Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-3-

Bruklin. Okean shoh ko’chasi.
-Qimirlama, otaman!
Zarb bilan eshikni sindirib ichkariga kirib kelayotgan sanoqsiz politsiya xodimlarining har biri ana shunday deb baqirar edi.
Endi o’rtaga qo’yilgan palovga qo’l uzatgan yigitlarning rang-qutlari uchib ketdi. Lablari titrab, bir so’z aytolmay qoldilar. Politsiyachilar esa ularning har birini siltab, yuzi bilan erga yotqizar va qo’llarini orqaga qilib kishanlar, keyin oyoqlarini ikki tomonga ochib, boshdan oyoq tekshirib chiqardi.
Bir zumda 9 nafar o’zbekning hammasi ana shunday tintuvdan o’tdi.
Yigitlar hatto erdan boshlarini ko’tara olmas edilar. Chunki har birlarining boshini bittadan yoki ikkitadan politsiyachi bosib turardi. Qimirlayman desalar, politsiyachining tizzasi bilan biqinlariga turtishidan keyin miq etmay qolardilar.
-Yonlarida hech narsa yo’q.Toza!-dedi tintuvni tugatgan politsiyachi.
-Atrofni tekshirlaring, qurollarni toplaring!-deya buyruq berdi rahbari.
Boshlariga fazogirlarga o’xshab maxsus qalpoq kiyib olgan politsiyachilar bir zumda hamma yoqni ag’dar-to’ntar qilib tashlashdi. Hatto laganlardagi oshlarning ichi ham qarab ko’rildi.
“Oshxonada hech narsa yo’q. Toza!”
“Yotoqda hech narsa yo’q. Toza!”
Askarlar kabi kiyingan politsiyachilar xuddi askarlardek boshliqlariga hisob berardilar.
Agar bu holatni kuzatib tursangiz, xayolingizdan “Nima bular tozalikni tekshirishmoqdami?” degan o’y o’tishi aniq.
Xullas, hammayoq tekshirib chiqilgach, erda chalqancha yotgan o’zbeklarni tortqilab, turg’azishdi. Ularning orasida ingliz tilini yaxshi biladigani yo’q edi. Shuning uchun ham savollarga har kim kallasiga kelgan gap bilan javob qilardi.
Politsiyachilarning boshlig’i ularga׃
-Hujjatlaringiz qaerda?- dedi.
O’zbeklar boshlarini egib turaverdilar.
-AQShga qanday qilib kelgansizlar, qaerdan kelgansizlar?
-…
-Qurollaringiz qani, qaerga yashirdingizlar?
-…
Boshliq birorta savoliga ham javob ololmagach׃
-Sizlarni terroristik harakatni planlashtirish aybi bilan qamoqqa olamiz. Advokatlaringizga telefon qilishlaringiz mumkin. Qolgan haq-huquqlaringizni muhojirlar idorasining vakili tarjimon yordamida bayon etadi,-dedi.
Tashqarida katta shoh yo’l bekitilgan. O’nlab mashinalar chiroqlarini lipillatib turardi. To’qqiz qavatli uyning atrofi to’la o’rab olingan. Televidenie muxbirlari “favqulodda voqea joyidan”, deya jonli reportaj olib boryatilar..
Ulardan biri׃
-Bizga ma’lum bo’lishicha, bu binoda Pokistondan ekanligi taxmin qilinayotgan yigirmadan ziyod kishi to’planib, qaergadir hujum qilishga tayyorgarlik ko’rishayotganda qo’lga olindilar. Bu joy xalqaro Kennedi aeroportiga olib boradigan halqa yo’lga yaqin ekanligini aytsak, shubhalar bejiz emasligi oydinlashadi. Bizning manbalarimiz ularning orasida bir rus bo’lgani va u hamma gapni aytib turganini bildirdi. Ularning telefon suhbatlari ham yozib olingani va bugun hamma bu erga qurol bilan kelgani uchun shoshilinch amaliyot o’tkazilgan,-dedi.
Bir zumdan keyin politsiya so’zlovchisi muxbirlar oldiga keldi׃
-Hozircha savollaringizga javob bera olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin-ki, 9 kishini ushladik. Ular til bilmaydilar va ularning O’zbekistondan va Qirg’iziston janubidan ekanliklari ma’lum. Biz ularni kuzatmoqchi, ular haqidagi ma’lumotlarni batafsil tekshirmoqchi edik, ammo favqulodda hol tufayli ushlashga qaror qildik.
-Qurollar topildimi, bomba bor ekan-mi?
-Yo’q, hech qanday qurol topilgan emas. Tekshiruvlar davom etmoqda. Muhojirlar idorasining vakillari ish boshladilar. Tarjimonlar chaqirtirildi. Hozircha boshqa gap yo’q. Agar oralarida AQSh fuqarolari bo’lsa, belgilangan muddatda  sud huzuriga olib chiqiladilar. Bo’lmasa, muhojirat idorasi bilan hamkorlikda ishlaymiz.
Haligi muxbir darhol politsiya xodimiga teskari turib, kameraga qaragancha gapira boshladi׃
-Oldin gumon qilinganlarning Pokistondan ekanligi aytilgandi. Mana endi rasman ma’lum bo’ldiki, ular O’zbekiston va Qirg’iziston janubidan ekanlar. O’zbekiston… Sobiq Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqan mamlakat. Bu mamlakatning “O’zbekiston Islomiy harakati” degan terroristik tashkiloti bor va bu tashkilot AQSh Davlat departamentining terroristlar ro’yxatiga kiritilgan. O’zbekiston yaqingacha AQSh bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkor edi. Lekin bu mamlakatning prezidenti AQShni o’ziga dushman deb e’lon qildi va bizning harbiy bazamizni quvib chiqarmoqda. Ana shularning hammasini bir joyga qo’yadigan bo’lsak, masala jiddiy va  aytish kerakki, katta talofatning oldi olingan bo’lishi mumkin…
Shu payt ichkaridan boshlariga qora xalta kiygizilgan o’zbeklarni olib chiqib, maxsus mashinalarga mindira boshlashdi.
Bir yigit zinadan pastga oyog’ini qo’yayotganda tizzasi bukilib ketdi va ikki tomonidan tutib kelayotgan politsiyachilarning qo’lidan chiqib ketib, beton ustiga yiqildi. Bir zumda hamma yoq ur-yiqit bo’lib ketdi. Avtomat-miltiqlarning shaqar-shuquri… Politsiyachilarning shovqin suroni…
Derazalardan mo’ralayotgan odamlar ham bir zumda ichkari xonalarga qochib qolishdi. Otishma yuz bersa, vizillab uchgan o’q “sen kimsan” deb so’ramaydi-da.
Muxbirlar yigit yiqilgan tomonga yugurib bormoqchi bo’ldilar, ammo politsiya xodimlari ularni ushlab qoldilar va orqaga qaytardilar.
Bo’layotgan voqealarni bir chetda kuzatib turgan Sergey ish bu qadar kattalashib ketishini xayoliga keltirmagan ekanmi huzunga botgandi.
To’qqiz kishi ushlangan uyda asli Xudoyberdi va Sergey turishardi. Ular bu erda bir necha yil birga yashashgan. Keyin Saidjon qo’shildi. Bu katta shaharda kishi bir o’zi ijarada tursa juda qimmat. Uch-to’rt kishi bo’lib turishsa, ijara haqini orada taqsimlashadi va ishlab-topganlaridan tejash mumkin.
Saidjon AQShga kelgach, ish qidirib asli buxorolik bir yahudiy bilan tanishib qoldi. Xudoyberdi uning qo’lida ishlab, unga tegishli uyda ijarada turar ekan. Saidjon birdaniga ham ish, ham turar joy, ham do’st topdi. Bu erda hamma mardikorlarning uyida bitta eski televizor bo’lib faqat ruscha ko’rsatadi. Aslida charchab kelib, televizor ko’rishga toqat qolmaydi. Lekin shanba kunlari yahudiy xo’jayinlari o’zi ishlamaydi, boshqalarni ham ishlatmaydi. Shu bahonada ularga ham dam olish. Shunday paytda televizor asqotadi.
Bir kuni Andijon voqealari tarixiga bag’ishlangan dasturni berib qoldi.
-Iflos Putin,  qonga belangan xalqni emas, qo’li qon diktatorni himoya qildi,-dedi Xudoyberdi.
-Karimovning ham xotini urusda, shuning uchun Putin o’zinikini himoya qildi,-dedi Saidjon.
Gap qizib, urus va o’zbek masalasiga bog’lanib ketdi. Sergey va Saidjon tortisha boshladilar.
-Ruslar ham kuyib o’tiribdi bu Putinning dastidan,-dedi Sergey Saidjonning gapiga norozi bir ohangda.
-Agar kuyib o’tirgan bo’lishsa, uni qo’llashadimi? Ruslar millatchi bo’lib ketdilar, Putin ulardan biri, ana  hamma yoqni skinhedlar bosdi. Moskvaga borgan o’zbekni “qora tanli” deb so’kadigan bo’ldilar.
-Unaqa bo’lsa, O’zbekistonda ruslarga osonmi? SSSR parchalangandan keyin o’zbek millatchilari ularga kun berishmagan edi-ku! O’shanda saylovlarda “Yo’qolsin uruslar” deb baqirishgan. Irqchilik qilishgandi.
-Bekor aytibsan, hech qachon ruslarga qarshi  irqchilik qilinmagan. Saylovlarda qatnashgan ikki nomzodning ham xotini urus bo’lsa-yu, qanday qilib ular uruslarga qarshi gapirardilar. Bunday o’ylabroq gapir.
-Sizlarda xotin degani qul bilan baravar. Uruslarga uylanib ularni ham cho’ri qilib olishgan. Bechoralar g’ing deya olmaydilar.
-Shukur qilishsin, senga o’xshagan alkashga tekkandan ko’ra o’zbekka tegib odam bo’lib yurishibdi.
-Senlarni asli kim odam qilgan? Agar bizlar bo’lmasak, qo’ysizlar. Ayniqsa, Said sen jim o’tir! Qirg’izlar 1990 yilda sizlarni qirganda O’zbekiston yordamga kelmagandi, o’shanda ruslar sizlarni qutqazgandi. Bo’lmasa, qirg’izlar sizlarni butunlay qirib tashlardi. Qirg’izlar bo’ri. Sizlar esa qo’y. Qo’y hech qachon bo’riga qarshi chiqa olmaydi. Ruslar esa ovchi. Ana shu ovchi seni qutqazib qolgan, bildingmi?
– Agar biz qo’y bo’lsak, sizlar ovchi emas, asli botqoqda yashagan cho’chqa bo’lgansizlar,-deya baqirdi Xudoyberdi. Sergey endi unga yuzlandi׃
-Sen bu erda itning keyingi oyog’i bo’lib yurganding. Men senga hujjat qilib berdim va endi odam bo’lding, Qo’qonda qolgan bolalaringga pul yuborib turibsan. Bo’lmasa topganing Makdonalsga ham etmay yuraverarding.
-Sen tekinga hujjat qilib berding-mi? Ota-bobong ham tekinga ish qilmagan. Mamlakatimiz oltinlarini, boyliklarini tashib ketishgan. Rossiyani bizning hisobimizga tiklagansizlar.
-Bekor aytibsan, butun O’zbekistonni biz qurib berganmiz…
Jahli chiqib, qizarib ketgan Saidjon gapga aralashdi׃
-Senlar ilon yog’ini yalagansizlar. Hamma vaqt qonimizni ichib keldingizlar. Mana men o’zim radiodan eshitgandim, Andijonda hokimlikni egallab turganlar tinmay ”Putin kelsin” deyishgandi. Nega bunday deydi? Qani aytchi? Shuning o’zi ham bu voqealarni uruslar uyushtirganini ko’rsatadi.
-Bo’lmasa Gruziya, Qirg’izistonga o’xshab botqoqqa botardinglar. Rahmat delaring, Putin kelajaklaringni qutqarib beribdi.
-Yo’q! Unga O’zbekistonni Amerikadan uzoqlashtirish kerak bo’lgan. Shuning uchun bu qonli voqeani tashkil qilgan.
-Amerika… Amerikang nima qilib berdi?
-Nonini eb o’tiribsanku!-qo’li bilan dasturxonni ko’rsatdi Sergey.
-Ishlamasam ermidim?-javob qildi Xudoyberdi.
-O’zbekistonda ishlasak ham non yo’q. Rossiyada ishlasak ham nonimizni butun berishmaydi, der eding. Endi Amerika yomon bo’lib qoldimi?
-Amerika yomon emas. Lekin senlar yomon?
-Senga nonni Amerika emas, ruslar va yahudiylar bermoqda. Ularning qo’lida ishlab pul topayapsan.
-Amerika ana shunday turli millatlardan tashkil topgan. Ruslar, yahudiylar bizdan oldinroq kelishgan. Biz ham o’zimizni tiklab olsak, boshqalarga non beramiz. Bu erning siyosati bu.-deya gap qo’shdi Saidjon biroz jahldan tushib. U bahs janjalga aylanib ketishidan qo’rqdi. Chunki vizasining muddati o’tib qolgani yodiga tushdi. Buning ustiga bu gaplarni ish beruvchi eshitib qolsa, to’rvalarini elkalariga osib qo’yishi mumkin. Lekin Sergeyning past kelish niyati yo’q edi׃
-Senlar birovga non beraman deguncha o’lib, chirib ketasanlar.  Shuning uchun indamay rusning oyog’ini o’pib yuraverlaring.
-Qo’limda bo’lsa birinchi galda o’sha Putinni o’ldirar edim. Afsuski, qo’limda emas,-dedi Xudoyberdi ham undan qolmaslikka harakat qilib.
-Qo’lingdan kelmaydi! Gapdan boshqa narsaga yaramaysan! Osh pishirishni, somsa pishirishni bilasan faqat! Qara, ichib o’tirgan arog’ing ham rusniki! Senlarda  mana shu axlatga ketadigan oshdan boshqa nima bor o’zi?
O’zini tiyolmagan Xudoyberdi Sergeyning bu gapiga chiday olmadi va uning basharsiga musht tortib yubordi. Bir zum esankirab qolgan Sergey bir sakrab Xudoyberdini bosib olib ura boshlagandi oraga Saidjon ham qo’shildi va ikkovlashib Sergeyning basharasini qonga belashdi.
Sergey hammomga o’tib, yuzini sovuq suv bilan yuvdida tashqariga chiqib ketdi.
-Noto’g’ri qildim,-dedi Xudoyberdi.-Bu uyning ijara qog’ozlari uning nomiga rasmiylashtirilgan. Mashina ham uning nomida. Bizga ish bergan odam ham aslida uning oshnasi.
-Shuning uchun bu ablahga tiz cho’kamiz-mi? Juda bo’lmasa, boshqa joy topamiz. Lekin politsiyani boshlab kelsa-chi? Mening ishim chatoq bo’ladi, deport qilib yuborishadi,-deb xomush tortdi Saidjon.
-Yuragi yo’q. Agar shuni istasa ana telefon, 9-11 ga sim qoqqan bo’lardi. Biz-ku ozroq ichganmiz, u qachondan beri sipqorib yotibdi…
O’sha kun Sergey tashqariga chiqib,  daraxt ostida sigaret tutatib o’tirgandi soqollari o’sib ketgan, juldur kiyimli bir kishi uning yoniga kelib׃
-Soat necha bo’ldi?-deb so’radi.
-Soatim yo’q!
-Ana qo’lingda yaltirab turibdi-ku, nega yolg’on gapirsan?
Xullas, ikkalasi aytishib qolishdi va haligi kishi Sergeyni yoqasidan tutgan ediki, qaerdandir politsiya paydo bo’ldi.
Sergey haligi odamni gadoy deb o’ylagandi, lekin u narkotik sotuvchi ekan. Uni ushlab, biroz gandiraklab turgan Sergeyni ham so’roq qilishdi. U paytdan foydalanib qolmoqchi bo’ldimi yoki qutulib ketish uchunmi׃
-Mening muhim ma’lumotim bor, terrorizm bo’yicha. Faqat FTBga aytaman,-dedi.
-Bizning Federal tekshiruv idorasidan kam joyimiz yo’q,-deyishsa ham u ko’nmadi.
Uni olib ketishdi va bir kishi bilan uchrashtirishdi.
-Mening uyimda ikkita o’zbek turadi. Bittasi Qirg’izistondan. Janubidan. Ular Putinni o’ldirishmoqchi. Keyingi oy Putin bu erga kelganda, unga suiqasd qilishmoqchi.
-Qurollari bormi?
-Ulardan biri oliygohda bioximiyani  bitirgan. Bir necha yil farmatsevtika sohasida ishlagan. Ikkinchisi esa, O’shda ekanligida Eronga borib kelgan. O’zbekiston Islomiy harakati boshlig’i bilan uchrashgan. Men ularni oddiy  muhojirlar deb o’ylagandim. Ammo fikrlari buzuq ekan. Shuni aytish uchun telefon qilishga chiqqan edim, bu odam bilan uchrashib qoldik.
-Ular dindormi?
-Ko’rnishidan yo’q. Machitga borishmaydi. Ammo uyda yashirincha namoz o’qishadi. Internetda musulomon saytlarga  postinglar yozishadi.
-Kimlar bilan uchrashadilar?
-Tanishlari ko’p?
-Arablarmi?
-Ularni ajratib bo’lmaydi. Tez-tez to’planib turishadi.
-Bizda sen aytgan gapdan boshqa narsa yo’q va bu bilan “delo” qila olmaymiz. Buning ustiga ichgansan. Lekin bu gapni jiddiy olmasdan ham ilojimiz yo’q…
Sergeyga hech narsa bo’lmagandek uyga qaytishni va ikki o’zbekni kuzatishni buyurishdi. Agar Saidjon va Xudoyberdining yonida qurol yoki portlatgichlar ko’rsa, darhol xabar qilishni aytishdi.
Sergey yarim tunda hech narsa bo’lmagandek kirib keldi. Saidjon va Xudoyberdi uxlab qolishgan ekan. Uyg’onib ishga otlanishganda, undan kechirim so’ragan bo’ldilar va hayotlari oldingidek davom etaverdi.
Bir kuni Saidjon׃
-Bir haftdan keyin tug’ilgan kunim.  Bu erda ancha o’zbeklar bilan tanishib qoldim, ularni hafta oxiri mehmonga taklif qilsam maylimi,-deb qoldi.
-Uyga emas, restoranga taklif qil. Ana “Sarmish” bizga yaqin. Shu erga chaqir. Bu erda odat. Tug’ilgan kunga kelgan odam o’zi uchun o’zi pul to’laydi. Senga og’irligi tushmaydi,-dedi Xudoyberdi.
-Buni bilaman. Borib restoran bilan gaplashsam “odam boshi yuz dollardan bo’ladi dedi”. Olti-etti xil ovqat, kabob, salatlaru ichkiligi bilan. Lekin o’n kishi kelsa, ming dollar ketadi. Bu erga chaqirsam, 200 dollar bilan ish bitadi. Qolgan pul yonga. Birdaniga mo’maygina pul paydo bo’ladi qo’lingda. “Restoranga to’la!” odatini “O’zimga to’la!” odatiga aylantiray dedimda…
Xullas, tanishlarini uyga chaqiradigan bo’lishdi. Bu alamini ichiga yutib yurgan Sergey uchun qo’l kelib qoldi. Hammasi hujjatsiz muhojirlar va endi bu o’zbeklarning onasini ko’rsataman, deb o’yladi.
U qo’shnisining uyiga kirib,  o’ziga berilgan telefonga sim qoqdi׃
-Ularning hammasi to’planishgan. Kelib tekshirishlaring mumkin,-dedi.
-Balki shunchaki ziyofatlari bordur?
-Yo’q, hammasi quroli bilan kelgan,-dedi Sergey.
-Qurollarini ko’rdingmi?
-Ha…
Sergey qisqa vaqtda yuz bergan va mana endi hamma yoqni alg’ov-dalg’ov qilib yuborgan ahmoqligining oxiri nima bo’lishini o’ylab, bir chetda turgan edi, yoniga uni tergov qilgan va vizit kartasini bergan kishi keldi׃
-Hamkorlik qilganing uchun rahmat. Hali bu rahmatni yuqori darajalarda ham senga aytishadi. Bugungacha sheriklaringni tekshirib ko’rdik. Bittasining ijtimoiy xavfsizlik kartasi soxta ekan. Soliq to’lashdan ham qochib yurgan. Chet elga pul yuborib turishgan.  Sheriklaringdan biri esa, bu erda qonunsiz yashamoqda ekan. U O’zbekiston Islomiy Harakatining faoli. Buni O’zbekiston hukumati ham tasdiqladi. Akasi qamoqda ekan. Lekin sen aytgan qurollar topilmadi. Ular tilni bilishmas ekan. Sen ham biz bilan yursang, tarjimonlik qilasan,-dedi.
Sergey soxta hujjat haqida eshitib, yuragi orqaga tortib ketdi. Chunki  Xudoyberdini Tamara ismli ayolga yuzlashtirgan va  buning uchun undan pul olgan edida. Nima qilishini bilmay׃
-Men ularning tilini tushunmayman,-dedi.
-Unda ularning rejalarini qayoqdan bilding?
-Ular mening tilimda gaplasha oladilar… Ana mening kompyuterimni tekshirib ko’ringlar, ular musulmon saytlar bilan aloqa qiladilar…
-Albatta, tekshiramiz. Lekin baribir sen biz bilan borishing kerak! Bu ish katta qozonda qaynay boshladi. Sen bilan bu haqda boshqa gapirmaslikni kelishgan edik, lekin mediaga nega aytding?
-Men aytganim yo’q, qo’shnim bu erda chiqadigan ruscha gazetada ishlaydi. Bugun uning uyidan sizlarga telefon qilgandim….
Saidjon shu voqeadan keyin  deport qilinuvchilar uyiga tushib qolib, u erdan menga sim qoqqandi. U Qirg’iziston fuqarosi bo’lsa ham O’zbekistonga  deport qilish haqida gap bo’lgan. U uyimizga mehmon bo’lib kelganda bu voqelar haqida hikoya qilib berarkan, peshanasidagi uchta ajindan biri shundan keyin paydo bo’lgan bo’lsa kerak, deb o’ylagandim.
MUXTASAR MA’LUMOT
2010 yil, 11-iyun. Qirg’iziston Sog’liqni saqlash vazirligining to’plagan ma’lumotiga ko’ra¸ 10 iyun tundan bugun tushgacha O’shda qonli to’qnashuvlarda halok bo’lganlar soni 23 kishiga etgan.
Kechqurun soat ettiga borib bu raqam 46 kishiga etgani ma’lum qilindi.
Qirg’iz harbiylari shahardagi vaziyatni nazorat qilmayaptilar.
Furqat qishlog’ida O’sh shahar kengashi deputati Asqar Shokirov o’ldirilgan.
“O’sh Tv”, “Mezon”, “Piramida” va “DDD” telekanallari faoliyati to’xtatilgan.
O’shda Davlat filarmoniyasi,  O’zbek akademik teatri, “O’shTv” binolari, “Merkuriy”,“Alfaiz” kafelari, “Oloy” mehmonxonasi, “Mukarram” savdo markazlari yonmoqda…
Qorasuv va Aravon tumanlarida tungi soat ikkidan boshlab kommendantlik soati joriy qilindi…
(DAVOMI BOR)
Aziz o’quvchi, Siz ham bu kitob yozilishiga hissa qo’shishingiz, taklif kiritishingiz va kitobga O’sh, Jalolobod bilan bog’liq o’z hikoyangizni asl nomingiz yoki istasangiz taxallus bilan kiritishingiz mumkin. Maktubingizni quyidagi adresga yuboring׃
qiyomatkuni@gmail.com

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-3-

Jahongir Muhammad.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: