OLTINCHI QAVAT
Prezident tansoqchisining kundaligi
1. Taychi
Ismim Taymur. Aslida Temur deb ot qo’yishgan. Hujjatimni yozgan odam “Taymur” deb yozgan. Nega bunday qilgan bilmayman. Ammo o’zimga yoqadi. Temur degan ot tiqilib yotibdi, Taymur esa bitta. U ham menda.
Faqat Prezident “Taychi” deydi. Bu menga yoqmaydi. Xuddi kamsitganga o’xshaydi. Ammo buni unga qanday aytaman? Haqqim yo’q. Faqat jim turishim kerak, hatto meni ursa ham. Uning savollariga ham javob bermasligim kerak. Uning soyasiman-da. Soya gapirmaydi. Qoida shunaqa.
Qoidani uning o’zi buzdi. “Soya”ni gapirtira boshlatdi. Shunda ham oz gapirishga harakat qilaman. Gaplar ko’nglimdan toshib ketmasligi uchun kundaligimga yozib qo’yaman. Aslida bu ham qat’iyan mumkin emas. Bilib qolishsa sudsiz-tergovsiz yo’qolaman. Shart shunaqa va o’zim ham bunga rozi bo’lib hujjat imzolaganman.
Kundaligimni prezidentga hujum bo’lsa ishlatishim kerak bo’lgan qalqonning ichida saqlayman. Doim o’zim bilan. Prezident menga juda ishongani uchun birov tekshirib ham ko’rmaydi. Munosabati sovub qolgudek bo’lsa, nima qilishni bilaman, rejasini tuzib qo’yganman. Continue reading
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: Jahongir Mamatov, O'zbeklar, oltinchi qavat | 1 Comment »