Feysbukdagi fikrlar

Tatyana “ona” va tili

Tatyana Karimova o’lgan erining haykali ochilishida gapirarkan, faqat “o’zbek”, “o’zbek xalqiga hurmat, xizmat” deyishdan charchamadi.
O’zbekning ichida o’sgan bo’lsang, ering o’zbekni chorak asr boshqargan bo’lsa, nega o’zbekka uruscha gapirayapsan, deydigan mard yo’q?
O’zbekni hurmat qilgan bo’lsang, nega o’zbekchaga bepisand qarading?
Nega hurmat ko’rsatib, o’rganmading?
Islom Karimovning “buyukligi”ga bag’ishlangan nutqing oxirida bir jumlalik o’zbekcha mattni ham uruschalatib o’qiganing nahotki gaplaring yolg’on ekanini isbotlamagan bo’lsa?!

XXX

Uning qalbi tosh edi, mana endi o’zi ham toshga aylandi. Toshga sig’inuvchilar davrida bu katta mo’jiza! Agar tavsiya etishsa, Rim papasi uni avliyolashtiradi.
Darvoqe, o’zimiz avliyolashtirib bo’ldik-ku? Rim papasi emish?!

JM

%d bloggers like this: