Jahongir Muhammadga savollar

Jahongir Muhammadga savollar

Jahongir Muhammadga savollar

“Ozodlik” radiosi

Savollarga javoblar

O’shanda MXXning tepasida o’tirgan odam hali ham tepada

Sarvar Usmon/Ozodlik. Sarlahaga chiqarilgan va chiqarilmagan mavzular AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan suhbatda tilga olindi. Suhbatning ba’zi nuqtalari:

02:58 – “Militsiya” deganda odamlar ijirg’anadigan bo’lib qolgan;

10:06 – O’zbekistonda ushlaydi, qamaydi, uradi, tahqirlaydi, keyin quyib yuboradi – hamma xursand;

10:38 – Bobomurod Abdullaevni ushlashga sanktsiya bergan R. Inoyatov bugun Senatda o’tiribdi;

15:40 – Ertaga 200 kishi ko’chaga chiqib namoyish qilsin, reformalarning bahosini ko’rasiz;

20:30 – Bugun O’zbekistonning tashqi siyosati xarob ahvolda…

https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-ozodnazar/29215189.html

Savollarga javoblar

“Karimovni uch-to’rtta olim aldab qo’ygan edi”

Sarvar Usmon/Ozodlik. Vatan nimayu Vatanizm nima ekanligi, fuqaroparvar bo’lib borayotgan hukumat, O’zAning o’zgarib borayotgan stilistikasiyu shoshma-shosharlikni yoqtirmaydigan til haqida gaplashdik AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan OzodNazarning bugungi sonida.

https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-ozodnazar/28978977.html

Jurnalist juzdoni

17. “Bo’tam”

Hozirgi “Zarafshon” ro’znomasi Sovet davrida “Lenin yo’li” deb nomlanardi. Gazetaning “Qishloq xo‘jalik” bo’limida mudir edim. Bo’limda Asqar Jalilov degan jurnalist ishlardi. Doim yuzi kulib turar, soddaligi va samimiyligi chehrasiga chizib qo’yilgandi. U hammaga “Bo’tam” deb murojaat qilardi. Yoshi bizdan ulug’ bo’lgani uchun bu so’z og’ir botmasdi. Uning bu “vizit kartochkasi”ga shunchalik o’rganib ketdikki, oxiri o’zini “Bo’tam” deydigan bo’ldik.
U Kattaqo’rg’ondan Samarqandga qatnab ishlardi. Saharlab yo’lga chiqib, to’g’ri kelgan mashinaga “ilinib” kelardi. Ba’zan bizdan oldin, gohida kechikib kelar va darhol bo’limdagi mashinka oldiga o’tirib, tinmay “tiqillatardi”, bir qo’llab nimadir yozardi. Lekin qog’ozni deyarli almashtirmasdi. Boshini ko’tarib atrofga ham qaramasdi.
Ishdan keyin Samarqandning o’sha kezda xalq orasida “Povorot” degan joyiga kelib, yo’l mashinalariga qarab turar va “bo’ta”laridan biri uni bekаtdan “yulib” ketardi.

Continue reading