Oltinchi qavat (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

4.Sinov

Ham oliygohdagi ham bu yoqdagi darslarga qatnab yursam to’satdan sinovga chaqirib qolishdi.

-O’zingni ko’rsat, muhim odam tomosha qivotti,-dedilar adam.- Bu sen uchun ham, men uchun ham hayot-mamot masalasi.

Atrofga qarasam Adam va yordamchilaridan boshqa odam yo’q. Keyinchalik bildimki, o’shanda bo’yalgan derazaning ortida MXX raisi va “SP” rahbari o’tirishgan ekan.

Bir karate ustasi bilan maydonga tushirishdi. Govdasi beso’naqay kishi. Soqoli o’sgan, ko’zlari kirtaygan. Qo’llarining mushagi ko’ylagini yirtay deb turibdi. Basharasini qora bulut qoplagandek. Qoshini chimirib olganmi yoki o’zi shunaqami ko’zlari bilan qo’shilib ketganga o’xshaydi. Beli biroz ingichkaroq, ammo oyoqlari filnikidek baquvvat.

Usta Vunning o’rgatgani bo’yicha raqibimni bir zum zohiran o’rgandim, keyin botiniga nazar solishga urindim. Ko’zi g’amgin. Ichi to’la dard. Xuddi yomon haqorat eshitib, javoban baqiraverib po’tiqib ketgan kishidek ko’z tomirlari yorilgani sezilib turibdi. Continue reading