Chiroqsiz o’lkadan maktublar

maktubNur beraman desang, zulmat ma’qul deyishadi

Uztoz umid qilamanki, kech yuborayotgan javobimdan xafa bo’lmaysiz. Bu lomakonda turgan bizlarning Sizga ilingan mehrimiz bir Vatan bolalarining mehrichadir.

Aslan bizlarni juda uzoq masofalar ajratib turgan esada, o’ziz aytmoqchi, mehr va oqibatimiz maktublarda singmoqda va shungagina ilingan esada, buning kuchi va salmog’i nazarimda, men uchun hozir bir qorindan talashib tushgan emakdoshlarnikidan-da ziyod ko’rinadi.

Negaki, juda uzoqlarda tursangizda, serishlik va Amriko dunyasining tez va uzluksizligi hamda shovkini orasindan vaqt ajratib yozayotganlariz satrlar orasida bir ajib iliqlik va mehribon taftni sezaman.

Bilasizmi aka, barchamiz mana shu qadrdon ona zaminning bir bolalarimiz, dunyaning ikki qutbidamiz ammo, bir ish yuzasindan yana topishganimiz va o’rtadagi zo’r bir ko’karayotgan muhabbat meni ba’zida entiktiradi va horg’in xayollarga etaklaydi.

Bu horg’inlik ostida alam va sitamlar, ba’zida ko’rilgan xo’rlik va adolatsizliklar bor. Shu sabab Sizga yozaman-u, ulanayotgan mehr, eshilayotgan samimiylik tagidan tomog’imga bir nima tiqiladi.

Bu bir nima bilazimi ne, Jahongir aka! Bu – mana shu ezilgan Vatanda turib o’zimga Siz singari hamfikr va hamdillarni topolmaganim sababidan ko’kargan bir achchiq daraxtning xom hosil mevasi aka. Bu mevalar shirin va oromli bo’lishini qanchlar istashimi bilsangiz edi aka!

Bilasizmi, jadidlar davrida yuragi qon tatigan ziyoli domlalarning va tushunivchan, yashnaguvchi ziyrak va zakiy millat boylarimizning qay tarzda qiynalganlarini men hozir tanimda sezgandek bo’laman.

E, buning tegrasida qanchalar uzoq yozmak va kanguldan zo’r bir alvon qon, ko’zlardan malham yosh to’kmaklar mumkin…

Qonnng zo’rligi shundanki, bu qon muzaffar bo’luvlikka intilgan ammo zulmlangan millatning o’sha muzaffar kuni uchun atalgandir.

Ko’z yoshlarimizning malhamligi shulki, bir suv ko’z gavharimizni toza tutgani singari u yoshlar ham millatimizning tozaligi uchun oqadi.

Jahongir aka, na qilay, man o’zi shu tur yaralgankanman.

Sar-sari umrning yarmidan ziyodi xiralikda o’tdiyu, o’tmakda turibdi, lokin hali-da yurakda zo’r yo’lqin, kurshlarga inmak bo’laman, halide qo’zg’atmakka intilaman, ammo ko’ruvchilar yo’q, nur beraman desang, zulmat ma’qul deyishadi.

Xey sen,-deyishadi,- zamon o’zgargan, vatanparvarlik yo’q, u kitoblarda, hali ham g’o’rsiz, idrokni pulni g’amlamakka qarating, otangiizu-enangizam pul!

Nelayki, bu so’zlarni bolalikda puldor otamizdan ham eshitganman, ammo tarbiya sho’roniki edi, bu gaplar yog’iydek edi.

Bugunda bu gap asli hayotning haqiqatidir, lokin yana u eski sho’rocha hikmat boshqa tur bilan oldimizda turfa jilvalanadi.

Orlanishu yangi bir zo’r turlanish to’lqinida eski yangi dunyomizni tiklamakka intiluv va qo’zg’aluvga undovchi u Jilvanining endigi ma’nisi shuki, biz yana yangi asr boshlovida o’tgan eski asr boshlovidagi singari to’lga’nuv, yangi tug’moq to’lgog’iga mahkumdekmiz. Tarix qaytalanmakda aka.

Xayfki, bundan 70-80 yullarcha oldin sotilgan va otilgan, zulm va istibdod ostida haydalgan bobolarimiz idrok va zakovati, zakiy aqllari!

Bular tegrasida juda-juda ko’p o’ylayman ammo, tizginsiz xayollarga, uchqur fikrlarga esh bo’luvchilar panaga pisadilar.

“Biz,- deysiadi ayrimlar,- kutamiz, vaqti keladi”. Lokin axir bi vaqtning Imkon va Darajalari o’z qo’limizdaku! 3-4 yeildan beri rayonimizda 4-5 jo’mardni boshini bitta qilolmayman.

O’sha, 37-yeillardagi singari mansab va martaba uchun sotuvchi xoinlar ko’plagan va to’qlar yangilanuv epkini hididan bezovtalanadilar.

Mansabini o’ylab hatto fikrdan qochadilar, panalaydilar. Ammo aqalli farzandlar, nevaralari kelajagini fikrlamaydilar.

Sabab va imkoniyat poylaydilar, Zamon istaydilar. Aslinda aka, Zamon O’zimizda, Sabab Makonimizda va Imkoniyat O’zligimiz hamda ichimizdadir.

Elimiz shundaykanki, birov etaklasa ketarkan, yurtimiz kishilari va inson kuchlari haligacha zo’r xalq bo’lalmayotir.

Yetakchi va liderlarga muhtoj, olovlangan sababdan isinarkanlar xolos. Isinarlar va isina turib halovat topadilar, halovatni tiyadilaru “oh-oh”lab, “yetkazganiga shukr, bul ham ne’mati ulug” degancha mudraydilar xolos. Yolqin qaydan va issiqlik nimadan, qaysi qonning tafti bu deb fikr urmaydilar, jism va tan oromini millatdan oldinda ko’rarlar.

Mani bir kun majburiy suhbatga tortdilar, ha, nega, tinchlikmi desam, aka xavotirga asos yo’q, siz lider, siz bilan suhbat o’tkazish kerak deydi.

-I, man qaytib lider, mani odamim yo’q, man bir o’zim jurnalistman xalos desam, biz bilamiz, sen bu tur odamsanki, ertaga olamonni oldida turuvchilardansan, ehtiyot bo’l!-deydi boshqasi.

Jon ponim chiqib ketti, ammo uyga kelib kechasi bilan g’amsaro o’ylainib yottim, va alali-tamomiga xursand ham bo’ldim. Demak, men xalqni yetaklay olarkanman, meni kuzatishipti va baholashibdi. O’zimdan o’zim xursand bo’laman deng yarim kechasi, yuragimga quyosh kirdi!

Bilasizmi aka, mahkamadan juda boshim og’rib, bu qanaqa xalq deb chiqqan edim, yo’q, o’sha xalqning bir parchasi bir ne degandirki, bir parchasi menga tikilgandirki ular shu xulosaga kelganlar. Bu chaqmoq xayoldan dilim yorishib yarim kechasi o’shnada juda sokin uxladim.

Jahongir aka, mana shuda endi, man yozaman va xayollarga berilaman, yozolguvchim Sizsizda Ustoz. Yurakdagi ko’p g’azab va alam ham kishini uchqur qip qo’yadi chog’im. Man ilgari o’ylardimki, g’azab va alamlar insonga faqat zarar keltiradi deb. Bugunga kelib qarasam, yo’q, bularning-da inson tafakkuri va ongiga yangi bir ta’m berguvchi mazasi bor ekan.

Xatim cho’zilib ketti aka, uzr. Mayli Ustoz, do’stona mehr va u mehr ahilligi to’lqinida yozayotib Sizni taft oldida eshildim, buyam bir akamga yorilganimda endi.

Bizni er va el, kuzatuvlarimga ko’ra yangi o’zgaruvga shiiddat bilan yaqinlashmoqda. Nazarimda bu juda uzog’i bilan 10-15 yeilda bo’ladi. Lokin bu juda katta muhlat, kattaligi uchun u juda tez kamayishi mumkin.

Sizga va atrofdagi barcha do’stlarga Alloh muhabbati ziyod qolsin!
Sog’inib va cheksiz hurmatlar bilan R.H.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: