Posted on March 14, 2014 by Jahongir Muhammad

Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).
Novdalar
1990 yilning 18 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lgandi.
Demokratiya shamoli bor edi. Shuning uchun ikkinchi turga qolganlar yoki saylanolmaganlar o’rniga yangi nomzodlar chiqishi kabi hollar ham bo’lgan. Birinchi turda muqobil asosda saylangan edim. Tanishlarimdan ikkinchi turga qolganlar yoki yangi nomzod bo’lganlar birgalikda ularning saylov okruglariga borishni so’rashardi. Yangi deputatman, hammasiga ulgurish mumkin emas. Faqat 2-3 tasiga boroldim, xolos. Shulardan biri do’stim Dadaxon Yoqubov saylanayotgan okrug edi. Uning nomzodi Namangandan ko’rsatilgandi.
Dadaxon bilan ToshDUning jurnalistika fakultetida o’qiganimizdan beri tanish edik. Biz aslida ikki dunyoning odamlari edik. Xarakter va hayot tarzimiz bilan. Lekin bizni ruhiyatdagi yaqinlik bir-birimizga tortib turardi. Oramizda qandaydir ijodiy musobaqa ham bor edi. Continue reading →
Filed under: Suratlar tarixi | Tagged: dadaxon yoqubov, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on March 13, 2014 by Jahongir Muhammad

Суратда׃ Дадахон Ёқубов ва Жаҳонгир Маматов
NAVRO’Z
Jurnalist Dadaxon Yoqubov bilan ijodiy hamkorligimizning cho’qqisi 1990 yilda o’tkazilgan “Navro’z telemarafoni” bo’lgandi.
Shuni aytish kerakki, o’sha kezlarda Dadaxon yoniga juda iste’dodli kishilarni to’plagan edi. Masalan, rejissyorlar Meli Mahkamov va Tamara Mahkamova o’zbek telesan’atining favqulodda talanti insonlari edilar. Meli aka juda xushmuomala, topqir, bilimli bo’lish bilan birga sodda va kishining ko’ngliga juda tez yo’la topadigan odam edi. Continue reading →
Filed under: Suratlar tarixi | 2 Comments »
Posted on March 12, 2014 by Jahongir Muhammad
Yo’qolgan Turkiston
O’zbekiston televideniyesiga ishga kelishim bilan bir necha yangi dasturni boshlatgandim. Shulardan biri “Turkiston” siyosiy-ommabop axborot dasturi edi. Buni oldindan orzu qilgandim. Shu yo’l bilan Turkiston xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shmoqchi edim.
Dasturni darhol yo’lga qo’yish uchun Axborot bo’limidagilarga fikrlarimni aytdim. Uni jonli ravishda uzatishni lozim topdik.
Turkiston xalqlari hayoti bilan bog’liq juda qiziq va juda dolzarb xabarlar, videotasmalar to’plandi. Ularni tartibga keltirishdi. Dastur chizmasi tayyorlanganini aytishgach, mashq variantini ko’rmoqchi bo’ldim. Continue reading →
Filed under: Suratlar tarixi | Tagged: Boymirza Hayit, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on April 4, 2010 by Jahongir Muhammad
QIRIM

Suratda׃ Mustafo Jemil o’g’li(chapda) va Jahongir Muhammad. 1995.
1975 yilda “Qishloq haqiqati” gazetasida mas’ul kotib o’rinbosari edim. Ikki o’rinbosar bo’lardi. Chunki ertalabdan yarim tunga qadar, ba’zan esa keyingi sahargacha ishlash lozim edi. Shuning uchun bir kun men ishlasam, ikkinchi kun Obid aka degan kishi ishlardi. Har kuni tushdan keyin soat to’rt-besh atrofida gazetaning xomakisini Bosh muharrirga ko’rsatish lozim. Continue reading →
Filed under: Suratlar tarixi | Leave a comment »
Posted on March 8, 2010 by Jahongir Muhammad
Суратда׃ Дадахон Ёқубов ва Жаҳонгир Маматов (1991).
1990 yil. O’zbekiston Oliy Kengashi majlisida.
New Yorkda ko’cha bayrami.
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012
Amerika.2012. Mayram opam va Tohir pochcham bilan.
Amerika.2012
Amerika.2012
Har bir haqida alohida hokoyalar yozishga arzugulik yaxshi insonlar-amerikalik o’zbeklar davrasida
Kastamonu hokimi Sulaymon Yujal(o’ngdan birinchi) bilan.
Turkiyalik jurnalist Kamol Chapraz bilan
Turkiyalik do’stlar davrasida(1995)
“Ozodlik” radiosi ucun bu maqola yozilganda “Turkiya” gazetasida ishlardim.
1991yil. O’zbekiston xalq deputatlari Vohid A’zamov, Toyiba To’laganova va Jahongir Mamatov.
Амаким Ҳамроқул Муртазоев
Umrning davomi kitobdir.
Робия Қодир ва Жаҳонгир Муҳаммад
Qrim turklarining lideri Mustafo Jemil o’g’li bilan(1995).
Suratda: O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, hofiz Rustam Hojimamadov va Jahongir Muhammad
Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).
Жаҳонгир Муҳаммад 1993 йилдан буён муҳожирликда яшаб келмоқда
Жаҳонгир Муҳаммад(чапдан иккинчи)нинг шахсий архивидан олинган бу суратда Пўлат Абдураҳмонов (ўнгдан учинчи) Самарқанд вилоятидан сайланган депутатлар даврасида.
Filed under: Suratlar tarixi | Leave a comment »
Posted on March 8, 2010 by Jahongir Muhammad
Суратда׃ Дадахон Ёқубов ва Жаҳонгир Маматов (1991).
1990 yil. O’zbekiston Oliy Kengashi majlisida.
1991yil. O’zbekiston xalq deputatlari Vohid A’zamov, Toyiba To’laganova va Jahongir Mamatov.
Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).
Filed under: Suratlar tarixi | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.