“Yer ostida ilon qimirlsa ham bilaman”

 

Ozodlik radiosi/Sadriddin Ashur: OzodnazarPlus eshittirishining bugungi mehmoni AQShda yashayotgan yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan inqilob yasash kerak emas dedi. Jahongir Muhammad nazaricha, prezidentning bu majlisda aytgan gaplarining 90 foizi uning bir yillik faoliyati davrida bir necha marta aytilgan.

“Prezidentning bu chiqishidan so’ng, menda ko’pchilik go’yoki qayiqning bir tomoniga o’tib olganday taassurot uyg’otdi. Bunday holatda qayiq bir tomonga og’ib qoladi va bu xatarli”, deydi Jahongir Muhammad.

Jurnalist fikricha, prezident aytgan juda ko’p muammolar bir qo’ng’iroq bilan hal qilish mumkin bo’lgan:

“Masalan, viloyatlar orasidagi behisob postlarni Ichki ishlar vaziriga telefon qilib, “yo’qot bu postlarni” deb aytsa masala hal edi. Yoki jurnalistlar uchun maxsus universitet ochish shart emas, uning o’rniga barcha redaktorlarni yig’ib “muammolarni ochiq yozinglar” desa tamom vassalom, zo’r jurnalistlarni ana o’shanda ko’rasiz”, deydi Jahongir Muhammad.

%d bloggers like this: