib Qarshi shahridan kelgan mirshabalar olib ketishgan.
Zokir Aliyev AQShda xususiy soliq kompaniyasining rahbaridir. O’zbeklarga yordam qilib keladigan vatanparvar insondir.
Akasining telefoni 998-90-517-3861 (Nurulla)
#ZokirAligaOzodlik