OLTINCHI QAVAT (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

3.Adam

Biz “dada” degani samarqandcha, tojikcha,  “ada” degani toshkancha, o’zbekcha deb bilardik. Bu miyamga quyilib qolgan. O’chirsam ham o’chmaydi. O’lgunimcha ham “ada” desam kerak.  Zotan tilim ham “dada”ga aylanmaydi, “ada” degani o’z-o’zidan chiqib ketaveradi.

Adam botiniy ko’rinishi bilan Prezidentga juda o’xshaydi. “Ichimdagini top” deydigan odam. O’zini hammadan aqlli deb hisoblaydi. Eng mukammal narsadan ham kamchilik topishga urinadi. Rost bilan yolg’onni ajrata olmaydi. Hamma gapni yolg’on deb o’ylaydi. Jahli chiqsa oylab gaplashmaydi. Qachonki o’zing pushaymon bo’lib, bosh egib borsang, “Bo’pti” deb qo’yadi. Oyimning bor-yo’qligiini ham bilmaydi. Men qanchalik Prezidentga soya bo’lsam, oyim adamga shunchalik soya. Adam bu soyani sevmaydi va sezmaydi ham, bor-yo’qligini bilmaydi. Prezident ham shunday edi. Ammo keyingi paytda o’zgardi. Unga nima bo’ldi bilmayman. Soyasiga diqqat qila boshladi. Continue reading