Сарвар Усмон/Озодлик. Биринчи президентнинг тўнғичи қамоқхонада Ўзбекистоннинг Асосий қонунини нима мақсадда ўрганмоқда? Каримов ҳатто ўз фарзандини аямайдиган одил раҳбар эдими ёки амал курсисини ҳатто ўз фарзандидан қизғанадиган бахил одам эдими? Нима учун бош прокурорлар қамалавераяпти? Нима учун Ўзбекистонда люстрация ўтказилиши керак. Журналист Жаҳонгир Муҳаммад билан суҳбат шу саволлар атрофига қурилди.
Sarvar Usmon/Ozodlik. Keyinchi? Keyin nima bo‘ladi? Nima uchun qolgan vaqt ikki yil, xolos? OzodNazarning jurnalist Jahongir Muhammad mehmoni bo‘lgan bugungi sonini tinglasangiz, yuqoridagi savollar javobi o‘z-o‘zidan anglashiladi. Aytgancha, 61 yosh bilan 80 yosh orasidagi farq haqida ham so‘z bor suhbatda. (So‘z farqning 19 yil ekanligi to‘g‘risida emas, albatta…)
Sarvar Usmon/Ozodlik. Samarqand viloyat hokimi lavozimida ishlab kelgan 52 yashar Turobjon Jo‘raevning 10 iyul kuni qo‘lga olinib, ustidan jinoiy ish ochilgani ortda qolayotgan haftaning eng yirik voqealaridan biri bo‘ldi.
Tugayotgan haftada Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jamoatchilik, ayniqsa o‘qituvchilar kutmagan bir bayonot bilan Feysbuk sahifasida chiqish qildi. Shunisi qiziqki, vazir o‘rtaga tashlagan taklifga o‘xshash g‘oyan to‘g‘risida bugungi suhbatdoshimiz, AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad avvalgi suhbatlardan birida gapirgan.
Ozodlikka keyingi kunlarda qilingan bir murojaat esa, bugungi suhbatdoshimiz avval tilga olgan yana bir masalaga qaytishimizga sabab bo‘ldi.
“Karimov bir paytlar qo’shnisi bilan pochcha talashgan edi” Sarvar Usmon/Ozodlik. Islom Karimov davrida qo’shni Tojikiston bilan muzlab qolgan munosabatlarning Shavkat Mirziyoev davrida erishi, huquq-tartibot organlaridan birin-ketin surilayotgan qarindosh-urug’lar hamda informatsiyani adekvat qabul qilish madaniyati haqida suhbatlashdik AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan.
“Ozodlik”/Sarvar Usmon. “Ahmadboy” ustidan chiqarilgan hukm adolatlimi? Bu ish bo’yicha qo’lga olingan mulklaru 12 mln. dollar egalariga qaytariladimi? Serial mojarosi davomida qay tomon haqu qay tomon nohaq bo’ldi? Millat nomidan, xalq nomidan gapirishga kim haqli?
Shunday savollar atrofida bo’ldi jurnalist Jahongir Muhammad bilan bugungi suhbat.
Sarlavhaga chiqarilgan gapdagi “U” kim? Javob suhbatning oxirrog’ida.
MXX raisi o’zgardi. “Idora”ning o’zi ham o’zgaradimi?
Sarvar Usmon/Ozodlik. Yoshi 73 ga kirgan odamning xizmatdan ketishi, bir qarashda, hech qanday voqea emas: keksa odamga dam berish, uni pensiyaga chiqarish mutlaqo tabiiy amaldir. Biroq Rustam Inoyatovning MXX raisi lavozimidan ketishini jamoatchilik favqulodda voqea sifatida qabul qilmoqda. Nega shunday? Bu va boshqa savollarini OzodNazar AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdi.
Ha, aytgancha, Jahongir Muhammad bilan suhbat yozib olinganidan so’ng Rustam Inoyatovning prezident ma’muriyatiga ishga o’tgani ma’lum bo’ldi.
Jahongir Muhammad: Qalbimiz, yuragimiz, xayolimiz O’zbekistonda
Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan yurtimizda turli islohotlar ro’y bermoqda. Xususan, so’nggi paytlarda matbuotimizda erkinlik havosi uf urib kelyapti. Qo’shimchasiga, ajib zamonlarni boshdan kechiryapmiz. Misol uchun, bundan bir necha yil avval xoin va “vatanfurush” deb nom olgan bir qancha sobiq mahbuslar ozodlikka chiqarilgan bo’lsa, aksincha — yaqin vaqtgacha “yurtimiz xaloskorlari” deya e’tirof etilib kelingan bir qancha ikkiyuzlamachi “kalamushlar” esa, bir qismi ishdan olindi, boshqalari hibsda.
Bugungi saytimiz mehmoni — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, sobiq deputat Jahongir Muhammad. Ochig’ini aytadigan bo’lsak, jurnalistning Feysbukda yozib qoldirgan mana shu kichik posti bizni shu suhbatni uyushtirishga undadi: Continue reading →
Мирзиёевнинг ҳокимлари билан Худоёрхоннинг ҳокимлари ўртасида фарқ борми?
Sarvar Usmon. “Ozodlik”. Sarlavhaga chiqarilgan savolni AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’anievning toshloqliklar sha’niga aytgan haqorati munosabati bilan berdik. Suhbatdoshimiz boshqa bir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlaridan eshitgani – bir yangilik bilan ham o’rtoqlashdi.
Sarvar Usmon/Ozodlik. Vatan nimayu Vatanizm nima ekanligi, fuqaroparvar bo’lib borayotgan hukumat, O’zAning o’zgarib borayotgan stilistikasiyu shoshma-shosharlikni yoqtirmaydigan til haqida gaplashdik AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan OzodNazarning bugungi sonida.
Ozodlik radiosi/Sadriddin Ashur: OzodnazarPlus eshittirishining bugungi mehmoni AQShda yashayotgan yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan inqilob yasash kerak emas dedi. Jahongir Muhammad nazaricha, prezidentning bu majlisda aytgan gaplarining 90 foizi uning bir yillik faoliyati davrida bir necha marta aytilgan.
“Prezidentning bu chiqishidan so’ng, menda ko’pchilik go’yoki qayiqning bir tomoniga o’tib olganday taassurot uyg’otdi. Bunday holatda qayiq bir tomonga og’ib qoladi va bu xatarli”, deydi Jahongir Muhammad.
Jurnalist fikricha, prezident aytgan juda ko’p muammolar bir qo’ng’iroq bilan hal qilish mumkin bo’lgan:
“Masalan, viloyatlar orasidagi behisob postlarni Ichki ishlar vaziriga telefon qilib, “yo’qot bu postlarni” deb aytsa masala hal edi. Yoki jurnalistlar uchun maxsus universitet ochish shart emas, uning o’rniga barcha redaktorlarni yig’ib “muammolarni ochiq yozinglar” desa tamom vassalom, zo’r jurnalistlarni ana o’shanda ko’rasiz”, deydi Jahongir Muhammad.
Өзбек лингвисі: «Латын» халықты жас пен кәріге қақ жарды
Жахонгир Маматов-Өзбекстандық саясаткер, лингвист, жазушы. Өзбекстанның тұңғыш президенті Ислам Каримовтің режимі тұсында (1993 жылы) оппозициялық қызметі үшін түрмеге қамалған. Түрмеден қашып шетелге кетіп қалған Жахонгир Маматов «Өзбекстан демократиялық конгресі» оппозициялық қозғалысын құрған. 62 жастағы саясаткер әрі лингвист отбасымен АҚШ-та тұрады. Continue reading →
Sarvar Usmon/Ozodlik: Sarlavhaga chiqarilgan savolga AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad o’zida bor javobni berdi. Lekin uning javobi to’liq bo’lmasligi ham mumkinki, savolni Siz tinglovchi uchun ham ochiq qoldiramiz: Mirziyoevning ortidan O’zbekistonga Amerikadan kimlar qaytdi? Javobingiz bo’lsa, yozing.
Bugungi OzodNazarda suhbatdoshimiz muhim bir yangilik bilan o’rtoqlashdi: Continue reading →
BBC O’zbek хизматининг навбатдаги OK LIVE жонли дастури Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга сафарига бағишланди. Нью-Йоркда Президент Мирзиёев АҚШда яшаб фаолият юритаётган ўзбекистонлик ватандошлар билан учрашди. Ушбу мулоқот мамлакат ичкарисида ҳам, четда ҳам жуда илиқ қарши олинди. Аммо, шу билан бирга, айтилмай қолган гаплар ҳам бўлди. Улар қайсилар эди? BBC O’zbekнинг OK LIVE жонли мулоқоти иштирокчилари -“Америка овози” мухбири Навбаҳор Имамова, Ўзбекистон парламентининг собиқ аъзоси Жаҳонгир Муҳаммад ва ҳуқуқшунос Суҳроб Исмоилов ана шу ҳақда суҳбатлашдилар. Дастур бошловчиси Шодиёр Сайф.
Prezident Shavkat Mirziyoevning 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqi yuzasidan fikrlari bilan OzodNazar mehmoni, AQShda yashayotgan Jahongir Muhammad o’rtoqlashdi.
Uyda otasi uradi, qo’rqqanidan hurmat qiladi;
-maktabda o’qituvchi uradi, biroq o’qituvchini ulug’laydi;
-ishxonada boshliq so’kadi, kamsitadi, tarsaki tortadi, lekin boshliqni boshiga ko’taradi;
-kattaroq mansabga minsa, undan kattaroq mansabdagidan kaltak yeydi, ammo ta’zim qiladi;
-yana kattaroq mansabga o’tirsa, eng tepadagidan musht va tepki oladi, nafaqat qulluq qiladi, hatto o’lgandan keyin uni “avliyo” deb haykaliga sig’inadi.
Mana sizga zehniyat!
***
Зеҳният
Уйда отаси уради, қўрққанидан ҳурмат қилади;
-мактабда ўқитувчи уради, бироқ ўқитувчини улуғлайди;
-ишхонада бошлиқ сўкади, камситади, тарсаки тортади, лекин бошлиқни бошига кўтаради;
-каттароқ мансабга минса, ундан каттароқ мансабдагидан калтак ейди, аммо таъзим қилади;
-яна каттароқ мансабга ўтирса, энг тепадагидан мушт ва тепки олади, нафақат қуллуқ қилади, ҳатто ўлгандан кейин уни “авлиё” деб ҳайкалига сиғинади.
Bugungi vaziyatga qarasangiz ikki holatni ko’rasiz:
-bir tomon go’yo hamma narsadan mamnun, hamma narsa etarli, jannatmakon diyorda yashamoqdalar, shohanshoh odil, adolat o’rnatilgan, shukrchilik va shukrchilik;
-ikkinchi tomon uchun jamiyat buzilgan, din amaldor-mullalarning quroliga aylangan, hayot izdan chiqqan, sarsonlik-sargardonlik, hukumatdagilar boy, xalq kambag’al, korrupsiya ildiz otgan…
Birinchi tomondagilar bilan yuzma-yuz kelsangiz, ikkinchi tomonning fikriga ma’qulona bosh irg’ishadi.
Ular ikki og’izli odamlar, bir og’zilarida karnay, bir og’izlarida qoq suyak.
Tatyana Karimova o’lgan erining haykali ochilishida gapirarkan, faqat “o’zbek”, “o’zbek xalqiga hurmat, xizmat” deyishdan charchamadi.
O’zbekning ichida o’sgan bo’lsang, ering o’zbekni chorak asr boshqargan bo’lsa, nega o’zbekka uruscha gapirayapsan, deydigan mard yo’q?
O’zbekni hurmat qilgan bo’lsang, nega o’zbekchaga bepisand qarading?
Nega hurmat ko’rsatib, o’rganmading?
Islom Karimovning “buyukligi”ga bag’ishlangan nutqing oxirida bir jumlalik o’zbekcha mattni ham uruschalatib o’qiganing nahotki gaplaring yolg’on ekanini isbotlamagan bo’lsa?!
You must be logged in to post a comment.