Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-3-

Bruklin. Okean shoh ko’chasi.
-Qimirlama, otaman!
Zarb bilan eshikni sindirib ichkariga kirib kelayotgan sanoqsiz politsiya xodimlarining har biri ana shunday deb baqirar edi.
Endi o’rtaga qo’yilgan palovga qo’l uzatgan yigitlarning rang-qutlari uchib ketdi. Lablari titrab, bir so’z aytolmay qoldilar. Politsiyachilar esa ularning har birini siltab, yuzi bilan erga yotqizar va qo’llarini orqaga qilib kishanlar, keyin oyoqlarini ikki tomonga ochib, boshdan oyoq tekshirib chiqardi.
Bir zumda 9 nafar o’zbekning hammasi ana shunday tintuvdan o’tdi.
Yigitlar hatto erdan boshlarini ko’tara olmas edilar. Chunki har birlarining boshini bittadan yoki ikkitadan politsiyachi bosib turardi. Qimirlayman desalar, politsiyachining tizzasi bilan biqinlariga turtishidan keyin miq etmay qolardilar.
-Yonlarida hech narsa yo’q.Toza!-dedi tintuvni tugatgan politsiyachi.
-Atrofni tekshirlaring, qurollarni toplaring!-deya buyruq berdi rahbari.
Boshlariga fazogirlarga o’xshab maxsus qalpoq kiyib olgan politsiyachilar bir zumda hamma yoqni ag’dar-to’ntar qilib tashlashdi. Hatto laganlardagi oshlarning ichi ham qarab ko’rildi. Continue reading