Posted on January 31, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
10. Sadoqat
Kechqurun Gulya telefon qildi. Ertaga muhim ishi chiqib qolganini va uchrashuvni keyingi haftaga surishni so’radi. Nimadandir juda xursand. Tovushi jarangdor. Xayol qilsa telefonning ichiga kirib yonimga yetib kelsa va qulog’imga bir nimalar pichirlasa. Men ham ayni holdaman. Lekin yetib borganim bilan unga bo’lgan voqealar haqida pichirlay olmayman. Quvonchim va tashvishlarimni ko’ksimga ko’mishga majburman. Uning ertaga bo’ladigan uchrashuvni qoldirgani tashvishimni yengillatdi. Chunki hali biror bahona topib ulgurmagan edim. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Жаҳонгир Маматов, тансоқчи, oltinchi qavat | Leave a comment »
Posted on January 27, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
9.Apachi
Bo’lgan voqeadan shok holga tushgandim. Qo’rqqanim yo’q, ammo hayron edim. Hayronligim voqedan ham ko’proq adam haqida. Nahotki u shunday katta ishlarning ichida.
-Tush mashinadan,-dedi adam va kalitni bizni kuzatib kelganlarga berdi.
-Piyoda ketamiz.
-Ada, boya qaysi tilda gapirdingiz?
-Navoiyning tilida. ”Hayratul Abror” degan kitobidan olganmiz bu kodlarni. Mana kodlar, mana bu erda yozilgan hammasi, ertalabgacha yodlab ol, kitobchani qaytib berasan. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Jahongir Mamatov, тансоқчи, prezident tansoqchisi, soqchi | 1 Comment »
Posted on January 24, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
8.Blaginizm
Adam qabulxonada kutib o’tirgan ekan. Hech narsa demadi. Oyim “Agar adangni xursand yoki xafaligini yuziga qarab topa oladigan odam chiqsa, Nobel mukofotini oladi” deganda ming karra haq.
Liftga chiqqanimizdan keyingina u “Men ham go’rkovman,” dedi. “Hamma ma’nosi bilan,” deb qo’shib qo’ydi va yana jimlikka sho’ng’idi.
Go’rkov?! O’lgan odamlar uchun go’r kovlaydigan odam, lekin har kuni bitta, ba’zan bir nechta odamni ko’mish oson ish emas. Bu katta mehnat. Kuch bilan birga temir asab ham istaydi. Continue reading →
Filed under: Kundalik | Tagged: Ўзбек, Олтинчи қават, тансоқчи | Leave a comment »
Posted on January 18, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
7. Go’rkov
Kostyum-shimda edim. Prezident׃
-Meni himoya qilish kerak bo’lsa hamma ishni tashlab oq ko’ylak-oq ishton qidirasanmi? Avval biroz raqsga tushib badaningni qizdirib olasanmi? Yo’q, sen chaqmoq bo’lishing kerak. “Qars” etdimi sen ham qarsillashing kerak!-dedi.
Shundan keyin u yerdagi bolalar bilan “it-mushuk” bo’lib sakrab-sukrab turgandik semiz, pakana bir kishi kirib keldi. Uning orqasidan ergashgan yigitning aqqol chiniqqanini har qanday odam ham sezishi mumkin. Ammo uning kungfuni o’rganganini hamma ham seza olmaydi. Kungfu bilgan odam o’ng oyoqni og’irroq va chap oyoqni yengil tortadi. Uning “salomi” bitta oyoqda turib, bittasini tepaga ko’tarib, qo’l barmoqlarini changalga aylantirib ikki tomonga uzatishdir. Demak, “it-mushuk”dan “sher va qoplon” jangiga o’tamiz… Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Жаҳонгир Маматов, Олтинчи қават, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on January 16, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
6. Avliyo
Yoshing ketaversa yosh bola bo’lib qolasan, degan gapni eshitgandim. O’zim yosh bolaman. Lekin mana bu Prezident ham yosh bola bo’lib qolganga o’xshaydi. Bo’lmasa shunaqa gaplarni aytadimi, deb o’ylab tursam jiddiy savol berib qoldi:
-Qanaqa moshinni yaxshi ko’rasan?
Bo’ynimni qisdim.
-Bilaman! “Be-em-ve”, “besh eks”,-dedi o’zi.
Bu mashina kimning ham orzusi emas. Yosh bola bormi mashina markasiga qaraydi, yuragi o’sha mashina balonining aylanishi bilan barobar yuguradi. Lekin bu odam hamma narsani qayoqdan bilayati? Adamning gapi rost chiqdi. ”Unga yolg’on gapirma, u hamma narsani biladi” degandi. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Жаҳонгир Муҳаммад, Олтинчи қават, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on January 13, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
5.Soya
Prezidentning ishxonasi oltinchi qavatda ekan. Bizni lift yonida qarshi olgan ikki kishi adamga “chest” berib menga havas bilan qarashdi:
-Shef o’g’lingiz ham o’zingiga o’xshar ekan…,-dedi bittasi.
-O’g’lim bo’lgani senga uni tekshirmaslik uchun asos bo’ladimi?-Adam jiddiy ohangda so’radi.
Haligi odam shoshib qoldi va darhol meni siypalab tekshirib chiqdi. Keyin “bo’ldi” degandek yelkamga urib qo’ydi.
“Hammaning yelkasiga urib qo’yasanmi?” degandek adam unga o’qrayib qaradi.
Oyoq ostiga qip-qizil gilam to’shalgan. Nazarimda meni tekshirgan odamning yuzi ham shu gilamdek qizarib ketdi. U adamdan qo’rqar ekanmi yoki uyaldimi bilib bo’lmasdi. Continue reading →
Filed under: Kundalik | Tagged: Ўзбекистон, Жаҳонгир Муҳаммад, Jahongir Mamatov, oltinchi qavat | Leave a comment »
Posted on January 10, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
4.Sinov
Ham oliygohdagi ham bu yoqdagi darslarga qatnab yursam to’satdan sinovga chaqirib qolishdi.
-O’zingni ko’rsat, muhim odam tomosha qivotti,-dedilar adam.- Bu sen uchun ham, men uchun ham hayot-mamot masalasi.
Atrofga qarasam Adam va yordamchilaridan boshqa odam yo’q. Keyinchalik bildimki, o’shanda bo’yalgan derazaning ortida MXX raisi va “SP” rahbari o’tirishgan ekan.
Bir karate ustasi bilan maydonga tushirishdi. Govdasi beso’naqay kishi. Soqoli o’sgan, ko’zlari kirtaygan. Qo’llarining mushagi ko’ylagini yirtay deb turibdi. Basharasini qora bulut qoplagandek. Qoshini chimirib olganmi yoki o’zi shunaqami ko’zlari bilan qo’shilib ketganga o’xshaydi. Beli biroz ingichkaroq, ammo oyoqlari filnikidek baquvvat.
Usta Vunning o’rgatgani bo’yicha raqibimni bir zum zohiran o’rgandim, keyin botiniga nazar solishga urindim. Ko’zi g’amgin. Ichi to’la dard. Xuddi yomon haqorat eshitib, javoban baqiraverib po’tiqib ketgan kishidek ko’z tomirlari yorilgani sezilib turibdi. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Jahongir Mamatov, oltinchi qavat | 1 Comment »
Posted on January 8, 2014 by Jahongir Muhammad
Prezident tansoqchisining kundaligi
3.Adam
Biz “dada” degani samarqandcha, tojikcha, “ada” degani toshkancha, o’zbekcha deb bilardik. Bu miyamga quyilib qolgan. O’chirsam ham o’chmaydi. O’lgunimcha ham “ada” desam kerak. Zotan tilim ham “dada”ga aylanmaydi, “ada” degani o’z-o’zidan chiqib ketaveradi.
Adam botiniy ko’rinishi bilan Prezidentga juda o’xshaydi. “Ichimdagini top” deydigan odam. O’zini hammadan aqlli deb hisoblaydi. Eng mukammal narsadan ham kamchilik topishga urinadi. Rost bilan yolg’onni ajrata olmaydi. Hamma gapni yolg’on deb o’ylaydi. Jahli chiqsa oylab gaplashmaydi. Qachonki o’zing pushaymon bo’lib, bosh egib borsang, “Bo’pti” deb qo’yadi. Oyimning bor-yo’qligiini ham bilmaydi. Men qanchalik Prezidentga soya bo’lsam, oyim adamga shunchalik soya. Adam bu soyani sevmaydi va sezmaydi ham, bor-yo’qligini bilmaydi. Prezident ham shunday edi. Ammo keyingi paytda o’zgardi. Unga nima bo’ldi bilmayman. Soyasiga diqqat qila boshladi. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Jahongir Mamatov, oltinchi qavat, soqchi, tansoqchi | Leave a comment »
Posted on January 5, 2014 by Jahongir Muhammad
Voqeiy qissa
2. “So’fi”
Tayvandan qaytishda ruschani biladigan Usta Vun:
-Siz tomonlarda so’filar o’tgan. Ularning hayotini o’rgan, ulardan dars ol, bo’lmasa umring qamoqda o’tadi yoki peshanangdan otib ketishadi,-dedi.-Bugungacha senga aytgan ko’p gaplarimni tushunmading. Agar so’filar hayotini o’rgansang nima deganimni anglab etasan.
Usta Vun meni yomon ko’rib qolgandi. Sababini bilaman. Uning shogirdlarini “bir tiyin” qilib tashladim. Qaysini qarshimga chiqargan bo’lsa, sudrab obketishdi.
Vun Moskvada ham dars bergan. Toshkentda ham bo’lgan. Ruschani yaxshi biladi. “Xitoyda o’rganganman,” deydi.
Undan dars olish uchun hatto Amerikadan ham kelgan talabalar bor. Ko’p shogirdlari turli mamlakatlarda “vip”larni qo’riqlashar ekan. Shuning uchun obro’si katta. O’ziga bino qo’ygan. Qiziq-qiziq gaplarni aytadi.
-Kuch nazorat qilinsagina kuchdir,-dedi bir kuni.-Agar nazorat qilsang uni minasan, bo’lmasa ostida qolasan.
Continue reading →
Filed under: Kundalik | Tagged: Jahongir Mamatov, oltinchi qavat, so'filar | 1 Comment »
Posted on January 3, 2014 by Jahongir Muhammad
OLTINCHI QAVAT
Prezident tansoqchisining kundaligi
1. Taychi
Ismim Taymur. Aslida Temur deb ot qo’yishgan. Hujjatimni yozgan odam “Taymur” deb yozgan. Nega bunday qilgan bilmayman. Ammo o’zimga yoqadi. Temur degan ot tiqilib yotibdi, Taymur esa bitta. U ham menda.
Faqat Prezident “Taychi” deydi. Bu menga yoqmaydi. Xuddi kamsitganga o’xshaydi. Ammo buni unga qanday aytaman? Haqqim yo’q. Faqat jim turishim kerak, hatto meni ursa ham. Uning savollariga ham javob bermasligim kerak. Uning soyasiman-da. Soya gapirmaydi. Qoida shunaqa.
Qoidani uning o’zi buzdi. “Soya”ni gapirtira boshlatdi. Shunda ham oz gapirishga harakat qilaman. Gaplar ko’nglimdan toshib ketmasligi uchun kundaligimga yozib qo’yaman. Aslida bu ham qat’iyan mumkin emas. Bilib qolishsa sudsiz-tergovsiz yo’qolaman. Shart shunaqa va o’zim ham bunga rozi bo’lib hujjat imzolaganman.
Kundaligimni prezidentga hujum bo’lsa ishlatishim kerak bo’lgan qalqonning ichida saqlayman. Doim o’zim bilan. Prezident menga juda ishongani uchun birov tekshirib ham ko’rmaydi. Munosabati sovub qolgudek bo’lsa, nima qilishni bilaman, rejasini tuzib qo’yganman. Continue reading →
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Jahongir Mamatov, O'zbeklar, oltinchi qavat | 1 Comment »
Posted on January 2, 2014 by Jahongir Muhammad
Демократия халқ бошқарувидир
САВОЛ: Ҳозирги кунда қайси мамлакатда демократиянинг ҳақиқий кўриниши мавжуд? Чунки ҳозирги бўлаётган воқеалардан кейин, менда шундай ишонч ҳосил бўлдики, дунёда ҳеч қандай демократик мамлакат қолмагандек. Бунга сиз нима дейсиз? (Сардор).
ЖАВОБ: Агар демократия халқ бошқаруви десак, демак ҳозирги кунда дунёнинг жуда кўп жойида шундай тузумлар мавжуд. Аммо демократиянинг ҳақиқий қолипи қандай бўлишини ҳеч ким билмайди. Лекин бугунги тузумлар орасида инсоннинг моддий ва маънавий эҳтиёжларини қондиришга энг яқин бўлгани мавжуд демократик деганимиз тузумлардир ва уларда мезонлар турличадир.
Демократияни ҳар ким ҳар турли тасаввур қилади ва шу боис ҳам ҳукуматлар алмашганда баъзан демократик бошқарувда ҳам ўзгариш юз беради. Лекин тамал мустаҳкам бўлса, вақтинчалик бошқарувни қўлга олган ҳукуматлар ёки сиёсий партиялар демократияга зарар етказишлари мумкин аммо уни бутунлай йўқота олмайдилар. Continue reading →
Filed under: Savol-Javob | Tagged: demokratiya, Jahongir Mamatov, sharq demokratiyasi | Leave a comment »
Posted on January 1, 2014 by Jahongir Muhammad
Талантли йигит
САВОЛ: Сиз бир жавобда Нурилла Остоновни мақтагансиз. Унинг ёзганларини топиб ўқидим. У ҳам билдирмай ҳукуматга топинаётган хашаки журналистга ўхшади. Наҳотки унинг икир-чикирлардан бошқа нарсани ёзмаётганини кўрмасангиз? (Алишер).
ЖАВОБ: Икир-чикирлардан қурилган ҳукуматни икир-чикирлар йиқитади.
Ислом Каримовнинг адолатсизликка асосланган режимига қарши бош кўтарганлар орасида Миллий Университетнинг Журналистика факультети собиқ талабалари анчагина. Шу боис ҳам режим вақти-вақти билан бу даргоҳ бошида қилич ўйнатиб туради.
Нурилла Остонов билан бирга ана шу қутлуғ даргоҳда ўқиганмиз. Талантли йигит.
Ўзбекистон телевидениесида раҳбар бўлганимда у телевидениенинг Самарқанд вилоят бўйича мухбири эди. Бир куни ногирон оиланинг сансалорликка учрагани ҳақида икки дақиқалик “қалампирмунчоқ” танқидий репортаж ҳозирлаганди. Материални дарҳол эфирга қўйдик. Кўп ўтмай Каримов телефон қилди: Continue reading →
Filed under: Savol-Javob | Tagged: Nurilla Ostonov | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.