Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni

-2-

Meriland shtati. Elikot shahri.
Lekin…
Bundan keyingi bo’limlargacha, Karimovni o’z xayollari bilan yolg’iz qoldiramiz. Keksa odam. Ba’zi narsalar esidan chiqqan bo’lishi mumkin. Qolaversa, shu lahzada Nyu Yorkdan Saidjon degan yigit sim qoqmoqda. Saidjon asli o’shlik. U bilan to’rt yil oldin tanishganmiz.
O’shanda yarim tunda telefon jiringladi׃
-Bu qo’lga tushgan chet elliklarni saqlash markazi, agar telefon chaqirig’ini qabul qilsangiz, minutiga to’rt dollar to’lashingiz kerak bo’ladi…
Odatda qamoqxonalarda yotganlar uylariga yoki tanishlariga telefon qilsalar ana shunday oldindan ogohlantirishlarini bilardim. Lekin telefon haqi buncha qimmat bo’lmasdi. Shuning uchun ham bir lahza o’ylanib qoldim. “Yo’q, qabul qilmayman” desam, balki biror tanishim yoki meni g’oyibdan tanigan biror kishi qiyin sharoitga tushib qolgan bo’lsachi? Begona odam telefon nomerimni qaerdan biladi? Umuman bunday paytda inson ko’p mulohazaga bormas ekan, “Qabul” dedim. Telefonning naryog’idan׃
-Ossolomalaykum,-degan ovoz keldi. Uning gapidan oldin andijonlik bo’lsa kerak deb o’ladim.
-Manga telefoningizni Alisher bergan edi…,-dedi u titroq tovush bilan.
-Qaysi Alisher?
-Alisher Soipov, man ham O’shdanman. Bu yoqqa keluvdim, qo’lga tushib qoldim. Deport qilishmoqchi.
-Nega kelgan edingiz? O’qishgami, mardikorlikkami?
-Aka o’qiganman. Alish bilan kursdosh bo’ganmiz. Kegin birga proektlar ham qildik. Eshitgan bo’lsangiz Toshkandan kelib, bitta o’shlikni obqochib ketishgandi.
-Ha, eshitgandim…
-Ana o’sha mening akam bo’ladi. Shundan keyin Alish menga “Ket bu erlardan!” dedi. Meni ham Toshkanga olib ketishlari mumkin ekanda. Shunaqa signal bo’libdi.
-Diniy masalaga aralashganmidingizlar?
-Ba’zi diniy guruhlar haqida tanqidiy narsalarni internetga chiqaruvdim. Sekretlar ketib qolgan ekan. Keyin mafiya haqida ham bir-ikkita narsa uzatuvdim. Botirov bilan “Qora Oybek”ning orasida qoldim.
Men tushunmagan gaplar ko’payib boraverdi. Botirov deganini eshitgan edim. Deputat bo’lgan. Lekin “Qora Oybek” deganini bilmas ekanman.
-“Qora Oybek” kim bo’ldi?
-Bilmiysizmi aka! Uni Botiriv qamatib yuborgandi. Lekin otiga qamoqda edi. Ammo kuchi kotta. Botirov ham bas kelmaydi. Uning yaqinlarini bitta-bitta yo’q qilmoqda…
Xullas, shundan keyin telefon har kuni jiringlaydigan bo’ldi. Qo’l telefoniga juda qimmat ekan. Uy telefonining nomerini berganimdan keyin minutiga olinadigan haq o’n baravarga arzonlashdi.
Saidjonni deportatsiyadan saqlab qolish qiyin bo’ldi. U turistik viza bilan kelib, vaqtni o’tkazib yuborgan ekan. Alisher unga mening telefon nomerimni berib׃
-Faqat boshingga bir ish tushganda telefon qil,-degan ekan.
O’sha kunlari O’shda Alisherni otib ketishdi. Bu esa Saidjonning joniga ora kirdi. Kimningdir o’limi kimnidir qutqaradi, deganlari rost chiqdi.
Buning ustiga O’shda noma’lum ikki kishi Saidjonning uyiga bostirib kirib, xotinini “Eringni topib berasan” deb qiynashgani ma’lum bo’ldi. Bu voqea Saidjonning siyosiy boshpana olishiga yo’l ochdi. U ozodlikka chiqdi va doimiy yashash uchun ruxsat oldi. Hozir oliygohda masterligini qilmoqda. Oilasini ham olib kelayapti. “Hujjatlari to’g’ri bo’lgan, elchixonaga suhbatga borishi qolgan” degandi.
Saidjon bekordan-bekorga telefon qilmaydi. Har doim telefon qilganida bahslashish uchun qandaydir “masala” bo’ladi. Shuning uchun ham Karimov haqidagi hikoyani kesib, diqqatni Saidjonga burdik.
Telefonni ochsam, u hatto salom-alikni ham nasiya qilib׃
-Aka, o’qiyapsizmi, videolarni ko’rayapsizmi, dahshatku, chiday olmayapman, aka, ayting nima qilay? Boshimni qaerga uray? Hoziroq bilet olib O’shga uchaymi?-deb qoldi.
G’arbda kinofilmlar yoki teleko’rsatuvlarda qonli manzara bo’lsa, avvalidan ogohlantirib qo’yishadi. Chunki bu inson asabiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Uni aqldan ozdirishi, devona qilib qo’yishi hech gap emas.
Keyingi paytlarda internetdagi ba’zi video-yozuvlar avvalida ham “Asabi mustahkam bo’lmaganlar ko’rmasin” degan yozuvlar paydo bo’ldi. Bunday olganda bu ancha qiziq hol. Chunki insonning boshqaruv markazi juda o’jar bo’ladi. Sizni ”Qilma!” degan ishni qilishga zo’rlaydi. Chunki kim ham “Asabim bo’sh” deb aytadi. Shuni bilganlar ataylabdan “Asabi mustahkam bo’lmaganlar ko’rmasin” deb yozib qo’yishmoqdami, deb ham o’ylanib qolasan, kishi.
Lekin shunday video-yozuvlar ham paydo bo’lmoqdaki, ko’rib har qanday asabi butun odam ham uyqusini qochirmoqda.
1990 yilda O’sh voqealari paytida OMON guruhining rahbari bo’lgan general o’sha kunlarni eslaganda׃
-Ko’chaning o’rtasida bir qizning jasadi bor edi. Uni zo’rlab, oyoqlarini ikki tomonga yirib, “yirtib” tashlashgan ekan. Yigitlarimdan bittasining “teppasi ketib qoldi”,-degandi.
“Tepasi ketib qoldi” degan iborani tushunasiz. “Aqldan ozdi” demoqchi. OMONga qanaqa odamlarni olishlarini ham bilasiz. Ham jismonan, ham ruhan baquvvat yigitning “tepasi ketib qolibdimi”, demak har qanday odam bunday manzara qarshisida tentak bo’lib qolish hech gap emas.
Saidjonning gaplarida vahimadan ham ko’proq tentak bo’lib qolish ohangi kuchlilik qilmoqda edi.
“Aka, hozir ana shu telefonni otib yuboraman! Shartta samoletga minib, Bishkekka boraman, qirg’izlarning hammasini bir boshdan qonga belayman!”
Bu gap uning“tepasi keta boshlagani”dan darak edi. Demak, u bilan “jangimiz” boshlanadi. Men uni tentak bo’lib qolishdan asrashga urinaman. U esa o’zi bilmay meni tentak qilishga intiladi. Bu juda yomon “jang”. Asabni egovlaydi. Ammo yaqin kishingizni qutqazish uchun asabni ham qurbon qilasiz. Saidjon menga yaqin kishiga aylangan. Mana to’rt yildirki, biror “masala” chiqqanda u bilan soatlab suhbatlashamiz, tortishamiz, dard-tashvishlarimizni baham ko’ramiz.
Qolaversa, hozir unga bir narsa deyishim kerak-ku, axir?! Men esa hali ham indamay turibman. Nihoyat o’zimni qo’lga olib׃
-Agar yonimda bo’lganingizda boshimizni boshimizga urib yig’lar edik,-dedim men o’zimning ham holim unikidan yaxshi emasligini anglatgan bo’lib. U birdan gurillatib yig’lab yubordi. Buni kutmagandim. Ishim yana ham og’ir kechadiganga o’xshaydi.
Uning yaqinlariga bir narsa bo’lib qoldimi? Qanday so’rayman? Pahlavonday yigit hungrab yig’lab turibdi. Uning qulog’iga gap kiradimi, bunday paytda. Kutdim. Mening ham dilimdagi muz birdan erib ko’zim halqalandi. Sekin titroq tovush bilan׃
-Uydagilardan xabar bormi,- dedim?
Telefonning naryog’ida birdan jimlik hukmron bo’ldi. Balki bir soniya, balki bir soat. Bunday paytda vaqt sizni aldaydi. Balki vaqtning o’zi ham sizning holingizga tushib qolib, nima qilayotganini bilmay qoladi. Vaqt jarlikka aylanadi.Tushib ketaverasiz, tushib ketaverasiz…Tubi ko’rinmaydi. Nafasingizni ham yutib yuboradi o’zingizga qo’shib.
Ancha sukunatdan keyin vaqt jarligining tubidan bir ovoz keldi.
“Telefonlar ishlamayati. Hech kimga tusha olmayapman. Aka nima qilay?”
Unga nima deyman? Shu damda uning savoliga menda javob yo’q. Lekin boyagi qarorim nima bo’ldi? Uni qutqazmoqchi edimku?! Yoki bilganingni qil deymanmi? Yo’q, uning shu damda tentak bo’lib qolmaslik uchun so’nggi chorasi bu menga qo’ng’iroq qilish bo’lgan. Demak, bir nima deyishim kerak.
-Bunday paytda umidni uzmazlik va umidni yaratganga bog’lash kerak,-dedim men ancha jim qolgandan keyin.
-Aka, umid qoldimi, hamma o’lib-qirilib ketmoqdaku?!
-Hamma emas, vahima qilishmoqda, agar hamma o’ladigan bo’lsa, unda qiyomat kuni degani bo’ladi. Siz ham, men ham o’lishimiz kerak.
-Axir videolarni ko’rayapman. Bu vahima emas, haqiqat!
-O’sha videolarni ham kimdir olganmi, kimdir internetga qo’yganmi? Demak, suratga olish uchun imkoniyat bor, internetga kirish uchun imkoniyat bor. Demak, hali qiyomat emas. Mana men ham videolarni ko’rdim. Yuz ming odam O’zbekistonga o’tibdi. Yaqinlaringiz ham o’shalarning ichida bo’lishsa, tabiiyki bog’lana olmaysiz. Ular telefonlarni ham tashlab ketishgan bo’lishlari mumkin. Men hali biror joyda keksa onalar yoki keksa otalar o’ldirilgani haqidagi videoni ko’rmadim.
O’lay agar yolg’on gapirdim. Chunki bundan besh daqiqa oldin ko’rganim – video-tasmada G’ofir ota degan keksa kishi erda qonga bulanib “hiq-hiq” qilib yotgandi. Uning yonidan o’tib ketayotgan yoshlar xuddi o’q eb, dumalab yotgan quyonning bolasiga ajablanib qaragan kabi bir qiyo boqib, indamay o’tib ketishayotgandi. Faqat bittasining “Ha, G’ofur ota-ya” degani eshitilib qolgan. Lekin shu damda yolg’on gapirishim kerak edi.
Gapirishga gapirdimu, bu video-yozuvni u ham ko’rgan bo’lsa-chi?! Yo’q ko’rmagan. Chunki gaplarim unga ta’sir qila boshladi, shekilli, uning “gup-gup” nafas olishlari pasaygandek bo’ldi. Men uni yana ham sokinlashtirishga urindim׃
-Bilasizmi Hitler nima qilgan?
-Yo’q. Nima qilgan?
-Urushdan oldin nemislarning jajji bolalarini o’g’irlatib, vahima solgan. “Chet ellik dushman o’g’irlamoqda va topamiz” deya baqir-chaqirlar qilgan. Keyin bolalarni bir chelga qator qilib o’tqazib, ruslardek kiyingan odamlarga ottirgan va suratlarni chop ettirgan, ko’paytirib uyma-uy tarqattirgan. Stalin ham shunga o’xshash usullarn qo’llagan. Hatto 1990 yillar boshida o’zbek va mesxeti turklarini ham shunday qilib urishtirishgan. Toshloqda bir yigitni o’ldirtirib, uning suratini tarqatishgan. Oxirida ma’lum bo’ldiki, hatto o’sha yigit o’zbek ham emas ekan. Lekin ish ishdan kechgandi. Shunga o’xshab bu video-yozuvlarning ham qaysisi haqiqiy va qaysisi soxta hali bilmaymiz.
Bu gaplarni aytishga aytdimu, lekin o’zim mutloq haqiqiy yozuvlarni ko’rganimni aytmadim. Hatto BMTning sun’iy yo’ldosh orqali olgan suratlarini ko’rganimni ham unga aytmadim. Chunki…
MUXTASAR MA’LUMOT
Oybek Mirsidiqov
1974 yilda tug’ilgan, o’zbek. “Qora Oybek” laqabi bilan mashhur bo’lgan.
“Svoboda” radiosiga bergan suhbatida O’zbeklar jamoasining etakchisi Qodirjon Botirovni 2010 yilning 14 may voqealarini uyushtirganlikda aybladi. Unga ko’ra, “Qodirjon Botirov o’z tarafdorlarini to’plab, Bakievlarga qarshi chiqdi. U xalqning nomidan gapirmasin. Oilasi va bolalarini Dubayga olib borib qo’ygan. O’zi ham qochib ketadi. Lekin bu erda begunoh odamlarga jabr bo’ladi”.
Qodirjon Botirovning Bishkekda chiqadigan “Litsa” gazetasiga bergan suhbatidan׃
”Prezident Bakievning ukasi Ahmad Bakiev “Qora Oybek” laqabli, xavfli jinoyatchi Oybek Mirsidiqovga homiylik qilmoqda. “Qora Oybek” kuchaytirilgan rejimdagi koloniyada o’tirgandi. Uni avval O’sh shahridagi tergov izolyatoriga, keyin Jaloloboddagi psixodispanserga, undan keyin urologiya kasalxonasiga o’tkazishdi. Bugun u shaharda yallo qilib yuribdi. Anavi “choynak” esa (viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Timirbaevga odamlar shunday laqab qo’yishgan) doimo “Qora Oybek”ning xizmatini qilib keladi.
Men bilan bitta mahallada yashagan ”Qora Oybek” bir necha bor qonunlarni buzgandi, lekin doim jazosiz qolib kelgandi. U bir militsionerni urib qo’ygandan keyin odamlar ko’rsatma berishdan qo’rqib turganda, mening aralashuvim bilan u 11 yilga qamalgandi.”
2010 yilning 6 iyundan 7 iyuniga o’tar kechasi Qirg’izistonning Jalolobod shahrida Oybek Mirsidiqov va u bilan birga bo’lgan 3 kishi noma’lum shaxslar tomonidan otib o’ldirildi.
(DAVOMI BOR)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-2-Meriland shtati. Elikot shahri.Lekin…Bundan keyingi bo’limlargacha, Karimovni o’z xayollari bilan yolg’iz qoldiramiz. Keksa odam. Ba’zi narsalar esidan chiqqan bo’lishi mumkin. Qolaversa, shu lahzada Nyu Yorkdan Saidjon degan yigit sim qoqmoqda. Saidjon asli o’shlik. U bilan to’rt yil oldin tanishganmiz.
O’shanda yarim tunda telefon jiringladi׃-Bu qo’lga tushgan chet elliklarni saqlash markazi, agar telefon chaqirig’ini qabul qilsangiz, minutiga to’rt dollar to’lashingiz kerak bo’ladi…Odatda qamoqxonalarda yotganlar uylariga yoki tanishlariga telefon qilsalar ana shunday oldindan ogohlantirishlarini bilardim. Lekin telefon haqi buncha qimmat bo’lmasdi. Shuning uchun ham bir lahza o’ylanib qoldim. “Yo’q, qabul qilmayman” desam, balki biror tanishim yoki meni g’oyibdan tanigan biror kishi qiyin sharoitga tushib qolgan bo’lsachi? Begona odam telefon nomerimni qaerdan biladi? Umuman bunday paytda inson ko’p mulohazaga bormas ekan, “Qabul” dedim. Telefonning naryog’idan׃-Ossolomalaykum,-degan ovoz keldi. Uning gapidan oldin andijonlik bo’lsa kerak deb o’ladim.-Manga telefoningizni Alisher bergan edi…,-dedi u titroq tovush bilan.-Qaysi Alisher?-Alisher Soipov, man ham O’shdanman. Bu yoqqa keluvdim, qo’lga tushib qoldim. Deport qilishmoqchi.-Nega kelgan edingiz? O’qishgami, mardikorlikkami?-Aka o’qiganman. Alish bilan kursdosh bo’ganmiz. Kegin birga proektlar ham qildik. Eshitgan bo’lsangiz Toshkandan kelib, bitta o’shlikni obqochib ketishgandi.-Ha, eshitgandim…-Ana o’sha mening akam bo’ladi. Shundan keyin Alish menga “Ket bu erlardan!” dedi. Meni ham Toshkanga olib ketishlari mumkin ekanda. Shunaqa signal bo’libdi.-Diniy masalaga aralashganmidingizlar?-Ba’zi diniy guruhlar haqida tanqidiy narsalarni internetga chiqaruvdim. Sekretlar ketib qolgan ekan. Keyin mafiya haqida ham bir-ikkita narsa uzatuvdim. Botirov bilan “Qora Oybek”ning orasida qoldim.
Men tushunmagan gaplar ko’payib boraverdi. Botirov deganini eshitgan edim. Deputat bo’lgan. Lekin “Qora Oybek” deganini bilmas ekanman.-“Qora Oybek” kim bo’ldi?-Bilmiysizmi aka! Uni Botiriv qamatib yuborgandi. Lekin otiga qamoqda edi. Ammo kuchi kotta. Botirov ham bas kelmaydi. Uning yaqinlarini bitta-bitta yo’q qilmoqda…
Xullas, shundan keyin telefon har kuni jiringlaydigan bo’ldi. Qo’l telefoniga juda qimmat ekan. Uy telefonining nomerini berganimdan keyin minutiga olinadigan haq o’n baravarga arzonlashdi.
Saidjonni deportatsiyadan saqlab qolish qiyin bo’ldi. U turistik viza bilan kelib, vaqtni o’tkazib yuborgan ekan. Alisher unga mening telefon nomerimni berib׃-Faqat boshingga bir ish tushganda telefon qil,-degan ekan.O’sha kunlari O’shda Alisherni otib ketishdi. Bu esa Saidjonning joniga ora kirdi. Kimningdir o’limi kimnidir qutqaradi, deganlari rost chiqdi.
Buning ustiga O’shda noma’lum ikki kishi Saidjonning uyiga bostirib kirib, xotinini “Eringni topib berasan” deb qiynashgani ma’lum bo’ldi. Bu voqea Saidjonning siyosiy boshpana olishiga yo’l ochdi. U ozodlikka chiqdi va doimiy yashash uchun ruxsat oldi. Hozir oliygohda masterligini qilmoqda. Oilasini ham olib kelayapti. “Hujjatlari to’g’ri bo’lgan, elchixonaga suhbatga borishi qolgan” degandi.
Saidjon bekordan-bekorga telefon qilmaydi. Har doim telefon qilganida bahslashish uchun qandaydir “masala” bo’ladi. Shuning uchun ham Karimov haqidagi hikoyani kesib, diqqatni Saidjonga burdik.
Telefonni ochsam, u hatto salom-alikni ham nasiya qilib׃-Aka, o’qiyapsizmi, videolarni ko’rayapsizmi, dahshatku, chiday olmayapman, aka, ayting nima qilay? Boshimni qaerga uray? Hoziroq bilet olib O’shga uchaymi?-deb qoldi.
G’arbda kinofilmlar yoki teleko’rsatuvlarda qonli manzara bo’lsa, avvalidan ogohlantirib qo’yishadi. Chunki bu inson asabiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Uni aqldan ozdirishi, devona qilib qo’yishi hech gap emas.
Keyingi paytlarda internetdagi ba’zi video-yozuvlar avvalida ham “Asabi mustahkam bo’lmaganlar ko’rmasin” degan yozuvlar paydo bo’ldi. Bunday olganda bu ancha qiziq hol. Chunki insonning boshqaruv markazi juda o’jar bo’ladi. Sizni ”Qilma!” degan ishni qilishga zo’rlaydi. Chunki kim ham “Asabim bo’sh” deb aytadi. Shuni bilganlar ataylabdan “Asabi mustahkam bo’lmaganlar ko’rmasin” deb yozib qo’yishmoqdami, deb ham o’ylanib qolasan, kishi.
Lekin shunday video-yozuvlar ham paydo bo’lmoqdaki, ko’rib har qanday asabi butun odam ham uyqusini qochirmoqda.
1990 yilda O’sh voqealari paytida OMON guruhining rahbari bo’lgan general o’sha kunlarni eslaganda׃-Ko’chaning o’rtasida bir qizning jasadi bor edi. Uni zo’rlab, oyoqlarini ikki tomonga yirib, “yirtib” tashlashgan ekan. Yigitlarimdan bittasining “teppasi ketib qoldi”,-degandi.
“Tepasi ketib qoldi” degan iborani tushunasiz. “Aqldan ozdi” demoqchi. OMONga qanaqa odamlarni olishlarini ham bilasiz. Ham jismonan, ham ruhan baquvvat yigitning “tepasi ketib qolibdimi”, demak har qanday odam bunday manzara qarshisida tentak bo’lib qolish hech gap emas.
Saidjonning gaplarida vahimadan ham ko’proq tentak bo’lib qolish ohangi kuchlilik qilmoqda edi.
“Aka, hozir ana shu telefonni otib yuboraman! Shartta samoletga minib, Bishkekka boraman, qirg’izlarning hammasini bir boshdan qonga belayman!”
Bu gap uning“tepasi keta boshlagani”dan darak edi. Demak, u bilan “jangimiz” boshlanadi. Men uni tentak bo’lib qolishdan asrashga urinaman. U esa o’zi bilmay meni tentak qilishga intiladi. Bu juda yomon “jang”. Asabni egovlaydi. Ammo yaqin kishingizni qutqazish uchun asabni ham qurbon qilasiz. Saidjon menga yaqin kishiga aylangan. Mana to’rt yildirki, biror “masala” chiqqanda u bilan soatlab suhbatlashamiz, tortishamiz, dard-tashvishlarimizni baham ko’ramiz.
Qolaversa, hozir unga bir narsa deyishim kerak-ku, axir?! Men esa hali ham indamay turibman. Nihoyat o’zimni qo’lga olib׃-Agar yonimda bo’lganingizda boshimizni boshimizga urib yig’lar edik,-dedim men o’zimning ham holim unikidan yaxshi emasligini anglatgan bo’lib. U birdan gurillatib yig’lab yubordi. Buni kutmagandim. Ishim yana ham og’ir kechadiganga o’xshaydi.
Uning yaqinlariga bir narsa bo’lib qoldimi? Qanday so’rayman? Pahlavonday yigit hungrab yig’lab turibdi. Uning qulog’iga gap kiradimi, bunday paytda. Kutdim. Mening ham dilimdagi muz birdan erib ko’zim halqalandi. Sekin titroq tovush bilan׃-Uydagilardan xabar bormi,- dedim?
Telefonning naryog’ida birdan jimlik hukmron bo’ldi. Balki bir soniya, balki bir soat. Bunday paytda vaqt sizni aldaydi. Balki vaqtning o’zi ham sizning holingizga tushib qolib, nima qilayotganini bilmay qoladi. Vaqt jarlikka aylanadi.Tushib ketaverasiz, tushib ketaverasiz…Tubi ko’rinmaydi. Nafasingizni ham yutib yuboradi o’zingizga qo’shib.
Ancha sukunatdan keyin vaqt jarligining tubidan bir ovoz keldi.
“Telefonlar ishlamayati. Hech kimga tusha olmayapman. Aka nima qilay?”
Unga nima deyman? Shu damda uning savoliga menda javob yo’q. Lekin boyagi qarorim nima bo’ldi? Uni qutqazmoqchi edimku?! Yoki bilganingni qil deymanmi? Yo’q, uning shu damda tentak bo’lib qolmaslik uchun so’nggi chorasi bu menga qo’ng’iroq qilish bo’lgan. Demak, bir nima deyishim kerak.-Bunday paytda umidni uzmazlik va umidni yaratganga bog’lash kerak,-dedim men ancha jim qolgandan keyin.-Aka, umid qoldimi, hamma o’lib-qirilib ketmoqdaku?!-Hamma emas, vahima qilishmoqda, agar hamma o’ladigan bo’lsa, unda qiyomat kuni degani bo’ladi. Siz ham, men ham o’lishimiz kerak.-Axir videolarni ko’rayapman. Bu vahima emas, haqiqat!-O’sha videolarni ham kimdir olganmi, kimdir internetga qo’yganmi? Demak, suratga olish uchun imkoniyat bor, internetga kirish uchun imkoniyat bor. Demak, hali qiyomat emas. Mana men ham videolarni ko’rdim. Yuz ming odam O’zbekistonga o’tibdi. Yaqinlaringiz ham o’shalarning ichida bo’lishsa, tabiiyki bog’lana olmaysiz. Ular telefonlarni ham tashlab ketishgan bo’lishlari mumkin. Men hali biror joyda keksa onalar yoki keksa otalar o’ldirilgani haqidagi videoni ko’rmadim.
O’lay agar yolg’on gapirdim. Chunki bundan besh daqiqa oldin ko’rganim – video-tasmada G’ofir ota degan keksa kishi erda qonga bulanib “hiq-hiq” qilib yotgandi. Uning yonidan o’tib ketayotgan yoshlar xuddi o’q eb, dumalab yotgan quyonning bolasiga ajablanib qaragan kabi bir qiyo boqib, indamay o’tib ketishayotgandi. Faqat bittasining “Ha, G’ofur ota-ya” degani eshitilib qolgan. Lekin shu damda yolg’on gapirishim kerak edi.
Gapirishga gapirdimu, bu video-yozuvni u ham ko’rgan bo’lsa-chi?! Yo’q ko’rmagan. Chunki gaplarim unga ta’sir qila boshladi, shekilli, uning “gup-gup” nafas olishlari pasaygandek bo’ldi. Men uni yana ham sokinlashtirishga urindim׃-Bilasizmi Hitler nima qilgan?-Yo’q. Nima qilgan?-Urushdan oldin nemislarning jajji bolalarini o’g’irlatib, vahima solgan. “Chet ellik dushman o’g’irlamoqda va topamiz” deya baqir-chaqirlar qilgan. Keyin bolalarni bir chelga qator qilib o’tqazib, ruslardek kiyingan odamlarga ottirgan va suratlarni chop ettirgan, ko’paytirib uyma-uy tarqattirgan. Stalin ham shunga o’xshash usullarn qo’llagan. Hatto 1990 yillar boshida o’zbek va mesxeti turklarini ham shunday qilib urishtirishgan. Toshloqda bir yigitni o’ldirtirib, uning suratini tarqatishgan. Oxirida ma’lum bo’ldiki, hatto o’sha yigit o’zbek ham emas ekan. Lekin ish ishdan kechgandi. Shunga o’xshab bu video-yozuvlarning ham qaysisi haqiqiy va qaysisi soxta hali bilmaymiz.
Bu gaplarni aytishga aytdimu, lekin o’zim mutloq haqiqiy yozuvlarni ko’rganimni aytmadim. Hatto BMTning sun’iy yo’ldosh orqali olgan suratlarini ko’rganimni ham unga aytmadim. Chunki…

MUXTASAR MA’LUMOT
Oybek Mirsidiqov

1974 yilda tug’ilgan, o’zbek. “Qora Oybek” laqabi bilan mashhur bo’lgan.“Svoboda” radiosiga bergan suhbatida O’zbeklar jamoasining etakchisi Qodirjon Botirovni 2010 yilning 14 may voqealarini uyushtirganlikda aybladi. Unga ko’ra, “Qodirjon Botirov o’z tarafdorlarini to’plab, Bakievlarga qarshi chiqdi. U xalqning nomidan gapirmasin. Oilasi va bolalarini Dubayga olib borib qo’ygan. O’zi ham qochib ketadi. Lekin bu erda begunoh odamlarga jabr bo’ladi”.
Qodirjon Botirovning Bishkekda chiqadigan “Litsa” gazetasiga bergan suhbatidan׃”Prezident Bakievning ukasi Ahmad Bakiev “Qora Oybek” laqabli, xavfli jinoyatchi Oybek Mirsidiqovga homiylik qilmoqda. “Qora Oybek” kuchaytirilgan rejimdagi koloniyada o’tirgandi. Uni avval O’sh shahridagi tergov izolyatoriga, keyin Jaloloboddagi psixodispanserga, undan keyin urologiya kasalxonasiga o’tkazishdi. Bugun u shaharda yallo qilib yuribdi. Anavi “choynak” esa (viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Timirbaevga odamlar shunday laqab qo’yishgan) doimo “Qora Oybek”ning xizmatini qilib keladi.
Men bilan bitta mahallada yashagan ”Qora Oybek” bir necha bor qonunlarni buzgandi, lekin doim jazosiz qolib kelgandi. U bir militsionerni urib qo’ygandan keyin odamlar ko’rsatma berishdan qo’rqib turganda, mening aralashuvim bilan u 11 yilga qamalgandi.”
2010 yilning 6 iyundan 7 iyuniga o’tar kechasi Qirg’izistonning Jalolobod shahrida Oybek Mirsidiqov va u bilan birga bo’lgan 3 kishi noma’lum shaxslar tomonidan otib o’ldirildi.

JM

(DAVOMI BOR)

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: