“O’zTVda yana rahbar almashdi”
Jurnalist bo’lish boshqa, O’zTVga rahbar bo’lish boshqa.
Buni 1991 yil O’zTVga rahbar bo’lganimning birinchi kunlaridayoq bilganman.
Matnni hijjalab o’qiydigan diktor(suxandon deyishga tilim bormadi)ni axborot bo’limiga o’tkazsam, ertalab Islom Karimov telefon qilib, “uni nega bo’shatdingiz”, deb so’roqqa tutgan.
Qo’shiqlarni fonogrammasiz, jonli tarzda beramiz, deb qaror chiqarsam, Islom Karimov telefon qilib, nega artistlarning ishiga aralashasiz deb,qarorni bekor qildirgan..
“Munosabat” degan ko’rsatuv tashkil qilib, Erkin Vohidovga “Mana sizga erkin mikrofon, dilingizdagini ayting” desam, “Odam erkin mikrofondan ham qo’rqib ketarkan” dedilar. Oradan bir oz o’tib, Islom Karimov telefon qilib, “Nega shoirni qo’rqitasiz” deb do’q urgan.
Samarqandlik muxbirning qish oldidan domlarda suv sistemasi ishlamayotgani haqidagi reportajini bersak, Islom Karimov telefon qilib, “Bunday mahalliy ahamiyatga ega narsani ko’rsatishdan maqsadingiz nima?” degan.
Hukumat Talabalar shaharchasida qon to’kkanda ko’rsatuvlarni “arrest” qildirgan va hokazo va hokazo.
Oxiri olti oy deganda Iste’fonoma yozgandim. Hozir olti oyda oltita rahbar almashmoqda. Bechora O’zTV (O’zMTRK).
Jahongir Muhammad.
Filed under: Fikrlar | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »