Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-7-

Oqsaroy. Toshkent
“O’rta Osiyo o’ruslarning o’kiniga tushganmi?” Karimov daftarchasiga yozib qo’yilgan bu gapni nima uchun va qachon yozganini eslashga urinardi. Kim aytgan ekan buni? Yangi gap emas. Yangi gap bo’lganda “O’rta Osiyo” emas, “Markaziy Osiyo” deb yozgan bo’lardi. Chunki bu iborani uning o’zi topgandi. Hammani shunga o’rgatdi. O’zi ham bunga rioya qilgan bo’lardi. Demak, bu gapni to’qsoninchi yillarning boshida yozib qo’ygan. Lekin bu savol hali ham javobsiz qolmoqda.
Mana Shanxay Hamkorligi Tashkilotining majlisi Toshkentda o’tayotgani,  hatto Medvedev ana u xonada uni intizorlik bilan kutib o’tirganiga qaramay, bu savol muhimligicha qolmoqda. Faqat Medvedev emas, qolganlar ham uning nima deyishini kutishmoqda.
Karimov O’sh masalasida Rossiya rahbarlari bilan ilk suhbatini esladi. O’shanda uning fikrlari Putinga yoqqandi. Lekin Putin rasmiyatchilik nuqtai nazaridan bo’lsa ham buni yangi saylangan prezident bilan gaplashib qo’yish kerakligiga ishora etgandi. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-6-

Sulaymon tog’i. O’sh.
Saidjon Dono bilan maktabda birga o’qigan. Lekin shu qizga uylanaman, deb xayoliga ham keltirmagandi.
Bir kuni dadasi׃
-Bolam, mana universitetni ham bitirayasan, endi boshingni ikki qilmasak bo’lmaydi,-deb qoldi.
Dadasi tarix o’qituvchisi edi va tez-tez o’quvchilarni olib Sulaymon tog’iga borib turardi.
Dononi o’sha erda ko’rib qolibdi.
-Sinfdoshing bor edi-ku, a’lochi qiz, hamma majlislarda she’r aytadigan, ismi ham, o’zi ham Dono qiz. Shuni ko’rib qoldim. Boshiga hijob olibdi. Mingta gapirsang, bitta javob qiladi. Surishtirdim, sovchisi ko’p ekan. Agar otni qamchilamasak, ketib qoladi…
Saidjon indamasdan erga qarab turdi. Dono uning uchun osmondagi yulduz edi. Unga gapirishdan qo’rqardi. Darhol ikki misra she’r aytib, mot qilardi. Hozir dadasiga nima desin? Yo’q, desinmi? U holda dadasi aytgan kabi Dono qo’ldan ketishi mumkin. Aqlli qiz. Adabiyot muallimi aytadigani kabi, xushro’y qiz. Agar rozi bo’lsa, zo’r ish bo’lardi. Dono ota-onasining izmidan chiqmaydi. Agar ular moyillik bildirsalar,  rozi bo’ladi. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-5-

Pensilvaniya shtati. Pittsburgh shahri.

“Qiyomat kuni” qahramoniga! Saidjon, sizni hali yaxshi tanimayman. Lekin taniy boshladim. Shuning uchun ham hech kimga ayta olmayotgan gapimni tezroq sizga aytmoqchiman. Chunki sizni ham butunlay tanib qolsam, fikrimdan qaytishim mumkin.

Men Mesxet turkiman. Farg’onada uyimiz bor edi. Uyimizni ko’zimning oldida yoqib yuborishgan va o’lgudek qilib kaltaklashgan. Behush bo’lib qolganimdan keyin tashlab ketishgan. Men o’zimga kelganimda uchqichda qayoqqadir olib ketishayotgan edi. O’shanda xayolimga ilk kelgan narsa yonimdagi do’xtir agar o’zbek bo’lsa, uni o’ldirish edi. Urus ekan. Ammo o’zbek bo’lganda ham uni o’ldirishni eplolmas ekanman. Chunki ikki qo’lim ham sindirilgan ekan. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-4-

Meriland shtati. Elikot shahri
Saidjonning fig’oni falakda. Buni telefonni qulog’imdan uzoqroqda tutib turganimdan ham bilish mumkin. Lekin “hujumlarim” oz-moz ish bermoqda.Falakdagi fig’on ba’zan “erga tushib” ham qolmoqda. Afsuski, ko’pga emas, doimiyga emas.
-Aka, O’zbekiston hukumati tezlik bilan  armiyasini kiritib,  Qirg’izistonda hokimiyatni qo’lga olishi kerak. Boshqa yo’li yo’q. Bo’lmasa, Karimov butun o’zbeklar oldida xoinlik qilgan bo’ladi…
Xoinlik nima o’zi? Ahdini, va’dasini, qasamini buzmoq. Ba’zan firibgarlik, muttahamlikni ham xoinlik deymiz. Lekin asosiy ma’nosi bu kishining o’zi mansub bo’lgan ijtimoiy qatlam yoki xalqi, vatani, do’stining mafaatlariga zid ish tutishi, dushmanlar bilan hamkorlik qilishi, dushman tomonga o’tishidir. Saidjon ana shu ma’nosini nazarda tutmoqda va haq.
U O’zbekiston rahbarining dunyodagi butun o’zbeklar oldida burchi, mas’uliyati. ahdi bor deb o’ylamoqda. Ammo Karimovga ko’ra, uning bunday burchi yo’q, Qirg’izistondagi voqealar bu ularning ichki ishi. U o’zini “Asosiy Qonunda bunday burchim yo’q” deb ham oqlagan bo’ldi. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-3-

Bruklin. Okean shoh ko’chasi.
-Qimirlama, otaman!
Zarb bilan eshikni sindirib ichkariga kirib kelayotgan sanoqsiz politsiya xodimlarining har biri ana shunday deb baqirar edi.
Endi o’rtaga qo’yilgan palovga qo’l uzatgan yigitlarning rang-qutlari uchib ketdi. Lablari titrab, bir so’z aytolmay qoldilar. Politsiyachilar esa ularning har birini siltab, yuzi bilan erga yotqizar va qo’llarini orqaga qilib kishanlar, keyin oyoqlarini ikki tomonga ochib, boshdan oyoq tekshirib chiqardi.
Bir zumda 9 nafar o’zbekning hammasi ana shunday tintuvdan o’tdi.
Yigitlar hatto erdan boshlarini ko’tara olmas edilar. Chunki har birlarining boshini bittadan yoki ikkitadan politsiyachi bosib turardi. Qimirlayman desalar, politsiyachining tizzasi bilan biqinlariga turtishidan keyin miq etmay qolardilar.
-Yonlarida hech narsa yo’q.Toza!-dedi tintuvni tugatgan politsiyachi.
-Atrofni tekshirlaring, qurollarni toplaring!-deya buyruq berdi rahbari.
Boshlariga fazogirlarga o’xshab maxsus qalpoq kiyib olgan politsiyachilar bir zumda hamma yoqni ag’dar-to’ntar qilib tashlashdi. Hatto laganlardagi oshlarning ichi ham qarab ko’rildi. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni

-2-

Meriland shtati. Elikot shahri.
Lekin…
Bundan keyingi bo’limlargacha, Karimovni o’z xayollari bilan yolg’iz qoldiramiz. Keksa odam. Ba’zi narsalar esidan chiqqan bo’lishi mumkin. Qolaversa, shu lahzada Nyu Yorkdan Saidjon degan yigit sim qoqmoqda. Saidjon asli o’shlik. U bilan to’rt yil oldin tanishganmiz.
O’shanda yarim tunda telefon jiringladi׃
-Bu qo’lga tushgan chet elliklarni saqlash markazi, agar telefon chaqirig’ini qabul qilsangiz, minutiga to’rt dollar to’lashingiz kerak bo’ladi…
Odatda qamoqxonalarda yotganlar uylariga yoki tanishlariga telefon qilsalar ana shunday oldindan ogohlantirishlarini bilardim. Lekin telefon haqi buncha qimmat bo’lmasdi. Shuning uchun ham bir lahza o’ylanib qoldim. “Yo’q, qabul qilmayman” desam, balki biror tanishim yoki meni g’oyibdan tanigan biror kishi qiyin sharoitga tushib qolgan bo’lsachi? Begona odam telefon nomerimni qaerdan biladi? Umuman bunday paytda inson ko’p mulohazaga bormas ekan, “Qabul” dedim. Telefonning naryog’idan׃
-Ossolomalaykum,-degan ovoz keldi. Uning gapidan oldin andijonlik bo’lsa kerak deb o’ladim. Continue reading

Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuniQIYOMAT KUNI

-1-

Toshkent. Oqsaroy.

-Soipovni sen otdingmi?-dedi Karimov Inoyatovga sim qoqib.

-Yo’q, men otganim yo’q!

-Bilaman, sen otganing yo’q! Lekin seni bolalaring otdimi deyapman?

-Yo’q, ular ham mendan so’roqsiz bir ish qilmaydilar va men ham sizdan so’roqsiz bir ish qilmayman.

-Unda nega hamma Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (13)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-13-

Вашингтон, 2005 йил, 5-май

Атрофда одамларнинг кўзи кўрмайдиган шарлар. Ҳар бир одамга биттадан шар. Бу кўринмас шарларга эшиклар ўрнатилган. Биттасидан кирилади ва иккинчисидан чиқилади. Кириш эшигига рўпара келиб қолганларга ичкарида етти сония вақт берилади. Бу ташқаридаги бир сонияга тенг. Уларга ана шу вақтда нариги дунёнинг жаннату дўзахи кўрсатилади. Кейин улар ташқарига чиқиб, кўрганларини “ҳазм этадилар”. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (13)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-13-
Vashington, 2005 yil, 5-may

Atrofda odamlarning ko’zi ko’rmaydigan sharlar. Har bir odamga bittadan shar. Bu ko’rinmas sharlarga eshiklar o’rnatilgan. Bittasidan kiriladi va ikkinchisidan chiqiladi. Kirish eshigiga ro’para kelib qolganlarga ichkarida etti soniya vaqt beriladi. Bu tashqaridagi bir soniyaga teng. Ularga ana shu vaqtda narigi dunyoning jannatu do’zaxi ko’rsatiladi. Keyin ular tashqariga chiqib, ko’rganlarini “hazm etadilar”. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (12)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-12-
Эликот шаҳри, Мериланд штати

Қирғизистондаги қирғин борасида тўпланиб қолган видеотасмалардан бирини кўра бошладим. Башараси совуқ биттасини сўроқ қилишмоқда׃
-Қаерликсан?
-Мен Жалолободдан келганман. Ўша ерда ўсганман. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (12)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-12-
Elikot shahri, Meriland shtati

Qirg’izistondagi qirg’in borasida to’planib qolgan videotasmalardan birini ko’ra boshladim. Basharasi sovuq bittasini so’roq qilishmoqda׃
-Qaerliksan?
-Men Jaloloboddan kelganman. O’sha yerda o’sganman. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ Адолат тикланмаган жойда қиёмат қойим бўлади

“Қиёмат куни” ҳақида Фарғона.ру мухбирининг саволларига жавоблар

Фарғона.ру мухбири׃ Жаҳонгир ака, романнинг айнан бугун пайдо бўлиши ва унга айнан ана шундай ном қўйилиши ортида нима турипти, ақлни йиғиб олишга чақириқми ёки аниқ келаётган воқеалик ҳақида огоҳлантиришми?

ЖАҲОНГИР МУҲАММАД׃ Маълумки, тарихий роман маълум бир даврнинг сиёсий, ижтимоий, иқтисодий ва маънавий расмини чизади. Бу расмнинг олдинги қаторида бугунги воқеалар, бугунги тарихий шахслар туради. Бугунги воқеалар эса қирғин-баротга боғланиб қолмоқда. Китобнинг ёзилиши ана шу қирғин – Ўш ва Жалолободда юз берган катта ЖИНОЯТ, унинг яқин тарихдаги илдизлари ҳақидадир. Continue reading

Jahongir Muhammad:Adolat tiklanmagan joyda qiyomat qoyim bo’ladi

“Qiyomat kuni” haqida Farg’ona.ru muxbirining savollariga javoblar

Farg’ona.ru muxbiri׃ Jahongir aka, romanning aynan bugun paydo bo’lishi va unga aynan ana shunday nom qo’yilishi ortida nima turipti, aqlni yig’ib olishga chaqiriqmi yoki aniq kelayotgan voqealik haqida ogohlantirishmi?

JAHONGIR MUHAMMAD׃ Ma’lumki, tarixiy roman ma’lum bir davrning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rasmini chizadi. Bu rasmning oldingi qatorida bugungi voqealar, bugungi tarixiy shaxslar turadi. Bugungi voqealar esa qirg’in-barotga bog’lanib qolmoqda. Kitobning yozilishi ana shu qirg’in – O’sh va Jalolobodda yuz bergan katta JINOYaT, uning yaqin tarixdagi ildizlari haqidadir. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (11)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-11-

Эликот шаҳри, Мериланд штати
Катта йўлда келаётгандим. Бирдан машиналар секинлади. Кўкдан теннис коптогидай музлар туша бошлади. “Банг-банг!”… “Бум-бум!” Саккиз қаторли экспресс йўлнинг ҳар икки томонидан келаётган машиналар тақа-тақ тўхтади. Чапга қарасам, машина бор, шофери кўринмайди. Ўнгга қарасам, машина бор, шофери кўринмайди. Нима жин чалди? Булар машинадан тушиб, қочдиларми? Охират замон келдими ё? Машинани “бомбардимон” қилаётган муз “копток”лар ўйлашга қўядими? Лекин барибир мия кучли экан. Ҳар қандай шароитда ҳам ишлашни давом эттираркан. Шу пайтда ёдимга бундан ўн йил олдин Орегонда Озарбайжон-Арманистон урушидан қочиб келиб, яшаб юрган Мишанинг айтган гапи тушди׃ Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (11)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-11-

Elikot shahri, Meriland shtati

Katta yo’lda kelayotgandim. Birdan mashinalar sekinladi. Ko’kdan tennis koptogiday muzlar tusha boshladi. “Bang-bang!”… “Bum-bum!” Sakkiz qatorli ekspress yo’lning har ikki tomonidan kelayotgan mashinalar taqa-taq to’xtadi. Chapga qarasam, mashina bor, shoferi ko’rinmaydi. O’ngga qarasam, mashina bor, shoferi ko’rinmaydi. Nima jin chaldi? Bular mashinadan tushib, qochdilarmi? Oxirat zamon keldimi yo? Mashinani “bombardimon” qilayotgan muz “koptok”lar o’ylashga qo’yadimi? Lekin baribir miya kuchli ekan. Har qanday sharoitda ham ishlashni davom ettirarkan. Shu paytda yodimga bundan o’n yil oldin Oregonda Ozarbayjon-Armaniston urushidan qochib kelib, yashab yurgan Mishaning aytgan gapi tushdi׃ Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (10)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман
-10-
Эликот шаҳри, Мериланд штати.

Яқинларимдан бири миясига қон қуйилиб, касалхонага тушди. Етмиш ёшда. Бундай пайтда тузалиш осон кечмайди. Бунинг устига миясига қон қуйилганини кеч билиб қолишибди. То касалхонага олиб боргунча қон қотиб қолибди. Ўзига қайтмади. Пайшанба куни оламдан ўтди. Кўнгил бузилди, аммо таскин берувчи гаплар кўп.
“Жума оқшомида…”
“Муқаддас Рамазон кунларида…” Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (10)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-10-
Elikot shahri, Meriland shtati
Yaqinlarimdan biri miyasiga qon quyilib, kasalxonaga tushdi. Etmish yoshda. Bunday paytda tuzalish oson kechmaydi. Buning ustiga miyasiga qon quyilganini kech bilib qolishibdi. To kasalxonaga olib borguncha qon qotib qolibdi. O’ziga qaytmadi. Payshanba kuni olamdan o’tdi. Ko’ngil buzildi, ammo  taskin beruvchi gaplar ko’p.
“Juma oqshomida…”
“Muqaddas Ramazon kunlarida…” Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (9)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-9-

Истанбул,Туркия

Саиджон Алишер билан Истанбулга келди. Бу унинг қадимий ва афсонавий шаҳарга илк бор келиши эди. Шунинг учун ҳам  кўнглининг бир четида ҳаяжон билан бирга яна бир четида дўсти Алишерга миннатдорчилик туйғуси ҳам жўшаётганди. Лекин уларни кутиб оладиган киши келмади.

Алишер кимгадир сим қоқди. Икки соатлардан кейин Темур деган йигит келиб, уларни меҳмонхонага олиб бориб, жойлаштирди.

Темур туркча ва ўзбекчани аралаш қилиб гапирар экан. Аслида у жуда оз гапирадиган киши экан. Салом-аликдан нарига ўтмади. Саиджон меҳмонхонада қолди. Алишерни эса Темур олиб кетди. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (9)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-9-
Istanbul,Turkiya
Saidjon Alisher bilan Istanbulga keldi. Bu uning qadimiy va afsonaviy shaharga ilk bor kelishi edi. Shuning uchun ham  ko’nglining bir chetida hayajon bilan birga yana bir chetida do’sti Alisherga minnatdorchilik tuyg’usi ham jo’shayotgandi. Lekin ularni kutib oladigan kishi kelmadi.
Alisher kimgadir sim qoqdi. Ikki soatlardan keyin Temur degan yigit kelib, ularni mehmonxonaga olib borib, joylashtirdi.
Temur turkcha va o’zbekchani aralash qilib gapirar ekan. Aslida u juda oz gapiradigan kishi ekan. Salom-alikdan nariga o’tmadi. Saidjon mehmonxonada qoldi. Alisherni esa Temur olib ketdi. Continue reading

Javobga javob

Aka haqiqatan ham yozganingiz menga yoqdi. Menimcha yozayotgan odam o’zi nimadir yetishmagandek qoniqish hosil qilib ko’ngli to’lavermaydi. Balki shundayligi ijodkorning yutugidir.
Nima bo’lganda ham yana hali ko’p yaxshi asarlar yozavering, biz o’qiyveraylik.

Rizobek.

Mulohazaga javob o’rnida

Hurmatli Rizo Obid.
Hali endi yozila boshlangan “Qiyomat kuni”  haqida “Zamondosh” saytidagi samimiy iliq so’zlar uchun rahmat. Kam bo’lmang!
Bilaman, bu qadar darajada emasligimni va shuning uchun ham gaplaringizni avans sifatida deb bildim.
Bu endi bu yog’ini yaxshiroq yoz deb dildan keladigan hayqiriqqa aylandi.
Ruhni ko’targaningiz uchun minnatdorman.

Hurmat bilan JM.

“Қиёмат куни” ҳақида мулоҳаза

Ҳақиқатнинг юзи

Ризо Обид,
“Замондош” муҳаррири

Ҳақиқатнинг ҳам, ноҳақликнинг ҳам юзи бўлади. Аммо ҳамма нарсанинг ҳам ўз сир- синоати бўлгани каби ҳақиқатнинг ҳам очилиши керак бўлган парда ортида яширинган юзи ҳам бор. Маълумки ҳақиқатни исбот қилиш учун эса унинг юз пардасини очиш керак бўлади. Бу каби сермашаққат ва мушкул вазифани уддалашни ҳар ким ҳам эплай олмайди , таъбир жоиз бўлса ҳар кимда ҳам жасорат ва матонат етишмайди. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (8)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-8-

Эликот шаҳри, Мериланд штати

“Қиёмат куни”га ҳар кун мактублар келади. Изтироблар, аламлар, таклифлар, инсон манзаралари, кечмишлари ва мана бундай оддийгина хатлар…

“Яқинда Англиядан Ўзбекистонга қайтдим. Ватанда сокинлик ва “тинчлик”. Тўйлар ватаванг. “Рўза бошлангунча тўйни ўтказиб олай” мусобақаси.  Қирғизистон унутилган…Унутилган деганим нимаси? Билинган нарса унутилади. Бу ерда эса мен билганларни билишмайди ҳам. Ё дунё ёлғончи, ёки бу ердагилар?Чунки билиб ҳам билмайман дейиш бизнинг “қобилиятимизга” хос нарсада. Лекин кўпчилик ростдан ҳам билмайди. Ўшда нима бўлган? Айтсанг, ёқа ушлашади. Жалолобод деган сўзни эса бири билса, иккинчиси билмайди ҳам…Бу Папуа оролида эмас, Ўзбекистонда! Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (8)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-8-
Elikot shahri, Meriland shtati
“Qiyomat kuni”ga har kun maktublar keladi. Iztiroblar, alamlar, takliflar, inson manzaralari, kechmishlari va mana bunday oddiygina xatlar…
“Yaqinda Angliyadan O’zbekistonga qaytdim. Vatanda sokinlik va “tinchlik”. To’ylar vatavang. “Ro’za boshlanguncha to’yni o’tkazib olay” musobaqasi.  Qirg’iziston unutilgan…Unutilgan deganim nimasi? Bilingan narsa unutiladi. Bu erda esa men bilganlarni bilishmaydi ham. Yo dunyo yolg’onchi, yoki bu erdagilar?Chunki bilib ham bilmayman deyish bizning “qobiliyatimizga” xos narsada. Lekin ko’pchilik rostdan ham bilmaydi. O’shda nima bo’lgan? Aytsang, yoqa ushlashadi. Jalolobod degan so’zni esa biri bilsa, ikkinchisi bilmaydi ham…Bu Papua orolida emas, O’zbekistonda! Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (7)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-7-

Оқсарой. Тошкент

“Ўрта Осиё ўрусларнинг ўкинига тушганми?” Каримов дафтарчасига ёзиб қўйилган бу гапни нима учун ва қачон ёзганини эслашга уринарди. Ким айтган экан буни? Янги гап эмас. Янги гап бўлганда “Ўрта Осиё” эмас, “Марказий Осиё” деб ёзган бўларди. Чунки бу иборани унинг ўзи топганди. Ҳаммани шунга ўргатди. Ўзи ҳам бунга риоя қилган бўларди. Демак, бу гапни тўқсонинчи йилларнинг бошида ёзиб қўйган. Лекин бу савол ҳали ҳам жавобсиз қолмоқда.

Мана Шанхай Ҳамкорлиги Ташкилотининг мажлиси Тошкентда ўтаётгани,  ҳатто Медведев ана у хонада уни интизорлик билан кутиб ўтирганига қарамай, бу савол муҳимлигича қолмоқда. Фақат Медведев эмас, қолганлар ҳам унинг нима дейишини кутишмоқда. Continue reading