-5-
Pensilvaniya shtati. Pittsburgh shahri.
“Qiyomat kuni” qahramoniga! Saidjon, sizni hali yaxshi tanimayman. Lekin taniy boshladim. Shuning uchun ham hech kimga ayta olmayotgan gapimni tezroq sizga aytmoqchiman. Chunki sizni ham butunlay tanib qolsam, fikrimdan qaytishim mumkin.
Men Mesxet turkiman. Farg’onada uyimiz bor edi. Uyimizni ko’zimning oldida yoqib yuborishgan va o’lgudek qilib kaltaklashgan. Behush bo’lib qolganimdan keyin tashlab ketishgan. Men o’zimga kelganimda uchqichda qayoqqadir olib ketishayotgan edi. O’shanda xayolimga ilk kelgan narsa yonimdagi do’xtir agar o’zbek bo’lsa, uni o’ldirish edi. Urus ekan. Ammo o’zbek bo’lganda ham uni o’ldirishni eplolmas ekanman. Chunki ikki qo’lim ham sindirilgan ekan. Continue reading
Filed under: Qiyomat kuni | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.