Posted on April 29, 2014 by What is going with my blog?
Olim Ko’hkan:
Kuni kecha Afg’oniston shimolida oqqan mudhish suv toshqinlari oqibatida halok bo’lgan chorasiz vatandoshlarim ro’hlari shod bo’lishini istab bu og’ir ofat borasida marsiya yozdim! “Jahonnoma”ga qo’yarsiz.
Qayg’usi boshqa
Orzuvlaring sel bo’lib oqdi,
Yashamingni berding to’proqqa.
Endi tushar xotirang – yoding,
Ko’zyoshlarim bila to’proqda. Continue reading →
Filed under: Xatlar | Tagged: Olim Ko'hkan | Leave a comment »
Posted on June 23, 2013 by What is going with my blog?
Суф санга-е деворгинг келади, беихтиёр
Ассалом Алайкум Жахонгир Ака!
Ака Сизга ва Сиз каби хорижда юрган барча мумин мусулмонларга дуойи салом билан! Биз Сиз билан шахсан таниш эмасмиз ва мен бу сайтга кирадиганларни хам бирортасини танимайман, аммо ишонаманки Биз яъни, шу сайтга кириб ёзганларингизни укиб турадиганлар -купчиликмиз ва кайсидир йулларда фикрларимиз муштаракдир деб.
Шунинг учун хам хам шу сайтга кириб турадиганлар билан шу сайт ва умуман узимиз, кечамиз эмас балки бугунимиз ва эртамиз хакида уз фикрларимни уртоклашмокчиман. «Кечамиз эмас»-деганим, буларни укугучилар кечамиз яъни уткан кунимиз хакида ёзгучидан купрок нарса биладилар,ва яхшими-ёмонми у кунлар утди, оркага кайтиш ва бирор нимани узгартириш кулдан келадиган иш эмас, аммо бугунимиз ва эртаги кунимизни кандай яшаш –мумкин булган имкониятлар ва гап шу имкониятларни уз вактида кура билишда.
Хеч качон бизда халол мехнат килиб пул топиш ор саналмаган. Continue reading →
Filed under: Xatlar | 3 Comments »
Posted on April 11, 2013 by What is going with my blog?
Yaxshi bo’lib qolar balki? A?
“2014-yilgacha kuting, hammasi yaxshi bo’ladi 2015-yilgacha sabr qilaylik…
Yana picha kutib tursak hayotimiz zo’ bo’ladi.”
“Karimov GES qurdiryapti ekan endi chiroq o’chmaydi”
bunday gaplarga ishonmaslik kerak.
To’g’ri ular ham asos bilan aytishadi ammo natija chiqishi gumon.
Avg’onistondan “tinchlikparvar kuchlar” chiqqach esa Toliblar hokimiyatga qaytishadi. Ular hali Pokiston bilan Tojikiston, O’zbekiston bilan urushishadi, o’z mafkurasini yoyishga urinadi. Amerika qarab turadimi deyapsiz:
qisman ha:Vetnam senariysini tasavvur qilavering. Continue reading →
Filed under: Xatlar | Leave a comment »
Posted on April 10, 2013 by What is going with my blog?
Миллат аросатда яна қанча юради, халқ бўлолмадикми?
Жахонгир ака аввалом бор Ассалому алайкум.
Mен уша сессиядаги гапларингизни энди англаб етаяпман, уша вактлар бола эдим. Дадам хозиргача гапириб уша гапларингизни балки шуни учундир доидир шу гапларни айта олган одамгина тугри йулни курсата олади деб уйлардим ва вакт соати етиб шу одам хакида озми-купми билдим, асарларингизни укидим, лекин бу хак гапларни халкка етказиш керак деб уйлайман, инсон хак йул учун курашга кирар экан, аввало узини кейин оиласини ундан кейин бошкаларни узгартиришга кириша олади деб биламан шуни учун бу асарларингизни аввало отамга укиб беришдан бошладим, бу асарлар мустакиллик давридаги хакикий тарихни айтгучи ягона асарлардир! Continue reading →
Filed under: Xatlar | 4 Comments »
Posted on December 6, 2012 by What is going with my blog?
Nur beraman desang, zulmat ma’qul deyishadi
Uztoz umid qilamanki, kech yuborayotgan javobimdan xafa bo’lmaysiz. Bu lomakonda turgan bizlarning Sizga ilingan mehrimiz bir Vatan bolalarining mehrichadir.
Aslan bizlarni juda uzoq masofalar ajratib turgan esada, o’ziz aytmoqchi, mehr va oqibatimiz maktublarda singmoqda va shungagina ilingan esada, buning kuchi va salmog’i nazarimda, men uchun hozir bir qorindan talashib tushgan emakdoshlarnikidan-da ziyod ko’rinadi. Continue reading →
Filed under: Xatlar | Leave a comment »
Posted on September 13, 2012 by What is going with my blog?
„O’zbeksotar“ni o’qib
Assalomu alaykum Jahongir aka, oradan birmuncha vaqt o’tgandan so’ng yana maqolalaringizdan bahramand bo’layotganimizdan juda xursandman.
„O’zbeksotar“larni o’qib bu holat hozirda O’zbekistonda deyarli ayb hisoblanmay qolganini aytib o’tmoqchi edim.
Maqolangizni o’qib qishlog’imizdagi Xudoyqul aka (ismi biroz o’zgartirilgan) esimga tushdi.
Anchayin qo’li kalta, mahallada to’y ma’rakalarga birov aytsa birov aytmaydigan, deyarli o’rni bilinmaydigan odam edi. Faqatgina yerni haydash kerak bulganda u kishi eslanardi. Continue reading →
Filed under: Xatlar | Leave a comment »
Posted on July 17, 2012 by What is going with my blog?
Bu ne razolat?
Kecha Rossiyaning NTV kanalida bizga aloqador ko’rsatuv bo’ldi.
U o’zbek ishi, paxta ishi,haqida edi.
Men katta qiziqish bilan ko’rdim uni.
Paxta chanoqlari uzra oqib kelayotgan qon,sovuqda dalada paxta terayotgan ayollar,bolalar…
Qattiq ta’sirlandim,nafaqat yaqin o’tmishimiz,balki bugunning ayni in’ikosi aks etgan bu lavhalarda xalqimizning achinarli ahvol to’laqonli aks etgan.
Siz ushbu voqealar haqida ko’p narsa bilasiz saytdagilardan tashqari yana biron maqola yozsangiz jon deb o’qirdik. Continue reading →
Filed under: Muxlislar, Xatlar | Leave a comment »