Mahalla
O’zbekistonning mahalla institutini dunyo o’rganmoqda, deb yozishmoqda. Biz Amerikaga kelganimizdan buyon bilamanki, bizning shtatda ham mahalla tizimi bor. Ammo u shaxsiy ishga aralashmaydi, hukumatning topshirig’ini bajarmaydi.
Mahallamizni ozoda, tartibli, obodon saqlash, axlatni vaqtida olinishi, qor kuralishi, yangi qurilish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
Yo’llarimizning bir joyi qo’porilsa, darhol ta’mir qildiradi. Ko’chalarimizda tunda chiroqlar yonib turishni ta’minlaydi. Cho’miladigan hovuzlar, sauna, bolalar o’yingohlarini tashkil etgan va ishini yuritadi. To’yxona, bepul interent kafe, majlislar zali tashkil qilgan.
Daraxtlar, parklar, o’rmonimizdan boxabar. O’tlarni o’rib, atrofga gullar ekib turdi.
Bizning mahalla turli kompaniyalar bilan biz uchun tortishib, boshqalarga nisbatan arzonroq internet, TV dasturlari va hokazo xizmatlarni ham oladi. Bayramlarda turli tantanalar uyushtiradi. Siyosat bilan ishi yo’q.
Hukumatdan ham yordam olishi mumkin, ammo asosiy pulni o’zimiz beramiz. Oylik badal shaklida.
Mahallamizning posponi ham bor. Maxsus mashinada aylanib yuradi va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Yilda bir marta mahallamiz o’z hisobotini yozma ravishda har xonadonga tarqatdi. Uni majlisda muhokama qilamiz, faollarni saylaymiz, keyingi yil byudjetini ham o’zimiz belgilaymiz. Nomzodini ko’rsatganlarni tinglab, dasturini muhokama qilib, keyin saylaymiz.
O’zbekistonda bundanda yaxshiroq bo’lsa kerakki, dunyo o’rganayotgan ekan. A, labbay?!
Jahongir Muhammad.
Filed under: Kundalik | Tagged: Jahongir Mamatov |