Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni

-2-

Meriland shtati. Elikot shahri.
Lekin…
Bundan keyingi bo’limlargacha, Karimovni o’z xayollari bilan yolg’iz qoldiramiz. Keksa odam. Ba’zi narsalar esidan chiqqan bo’lishi mumkin. Qolaversa, shu lahzada Nyu Yorkdan Saidjon degan yigit sim qoqmoqda. Saidjon asli o’shlik. U bilan to’rt yil oldin tanishganmiz.
O’shanda yarim tunda telefon jiringladi׃
-Bu qo’lga tushgan chet elliklarni saqlash markazi, agar telefon chaqirig’ini qabul qilsangiz, minutiga to’rt dollar to’lashingiz kerak bo’ladi…
Odatda qamoqxonalarda yotganlar uylariga yoki tanishlariga telefon qilsalar ana shunday oldindan ogohlantirishlarini bilardim. Lekin telefon haqi buncha qimmat bo’lmasdi. Shuning uchun ham bir lahza o’ylanib qoldim. “Yo’q, qabul qilmayman” desam, balki biror tanishim yoki meni g’oyibdan tanigan biror kishi qiyin sharoitga tushib qolgan bo’lsachi? Begona odam telefon nomerimni qaerdan biladi? Umuman bunday paytda inson ko’p mulohazaga bormas ekan, “Qabul” dedim. Telefonning naryog’idan׃
-Ossolomalaykum,-degan ovoz keldi. Uning gapidan oldin andijonlik bo’lsa kerak deb o’ladim. Continue reading