“Обод қишлоқ”дан мақсад – пул ишлаш”

ЖАҲОНГИР МУҲАММАД: “ЛЮСТРАЦИЯГА МУҲТОЖ МАМЛАКАТДА ПРЕЗИДЕНТ ҚИЗИ КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНМОҚДА”

Сарвар Усмон/Озодлик. Биринчи президентнинг тўнғичи қамоқхонада Ўзбекистоннинг Асосий қонунини нима мақсадда ўрганмоқда? Каримов ҳатто ўз фарзандини аямайдиган одил раҳбар эдими ёки амал курсисини ҳатто ўз фарзандидан қизғанадиган бахил одам эдими? Нима учун бош прокурорлар қамалавераяпти? Нима учун Ўзбекистонда люстрация ўтказилиши керак. Журналист Жаҳонгир Муҳаммад билан суҳбат шу саволлар атрофига қурилди.

Президент отасини танқид қилган қиз ва “сиёсий”нинг “диний”чалик кўрилмаётгани тўғрисида

Сарвар Усмон/Озодлик Сарлавҳа биринчи қисмининг аниқроқ шакли бундай бўлади: Президент отасининг қарори тўғри эканлигига шубҳа билдирган қиз… Сарлавҳанинг иккинчи қисми Суриядан олиб келинган аёллар ва болалар билан боғлиқ. Журналист Жаҳонгир Муҳаммад билан бугунги суҳбатга беихтиёр “кўпик” ҳам аралашиб кетди. Нега кўпик, кўпик нима учун тирноқларга қамалди? Бу савол жавоби ҳам OzodNazarнинг қуйида тинглайдиганингиз янги сонида…

 

Demokratik muxolifatga eshik yopiq!

Jahongir Muhammadga savollar

Jahongir Muhammadga savollar

Jahongir Muhammadga savollar

“O‘zbekistonni o’zbeklarsiz ko’tarib bo’lmaydi”

Gapni Ukraina prezidenti saylovidan boshlab, suhbatdoshimizdan “Agar O‘zbekistonda ham Ukrainadagiday saylov o‘tkazilsa, o‘zbek qiziqchilari orasida ham prezident bo‘la oladigani bormi?” deb so‘radik.

Jahongir Muhammadning fikricha, o‘zbek qiziqchilari orasida ham prezident bo‘lgudaylari bor.

Kim o‘sha qiziqchi, deysizmi? Javob – suhbatning ichida.

https://www.ozodlik.org/a/29857290.html

Жаҳонгир Муҳаммад: Каримов пойтахтни Самарқандга кўчиришга қўрққанди

Сарвар Усмон/Озодлик. Ёзувчи Эврил Туроннинг (Мамадали Маҳмудов) Ўзбекистон пойтахтини Тошкентдан Жиззах вилоятига кўчириш тўғрисидаги таклифи ўзбек жамиятининг турли қатламларида вақти-вақти билан кўтарилиб турадиган мавзуни кенгроқ кўламда яна кун тартибига чиқарди. Бугунги суҳбатдошимиз Жаҳонгир Муҳаммаднинг эслашича, пойтахтни кўчириш масаласи мустақилликнинг дастлабки йилларида ҳам муҳокама қилинган эди.

Муҳокама қилинган эди, лекин…

https://www.ozodlik.org/a/29790156.html

“Озодлик” радиосида

“Ozodlik” radiosida: Savol-javob

Савол-жавоб

Savollarga javoblar

“Каримов қатағонлари тан олиниб, қурбонлар реабилитация қилиниши лозим”

Сарвар Усмон/Озодлик Сарлавҳага чиқарилган талабини OzodNazarнинг бугунги меҳмони, АҚШда истиқомат қилаётган журналист Жаҳонгир Муҳаммад бугунги суҳбати давомида айтди. Бу талаб дастлаб суҳбатдошимиз ўз маслакдаошлари билан куни кеча ёйинлаган мурожаатномада битилган.

Ҳужжат муқаддимасида бундай дейилган:

“БМТ, халқаро ташкилотлар, демократик давлатлар, Ўзбекистон фуқаролик жамияти вакиллари – ўзбек мухолифати, инсон ҳуқуқлари ҳимоячилари, журналистлар ва бошқалар йиллар давомида Ислом Каримов режими даврида сиёсий репрессиялар ўтказилганини ҳужжатлар билан исботлаб келдилар.

Шу даврда сон-саноқсиз фаоллар ва диний эътиқод вакиллари ўз фикри, сўзи, эътиқоди учун қамалгани, ўлдирилгани, қатағон қилингани, қувғинга учрагани, бўҳтонларга маъруз қолгани, бир қисми чет эллардан сиёсий бошпана олишга мажбур бўлгани инкор этилмас фактдир”, деб бошланади Жаҳонгир Муҳаммад эълон қилган мурожаатномада.

Ҳужжат муқаддимаси давомида мана бу гаплар бор: Continue reading

“Mirziyoevga aytaringizni aytib olishga ikki yil vaqt qoldi, keyin kech bo‘ladi”

Sarvar Usmon/Ozodlik. Keyinchi? Keyin nima bo‘ladi? Nima uchun qolgan vaqt ikki yil, xolos? OzodNazarning jurnalist Jahongir Muhammad mehmoni bo‘lgan bugungi sonini tinglasangiz, yuqoridagi savollar javobi o‘z-o‘zidan anglashiladi. Aytgancha, 61 yosh bilan 80 yosh orasidagi farq haqida ham so‘z bor suhbatda. (So‘z farqning 19 yil ekanligi to‘g‘risida emas, albatta…)

“Yomon” hokim, “yaxshi” vazir va berilmayotgan vizalar haqida

Sarvar Usmon/Ozodlik. Samarqand viloyat hokimi lavozimida ishlab kelgan 52 yashar Turobjon Jo‘raevning 10 iyul kuni qo‘lga olinib, ustidan jinoiy ish ochilgani ortda qolayotgan haftaning eng yirik voqealaridan biri bo‘ldi.

Tugayotgan haftada Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jamoatchilik, ayniqsa o‘qituvchilar kutmagan bir bayonot bilan Feysbuk sahifasida chiqish qildi. Shunisi qiziqki, vazir o‘rtaga tashlagan taklifga o‘xshash g‘oyan to‘g‘risida bugungi suhbatdoshimiz, AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad avvalgi suhbatlardan birida gapirgan.

Ozodlikka keyingi kunlarda qilingan bir murojaat esa, bugungi suhbatdoshimiz avval tilga olgan yana bir masalaga qaytishimizga sabab bo‘ldi.

Savollarga javoblar

“Har bir hokimga yettitadan maxsus to’n tikiladi…”

Sarvar Usmon/ “Ozodlik”: Nega 7 tadan? Nima uchun 6 tadan yoki 8 tadan, boring ana, hisobga to’g’rilab 10 tadan emas? Nima uchun o’sha to’nlar maxsus tikiladi? Xosligi nimada? Bu savollarning javoblari AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan suhbat tarkibida.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/29177075.html

 

OzodNazar: Savollarga javoblar

Жаҳонгир Муҳаммад

Иноятовнинг МХХси билан Абдуллаевнинг ДХХси орасида нима фарқ бор?

“Oozdlik”/Sarvar Usmon. Prezident Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmatini isloh qilish haqida, bu xizmat to’g’risida qonun qabul qilish lozimligi haqida gapira boshlaganidan, ayniqsa, xizmatning ko’p yillik raisi Rustam Inoyatovni egallab turgan lavozimidan ozod qilganidan so’ng o’zbek jamiyatida MXXning vazifalari va ish usullari tubdan o’zgaradi, degan fikr paydo bo’lgan edi.

Biroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaevning kuni kecha qilgan chiqishi sarlavhaga chiqarilgan savolni paydo qildiki, uni va boshqa savollarni AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdik.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/29142546.html

OzodNazar

“Karimov bir paytlar qo’shnisi bilan pochcha talashgan edi”
Sarvar Usmon/Ozodlik. Islom Karimov davrida qo’shni Tojikiston bilan muzlab qolgan munosabatlarning Shavkat Mirziyoev davrida erishi, huquq-tartibot organlaridan birin-ketin surilayotgan qarindosh-urug’lar hamda informatsiyani adekvat qabul qilish madaniyati haqida suhbatlashdik AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan.

Savollarga javoblar

U jallodning “janob”i edi

“Ozodlik”/Sarvar Usmon. “Ahmadboy” ustidan chiqarilgan hukm adolatlimi? Bu ish bo’yicha qo’lga olingan mulklaru 12 mln. dollar egalariga qaytariladimi? Serial mojarosi davomida qay tomon haqu qay tomon nohaq bo’ldi? Millat nomidan, xalq nomidan gapirishga kim haqli?

Shunday savollar atrofida bo’ldi jurnalist Jahongir Muhammad bilan bugungi suhbat.

Sarlavhaga chiqarilgan gapdagi “U” kim? Javob suhbatning oxirrog’ida.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar-jahongir-muhammad/29057135.html

OzodNazar

MXX raisi o’zgardi. “Idora”ning o’zi ham o’zgaradimi?

Sarvar Usmon/Ozodlik. Yoshi 73 ga kirgan odamning xizmatdan ketishi, bir qarashda, hech qanday voqea emas: keksa odamga dam berish, uni pensiyaga chiqarish mutlaqo tabiiy amaldir. Biroq Rustam Inoyatovning MXX raisi lavozimidan ketishini jamoatchilik favqulodda voqea sifatida qabul qilmoqda. Nega shunday? Bu va boshqa savollarini OzodNazar AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdi.

Ha, aytgancha, Jahongir Muhammad bilan suhbat yozib olinganidan so’ng Rustam Inoyatovning prezident ma’muriyatiga ishga o’tgani ma’lum bo’ldi.

ozodlik.org

Savollarga javoblar

Мирзиёевнинг ҳокимлари билан Худоёрхоннинг ҳокимлари ўртасида фарқ борми?

Sarvar Usmon. “Ozodlik”. Sarlavhaga chiqarilgan savolni AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’anievning toshloqliklar sha’niga aytgan haqorati munosabati bilan berdik. Suhbatdoshimiz boshqa bir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlaridan eshitgani – bir yangilik bilan ham o’rtoqlashdi.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/28998150.html

“Yer ostida ilon qimirlsa ham bilaman”

 

Ozodlik radiosi/Sadriddin Ashur: OzodnazarPlus eshittirishining bugungi mehmoni AQShda yashayotgan yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan inqilob yasash kerak emas dedi. Jahongir Muhammad nazaricha, prezidentning bu majlisda aytgan gaplarining 90 foizi uning bir yillik faoliyati davrida bir necha marta aytilgan.

“Prezidentning bu chiqishidan so’ng, menda ko’pchilik go’yoki qayiqning bir tomoniga o’tib olganday taassurot uyg’otdi. Bunday holatda qayiq bir tomonga og’ib qoladi va bu xatarli”, deydi Jahongir Muhammad.

Jurnalist fikricha, prezident aytgan juda ko’p muammolar bir qo’ng’iroq bilan hal qilish mumkin bo’lgan:

“Masalan, viloyatlar orasidagi behisob postlarni Ichki ishlar vaziriga telefon qilib, “yo’qot bu postlarni” deb aytsa masala hal edi. Yoki jurnalistlar uchun maxsus universitet ochish shart emas, uning o’rniga barcha redaktorlarni yig’ib “muammolarni ochiq yozinglar” desa tamom vassalom, zo’r jurnalistlarni ana o’shanda ko’rasiz”, deydi Jahongir Muhammad.

Islom Karimov: Bu xalqning onasini…

Mirziyoyevning ustozi kim?