-4-
Meriland shtati. Elikot shahri
Saidjonning fig’oni falakda. Buni telefonni qulog’imdan uzoqroqda tutib turganimdan ham bilish mumkin. Lekin “hujumlarim” oz-moz ish bermoqda.Falakdagi fig’on ba’zan “erga tushib” ham qolmoqda. Afsuski, ko’pga emas, doimiyga emas.
-Aka, O’zbekiston hukumati tezlik bilan armiyasini kiritib, Qirg’izistonda hokimiyatni qo’lga olishi kerak. Boshqa yo’li yo’q. Bo’lmasa, Karimov butun o’zbeklar oldida xoinlik qilgan bo’ladi…
Xoinlik nima o’zi? Ahdini, va’dasini, qasamini buzmoq. Ba’zan firibgarlik, muttahamlikni ham xoinlik deymiz. Lekin asosiy ma’nosi bu kishining o’zi mansub bo’lgan ijtimoiy qatlam yoki xalqi, vatani, do’stining mafaatlariga zid ish tutishi, dushmanlar bilan hamkorlik qilishi, dushman tomonga o’tishidir. Saidjon ana shu ma’nosini nazarda tutmoqda va haq.
U O’zbekiston rahbarining dunyodagi butun o’zbeklar oldida burchi, mas’uliyati. ahdi bor deb o’ylamoqda. Ammo Karimovga ko’ra, uning bunday burchi yo’q, Qirg’izistondagi voqealar bu ularning ichki ishi. U o’zini “Asosiy Qonunda bunday burchim yo’q” deb ham oqlagan bo’ldi. Continue reading
Filed under: Qiyomat kuni | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.