Jahongir Mamatovga maktublar

turkiyada.jpgMAKTUBLARDAN QISQA SATRLAR

(Yangi maktublardan satrlar hafta oxirida qo’shib boriladi, maktublardagi asl hol saqlangani bois harfiy xatolari tuzatilmadi)

Mening uchun saroydan beriladigan “qop-qop” unvonlaru mansab-mukofotlardan ko’ra, oddiy o’quvchimning samimiyat bilan yozilgan ikki enlik maktubi qimmatliroqdir…
Mening uchun g’animlar yoxud saroyning topshirig’i bilan yoziladigan bo’htonlardan ko’ra, oddiy o’quvchimning bir jumlalik mulohazasi ta’sirliroqdir…
Jahongir Mamatov.

Thu, 06 Dec 2007 13:35:45 +0300

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!

…Sizning saytingizga ham har kuni kirib turaman.Kitoblaringizni ko’rib, qachon shularni

o’qiymanikin, deb niyat qilardim. Lekin, Bishkekda sharoit bo’lmaganidan, bir amallab, “Oqsaroy sirlarini” qog’ozga chiqarib o’qiganman.

Norvegiyaga kelib, kitoblaringizdan chiqarib o’qimoqchi bo’lib yurdim… Xullas, bu erdagi mulozimlarga tushuntirib, internetdagi o’z tilimda bor kitobni bosmaga chiqarishga yordam beringlar, uyda nima qilarimni bilmayapman, deya, kecha vanihoyat, “Karimovning kashfiyotlari”ni chiqarib oldim.

Bularga balli, qoyilman! 82 sahifani darrov chiqarib, papkaga tikib, kitob qilib berishdi. Kechki payt uyga kiriboq, o’qishga kirishdim. 50 sahifadan ortig’ini bir o’qishda o’qib qo’yibman. Soat kechasi 2 dan o’tib ketganini sezmabman. Keyin bir tomondan xursand bo’lsam, bir tomondan ga’lati bo’ldim. Xursandligim: mazza qilib, o’qishim.

 

G’alati bo’lganim esa, tezda o’qib qo’yganligim. Chunki, bugun kechki payt hammasini

o’qib tugatsam, keyin nima oqiyman,deb o’ylashim. Xuddi qiyinchilik bilan topilgan xazinani darrov tugatib qo’yishdek, qizg’onib o’qiyapman.

Sababi, menga bir martaga “print”dan chiqarishga ruxsqt berishgan edi, xolos.

Albatta, yaqinda o’zimninig imkoniyatim bo’laganida hamma asarlaringizni o’qib chiqish niyatim bor.

Jahongir aka, bu narsalarni batafsil yozishimning boisi shuki, men kabi yosh muholifatdagilarga Sizning asarlaringiz, SIYOSAT MAKTABIdan SABOQ bo’layotganligini, chin dilimdan aytishdir. Qani endi, shu asarlarni Vatanimizdagi xalqimiz ham o’qishsa. Ko’p tirajda bosmadan chiqib, odamlarda bo’lsa. Ishonchim komilki, bunday kunlar, albatta, keladi.

Balkim, ko’pi ketib ozi qolgandir, yana kim biladi…

Sizga samimiy, ezgu tilaklar izhor etib, hurmat bilan – Ulug’bek Bakirov.

06.12.2007.

 ----------------------------------------------------------------------------------

Wed, 2 Mar 2005 09:11:41 +0300

Assalomu alaykum Jahongir aka. AQSH hukumatining bizni “liderlar” haqida yozganlari haqidagi savolga bergan javobingizga qoyil qoldim. Buni uchun sizni tanqid qiladiganlar ham buladi.Parvo qilmaysiz. Karimovni yuziga tanqid qilganingizda ham sizga qarshi chiqishgandi. Bugun endi sizni haq edi deb turishibdi. Bu ham shunday buladi. Men ikki kun kutdim, Birlik mardlik qilib bu haqda xabar berdi. Lekin Uzbekiston haqida chiqqan hamma xabarlarni tuplab, kopiya qilib web qilayotgan Muhammad Solihlar Inson huquqlari haqidagi bu hisobotni manz uch kun sahifasiga quymadi. Bu ham siz haq ekanligingizni kursatdi.
Sizga kuch quvvat tilab Zafarbek.
————————————————————————-
Wed, 2 Mar 2005 07:32:49 -0800 (PST)

Assalomu aleykum. “Turonzamin”jurnalini k’orib chiqdim rahmat.Endi hormang, charchamasdan ishlar bilan.Menimcha bu katta mehnat va jasorat shuncha ishlarni yelkaningizga olgansiz. Umid qilamanki diktatura ildizlarini asta sekin arralab borayapsiz.Nizomiddin.
————————————————————————
Wed, 02 Mar 2005 06:27:18 +0300

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!
Savol-javoblarda “LAK” degan asaringiz haqida o`qib qoldim.
Birinchidan, LAK nima degani, tushunmadim. Ikkinchidan, lotinda umuman o`qiyolmayapman. Uning kirildagi nushasi yo`qmi? Yo faqat lotinda yozganmisiz? Asar mundarijasi juda qiziqtirib qo`ydi. O`zim tilga olingan joylarni o`qidim, lekin chalkashliklar ko`p. Kitobimda bu voqealarga oydinlik kiritganman. Yaqinda o`qiysiz. Kengroq kitobhonlar ommasi o`qishi uchun, nazarimda, “LAK”ni kirilga almashtirish kerak. Hullas, tarih, bizga yoqadimi – yo`qmi, bor bo`y-basti bilan halqqa oshkor etilishi kerak. Men shu ma`noda Sizning qilayotgan hayrli ishlaringizni qo`llab quvvatlayman. Faqat bizning burchimiz – uni holis va adolat mezonida turib halqqa etkazishdan iborat. Men masalan o`z kitobimda shunga amal qilishga intilganman. Nechog`lik uddalaganim – bu endi o`quvchiga havola.
Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev.
———————————————————————-
Tue, 01 Mar 2005 20:02:48 +0300

Salom Jahongir.
Savol Javoblardan tuzilgan ajoyib kitobingizni o’qib mazza qildim. Rahmat sizga. Bugun Yusuf Juma o’z o’g’li Alisher bilan “Oyna” degan internet gazeata chiqara boshlabdi. Uni ham o’qib mazza qildim. Tolib Yoqubov.
—————————————————————————-
Xat kirilda
Mon, 28 Feb 2005 20:54:03 -0800 (PST)

Ассаломуалайкум Жахонгир ака!
Нима булганда хам халкимиз учун, айникса ёшларимиз учун маколаларимизни узбек тилида ёзиб етказиш йулларини изламогимиз керак. Шу йулда Сиз нашр этаётган Туронзамин журналингиз муносиб хисса булиб кушилади. Бунинг учун Сизга рахмат. Сизларнинг бундай ишларингиз жадидчи ота-боболаримиз 19-аср охири – 20-аср бошларидаги кахрамонона фаолиятини эслатади.
Энг яхши тилаклар билан Шухрат Ахмаджонов.
2005 йил 1 март. Тошкент шахри.
——————————————————————————————————–
Mon, 28 Feb 2005 02:17:40 +0300

Assalomu alaykum Jahongir aka!
Turli-tuman shuncha savollarga javob yozaolganingizga qoyil qolish kerak. Ularni to`plab yaxshi qilayapsiz. Bir kun kelib yurtga qaytsak (ilohim shunday bo`lsin) haqiqiy shov-shuvga sabab bo`ladi bu yozuvlar. Faqat yozganlaringiz samimiy va tabiiy bo`lsa, haqiqat me`zonida turib yozilsa, o`quvchilaringiz yanada ko`payadi.
Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev
———————————————————————
Tue, 22 Feb 2005 22:42:46 +0300

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!
Radioto`lqinlarda yaxshi gaplashdik.
Suhbat avvalida men bir oz sarosimada bo`ldim, shekilli. Lekin Siz baribir bizdan ustunlik qildingiz. Javoblaringiz puhta, qisqa, lo`nda bo`ldi. Men bir oz aylantirishga majbur bo`ldim. Keskin va to`g`ri savol qarshisida bir oz sarosimaga ham tushdim… Hullas, bu gal uloq sizda ketdi, tan olish kerak. Lekin, baribir birgalashib chiqqanimiz va men Sizni ehtirom bilan eslab turganim yaxshi bo`ldi. Bu bilan qaysidir ma`noda oldingizda hijolat chekayatganimni tinglovchilar tushunishgan bo`lsa, menga kifoya. Men shuni istagan edim…
Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev.
————————————————————————–
Sat, 19 Feb 2005 10:48:42 -0800 (PST)

“Xalqim” deganlar va “Halqum” deganlar..(Kirilda yozilgan maktub)

——————————————————————————————————–
Fri, 18 Feb 2005 19:01:04 +0300

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!
“Savol-javoblar”… Bu “Rubrika”ni ochib yaxshi qilgansiz… Rustam Shog`ulomov obrazini (liftda) yaxshi, ishonarli qilib beribsiz. Shuning uchun ham Sizga hat yozgim keldi. Hurmat va ehtirom bilan Ismat Hushev.
———————————————————
Wed, 16 Feb 2005 04:53:46 -0800 (PST)

Salomlar uzoqdagilarga 🙂
uncha ahamiyatli bolamsa ham bir toshkent kochalari haqida..
mana bir haftadan oshdiki toshkent kochalari kech tushishi bilan zimistonga aylanadi.
-“nozos kochalarda mashina qildiraklari ozi tez ishdan chiqardi svet yoqligi uchun endi undan ham battar boldi” deydi ahmadjon aka deb tanishtirgan haydovchi.
-“sababini bilmaysizmi?” deb sorayman ahmadjon akadan
-ee qaydam, aytishlaricha davlat qarz bolib qolganmiz ?
Davlat qarz bolib qolgan… kimdan ahir elektr energiyasini boshqa davlatdan sotib olmaymizku ? Yurtimiz mustaqil nahot davlat davlatdan qarz bolib qolgan bolsa ?
lekin voqea esa aslida bunday “Toshshaharnur” korhonasi “GORPES” shahar elektr stansiyasidan 1 miliarddan ziyod qarz bolganligi uchun kocha chiroqlarini ochirib har bir yumanda ornatilgan kocha chiroqlarini yoqish qutilarini muhrlab ishni esa respublika prokuraturasiga topshirgan. ikk ihukumat tashkiloti ortasidagi kelishmovchilik qancha davom etadi bu mavhum lekin bir narsa aniq bundan oddiy halq jabr chekadi.
odamlarni kochlarda kech yurishga qorqishlari , og’rilik , bezorilik kuchayishi, avtohalokat hodisalari kopayishini taminlagan bu siyosay yana bir bor davlatni notog’ri siyosat olib borayotganidan dalolat beradi
najmiddin aka deb ozini tanishtirgan taksi haydovchisini aytishicha, agar kocha chiroqlarini ochirib qoyish foyda bermasa yaqin kelajakda hukumat honadon chiroqlarini kechasi 1 dan ertalab 5 gacha ochirishni rejalashtirayotgan ekan. Bun qanchalik haqiqatga mos malumot bilmadikku lekin bolib otayotgan hodisalardan keyin hukumatni bunga ham qodir ekanligiga shubha yoq.
bu kabi vaziyatlar cheka tuman va qishloqlarda 3 4 yildan beri mavjudligi hech kimga sir emas elektr energiyasini tejash rokach qilinib kunning bazi paytlarida chiroqlar 4 5 soatlab ochirib qoyiladi
endi esa navbat toshkent kochalariga ham yetib keldi.
albatta dunyoni suv bossa… degan ozbek maqoli bor bu doim yollari charog’on bolgan mamlakat presidentini hayoliga ham kelmasa kerak chunki toshkentda, halq orasida “Prsidentskiy trassa” deb ataladigan yolda chiroqlar charog’on bolib yolni yoritib turibdi. vaziyat qanday bolishini vaqt korsatadi.Lekin shu “vaqt” korsatadigan vaqat orasida oddiy halq vakili uchun nohush vaziyatlar paydo bolishi mumkin ki, keyin hatto minglab chiroqlar yoqilsa ham ko’ngli yorishmaydigan boladi.. kech boladi…
Shunaqa gaplar Jahongir aka, vatan endi kechasi qabriston…. oz bag’riga bizga ohshah minglab millionlab tirik murdalarni olgan qabriston…Abdivohid.
——————————————————————————————————-

Mon, 07 Feb 2005 12:21:16 +0300

Assalomu alaykum. savol-javoblar juda ham qizib bormoqda. Manimcha savol-javoblarni Karimov uqib turganini aytib quyganingiz uquvchilarni chuchitib quymadimi? Endi xat yozadiganlar ham kamayib ketsa kerak. Biz ola ipdan ham qurqamizda.Chunki Karimov desa joni chiqadiganday qurqib ketamiz. Otimizni bashqa yozib adresni ham bashqa quysak ham baribir Karimov degan gapdan Azroildan qurqanday qurqamiz. Mana shu qurquvni yengib yuborish uchun bu xatni yozdim. Iltimos faqat otim va adresimni quymang, uzimni uylamayman, ota-onamni, ukalarimni ham uylashim kerak. Rahmat
———————————————————————————————-

Sun, 06 Feb 2005 23:28:40 +0100

Assalomu alaykum Jahongir aka, ishlaringiz va sog’liqlaringiz joyidami? Sizni sahifangizda yaniy “lashkar” bo’limida Abduvali Qori Mirzayev haqida yozgan ekansiz,u inson haqida shunday fikrlar yozilgan e’kan, Yaniy radikal qarashdagi dindor deb,agar shunday imkoniyat tug’ilsa, O’zbekiston sharoyitda u insonga ham va sizga ham imkon berildi,Yaniy Abduvali Qori Mirzayev islom haqida ma’ruza qilsa, siz bo’lsangiz Demokratiya haqida ma’ruza qilsangiz, O’zbekistondagi halq kimni ko’proq tinglaydi,va kimga e’rgashadi? “Farruh Dadaboyev” talaba@operamail.com
———————————————————————————————————

Sun, 06 Feb 2005 15:55:42 -0500

Siz mening ikki yillik qadrdon hamkasbimsiz. Men siz haqingizda hech kimga, hech qachon bekor gaplarni aytmagan bo’lardim, aytmaganman va aytmayman. Sizga doimo ochiq gapirgan odamman. Qanchalik bahslashmaylik…baribir, siz men uchun ishxonadagi eng ishonchli, samimiy va beqiyos inson edingiz…Siz bilan har qanday mavzuda gaplasha olishim, har narsani bemalol so’rashim va sizga ko’nglimdagini bemalol aytishim mumkinligini bilardim. Siz menga nafaqat kasbiy, balki hayotiy saboqlarni bergan ustozsiz. Bu haqda sizga avval ham aytganman. Kelajakda ham, nima bo’lishidan qat’iy nazar, bu borada qayd etishda davom etaman
“Navbahor Imamova” nimamova@voanews.com

——————————————————————————————————————–

Fri, 4 Feb 2005 10:13:27 -0800 (PST)

Assalomu alaykum, Jahongir aka, bilaman siz mendan yoshroqsiz, lekin “aka” dedim. Chunki men hurmat qilgan odamlarimni “aka” deyman. Sizni doim kambag’allar tomonida edi, yo’qotib yuborishdi, degan gaplarni eshitganman. Kegin “Amerika ovozi” radiosini radio qildi, Karimoni qaltiratib qo’ydi, o’lik radioni tiriltirdi degan gaplarni eshitdim. Kegin siz haqingizda eshitmay qoldim. Yaqindan boshlab qo’shni bir davlatdagi oliygohda ishlayapman. Internetda saytingizni topib oldim. Qoyil qoldim. O’sha jasur va mard Jahongir.
Ayniqsa menda Savolu Javoblar bo’limi juda katta ta’ssurot qoldirmqoda. Bir vaqtlar mashxur bir qorining juma kungi suhbatiga borar edim.
Hamma unga savol yozib, javob so’rar edilar. U “Tuzum masalasiga kirmaymiz”, “Hukumat masalasiga kirmaymiz”, “Mazhablar masalasiga kirmaymiz”, ‘Aniq odamlar masalasiga kirmaymiz” deyaverib savollarni bir chetga tashlab yuboraverardi va ohirida bitta yoki ikkita hadis haqidagi savolga javob berib suhbatni bitirardi.
Bugungi va kelajakdagi liderlar sizdan o’rganishlari kerak. Odamlarning har qanday savollariga hamma ham ochiq javob bera olmaydi. Bunga jasorat kerak. Men juda ko’p taniqli odamlarga, muholifatdagilarga hatlar yozdim. Hattoki oldik deb ham javob berishmadilar. Savollarim yoqmagan bo’lishi mumkin.
Lekin lider bo’lsangizlar javob berishingiz kerak. Bulmasa sizlar ham demokrat emas, yurtboshimizga uhshagan hatlarga, savollarga javob bermaydigan odamsiz degim keldi.
Sizga rahmat, katta maktab yaratdingiz, odamlarda savollariga javob olishlari mumkinligi haqida ishonch paydo qildingiz.
Iltimos, shu hatimni hatolarini tuzatib, lotinchada yozishni endi o’rganganim uchun, sahifangizga qo’ysangiz….
Cheksiz rahmat aytib Do’st
——————————————————————————————————–

Fri, 4 Feb 2005 19:18:36 +0300 (MSK)

Sizni saytingizga tez tez kirib turaman. Lekin birnarsa deb huloso chiqara olmayman. Men siyosatchi emasman lekin siyosatga juda yahshi tushunaman. Men sizni elas eslay olaman. Esimda Dadajon Yoqubuv bilan
birgalikda bazi kursatuvlaringizni tomosha qilganim…
Lekin man bir narsaga tushunmayman. Nima uchun shoir yoki faylasuf kishilar hamma vaqt siyosatga boshqa tomondan kirib keladi? O’sha paytda kup narsalar hayolimdan utadi. Balkim faylasuf kishilar halqni dardini hamma kabi bir hil tushinadilar lekin ularning suz boyligi kupligi sabablik “shoshib” quygandek nazarimda.
Sizni , man juda hohlardim Uzbekistionda faoliyat kursatishingizni qanaqa jabhada bulsa ham. Lekin siz iqtisodchi emasizku iqtisodni boshqargani?! Yoki sizda boshqa bir “kuch” bormi?!
Man bir ikita muholifat web saytlarga kirib turaman. Go’yoki web sayt “hujayinlari” aqilli va dono kishilar. Lekin internetda e’lon qiladigan habarlari juda ham zerikarli. Ba’zan hotinlar g’iybatiga uhshab ketadi.
Nima uchun faqat Islomni pesh qilib, faqat diniy habarlar. Ahir Uzbekistonning hozirgi siyosatida kamchiliklar juda kup bilamiz lekin bazi yahshi ishlar ham amalga oshirilmoqdaku!? Nima uchun faqat yomonlashadi?! Oq yoki qora rangda tasvirlashadi, qani tahlil!? Menimcha tahlil qilsalar yahshi bulardi…
Men siyosatimiz juda yahshi demoqchi emasmam, lekin muholifat kuchlar hali tula tukis shakillanmagan nazarimda.
Siz ajoyib insonsiz. Sizga hudodan sog’lik va sabr tilayman.

Zafar
————————————————————————————————————-

Sun, 23 Jan 2005 23:50:13 -0800 (PST)

Assalomu alykum Jahongir aka!.
Veb sahifangiz ancha rivojlanibdi, o’zbek radiosi degan bolimi ham juda yoqdi, lekin borgan sari qiyinlashib ketayapti, bir kuni internet kafeda o’tirsam, savol javobni oqib, egasi block qo’yib komputerga va yonimga kelib siyosiy sahifalarga klirish mumkin emas, deb qo’rqitmoqchi bo’ldi. Go’yoki uni aytishi b’oyicha taqiqlanganmish, man urishib kettim u bilan va uni man nima oqiyotganimi tekshirishgha haqi yo’qligini aytib chiqib kettim, rosa dilim og’ridi, qattegi bitta internet egasi ham “taqiqlangan ” saytlarga kirma, deb buyruq bersa …
Hurmat bilav Vohidjon.
———————————————————————————————————————–
Sun, 2 Jan 2005 07:49:43 -0800 (PST)

Assalomu alaykum Jahongir aka yana bir bor yangi yil bilan tabriklayman.
Sizni saytingizni savol-javov qismida kimdir Xayrulla Nuriddinovni tilga olibdi ,bu kimsani davlatning televediniyasidagi tuti qushiga uxshataman keyin yoshlarni tushlardagi orzularga etaklovchi xoin deb,uylayman.
Bir misol (bu kimsa haqida uzim boshimdan utkazgan misollar kup)meni bir dustim aytib berdi.
Bu inson davlatga yaxshi kurinish uchun BUNYODKOR yoshlar kulibini tuzdilar yoshlar katta umid bilan yangi g’oyalarni yaxshi ilg’or fikirlarni eshitamiz degan niyatda borishgan .Shularning ichida meni dustim xam bulgan. Borishsa yana usha davlatni ulug’lash va shunga uxshagan tashfiqotlar yurg’uzilgan .
Ushanday kunlarning birida meni dustim Savol bergan: Xayrulla aka bizni xayotimizda ,davlatimizda, jamiyatimizda tanqidiy masalalar yuqmi shular xaqida fikir yuritsak ularni tuzatish xaqida tortushuvlar qilsak deganida Xayrulla Nuriddinov:
-Bizni davlatimiz tanqidiy chiqishlarga tayor emas u hali yosh rivojlanish jarayonida qachon rivojlangan davlatlar qatoriga qushilgandan keyin,- deb javob bergan ekan, shunda meni dustim:
-Davlatimiz soliqlarni undirish borasida va uziga tegishli(garchi u ishlamasa xam) qonunlarni qabul qilish borasida jahon standartlariga jovob berishi xaqida qayg’uradiku nimaga asta sekinlik bilan demaydi bu borada -deb bu yoshlar kulubini tark etgan ekan.
Men xursand bulganim yoshlarni ming aldasin baribir uz fikriga ega bulgan yoshlarimiz bor, ular kupaymoqda. Kimlardir xayotning achig’idan (men xam) xalqimiz quy deydilar Yuq xalqimiz sabr toqatli. Bizni qonimizda Axmat Yassaviy , Imom Buxoriyga uxshagan ulug’ insonlar qoni bor ular yaratganning suygan bandalari bulishgan, Alloh sabrlilarni yaxshi kurgan ekan. Lekin xamma narsani chegarasi bor, bu dunyoni xam.
Biz yoshlar ilg’or fikrli insonlarga qushilib uz chiqishimizno davom etirishimiz kerak, bu asta sekinlik bilan uz mevasini beradi deb umid qilaman.
Xammaga yangi 2005 yilda omadlar tilab qolaman!!! Akram…
————————————————————————————————————

Sun, 26 Dec 2004 02:48:32 +0300

Assalomu alaykum Jahongir aka!

Nimadan boshlashni ham bilmayman. Men iqtisodchiman, hali talabaman,
yoshman. Mavjud dunyoqarashimu fikrlash doiramni sizning ijodingiz
mahsullari, aniqroq aytilsa boshdan kechirganlaringiz umuman o’zgartirip
yubordi. Sizdek sheryurak demokrat bu qizg’unlarni dodini bera olmabtimi,
demak, bular katta kuch! Meni bir fakt judo hayron qoldiradi, Islom
Abdug’anievich mavjud kamchiliklarni yashirishga urinib vaziyatni yanada
tahlikali ko’rinishga olip kelayotganini nahotki tushunishmasalar?
Yig’ilgan boyliklaru, harom mol dunyo kimga vafo qilgan? Halqni sabrini
o’lchashga qaror qilishganmi? Tushunarsiz…

Hozir Shavkat Mirziyoyev yoki Erkin Halilov o’rnida sizning nomingiz
bo’lishi mumkin edi. U holda men va menga o’hshagan hozircha faqat
tomoshabinlar bilan elektron pochta orqali fikrlaship ham o’tirmas edingiz.
Umuman Jahongir Muhammad degan Jaloliddindek qahramon ham yuzaga kelmas
edi. Ho’sh, sizni bu harakatga undagan ichki olov ularda yo’qmi? Yoki
sizning ”olov”ingizni sotip ola olishmaganmi? Bunga pullari yetmaganmi?
O’zi kishining ”narhi” mavjudmi? Sizni ham ”rozi” qilish mumkinmidi?
Yiroqda unga qarshi kurashgandan o’z hizmatida bo’lishingiz uning uchun
manfaatliroqmasmidi? Sizni nima majbur qildi? Ularda shu “nimadir”
mavjudmi, yoqmi? Mamlakatni shu ahvolga olib kelib, “ohirgi to’rt besh yil
ichida mamlakat iqtisodiyotida misli ko’rilmagan o’sish kuzatildi” deya
bayonot berish kimga kerak? Jahon Valyuta Jamg’armasigami, Evropa
Tiklanish va Taraqqiyot Bankigami? Ularni o’z ahborot manbaa’lari
mavjudligini bayonotni e’lon qiluvchi bilmaydimi? Buning uchun aql kerakmi? Yoki
“mamlakat iqtisodiyoti” so’zi “mansabdorlarning shahsiy boyliklari”
so’zi bilan almashtirip yuborilganmi? Tushunarsiz…

Ko’rinib turibtiki, ba’zi bir muholifatchilar bilan taqqoslaganda siz
ancha jiddiy “donasiz”. Agar havfni bartaraf qilish maqsadida “yo’q
qilish” harakati boshlansa, siz ro’yhat boshida bo’lishingiz aniq. Ammo
emishki, “uning boshi falon kronaga baholanmish”. Yolg’on imidjdan kimga
foyda? Senariy boshidan ohirigacha kim tomonidan sahnalashtirilganiyu,
kimning asariligi ko’rinib turiptiku. Shunday muholifatlarimizni,
ularning garchi mamlakatdan quvg’inda bo’lsada hamjihat emasliklarini ko’rgan
jahon jamoatchiligi ”o’zbeklar diktaturaga moyil, aks holda milliy
nizolarni hal qilip berishdan boshimiz chiqmaydi” degan hulosaga
kelishmaydi? Manfaatlar birlashganda ham kishilar birlashmasligi mantiqsiz
holdir, hatto ”o’rmon qonuni” da agar vaziyat og’irlaship ochlik boshlansa
shoqollar ham kattaroq o’ljalarga birga hujum qiliship, uni ovlamaguncha
bir birlariga pand bermaydilar, aksincha hamma baholi qudrat ovga hissa
qo’shadi. Fikrimcha muholifatimiz oldin ”monopol” bo’lib olip keyin,
hukumatga qarshi kurashmoqchi. Birinchi kurashda asosiy kuch yo’qotilsa,
ikkinchi, hal qiluvchi kurashdan nima kutamiz? Bu ham tushunarsiz…

”Evil is when good people do nothing” epigrofi bilan boshlanadi Adolf
Hitler hayoti haqidagi badiiy film. Biz ham hozir olamda muqobili mavjud
bo’lmagan diktator yaratdik, bu o’z o’zidan bo’lmagani hech kimga sir
emas. Nahotki hokimyat tepasida unga ta’sir o’tkaza olgan kishi
bo’lmagan? Nahotki shunday “qobilyatlilarni” yo’q qilishdan boshlangan bo’lsa
ish? Buni bila turib ham unga hizmat qilishga hozirlar mavjudmi?
Manqurtlardan iborat boshqaruv tizimi istiqbolini ko’ra olish uchun munajjim
bo’lish shartmi? Qachongacha shu zaylda davom qildirishmoqci?
Tushunarsiz…

Men sizga ochiqdan ochiq hat yozishga qo’rqaman. Bu sizga
ishonmasligimni bildirmaydi! Ahir siz meni Islom Abdug’aniyevichga “sotib” nima
foyda topasiz? Men o’zimdan o’zim qo’rqaman! Faqatgina O’zbeklarda mavjud
“devorning ham qulog’i bor” kabi maqollar ushbu doimiy ishonchsizligimiz
mentalitetimizga tarihdan merosligini yaqqol namoyish etadi. Ho’sh men
kimdan qo’rqaman? Biz kimdan qo’rqamiz? Nega birlaship bu qo’rquvni daf
eta olmaymiz? Bizga bu ishni kim qilip beradi? Keyin biz o’shaning
hizmatini qilamizmi? Bu qachongacha davom etadi? Tushunarsiz…

Vaqt ajratib, fikirlarimizga javob berayotganligingiz uchun katta
rahmat. Ishonamanki, bu harakatlar albatta o’z natijasini beradi.
Barchamizga Olloh madadkor bo’lsin!
——————————————————————————————————-
Sat, 25 Dec 2004 01:50:32 -0800 (PST)

Anchadan beri hat-xabarlashmaganimizga o’zim bir hol ahvol soray dedim va shu bahona kelayotgan yangi yil bayrami bilan ham qutlamoqchiman bu yili oylagan orzularingizga yetishish nasib qilsin oilangizga va ozingizga sog’liq va omonlik tilayman
Bizda hammais o’sha o’sha…
Xavfsizlik sababli Sovbez tashkiloti yangi yil bayramlarini hammasini taqiqlagan, hech qanaqa konsert va bayram namoishlari mumkin emas emish hatto bolalar orziqib kutadiga utrenniklarni ham yoq qilib bog’cha yaslilarga qo’yilgan archalarni oldirib tashlagan hukumat odamlari…
Odamlarda saylash ga qiziqish umuman yoq ba’zilar hatto mahallalari bilan kelishib olib saylovga chiqmaslikka qaror qilishgan a bu esa saylov jarayoniga halal beradi deb oylamayman baribir kazzoblar qonhorlar oz maqsadlariga yetib bolganlarkuu … (Vodiylik)
——————————————————————————————————————–
Thu, 23 Dec 2004 20:22:46 +0300

Men O’zbek siyosiy tizimining asosli tanqidchilari deb Craig Murray va Janongir Mamatovni tan olaman! Qolganlar yo shu tizimdan manfaatdorligi tufayli uni “silab” tanqid qilishadi, yoinki asossiz vajlaru, yosh bolaga hos yig’loqilik bilan jahon jamoatchiligi oldida befoyda bong urishadi. uzbek@nm.ru
——————————————————————————————————
Fri, 17 Dec 2004 18:13:44 +0300

Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!
Bilasizmi Jahongir aka. Men Siz uchun Norvegiya yoki Germaniyaga ham borib kelishga tayyorman. Men muxolifat liderlarini bir bo`lib, jipslashishini orzu qilaman. Siz tom ma`noda lidersiz.Yozganlaringiz Sizga shunday huquq beradi.
Sizga hurmat va ehtiron bilan Ismat KHUSHEV.

Tue, 14 Dec 2004 23:15:12 +0300

Sizga yozgan so`nggi maktubdan to hozirgacha “Quvg`in” romanining
birinchi va ikkinchi kitoblarini o`qib tugatdim. Demak ilgari parcha
o`qigan ekanman, xolos. Endi to`laligicha, xotirjam va batafsil o`qib
chiqdim. Muhammad Solihdan boshqa deyarli hamma obrazlarni hayotda qanday bo`lsalar xuddi o`shanday qilib, juda katta mahorat va salohiyat bilan ta`rif-u, tavsif etganingizga qoyil qoldim.
Karimovni, podsholikning sir-u asrorlarini, saroy o`yinlarini men yaxsh bilaman deb yursam, Siz mengan ham yaxshiroq bilar ekansiz. Uning jilovlanmas hatti-harakati, gap-so`zi va fikr-u o`ylarini shu qadar mahorat bilan ochib beribsizki, Sizni iste`dodli yozuvchi sifatida tan olmoq va qoyil qolmoqdan o`zga iloj yo`q.
Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat KHUSHEV

Mon, 13 Dec 2004 08:08:02 +0300

Saytingizdagi “To`ronzamin faryodlari” ga hali kirmagan edim. Hazin
kuylar ohangidagi betakror she`rlaringizni tinglab, juda ezildim.
Evril To`ron, Shovruq Jahon, Emil Usmonlar bois yuragimda bosh ko`targan o`ksik vijdonlar uchun rahmat Sizga.
“Men Boymirza, Olmon elda o`lib qolaman” degan o`lmas satrlarni tinglab, o`ksib-o`ksib yig`lagim keldi. Men 2000 yil bosh muharrir sifatida rasmiy safar bilan Olmoniyaga borganimda u kishini ziyorat qilgan edim. Shunda Boymirza aka “Meh Karimovga hech yomonlik qilnagan edim, lekin yurtga qo`ymayapdi, men endi qarrib qoldim, yot ellarda o`lgim kelmayapdi, umr bo`yi yiqqan kitoblarimni endi Turkiyaga jo`natayapman” deb aytgan edilar…
Sizga hurmat va ehtirom bilan Ismat KHUSHEV.
——————————————————————————————————–

Wed, 15 Dec 2004 18:49:27 -0800 (PST)

Sizni hurmat qilaman(Ko’z tegmasin)

Assalomu Alaykum Jahongir aka qandaysiz ishlaringiz ,sog’liklaringiz yaxshimi…
Meni kechirasiz sizga ancha paytdan buyon xat yozmay qo’ydim aka ,siz xafa bo’lib qoldingizmikan deb ham o’yladim…meni xatim uchun arzimas vaqtingizni ajratib javob beribsiz…hozir qarasam sizxdan xat kelibdi xursand bo’ldim…
Jahongir aka maqtashni yamon ko’raman…men nima ni va kimni maqtasam teskarisi bo’ladi…(ko’zim bormi deyman…yana bilmadim…).Kimni maqtasangiz u kishi sizdan yana maqtov so’zlarni kuta boshlaydi qarabsizki uni shundaqa maqtashni xush ko’radigan kishiga aylantirib qo’ygan bo’lamiz…Kattani ham boshida shunday qilib qo’ydik choqi o’zimizda ham ayb katta …Lekin o’zini Ollohni ojiz bandasi deb bilgan kishi maqtashni to’g’ri qabul qiladi…Shu uchun sizga bir ikki yaxshi so’zlar aytsam aka arziydi…
Men shu paytgacha Ko’p muxolifat vakillariga Birlik va ERK a’zolariga rahbariyatlariga ko’p maktublar yozdim lekin ulardan biron marta ham javob olmadim shundan bir qarang bular xalqni qanchalik huramat qilishadi…Men sizga yozgan xatlarini har biriga javobolganmman( ko’z tegmasin…) hech bo’lmasa bir qator bo’lsa ham …Shu uchun aka sizni huramat qilaman Ilohim Insoniyligingizga ko’z tegmasin Bu o’zlarini muxolifat …xalqni yamon kunlardan qutqaraman deb yurganlar oldin xalqni hurmat qilishni o’rgansin…Bunday muxolifatni xalq qanday qo’llab quvvatlasin aka…
Men sizga ancha payt uzilishlardan kegin ham xat yozsam meni esladingiz aka bu ham menga va Xalqimizga bo’lgan munosabatingiz ,etiboringizdan darak beradi aka Ilohim ko’z tegmasin…
Raxamat aka .
Sizni Yangi yilni nomlanishi haqidagi latifangizni o’qib maza qildim . “Joying Jannatda bo’lsin yili” shu joyi menga juda yoqdi…Ijodingizga Ollohni o’zi barka bersin…Niyatlaringizga erishing aka Bir ikki muxolifat vakillari ham sizdan o’rnak olsin…
Xayr Jahongir aka.
…ZIDAN
—————————————————————————————————————————
Sun, 17 Oct 2004 04:08:49 -0700 (PDT)

Assalom Alaykum Jahongir aka
Men chet elda edim, sahifangizni ukib boraman, vatanga kelishim bilan maktub yozmoqchi edim shahsiy va atrofdagi muamolarim bilan oralashib qoldim. Chet elliklarda kultur shok degan narsa borku osha qaytib kelganda ham bolarkan.
Bu yerda odamlarni munosabati hayotdagi qiziqish faqat bugungi kunnni otishi bilan bog’lanib qolgan ekan holos.
Oldin sezilmaydigan mayda mayda illatlar (balkim bu kimgadir fazilatdir)odamni depperesiyaga solarkan , yoq yoq aslo afsusdaligimni bildirmoqchi emasman oilam Qaligimni korib hursandman ular ham bahtiyor lekin bilasmi baribir men huddi be yerga tegishmaydigandek his qilishni boshlagandekman. Shahsiy muammolarim ham boshimdan oshdi.
O’qishga kirdim. Fakultetimiz dekani oldingi kasbi bozorda mol sotish bolganining uzi hamma narsani aytib beradi.Hamma porahor igvogar giybatchi bob ketibdi … aytsam tilim aytmasam dilim qabilidagi ishlar.
Bu yog’dan toyim kuni aniqlashgan nasib qilsa Dekabr ohirlarida qilmoqchimiz yashashga esa uy yoq menda, shuni oylab kecha kunduz boshim qotadi, oz uyim yoq. Qalligim tushunadi lekin ota onalarini dod voylari yurakni ezadi. Ota onam ortahol odamlar. Jaaa unaqa pulimiz ham yoq ..
Ha. qiziq aka odam be yerda hattto boshqa mamlakatlarda oylashga ham arzimaydigan muamolar bilan siqiliarkan. asosiy hayot mamot javobi bolarkan oddiy hal qilsa boladigan narsalar shu mayda chuydalar bilan ovora bolib asosiy maqsadga bolgan kuch qolmas ekan hali bu yerda toy qilishni ham ozi …..
Vatandan salom. Bu yerda doim duolardasiz
Ukangiz H.
———————————————————————————————————————-
Mon, 30 Aug 2004 09:51:40 -0700 (PDT)
Assalomu alaykum, Jahongir aka!
Ishlaringiz yaxshimi?.
Jahongir aka, sizni mustaqillik bayrami bilan
tabriklayman. Hammamizga muborak bo’lsin bu bayram.
Aslini olganda, mustaqillik uchun kurashgan o’zbekning
siz kabi asl farzandlari quvg’inda, o’zga yurtlarda
yurishibdi-yu, mustaqillikka qarshi bo’lgan “daho”lar
hozirda millat qahramoniga aylanib o’tiribdi. Bundanam
ortiq adolatsizlik bo’larmikin dunyoda? Yaxshi
bilasiz, mustaqillik bo’lsa ochimizdan o’lamiz
deganlar bugun mustaqillik me’mori deb ta’riflanyapti.
Mayli, bir kun kelib asl tarix hammaga ma’lum
qilinadi. O’shanda kim aslida kimligi oydinlashadi,
xudo xohlasa.
Aslida mustaqillik bayrami
20-iyunda bo’lishi kerak. Siz kabi insonlarning
harakati bilan ishlab chiqilgan “Mustaqillik
deklaratsiyasi”ga bugun boshqa odamlar muallif bo’lib
o’tiribdi. Buyam adolatsizliklardan biri. Qizig’i
shundaki, negadir 20-iyun bayram qilinmayapti
O’zbekistonda. Balki vaqti kelib shu kun ham bayram
sifatida nishonlanar. Aslida mustaqillik tug’ilgan kun
20-iyunligini xalqimiz keyinchalik anglab yetar.
Hammasini vaqt ko’rsatadi.
Hozir O’zbekistonda mustaqillik bayrami keng
nishonlanyapti. Hamma xursand. Lekin Toshkentda bayram
kunlari portlash bo’lib qolishi mumkin degan juda
kuchli xavotir bor. Harqalay, xavfsizlik choralari
ancha kuchaytirilgan. Ishqilib, bayramlar tinch
o’tsin.
Bu yerda afsuski, saytni ochish yanayam qiyinlashib ketyapti.
Aynan “Savol-javob” rukni ko’p joylarda ochilmayapti.
Hechqisi yo’q, baribir ochib o’qiyapmiz.
Aytgancha, yaqinda Amerikadan “Turkiston-Amerika”
Assotsiatsiyasi rahbari Abdulla Xo’ja boshchiligida
bir guruh o’zbeklar Toshkentga kelishgani haqida yozishdi. Asli
farg’onaliklar ekan. Amerikadagi o’zbeklar hayoti
haqida gapirib berishibdi. O’zbekiston xorijiy
mamalakatlar bilan do’stlik jamiyatlari Kengashi
tomonidan shu ishlar qilinayotgan ekan. Aloqalarni
bundan keyin yanada rivojlantirish to’g’risida
kelishib olishibdi.
Hozircha shunaqa yangiliklar.
Matbuot olamida deyarli o’zgarish yo’q. Maddohlik
kuchayib boryapti, erkin fikrlar tobora bo’g’ilyapti.
Saylovlar yaqinlashayotgani sababli bo’lsa kerak, OAV
ustidan nazorat borgan sari mustahkamlanyapti. Xullas,
bu ketishda demokratiyani faqat tushimizda ko’ramiz
shekilli. Shunday paytda qo’limdan bir ish kelmasligi,
bunga ojizligim alam qiladi. Xudo xohlasa, albatta
demokratik jamiyat quramiz, hali shunday kunlar
keladi.
Doimo sog’-salomat bo’ling. Oilangiz baxtiga,
farzandlaringiz baxtiga omon bo’ling. Iloyim,
O’zbekistonga qaytish nasib qilsin!
Hurmat-ehtirom bilan,
vatandoshingiz Dilmurod.
———————————————————————–

Sun, 1 Aug 2004 15:01:51 -0700 (PDT)
Assalomu Alaykum Hurmatli Ustoz Jahongir Muhammad aka.
Men Nozim, yoshim 19 da , asli Toshkentlikman. Man AQSHga ilm olgani , izlanish uchun keldim. Avvalambor sizga shuni ma`lum qilmoqchimanki, bu erga kelib sizning ma`qolalaringizni o’qib ancha o`yga toldim. Ko’pisini o’qib qandaydur bir orom oldim. Nasib qilsa men ham sizga talabalar, bugungi O’zbekistondagi talabalar haqida ancha gapiradigan gaplarim , aytadigan dardlarim bor , Domlalaru , Professor domlalarning xor bo’lganlari, bularning xammasi xammasi bugungi kunning achiq xaqiqatidur. Umid qilamizki siz bugungi talabalar haqida xam , ularning muammolari haqida xam yaxshi maq`olalar yozasiz.
Ilohim Olloxim sizga, ijodizga , va xaqiqatni yoritishdagi bo’lgan ijodizni uzi qo`llab quvvatlasin deb Nozim.
————————————————————————-
Date: Thu, 08 Jul 2004 16:45:16 +0400 (MSD)
Salom Jahongir! Vatandan salomlarim! “Savol-javob”larni o’qib, maza qildim. Vatan, xalq uchun Siz kabi kuyunadigan mard, xalol insonlar borligidan Xudoga ming qatla shukurlar qildim. Ishqilib, Olloh o’z panohida asrasin Siz va Siz kabilarni. Siz sanagan Vatan qahramonlarining ro’yxatida birinchilardan bo’lib turishi kerak bo’lgan – avvalo o’zingiz.
Havasim keladi Sizga. Dono. So’zlari ravon. Mantig’i kuchli. Yana peshqadam siyosatchi… Bu ne ko’rgulikki, o’zbekning Siz kabi farzandlari oz. Juda oz. Borlari ham sochiq… Yaqinda bir odam bilan uchrashib qoldim. Bir yil kasal bo’libdi. Keyin unga odamlarni davolash, g’aybni bilish karomati yuqibdi ekan. Uning aytishicha, vaqti kelib dunyo odamlari O’zbekistonga kelarmish. Ko’p narsalarni o’rganishga. Ishqilib, aytgani kelsin. SHu xalqning ham peshonasi yarqirasin. Balki bu yurtga jahonning ohangrabosi bo’lishday bir baxtni Sizlar taqdim etarsizlar. Inshoolloh. O’zbekning baxtiga omon bo’ling. Orzularingiz tezroq ijobat bo’lishini istab:
Opangiz… 08 07 200
—————————————————————————————————–
Mon, 28 Jun 2004 05:18:12 -0700 (PDT)

Assalomu alaykum, Jahongir aka!

Jahongir aka, xat yozishdan maqsad sizdan hol-ahvol so’rash va rahmat
aytish edi. CDlarni qayta-qayta eshitdim. Ayniqsa, “Demokratiyaning so’nggi kuni” rosa ma’qul keldi. Chunki o’sha sessiya haqida umuman tasavvurim ham yo’q edi. Shu CD yordamida ko’p narsalarni bilib oldim. Men o’sha paytda endigina 7 yoshga to’lgan, ya’ni maktabga chiqa boshlagan edim. u paytlarda bunaqa narsalarga umuman qiziqmasdim. Sizning yordamingizda ko’p narsalarni o’rganyapman.

Kezi kelganda aytib o’tay: Jahongir aka, sizdagi jasorat, to’g’risini aytay,
uncha-muncha odamda topilmaydi. Sizga katta rahmat. Umrim bino bo’lib, Islom Karimovning yuziga qarab aniq-dadil gapirgan odamni birinchi ko’rishim. Boshingga qilich kelsayam to’g’risini gapir deganlari
haqiqatdanam rost ekan.

Jahongir aka. men ishonaman, hali bir kun kelib sizni Vatandan quvg’in qilgan prezidentning aslida kimligi fosh etiladi. Xalq bundan
to’la xabar topadi. Siz garchi vatandan uzoqda bo’lsangiz-da, odamlar bilan birgasiz. Xalq sizni doim eslaydi, hech qachon unutmaydi. Chunki siz shu jabrdiyda xalq farovonligi uchun shuncha jabr-sitam
ko’rdingiz. vaqti kelib hamma narsa oydinlashadi, bunga qattiq ishonaman. Odamlar haqiqiy tarixni hamisha vaqt o’tgandan keyin bilishgan. Lekin sizga katta rahmat. O’zbek xalqi siz bilan har qancha
faxrlansa arziydi.

Jahongir aka, bir yosh vatandoshingiz sifatida dilimda borini yozdim. Kitoblar bilan ham tanishib chiqdim.Turkchilik g’oyasiga bo’lgan qiziqish va bilimlarim oshishiga yordam berdi bu kitob.

Ishlaringizga omad tilayman. Oilangiz va albatta o’zbek xalqining baxtiga sog’-omon bo’ling. Sizdan yangi-yangi asarlar kutib
qolamiz. Olloh sizdan rozi bo’lsin, doimo o’z panohida
asrasin.Hurmat bilan, muxlisingiz Muhiddin..
————————————————————————————————————
Wed, 23 Jun 2004 13:13:07 +0400-
Assalomu alaykum! Jahongir aka! Yahshimisiz, salomatmisiz,
Sizni bir necha savollar boyicha fikrlaringizni bilmoqchi edim. Bu menimcha har birimiz his qiladigan va qollab quvvatlaydigan fikrlar deb o`ylayman ..
Avvalombor bizga buyuk davlatlarning harbiy bazalari zarurmi? O`zbekiston va Markaziy Osyoning boshqa davlatlari ham tashqi (2-3 ta buyuk davlatlarning) strategik kafolatga shu darajada ehtiyojlimi?Bu ehtiyojlar ularning milliy manfaatlaridan kelib chiqyaptimi yoki davlat boshliqlarining shahsiy manfaatlaridan kelib chiqyaptimi?Nega Amerika O`zbekiston prezidentini “inkonini topib vazifasini bo`shatishini” (qaysidir ma`noda ogohlantirish yoki talab ham deyish mumkin) aytishi kerak. Nega O`rta Osyo davlatlari hukumatlari “AQSh, Rossiya va Hitoyning “orqasini yalashi” kerak.Agar Bizga (O`rta Osyoni nazarda tutyapman) demokratya kerak bo`lsa uni kimdir (masalan AQSh) “o`rgatishi ” kerak? Agar Ozbekistonga investitsya kerak bolsa o`z ichki illatlarni (poraho`rlik, mahallychilik, qonunsizlik(huquqiy nigilizm) to`rachilik kabi) bartaraf qilishga harakat qilinmasdan darrov “strategik kafolat”, “terror havfi”,”harbiy bazalar”,”resurslar va harbiy obyektlardan foydalanish” vahakozolarga yopishib oladi bular? Investitsyani o`zi oqib keladiyu kerak bolsa shunda? Mayli harbiy-texnikaviy hamkorlik hamma davlatlarda bor-bu boshqa narsa.(puling bolsa istagan qurolingni sotib olishing mumkunku) Nega PREZIDENT biz kabi vatan uchun jonini berishga tayyor yosh avlod turganda havfsizlikka kafolatni kimdandir “iltijo” (Putin o`sha shartnomani o`zbeklar qanchalik tez tayyorlaganlarin masxara qilganini butun dunyo ko`rdi) qilishi kerak?Qachongacha tarqoq yashaymiz?Nega bu davlatlar kuchlarini birlashtirmaydi, to`g`rirog`I istashmaydi?
NAHOTKI hozirgidek “latta ” bo`lish, “birovlarni orqasini yalash” bular uchun Umumiy tashqi strategik maqsadlarni ishlab chiqish, ichki iqtisodiy siyosatni bir-biriga yaqinlashtirish, uyg`unlashtirish, hech biri boshqa davlatlarga o`z hududidan va havo bo`shliqlaridan foydalanishga ruxsat bermaslikka kelishish, armiyada(har biri o`z armiyasida) mustahkam tartib intizom o`rnatish,bu davlatlar tashqi siyosaitning umumiy printsiplarini bir- biriga yaqinlashtirish, kerak bo`lsa asosiy umumiy tashqi siyosiy printsiplarni ishlab chiqish, kosmanavtika, harbiy sanoatni birgalikda(hamkorlikda demoqchiman) rivojlantirish va hakazolardan afzal bo`lsa?
Agar shu kabi ishlarni amalga oshirganda ham tashqi yoki “ichki” tomondan havf tug`ilsa biz vatanni himoya qilishga tayyormizku? Nechta davlat bilan imzoladi o`zbekiston “o`shanaqa” shartnomani o`zi? Yurtni muqaddas tuprog`ini sotishdi-yu bular. O`zini o`zi pichoqlashyapti-yu bular! Nima bizga halaqit beryapti?Har-xil izm-izm larmi yoki kimlarningdir manfaatparastlagimi?Yoki O`rta Osyodagi davlatlar boshliqlarining sen emas men deyishimi?Yoki qaysidir davlatlarning razvedka si shu qadar yahshi ishlayaptiki,hammani o`zaro dushman qilib qoydi? bugun biz bir-birimizni otishga o`qimiz yoq? O`zbekiston u yoqqa tortadi Kozog`iston bu yoqqa tortadi, Turmaniston u yoqqa, Kirg`iziston ikkinchi tomonga, Tojikiston uchinchi tomonga tortadi.Bu halqlar kafangado bo`ldi-yu! (Kozog`istonda iqtisod yahshi deyishadi bilmadim nima hisobiga)
Agar kimnidir qamash kerak bolsa , otish -yo`qotish kerak bolsa o`grilar, muttahamlar to`lib yotibdiku! Sotkinlar tolib yotibdiku!Iqtisodiy qiyinchilikka chidash mumkin malum vaqtgacha, besh yil kuttdik, 10 yil kuttik. Ammo so`nggi 3-4 yil odamlarni pul uchun hamma ishni qilishga majbur qilmoqda! (To`gri kimlardir yallo qilib yuribdi!) Bularni hukumatlari bir go`r, muholifatlari undan battar, Parlamentlari tomog`I va jonini o`ylaydi!
Nima bo`ldi qarg`ishga qoldikmi?………………
Jahongir aka, o`ylab o`yimni ohiriga yetolmayman.Lekin hech qachon tushkunlikka tushmayman.Men o`zimni vatanimni bir parchasi deb bilaman va qo`limdan kelgancha harakat qilaman.Har birimiz o`z hatomizni yoki yomon jihatimizni tuzatsak O`zbekistonimiz , qolaversa butun Turkistonimiz ham gullab yashnashga yuz tutadi deb o`ylayman, shunday emasmi haqiqatdan ham,
Aqlimga Cho`lponning Buzilgan o`lkaga degan she`ri kelaveradi :
Ey! Tog`lari ko`klarga salom bergan zo`r o`lka!
Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko`lanka!
…Chaqmasa gugurtni asl o`g`lonlar ahvolimiz voy, Cho`lpon bobo…….
( Bu bir ikkita savol yozmoqchi edim maktubga aylanib ketdi.Uzr.) sog`-omonlik va Ishlaringizga rivoj tilab qolguvchi
Hurmat ila Zokirjon
————————————————————————————————————————–
DATE:Sat, 19 Jun 2004 10:42:09 +0400
Assalomu Alaykum Jahongir aka.Vaqt topib mening savollarimga javob yozganingiz uchun rahmat.Minnatdorman. Sahifangiz bilan kuni kecha tanishgan bo`lsam ham sizni jasurligingizni yoshligimdan bilaman.O`sha sessiya bolgan yillari esimda.Bazilar zo`rg`a , ming xatolar bilan o`qirdi nutqini.Bir safar onajonim aytib qoladilar(siyosatdan gap chikib) “bolam , falonchi falonchi lar ………ning yuziga aytgan o`sha paytlarda. Fidoyi insonlar ham bor ” deb. Shunda so`radim: Nega unda dadam ikkalang ham hozirgiga ovoz berdingizlar. “Bundan ham axmoqrog`i kelsa beshbattari bo`ladi” deb javob berdilar o`shanda.
Undan beri ko`p narsalar o`zgardi.Kopchilik fikrlaringizga qo`shilaman va sizni qo`llab-quvvatlayman.Aqlimga Buhoro, Hiva,Qo`qon honliklarining so`nggi davrlari kelaveradi.Balki shuncha oltinlarni halq-yurt rivoji uchun sarflaganda halqimiz taraqqiyot darajasi sal boshqacha bo`larmidi.
Horijda yurganlarning qarashlari, maqsadlari va qilyotgan ishlari bir hil emas ekan. Ko`pchiligi reallikdan yiroq, O`zbekistondagi mavjud jamiyat saviyasini bir tomonlama (ko`pchiligi manfaatlaridan kelib chiqib ) baholaydilar, boshqalarga ham shuni singdirishni o`ylaydilar.Buni barcha ham ilg`ay olmaydi.Chunki misollar real bo`ladi-da.
Meni etiborimni tortgan yana bir narsa shaxsiyat va fikr masalasi. Insonlar borki go`zal va ilg`or fikrlar sohibi.G`oyalari qabul qilsa arzigulik.Ammo, o`zi(odam sifatida-shahsiy jihatlari) o`ta pastkash va qiladigan ishlari fikrlarining teskarisidir.Lekin, fikr va amali bir hil fidoyi, taraqqiyparvar insonlar jamiyat uchun qyg`urar ekan holos.afsuski bundaylar juda oz.mavjud muhit jamiyatimiz ilg`or fikrli qatlamini zaharlab bo`ldi.To`g`rirog`I ular o`zlarini o`zlari zaharladilar.dardi dodingni kimga aytishni bilmaysan.
Gap ham lag`mondek cho`zsa cho`zilib ketaverarkan.Hali sizga kelgusida ko`p savollar yo`llash niyatim bor.
Bu kunlar uchun ham xudoga shukur. Jahongir aka! Avvalambor sog`liq omonlik tilayman sizga.O`zbekistonga qaytib uning rivojiga o`z hissangizni qo`shishingizni istab qolaman.Siz kabi insonlar vatanga qaytib , uning ijtimoiy-siyosiy yo`lini (ahvolini) o`zgartira olish imkoniyatini qo`lga kiritadigan kunlar kelishini orzu qilib qolguchi
Zokirjon. (Hurmat ila.)
————————————————————————————————————————-
Date: Wed, 21 Apr 2004 11:19:30 -0700 (PDT)

Subject: XAtimi davom ettiraman
Yana bir bor salom aka ,uzur aka ,men boshqa internet kutubxonadaman bu erda vaqt chegaralangan ekan shu uchu xatni tez yubordim va yana qaytadan vaqt oldim va xatimni davom ettirmoqdamana aka Bizda ham Democrat akalarimiz kelib qolsa majburiy ular ham poraxo’rlikka o’tib ketishmaydimi ( xuddiki Turkya dagidek…).Bilmadim bu hozirgi ifloslar hamma joynixona vayron qilib mana sizlarga hukumat kerak bo’lsa ,masizlarga democratiya kerak bo’lsa deb berishadi choqi,kegin ahvoni ko’ring va mazza qilingda aka .Oylab oylab boshim qotadi.Demokratlar nima ham qila olishadi hamma joyni ular qonuniy qilib sotib olishsa ,och xalqni ularga qoldirishsa nima qilishadi . Jahongir aka siz shu savolimga javob bersangiz nima qilish mumkin shunday ahvol bo’lganda ,ma democratlar keldi ,hamma iqtisodni bo’ginlari u ifloslarni qo’lida ,xalq och lekin demokratiya bor ( bu deganim bemalol tez ko’chaga chiqa oladi va ko’p talablar qo’yib janjal qilishmoqda …),ko’chlar huvvullab qolgan,nima qilishnkerak shunday bo’lganda ,xalqni yana 5 kutinglar deb tinchlantirib bo’ladimi,Menimcha bu bechora demokrat kalarni ham boshi qotib qilishadi yo U ifloslarnikidek siyosat olib borishadi yo hammasini tashlab qo’y deb hammasidan vos kechib “Och qulojim tinch qulog’im” deb jimgina bu siyosat maydonini tark etishadilarmi yo qattiq turib kurasha olishadilarmi? Yaqindagi MOskvada 5 tonna ( ayrim malumotlarda 12 ) tillo Uzbekistondan olib chiqilgan tillo qo’lga tushdi .Bu kimniki ? NIma uchun shu voqiadan so’ng Karimov janoblari Yurtboshi (…boshi )miz Moskavaga yo’l oldi? SAbab shu emasmi. Rossiya hukumati bu tillolar orqali Yurtboshi ( …boshi)mizni jilovlab olmadimikan.Tarixda Ruslar bunda holatlardan O’rta Osiyo xalqlarini jilovlash uchun ustamonlik bilan shug’ullanishgan.Yana shunday bo’lyapti.Karimovni Rossiyaga ketishidan oldim bergan interviyusini qarang ” Biz xoxlaymizmi ,xoxlamaymizmi Rossiyani O’zbekistonda manfatlari bo’lgan va bo’ladi…biz buni tan olishimiz kerak …” oldim 19991 yildan kegin shu gaplarni aytardimi.Mana sizga nafs balosi nima gaplani ayttiryapti ,lekin Buni kutilmagan voqia deb hisoblash axmoqni shi.Mana tillolar kimniki ekanligiga .Agarda tillolar qo’lga tushmasa IAK MOskavga bormasa edi .Moskava tillolarni hattoki ORT dan ko’rsatin IAK ni bir qo’rqitib “oyog’ini qo’liga olib yugurtirdi”Menimcha Moskava ” endi bo’yin egmasang, ham tillodan ayrilasan ham hukumatdan ayrilasan,ham xo’r zor bo’lib qochib yurishinga to’g’ri keladi “degan bo’lsa karak aka. IAK TVda chiqsa yuziga qarasangiz O’G”RIga o’xshab ko’rinadi aka bilmadim nega bunday bu ko’pchilikni fikri aka .
Jahongir aka Shularni o’ylab UZbekistonda 100 yilda ham yshxi hayot kelmasa kerk deyman,bu iflosni qarang Sorisni “Ochiq Jamiyat Institutini” qanday ahvolga tushurib qo’ydi.Bu hammamizga uyat-ku axir Saparmurodni yamonlab yuradi bu iflos IAK o’zi undan hech ham kam emas.Men siyosatda Uzbekiston ,Turkmanistonga qarab boramoqda deb o’ylayman,lekin Turkmanistonda xalqni yashashi bizdan yaxshi aka .BU degani Uzbekistonni zimistonga aylantirdi bu iflos. Jahongir aka meni kechirasiz aka har safar xat yozganimda biron bir yaxshi gap ,xush xabar yozolmayman,bu bola nuqul dunyodan bezgan ekan deb yo’ylasangiz kerak aka Yo’q aka yaqinda Muxolifatchilarimizni Vodiyda birlashganini eshitin unga Britaniya elchisini birganini eshitib juda juda xursand bo’ldim.Britaniya elchisini gaplarini eshitib bir oz ko’nglim taskin topdi aka…
XAy mayli aka ko’p gap QURONDA yaxshi deyishgan ,sizni ham boshingizni og’ritmay,siz menimcha mendan ko’p qiynalyapsiz aka… Xay Muxolifatchilarimizga xudo kuch qudrat bersin ,xalqimizga esa aqil bersin,muxolifatimiz hukumat kelganda aynib qolishmasin OMIN OLLOHU AKBAR
huramt bilan yo’qolib yo’qolib qoladigan Z.
————————————————————————
Date: Wed, 21 Apr 2004 10:25:08 -0700 (PDT)
Assalomu alaykum Jahongir aka qandaysiz ishlaringiz sog’liklaringiz yaxshimi,mendan so’rasangiz yamon emas aka lekin umuman bekor payt yo’q ,meni kechirasiz ancha paytdan buyon xat yozolmay qoldim ,chunki ishlarim juda ko’payib qoldi aka, ham aka Internetga kelishga vaqt topolmayapman aka ,kegingi paytda kelsam ham juda xafa bo’lib yuraman Yurtimiz haqidagi xabarlarni eshitib boshim qotib qoladi nima ish qilsam shular bartaraf bo’lar ekan deb o’ylayman lekin meni qo’limdan hech narsa kelmaydi shuni tushunib xafa bo’laman . Bir o’ylab ko’ring Uzbekistonni eng yaxshi oyligi USA ni eng oddiy oyligidan 20 barobar kam,bu degani UZbekiston juda qattiq turib harakat qilsa 20 yilda USA ni hozirgi ahvoliga etishi mumkin lekin USA 20 yilda shunday qolmaydiku.Lekin Uzbekiston hukumati har yilda oradagi farqni 1 soniga qisqartira olishiga axmoq ham ishonmaydi-ku,Qisqasi Uzbekistonda yaxshi hayot ,democratiya ( Sorisni ” Ochiq Jamiyat ” inistituti yopilishi meni juda tushkunlikka ,ma umidsizlikkka tushurdi,kelajakka umidlarimni yo’qqa chiqardi…) orzu va ERTAK bo’lib qolaverishini tushundim aka,lekin xudo saqlasin baribir xudodan so’rab qo’limizdan kelgancha harakat qilaman aka. Kegin gi 1-2 yil ichida mana bu korxonani falonchi sotib olgan ( aksiyalarini yoki shunday hammasini sotib olgan…) yoki falonchi boy ,falonchi ministir falon narsani olgan degan xabarlarni ko’p olayapman,yaqinda bizdagi bir katta zavodni Mafiya sotib olgan ekan ,Gulnnorani Uzneftproduktni qo’lga olganligini ham eslataman .Bular odamni boshini qotirmay qolmaydi.Erta agar demokratlar kelgan bilan siyosat demokratlar qo’lida bo’lsa ham Iqtisob hozirgi ifloslar qo’lida qolaveradi-ku shunda bu demokratlarimiz nima qila olar ekanlar boshim qotdi,nima qilishar edi Demokratlarimiz ham shu botqqoqga botib qolishidan qo’rqaman aka,lekin shunday bo’lishiga ko’zim etadi… ukangiz Z.
————————————————————————
rasulaka@hotmail.com
Date: Sun, 11 Apr 2004 02:27:31 +0000
Assalomu alaykum Jahongir aka!
Siz meni tanimaysiz, men Sizning internetdagi sahifangizni (“www.jahongir.org”ni) tasodifan topib oldim “www.google.com” izlash sahifasida ishlayotib. Men Sizning sahifangizga kirib, Oygul Mamatovaning 2004 yil 27 martdagi “ERK Demokratik Partiysi raisi Muhammad Solihga Ochiq Xat”ini o’qidim. Oygulning fikrlari menga ma’qul bo’ldi. Men ham bir paytlar ERK a’zosi edim, lekin Bizda (Andijonda) ERK o’z faoliyatini (1994 yoki 1993 yilda) to’xtatgan, viloyat gazetasi orqali ERK Partiyasi Viloyat Raisining shu haqdagi e’loni chiqqan ham edi o’shanda. Men o’zimning bir qancha do’stlarim bilan, Oygul Mamatovaning fikrlarini ma’qullab (hammasini emas, bir qismini, faoliyat boshlash va uni Solihsiz ham boshlayverish haqidagi asosiy fikrini) ochiq maktub bilan rasman murojaat qilsak, qanday bo’lrkin? Siz bunga qanday qaraysiz? Lekin menda Muhammad Solihning e-mail adresi yo’q, Siznikini esa, boya aytganimdek, tasodifan topdim. Sizdan iltimos, Muhammad Solihning e-mail adresini bizga bersangiz, agar Sizda bor bo’lsa. Men “www.google.com” orqali izlab ko’rdim, lekin topolmadim. ERK partiyasining sahifasi esa mutlaqo ochilmayapti. Siz, agar mumkin bo’lsa, Vatandan tashqaridagi boshqa muhim odamlarning ham e-maillarini bering bizga, iltimos. Men Andijonlik informatika o’qituvchisiman, Sizning O’zbekistonda bo’lgan paytingizdagi jurnalistlik faoliyatingiz bilan el qatori tanishman. Men internet orqali topib olgan 1-chet eldagi o’zbek Sizsiz! Xat yozishib turarmiz degan umiddaman. Hozir Ozbekistondagi holat Sizlar bor paytingizga nisbatan mutlaqo o’zgarib ketgan.
Ishga shoshilishim kerak. Yaxshi yozolmadim. Hozircha hayr! Javobingizni kutaman. Rasuljon.
————————————————————————
Sun, 04 Apr 2004 13:35:20 +0100
Assalomu alaykum Jahongir aka. erkinyurt degan saxifada hozir Muhammad Solihning “Karimov muxolifatga yo’l bermaydi”(03-03-2004) degan maqolasini o’qidim. Birlikchilar bu odamni siyosatni bilmaydi deb yozishardi, ishonmas edim, chunki pistafurushlar ham bugun siyosatni bilib qolishgan. Endi uning siosatni bilmasligiga to’la ishondim. Avvaliga u BMT O’zbekistondagi voqealarni o’rganish uchun mustaqil komissiya tuzsin degan talab bilan chiqdi. BMTning bunday voqealarni mustaqil tekshirish bo’yicha vakolati yo’qligini bilmagan odam prezident bo’lmoqchimi? BMTning inson huquqlari komissiyasiga yozmaydimi? Lekin ular ham hukumatni chetga surib qo’yib mustaqil tekshira olmasliklari hammaga aniq. Bu mayli u maqolasida rejimni ichdan bilaman deb yozibdi. Uning rejimning ichdan bilmasligini hamma biladiku. 15 yildan berii chet ellarda yashab yurgan bo’lsa, qanday qilib rejimni ichdan biladi. Demokratiya berilmaydi, demokratiya olinadi degan gapni ham bilmaydimi? Axir dunyoning qaysi mamlakatida hukumat o’z o’rnini muxolifatga bo’shatib beradi. Hamma hukumatlar muxolifatning yo’lini to’sishga harakat qiladilar. Muxolifat qochib yurib qachon bizga yo’l ochsa qaytamiz degan bilan o’rik pishib og’izga tushmaydiku? Eshitishimcha Karimov 1990 yillarda unga bino, mashinalar, kvartiralar bergan ekan. Keyin tortib olibdi.U yana Karimovdan o’shanaqa mehribonchilk kutmoqdami? Jallodan najot kutish mumkinmi? U Karimovni ichdan ham, tashqaridan ham bilmasligini sezdirib quyibdi. Bunga siz nima deysiz. Javobingiz men siyosat borasida ilmiy ish qilmoqchi bo’layotgan bir odam uchun juda qiziqarli bo’ladi. Oldindan javobingiz uchun rahmat aytib Bahtiyor…
————————————————————————
Thu, 01 Apr 2004 19:50:53 +0400 (MSD)
Assalomu alykum Jahongir aka. Manashu ikki bayonotni solishtirb nega programma qilish mumkin emas. Bittasi Toshket portlovlaridan oldin chiqdi. Xuddi signal bergan kabi, urushga chaqirishga uxshagan, ikkinchisi hali Toshkentda nima gap bulgani aniq bulmasdan chiqdi. Buning orqasidagi sirni topish siz jurnalistlarga. Salom bilan Fotih Sulton.

Thu, 01 Apr 2004 19:50:53 +0400 (MSD)

Assalomu alykum Jahongir aka. Manashu ikki bayonotni solishtirb nega programma qilish mumkin emas. Bittasi Toshket portlovlaridan oldin chiqdi. Xuddi signal bergan kabi, urushga chaqirishga uxshagan, ikkinchisi hali Toshkentda nima gap bulgani aniq bulmasdan chiqdi. Buning orqasidagi sirni topish siz jurnalistlarga. Salom bilan Fotih Sulton.

Эрк партиясининг Баёноти
Muallif: webmaster dan Sunday, March 28 @ W. Europe Daylight Time
Muallif webmaster
…биз хукуматнинг бу жиноятини каттик коралаймиз. Халкимизни бу жиноятларга карши фаолрок курашишга ва хакларини каттикрок талаб килишга чакирамиз. Йуколсин мутажовуз тузум!
Эрк Демократик партиясининг Баёноти
28 март 2004
Бугун 28 март эрталаб соат 8 да Тошкент шахрининг Чорсу бозорида ёши етмишларга бориб колган бир муйсафид уриб улдирилди. Уни безорилар ёки карокчилар улдиргани йук. Уни узбек милицияси уриб улдирди. Бу вокеани Узбекистон жазо органлари томонидан химоясиз ахолига – хотинлар, кариялар ва болаларга карши килинаётган зуровонликнинг чуккиси дейиш мумкин. Узбекистонда одамлар хокимият томонидан килинаётган зулм ва зуровонликка шундай куникиб кетишганки, ИИБ ва МХХ ертулаларида кийнокка солинаётган ва улдирилаётган сиёсий махбуслар хакдаги хабарлардан дахшатга тушмайдиган булиб колишган. Аммо энди котиллик ертулалардан кучаларга, бозорларга тошиб чикиб, ошкора куз унгимизда содир килнмокда. Узбекистон жазо органлари тарафидан улдирилиш учун мухолифат азоси булиш энди шарт булмай колди. Бозорда бир милиция сержантига пора беришдан бош тортсангиз бас, сизни бир бахона топиб камокка олишади ва ёки уриб улдиришади. Худди бугун уша ок соколли чолни улдирганлари каби.
Зулм халкнинг бугзига етди.
Сабр косалари тулаяпти.
Бугунги ишланган жиноят бир милиционернинг жинояти эмас, бу – мавжуд режимнинг жиноятидир. Жазо органларига жиноят ишлаш учун, инсонларни терговсиз ва махкамасиз вахшийларча улдириш хукукини бериб, уларни Конун ва Конституция устига чикариб утиртирган режимнинг жиноятидир. Биз хукуматнинг бу жиноятини каттик коралаймиз. Халкимизни бу жиноятларга карши фаолрок курашишга ва хакларини каттикрок талаб килишга чакирамиз. Йуколсин мутажовуз тузум!
Узбекистон Эрк Демократик партияси
http://www.erkinyurt.org/modules.php?name=News&file=article&sid=80

Тошкентдаги портлаш хакида

(Узбекистон Эрк Демократик партиясининг Баёноти)

Бугун эрталаб Тошкентнинг Чорсу “Болалар дунёси” мавзесида портлаш руй берди. Хали аник булмаган маьлумотларга караганда бу террористик харакатдир.

Эрк партияси сифатида биз террор оркасида ким булишидан катьий назар – бу бир шахсми, сиёсий гурухми ва ёки давлатми – уни кескин коралаймиз.

Узбекистондаги сиёсий режим узининг хурфикрга карши катогонлари билан террорга замин яратди.

Бу катагонлар мамлакатида бази сиёсий гурухлар уз этикодларини тинч йул билан ифода килиш имконини тополмай радикаллшдилар ва хукуматнинг зуровонлигига карши “тасирчан” услуб ахтара бошладилар.Аммо уларнинг топгани ” жонга жонга жон” услуби янги эмасди.

Террордан биринчи навбатда сиёсатга мутлоко алокаси булмаган бегунох инсонлар халок булган , бугун хам халок булмокда.

Биз хеч кандай гоя, хатто давлат террорига карши террор гояси хам террорни оклай олмаслигига ишонамиз. Хар кандай террор аксилинсонийдир.

Йуколсин террор!

Узбекистан Эрк Демократик партияси

29 март 2004 йил

http://www.uzbekistanerk.org/Erkinfo290304_2uzzayavlenie.htm
—————————————————————————–
Sat, 27 Mar 2004 16:53:39 -0800 (PST)
Assalomu alaykum Jahongir aka qandaysiz ishlaringiz sog’likjlaringiz yaxshimi. Mendan so’rasangiz yamon emas sekin sekin yuribman aka… Jahongir aka menda sizga bir savol bor agarda xoxlasangiz javob bering ,javob bermasangiz ham xafa bo’lmayman aka. Saytingizda 220 latifa degan qisim ochdingiz ,e-mail adresingiz ham ” jahongirm2 “bilan yozilgan.Nega shunday yoki siz uchun 2 soni baxtli sonmi …? Men ko’p sonlar bilan belgilangan kitoblarni ko’rganman ular ko’pincha 100 ,1000 yoki shunga o’xshash sonlar yani oxiri 5 yoki nol bilan tugaydigan sonlar bilan atalgan ,yoki islomda ko’pincha toq raqamli sonlar bilan 33,101 shunga o’xshganlarini uchratganman. Masalan men o’zim 1,3,7,11,19,33,77,99,101 sonlarini yaxshi ko’raman. xay mayli bir latifa qoldiray sizga.
Kim prezident bo’ladi?
Karimov Mirziyoevni oldiga chaqirib debdi:
-Shavkatjon meni sog’ligim yamon tez kunlarda o’lsam kerak,meni o’rnimga kim prezident bo’ladi?
-Islom aka qiziq gapirasiz ,menda ,men prezident bo’laman
-Agarda xalq seni izingdan bormasachi?
-Agarda xalq meni izimdan bormasa ,sizni izingizdan boradi Islom aka
———————————————————————–
Date: Mon, 22 Mar 2004 16:52:22 -0500
Jahongir aka web sahifangizdagi “Bugun Karimov…” rukni menga yoqdi, lekin men shahsan bu tuzumga qanqadir jiddiy yondashuv tarafdoriman (aslida jiddiy munosabat ham tasir qilmayotganga ohshaydi.. bolmasa bu paytgacha u bu narsa ozgararmidi.)Menda ham bir ikki latifasifat haqiqatlar bor edi “katta”haqida shuni oqib koring lozim topsangiz qoyarsiz web sahifaga.
#1 Karrimov Qariy boshlabdi shunda bir tabib oldiga borib aytibdi: “Man hali halqimga Kop “hizmat” qilishim kerak. Halqimga kerakman yoshim otib borayapti u bu yoli bormi yoshartirishni” debdi! shunda tabib : bu juda mushkul ish . meni qolimdan kelmaydi lekin Vodiy tarafda mani ustozim bor ,juda kotta tabiblar agar ertaga borsez u kishi yordam beradilar albatta yosharasiz lekin esizdan chiqarmen oziz bilan 100$ olib boring . Karomov ertasiga ozi bilan 100$ olib vodiyga tabib oldiga boribdi. Tabibga vaziyatnitushuntirib shogirdi yuborganini aytibdi shunda tabib 100$ olib tokcha ga qoyibkuf suf qilib mulojalani boshlab yuboribdi duolar tasiridan bir payt qarasa yosharib ketayotganmish , tabib kuf suflar tohtatmasdan davom ettiribdi karimov yosharib 25 yoshli yigitlarga ohsab qoganda : bolbdi boldi.. yetadi tohtat desa Tabib : yoq oneni emmagur sani hozir qaytarib chiqqan joyinga tiqaman keyin bergan 100$ ga abort qildirib tasheman debdi…:) hahahaha
#2 Jasliq Qamoqhonasida 3 ta siyosiy mahbus bir kamerada otrishib gaplashishayotganmish. 1 sidan sorashibdi nima uchun qamalding? U esa : ee men dindor odam edim nomoz oqidim halol non edim, pora olmadim . kora olmadilar .qamadilar vatanga qarshi vohobiy deb . debdi/ 2 chis esa man muholifat partiyasini azosi edim demokratiya dedim odamlar toq yashasin dedim mani vatan hoini , mustaqiligimizni kora olmaydi deb qamadilar debdi.3 dan sorashibdi sababni. u bosa : ee man bitta santehnik edim kanalizatsiyani tozalaydigan tekshiradigan bir kuni President Aparatida kotta foydalanadigan hojathonadan suv ota boshlabdi meni chaqirishdi kesam ahvol chatoq hamma trubalar chirigan shunda buni tuzatishni hech iloji yoq butun “sistemani” almashtirish kerak dedim. shunga qamashdi davlat tuzumiga qarshi chiqdi deb…. debdi..
#3.Poyezd tohtab qolibdi. Dohiy Lenin paytida .Lenindan sorashibdi : “nima qilaylik ortoq lenin”? Lenin Javob beribdi: ” Pyezdni Itarilar ikki qadam oldinga va bir qadam orqaga” deb. poyezd Stalin davrida tohtab qolibdi. Stalindan sorashibdinima qilishni Stalin: “Aybdorni topib otib tashlanglar” deb javob qilibdi. huddi shu voqea Gorbachov paytida sodir bolibdi . Garbachovdan sorashibdi nima qilaylik deb Gorbochov aytibdi: “odamlarimizga ayting poyezdni qimirlatib ,silkitib turishsin, yolovchilar poyezd tohtaganini bilishmasin debdi.” poyezd “Parvardigorni yerdagi soyasi” Janob “yurtboshimiz” davrlarida tohtab qolibdi. chorasini sorashibdi shunda karimov: ” Vagonlar ichiga shunday biyron Vagzhonlarni yuboringlar ular shunday kuchli Maruzalar shunday tasirli Vag’zlar oqishsinkii yolovchilar poyezdda ekanligini Unutib qoysin”! deya javob qilibdi……
manimcha kopchiligimiz haqiqattan ham unutib qoydik poyezda ekanligimizni …. salomat boling, Hurmat bilan Jamol.
———————————————————————–
Date: Sat, 13 Mar 2004 13:42:30 -0800 (PST)
Salom Jahongir aka qanadaysiz ,sog’liklaringiz ,ishlaringiz yaxshimi. Meni kechirasiz aka ,”Bu bola bir yilt etdiyu kegin yo’qolib ketdiku” deb o’ylamang aka.Kegingi 15 kun ichida poblemalarim juda ko’payib ketgan ,shu uchun sizdan ham ,do’stlardan ham bir hol ahvol so’ray olmadim aka . Jahongir aka men sizni hozir ” Vatandan olislarda ” deb nomlangan eshitirishingizni eshitib yuagim soqilib ketdi.
Ha haqiqatdan ham hozir Vatandan chiqib ketish baxtga aylangan aka .Har hafta uyga tel qilganda O’zbekistondagi ahvolni so’rayman,Ukam aytadi ” aka qishloqda odam qolmayapti ,hamma Rossiyaga ishga ketyapti,avtobus tutib qishloqdagilar birgalashib ketishyapti…” deydi.Yaqinda bir profesir keldi Amerikaga u kishidan so’rasam ‘Ahvol kundan kunga yamonlashmoqda …” deydi.Nahotki avhol yildan yilga ,oydan oyga emas kundan kunga yamonlashsa … O’tirib boshim qotib qoladi qaerga ketyapmiz o’zi… Eshittirishingizda bir yigitni siz bilan bo’lgan suhbatini qo’yib berdingiz .Lekin bunday yigitlar Amerikda 10lab emas 100 lab 1000 lab shunday yigitlar bor aka ,Dunyoni boshqa rivojlangan mamalakatlarida qancha qanchasi.Agarda shularga O’zbekistonda imkoniyat yaratilib ersa ,shular chin dilidan ishlasa bormi aka biz man man degan davlatlarni ortda qoldiramiz .Men bularni havas qilib gapiryapman aka. Xalqni bunday qiynalib yashashidan ko’ra harnarsa bo’lganimiz afzal .O’tirib o’zimcha echim qidiraman lekin shunday boshi berak ko’chaga kirib qolganmiz-ki hechi yo’l topa olmaymiz.”Bular” bu ahvolni tan ham olishmayni og’iz ko’pirtirib gapirishgani gapirishgan. Xudodan ham qo’rqmaydi bular.Shunday kishilarni ko’raman oldin yaxshi yaxshi ishlarda ishlagan,professor ,kandidat,shunday aqilli kishilar bor .Ularni barchasi shunday qora ishlarda ishlashayaptilar,shu qatorda o’zim ham.Xay mayli men-ku hali yoshman.Lekin katta katta akalarimizni bu ahvoli meni juda qattiq ezadi ,xo’rligim kelib ko’zimga yosh keladi.Yaqinda men ishlayotgan zavodda men bilan ishlaydigan bir Vatandosh akaga Ameikanis qo’pol munosabat qildi ( u oldin ham shunday qilar edi,lekin akamiz esa xay mayli deb qo’yar edi,chunki tilni bilmaydi bechora …).Shunday jonmga tegdi, Amerikanis bilan baqirib janjal qilib ketibman,boshligimiz keldi,unga ham tushuntirdim,Vatandosh akamiz esa ishdan haydalishidan qo’rqib ” qo’ying xay deydi” yana .Shunday xo’rligim keldi…Xayolim dod deb yig’la deydi…Ameika xalqini huramt qilaman ,lekin orasida bir ikkita immigrantlarni yomon ko’radiganlari ham bor . Qanaday kunlarga qoldik aka … Xay mayli bular biz uchun qattiq sinov bo’lsa kerak,chunki katta kamchiliklar qilganda …
Xay mayli Jahongir aka bir latifa aytib sizni va o’zini ko’nglinmi bir yozdiray aka alamlarni shunday qilib chiqarib yuaraveraylik-chi.Bu ishlarim bilan yo bundan ham besh batta bo’lamiz ,yo bir yaxshi kunlarni ( Vatanimizda ) ko’rarmiz…
Futbol
Karimov kamamdasi (Mirziyoev,Alimatov,Inoyatov,Gafir Raximov ,Salim….) va Abdulhafiz Jallolov ( O’zi xoxlamasa ham XDPdan prezidentlikka nomzodini qo’yilgan edi …)kamandasi futbol o’ynashibdi. Karimov kamandasida hujumda Zidan,Bekhin,Maradona ,Ranaldolarni ham dog’da qoldiradigan ashadiy hujumchilar Mirziyoev,Inoyatov,Alomatov lar ,himoyada Salim va G’ofirlar . Qisqasi futbol juda zo’r bo’ldi.Futbol uchrashuvi Yoshlar telikanalida “Oq Saroy Futboli ” ko’rsatuvida namoyish qilindi.Bu o’yinni Komiljon Shamsiddinov sharhlab bordi Andrey aka Slovodkin esa yoritib ( operatoplik qildi ) bordi.O’yin 3:0 ,insof bilan Oq Saroy kamandasi foydasiga hal bo’ldi. O’yindan kegin kamandalar rahbarlari bir -biri bilan uchrashar ekan,xalqaro toifadagi murabbiy ,Uzbekistonni mutloq futbol chempioni” Oq Saroy” kamandasini murabbiyi Karimov jentilmaenlarcha “Lagan Bardor ” kamandasi murabbiyi Abdulhafiz Jalolovga
– Kechirasiz,yutuq barchamizniki,lekin ,bu bizni hujumchilar ko’plaringizni mayib qilib qo’yishdi,ezib tashlashdi,bu uchun uzur …
–Ha to’g’ri lekin ,zarari yo’q ,bu o’yinda .O’zimiz ham juda qo’pol o’ynadik…( Jalolov )
Ha Jahongir aka har kuni shundaqa latifalar qo’qib,yoki boshqa latifalarni siyosiy latifaga aylantirib,shunga o’xshash sherlarni yodlar o’zimni o’zim ovutib yuaman aka.
Xayir mendan barcha akalarga va opalarga salom, yurtni QUTURGAN ITLARDAN ozod bo’lishini istab qoluvchi vatandoshingiz,ukangiz ZIDAN
————————————————————————–
Date:Fri, 20 Feb 2004 18:48:05 -0800 (PST)
Assalomu alaykum Jahongir aka qandaysiz sog’liklaringiz ishlaringiz joyidami? Mendan so’rsangiz bekor paytlarda mustaqil tilni o’rganib turibman,Amerikanis akalar bilan ham gaplashyapman ish mobaynida lekin u bechoralrga bir oz qiynalyaptilar chunki menda talafuz va so’z boyligi kam.Xudoga shukur yonimda cho’ntagimda har doim Uzbekcha-Inglizcha ,Inglizcha -Uzbekcha hamda Ruscha-Ingizcha Ingliz -Ruscha( bular ikkalasi bitta kitob) kitoblar yuradi shularni foydasi juda katta bo’lyapti ,qiynalishim mumkin deb o’zim bilan olib kelgan edim.Xayolimda Uzbekistonni Ameika dek tasavur qilaman,Kelininggiz bilan Uzbekistondagi Mejir ,Krogir,Best Bay va shunga o’xshgan magazilrada yurman xayollar qanchalik yaxshi-a aka?,Xudi Amerika kochalari U’zbekistonda deb o’ylayman,hammani o’z moshilari bor hatoki qariayalar avtobus ,yoki marshurutka kutib o’tirmasdan moshinlarini minib jumaga borishadi xayollarimda ,hamma narsa xudi Uzbekistonda bo’layotandek yaxshilab atrofimga qarasam Vatandoshlar bechora xalqimiz yoq bundan kegin afsuslanib ketaman,hattoki dod solibyig’lab yuborgim keladi ,qanaday adolatsizlik ey xudo xayollarimga solasan lekin nega xalqimga shuni 10 dan 1 ini ,mayli 100 dan 1 ini bermaysan ,sen ham adolatsizsan deyman,kegin esa shak keltirmay xudoga deb yana tavba qilaman aka .Bu narsalarni Vatanimizni shunday xo’rlanishini sababchilarini qidirganim qidirgan xuddiki qo’limdan bir ish keladi ularni jazolay olsam,har kuni har kini ,har kuni har bir guruhni aybdor deb topaman.Kegin bilsam hammamiz aybdor mana men ham Vatani tashlab kelib yuribman,qaytishni ham hali xoxlayotganim ham yoq o’zimni so’kaman,lekin na iloj Vatanda totib qolishdan qo’rqaman,xalqimiz nima eyayapti ,nima kiyayapti,nima ich yapti ,nimalarni o’ylayapti,nimalarni orzu qilaypti deb o’ylaganim o’ylagan.Xay mayli Xudoni bir yaxshi kunlari bor deb yana o’zimni ovutaman aka. Jahongir aka mayli sizni ham boshingizni o’gritmay ,sizni ham dardlaringizni kovlamay aka ,mayli Jahongiz aka ishlaringizga rivoj Xudo Vatanimizga Xalqimiz ozodlik berishini tilab qoluvchi ukangiz ZIDAN
———————————————————————-
Yana ZIDAN dan salom…
Date: Tue, 10 Feb 2004 19:45:26 -0800 (PST)
From: “Zidan …” To: OZOD OVOZ , Ozod Ovoz 2 CC: Erkin Yurt , Maqsud Bekjon
SAlom Bobomurod aka qandaysiz ,yaxshi yuribsizmi,aka ,sog’liklaringiz ,ishlaringiz joyidami.Mendan sorasangiz yamon emas aka ,sizdan javob xati kutib yuribman aka. Nima gap aka mendan xafamisiz yoki,xatlarimda bironyoqmay qolganjoyi bo’ldimi yoki,men aka bir yosh yigitman xato qilgan bo’lsam uzur .Yoki mendan xafsirab qoldingizmi agent pagent deb.Bu gapda ham jon bor chunki og’zi kuygan kishi qatiqni ham puflab ichadi.Lekin men sizdan hech narsa ( sekretni…) so’raganim yo’q faqat aka -ukachilik uchun bir o’giz Valeykum deb qo’ysangiz Musofirlikda yurigan kishni ko’ngli tog’dek bo’lar ekan. Men Jahongir Muhammad aka bilan xat yozishib turaman,u kishini mehmonlar kitobida ham meni xatlarim joylashtirilgan.Men J.M ni “Quvgin”va boshqa bir ikki maqolalarini o’qidim “ERK ” partiyasi yani Muhammad Solih haqidagi,ularni oralarida katta nizo borligini tushundim.Siz ham Menimcha Xorazimliksiz meni kechirasiz bunday edganim uchun siz Uzbekistonliksiz viloyat viloyat ajratmoqchi emasman,shunchaki aytdim.Balkim siz ERK ni qo’llab quvvatlarsiz demoqchi edi ,shu uchun men J.M bilan aloqam borligidan xafsiragandirsiz deb ham uyladim. Men ERK ni ham BIRLIKni sevaman,lekin raxbarlaridan bir oz xafaman,gina kudratlarni yig;ishtirishlarini xoxlayman.Men bu partiya dan biriga o’zimni yaqin hisolamayman.J.M akaga kelsam u kishidan meni xatlarimga javob batfsil kelavergandan kegin men u ksi bilan tez tez xat yozishadigan bo’ldim.U kishiga ham fikrim salbiy emas. Sizlar hammalaringiz shu xalq uchun xizmat qilyapsizlar,hammalaringizni hurmat qilaman,lekin bir tanqidim bor ( meni kechirasiz aka)BIRLIK va ERKlni sihlaringiz xudiki Krilovni ‘Oq qush ,cho’rtanbaliq va qisqichbaqa” degan basniyasiga o’xshaydi. Bu iflos hukumat ERK va BIRLIK ni bir stol yoqasiga kelishini xoxlamaydi shu uchun kecha kunduz ishlayapti.Samad Murod misol uchun. Shu 3 ta versiyadan oxorgisi sabab siz menga javob yozmayapsiz,bunga ishonishinga isbot shundaki,men 1 haftalardan otdi Maqsud Bekjon akaga xat yozib bir iltimos qilgan edim u kishi ham javob bermayaptilar.Balkim Maqsud aka ham men nikname im(ZIDAN)ni J.M sayitida ko’rgandirlar ,shu saba javob kelmaypti.Yana bilmadim balkim men adashyotgandirman,yana xudo biladi. Men kim bo’libman ,sizlar menga javob yozishlaringizni talab qilsam(meni kechirasiz aka,tanqidni ko’tara olishingizga ishonganim uchun…) Balkim ishlaringiz ko’payib qolgandir aka… Xayir Bobomurod aka ishlaringizga rivoj,Vatan uchun xizmat qilishda hech charchmang Ha aytgancha bir narsani so’ramoqchiman Jusuf JUma ko’rinmay qoldilar,nima oxirgi bayonotlaridan(www.voanews.com/uzbek) kegin Ozod Ovozda ham ishlamayptilarmi?Qattiq arazladilarmi yoki,Ozod Ovoz bu partiya emasku hech bundan ham chiqdilarmi yoki,tuzushga birgalashib tuzdilaringiz ,endi tashlab kettdilarmi( meni kechirasiz qo’pol gapirgan bo’lsam). Xayir Bobomurod aka sizga xudodan meni xatimga javob yozish uchun 1 daqiqagina vaqt so’rab qoluvchi ukangiz
ZIDAN
(sizga yozganlarom oshkor bo’lishi uchun bir nusxadan Safar Bekjon akaga va Jahogir Muhamma akalarga ham uzataman(bu uchun uzur),bu uchun xafa bo’lmanag,hammalaringizni bir ko’zda ko’raman,hech biringizga yamon niyatim…)
————————————————————————
Date: Thu, 05 Feb 2004 20:34:55 -0800 (PST) Assalomu alaykum Jahongir aka qandaysiz ,ishlaringiz so’gliklaringiz yaxshimi. Mendan so’rasangiz yamon emas. Sizdan iltimos manabu latifamni sayitingiz(www.jahongir.org) da joylashtirsangiz
Bir Balkonli Uy…
Uzbekistonda siyosiy o’zgarishlar rivog’lanib ketib,Hukumat tepasiga demokratlar keladi,xudiki Gruziya singari.Karimov esa USA ga qochishdan qo’rqadi sababi u erda Qudasi(Maqsudiylar) va Jahongir Muhammad bor ,ular unga katta tashvish uyg’otib qo’yishi qo’rqib Angilyaga qochadi.Va Toni Bleyir oldiga kirib undan siyosiy qochoqlik so’raydi. Karimov-” Bleyir aka sizdan iltimos menga qochoqlik maqomini berishingizni iltimos qilman,Uzbekistonga meni qaytarmang ,meni hechqanday aybim yo’q akajon ” Bleyir-“Yaxshi Islomjon,sizga bir savolim bor agarda shuni bilsangiz mayli beraman” Karimov-“Xo’sh ayting men tayyorman’ Bleyir-“To’rt qavatli uy,bitta balkoni bor bu nima?shu savolga javob topsangiz sizga 3ta shundaqa 4 qavatli bir balkonli uy beraman” Karimov-“Yaxshi men topaman hozir topman” Karimov tezda Zokir va Pustam (Inoyatov)ga tel qiladi va Karimov-“Rustam ,Zokir tezda manabu savolga javob topinglra men Bleyir akam bilan gaplashdim,agarda biz manabu savolga javob topsak 3 ta to’rt qavatli bir balkonli uy berdadi,shu uchun shuni tez top tushundinglarmi,savol quyidagicha “4 qavatli uy lekin 1 ta balkonli bor shu nima ?”tez toplaring hammamiz yana kayf qilib yuramiz ” Zokir va Pustamlar qancha qidirmasin javob topa olmandilar.Karimov Bleyir oldiga kirib Karimov -“Bleyir aka qo’ying bu kalla 15 yildan buyon ishlamangan endi ishlaydimi,qo’ying aka menga 3 ta kerak emas savolni bilmaganim uchun( vadangizga binoan)1 ta 4 qavatli 1 ta balkonli menga atagan uyingizni bering aka” Bleyir shunda quyidagicha javob beribdi. Bleyir-“Mayli qo’ymadingiz qo’ymadingiz mana sizga 4 qavatli 1 balkonli uy!!!”
Bleyir bergan uy :Mushtingizni qising va bosh barmog’ingizni ko’rsatkich barmoq va eng uzun(ortadagi) barmoqlaringiz orasiga qo’ying va o’zingizga qarating shunda sizni ko’z oldingizda Karimovga sovg’a qilingan 4 qavatli 1 balkonli uy paydo bo’ladi. Bosh barmoq-balkon,qolgan 4 ta barmoqlaringiz -4 ta qavatni bildiradi. Bu Karimovga munosib savog’a va Siyosiy qochoqlikdir.
Hurmat bilan… ZIDAN
——————————————————————–
Date:Sun, 25 Jan 2004 18:47:04 +0300
Assalomu alaykum Jahongir aka! Kecha efirga berilgan Abdulla Oripov she’riga javobingizni mazza qilib eshitdik.Dadam qishloqdan kelgan edilar.Sizga alohida minnatdorchilik bildirib qo’yishimni aytdilar. U kishi maktabda tarix fanidan dars beradilar. Buzib talqin qilinayotgan tariximiz bir kun kelib mana shunday she’rlar bilan qata tiklanadi, dedilar. Rahmat sizga. Hurmat bilan R
—————————————————————
Date:Sat, 24 Jan 2004 20:18:59 -0500 (EST)
Assalomu Alaykum hurmatli Jahongir aka!
Kopdan beri sizga hat yozolmaganligimiz uchun uzr. Yangi “Abdulla Oripovga bag’ishlov” degan sheriy maqolangizni eshitdik.Katta Rahmat. Bu erdagi samarqandlik vatandoshlardan ham katta salom.Sog boling. Jahongir aka Usuf Jumaevning sheriy toplamlarini internetda topsa boladimi?Agar bilsangiz iltimos -qaysi saytda topsak boladi. Sog boling.Xudodan xalq dardida siz chekkan iztiroblarni barham topishini soraymiz. M. va B. ukalaringiz.
——————————————————————-
Date:Sat, 24 Jan 2004 09:25:49 -0800 (PST)
Salom Jahongir aka qanadaysiz yaxshi yuribsizmi,mensizni O’zbekiston degan ( Abdullajonga bagishlangan….)sheringizni tenglab rosa dam oldim lekin eshitgandan kegin esa yuragimda bir og’riq sezdim. Nima bo’lsa ham men xursandman Siz va Yusuf Jumalardek akalar borligidan xurasandman,sizlarni o’qib Ameikaga kelganimga mana 7 oy bo’lyapti umuman zeikishinima bilmayman…
hurmat bilan ZIDAN
——————————————————————-
Date: Tue, 13 Jan 2004 11:36:08 +0300
Jahongir aka qalesiz ishlariyiz yahshimi?Man o’sha vatan2 man bizda yandex yhshi ishlamyapti shuning uchun pochtani o’zgartitdim.Esngizda bulsa sizga bir savol bergan edim siz esa javob bermadingiz yani bosh tortingiz.Savol esa quyidasgicha edi ,Salim Abdullaev va G’ofir aka haqida nimalarni bilasiz? Nima uchun bosh tortdingiz yoki qo’rqdingizmi?Man hali Salimboyni kurgdim degan odamni kurmadim. Shuning uchun u odam bormi yoqmi shuni bilish uchun sizga murojat qilgan edim. Agar iloji bulsa shu odamlar haqida bilganingizcha malulmot bersangiz. Afsuski man uzimni sizga tanishtira olmiman chunki sizni aynan Jahongir Mamatov ekanligingizni bilmiman. Shuning uchun iltimos mandan hozir kimligimni suramasangiz yahshi bulardi. Balki vaqti kelib uchrashib qolarmiz… Hurmat bilan VATAN2…
——————————————————————
Date: Tue, 06 Jan 2004 00:36:43 -0800 (PST)
ASSALOMU ALAYKUM MUHTARAM JAHONGIR AKA,YANGI YILINGIZ BILAN TABRIKLAYMAN. JANUBIY TURKISTON O’ZBEKLARINI O’YLAB,GHAMKHO’RLIK QILIB,YOZGAN OTASHIN MAQOLANGIZNI O’QIDIM.BU UCHUN CIZGA KATTA RAHMATLAR AYTAMAN,QALAMINGIZGA QUVVAT BERSIN.LEKIN,”LOYA JIRGA” Ko’Z BO’YAMACHILIKDAN BOSHQA NARSA BO’LMADI.”QORQ qonunning” O’NLAB GAPIRILMAGAN YO KHUD,KAM GAPIRILGAN NUQTALARI QOLIB KETDI.O’ZBEKLAR MENIMCHA HICH QANDAY HAQ-HUQUQ OLAOLMAY CHIQDILAR.O’ZBEK VAKILLARI “BIZ AFGHONMIZ”-DEGAN QORA HUJJATGA QO’L QO’ISHIB, SHARAF BILAN QULLIK ZANGIRINI BO’inLARIGA OSIHSIB, MAJLISDAN CHIQDILAR…AFSUS. SIZGA SOGHLIK TILAB HURMAT BILAN JANUBIY TURKISTONLIK Z.
——————————————————————-
Date: Mon, 5 Jan 2004 13:20:16 -0800 (PST)
Salom Jahongir aka, men Zidan, qandaysiz ishlaringiz yaxshimi men sizga bir anikdot yuboryapman sizdan iltimos shuni saiytingizga joylashtirsangiz.BU uchun oldindan raxmat….
Meni xalqim qachon yaxshi yashaydi
Xudoni oldiga Putin,Nazarboye va Karmov boridilar. Putin xudodan shunday deb so’rabdi;
-Meni xalqim qachon yaxshi yashaydi?
-Seni xalqing 35 yildan kegin yaxshi yaxshaydi,dunyodagi eng yaxshi yashaydigan xalqlar qatorida bo’ladi.
-Ey buncha uzoq ,men buni ko’ra olmasam ketak deb yiglab yuboribdi Putin. Kegin esa Nazarboyev so’rabdi:
-Xay xudo menni xalqim qachin yaxshi yashaydi ?
-Seni xalqing 40 yildan kegin dunyodagi eng yaxshi yashaydigan xalqlar qatorida bo’ladi Nazarboyev ham yiglab yuboribti men yoshim 50 dan otdi ,buni ko’ra olmasam kerak deb.
Kegin esa Karimov sorabdi:
-Xo’sh xudo ,meni xalqim qachon yaxshi yashaydi ?
-Xudo shu payt yiglab yuboribdi,buni men ham ko’ra olmasam kerak
——————————————————————-
Date: Wed, 31 Dec 2003 10:26:11 +0500 (MSK)
Assalomu alaykum Jahongir aka…
Avvaldan aytib quya, men Xudoga ishonaman, lekin kupchilk musulmonlarga uxshayman, namoz qilmayman.Bazida juma namoziga borib turardim. Hozir unga ham bormayman.Ollohga uz ibodatimni hozircha boshqa yullar bilan qilaman. Masalan, duo qilaman, odamlarga yaxshilik qilaman, ugirlik qilmayman, birovni haqiga xiyonat qilmayman, odamlarni so’kmayman. Hozir besh vaqt namoz qilisga vaqtim ham imkonim ham yuq. Bir kun pensiyaga chiqsam uni ham qilarman. Gap bunda emas. Gap shundaki bugun men musulmon uzbekiston saxifasida Musulmonlar yangi yilni bayram qilmasligi kerak degan maqola uqidim. Inkor inkorni chiqaradi deydilar. Nega bizlar hamma narsani inkor qilisga urinamiz? Agar shunday yul tutsak konstitutsiya kunini Karimov qabul qilgan uni ham bayram qilmaylik deyish mumkin. Mustaqillik kuni ham shunaqa. Uni ham bayram qilmaylik deyish mumkin. Navruzz ham islomdan oldin bulgan uni ham bayram qilmaylik deyish mumkin. Shunday ketaversak ogizni boglab bulmaydi,bittasi chiqib olib Ramazon, Qurbon bayrami ham bizga arablar bilan qon bilan kelgan oldin bizda bulmagan deysihi mumkin.Ana kurdingizmi qayerdan boshlab qayerga bordik. Shu masalani radioga olib chiqshingiz mumkinmi. Agar meni xatimni elon qilishga nozik masala deb chuchisangiz mayli uzimga javob yozing, fikringizni bilmoqchi edim, sizni uz fikrini qurmay aytadigan jasoratli odam deyishadi. Yangi yilingiz bilan Tabriklab Abdulloh.
——————————————————————
Date: Mon, 22 Dec 2003 13:21:17 -0800 (PST)
Salom Jahongir aka qandaysiz,ish;aringiz yaxshimi,sogliklaringizchi. Mendan so’rsagiz juda zo’r,chunki hozir men 21 dekabirda Dadaxon Hasanovni yozigan qo’shiqlarini eshitib dam olib o’tiribman.Sizga katta raxmat men Ozodlik radiosiga va BBC ga ham shu mavzuda xat yozgan edim lekin hech qanday javob ham yoki meni talabimga ko’ra Dadaxon Hasanov qo’shiqlarini qo’yishmadi ham,lekin men bundan ulardan xafa emasman,chunki ularni ishlari juda ko’p bilaman. Ey Jahongir aka men hozir “OQ SAROY”degan qo’shiqni eshitib turibman,buni eshitayotib tanim jumushgani jumishgan.Qaniydi xalqimizni hammasi ham shularni eshitishsa edi. Xayir Jahogir aka
Hurmat bilan Zidan
———————————————————————
Tue, 9 Dec 2003 11:05:39 +0300 (MSK)
Assalomu alaykum yahshi yuribsizmi? Sizga bir latifa yozib yuboryapman imkoni bulsa latifalar sahifasiga utkazarsiz.
Bir rus kishisi Uzbekistonga kelsa yulda bir gadoy o’tirgan ekan,shunda halgi rus kishisi gadoyga qarab ,senga boy bo’lish sirini o’rgataymi deb aytibdi,qanday qilib surabdi gadoy? Men ham bir paytlar gadoy edim bir kuni yo’ldan Putin o’tib ketayotgan ekan shrta yo’liga chiqdimda o’tirib olib makkajo’hori poyasini g’ajiy boshladim buni ko’rgan Putin uy joy va juda ko’p pul berdi deb aytibdi.
Buni eshitgan gadoy Karimov ni yo’liga o’tirib olib poya chaynay boshlabdi.Buni ko’rgan Karimov so’rabdi ha “birodar” nima qivossan,egani hech vaqo yo’q shuning uchun poya chaynab o’tiribman,E “birodar” kallang bormi buni qishga olib qo’yib hozir ko’k o’t chaynasang bo’lmaydimi… Ana shunaqa gaplar Jahongir aka, mayli salomat bo’ling…”Vatan-2″
———————————————————————–
Date: Mon, 1 Dec 2003 14:06:26 +0300 (MSK)
Assalomu alaykum Jahongir aka ishlariyiz yahshimi,dengiz orti tinchmi?sizga bir savolim bor edi,siz Uzbekistonga kela olasizmi?Agar kelsangiz siz bilan uchrashsam buladimi?Yoki bu havflimi?agar siz bizga kelsangiz “Katta”sizga qanday munosabatda buladi? Keyin ohirgi savolim,nima uchun bizda ahvol kundan kunga ogirlashib ketyapti,bunga sabab notugri tuzummi yoki boshqa sababmi? Javob uchun oldindan rahmat… Ha yana Jahongir aka bilasizmi er yuzi bir tomonga ogib turadi chunki er yuzida ahmoqlar kupayib ketyapti ayniqsa bizni Uzbekistonda yani anu “VATANPARVAR” ga uhshaganlar… Mayli ularga insofni uzi berursin… Hozircha hayr…Vatan
—————————————————————–
Sat, 22 Nov 2003 13:14:29 +0300
Assalomalaykum Jahongir aka. Hayitlaringiz muborak bo’lsin… Aka Siz “vatanparvar”, aslida “vatangado”ni xatini sahifangizga bekor qo’yibsiz. Uning kimligi savodidan bilinib turibdi. Chalasavod “akademik”lardan bittasi bo’lsa kerak. Bo’lmasa sizni sahifangizda o’z otingizni yashirmay ochik yozayaotganinginizni bila turib sizga maydonga chiq deydimi. O’zi bulsa vatanparvar suzini orqasiga yashirinib olgan. Unga xatini sahifangizga qo’yganingiz qoniqish bermaydi, balki hasadini oshiradi. Mzna ko’rasiz yaqin orada u sizni “Birik” sahifasidan so’ka bohslaydi.Ammo unga parvo qilmanag. Ular o’tgan yil ham sizni so’kib o’zlari yer bilan yakson bo’ldilar. Siz bo’lsangiz Gulnora karimovaning ishini ochib tashlash bilan, Karimovning sessiyadagi ishlarini fosh qilish bilan o’zingizga haykal qo’ydingiz. Ularag shu alam qilmoqda. O’zbekistonda sizning obro’yingiz qancha oshib kelayotganidan ular hasadga tushmoqdalar. Agar sizga hujum qilmaganlarida ERK ichida ham bo’linish bo’lamsdi.Shaxsan man o’zim shundan keyin ularda yuz burdim.Ulardan ko’pchilikning ko’ngli qolib ketdi. Birlikni boshida turganlar ham shundan o’brusini to’kdi. Endi ular chetga chiqib qolib sizga uxshaganlarga, hech qachon yuldan qaytmaganlarga hujum qiladilar. Uzlari yo’ldan qaytaib IAKni qo’llaganlari uchun siz kabi 13 yildan beri o’z yo’lida mahkam turganlarga tosh otadilar.
Siz tezroq vatanga qaytishingiz kerak.Mana ko’rasiz keljak sizniki bo’ladi. Atach qilmang, komputerim ochmayapti. Xudoga shukur sizning ham radioning ham web sahifasiga kirib turibman. Birlik birda ochiladi birda yuq. Erkinyurt degani xam chiqqan. Bir qarab qo’ying.ERK gazetini yangisi chiqdi. Sizga qanday junatsam bo’ladi.Sizha unga yozishingzi mumkinmi?Aka xatimga javob yozmasangiz ham oldim deb javob yozsangiz bo’ladi Hurmat bilan ukangiz Nuriddin.
————————————————————————
Thu, 20 Nov 2003 07:29:20 +0500
JAHONGIR!Assalomu alaykum. Hormang. 6 qismli eshittirish bilan o’z iste’dodingizni yana bir bor namoyon etdingiz. Yashang! Bir yurtdoshimning mana shunday haqparvarligi, rostgo’yligi, is’yonkorligidan boshim osmonda. Bu eshittirish Sizning, yanglishmasam, bu yilgi 3-neytron bombangiz…Birinchi va ikkinchisi – I-boyev va M-iy bilan suhbatlar edi.
“Vatan mansiz, man vatansiz” kitobingizda tug’ilgan kuningizni yozgan ekansiz.Tug’ilgan kuningiz va yilingiz bilan bog’liq astrologik ma’lumotlarga bir qur nazar tashladim. Sizning kelasi yilgi /2004/ tug’ilgan kuningiz chorshanbaga to’g’ri kelarkan. Bunday yilda esa Sizni voqealarga to’lib-toshgan boy yil kutarkan. Balki yashab turgan joyingizni ham o’zgartirar ekansiz. Zora O’zbekistonga qaytish nasib etsa… ajoyib ish bo’lardi-da… Eson-omonlikda ko’rishaylik. Sizga ehtiromlar ila: GULCHEHRA
————————————————————————
Wed, 19 Nov 2003 13:26:22 +0300
SALOM JAHONGIR!NIMAGA BULAR BULMAS NARSALAR BILAN ODAMLANI BOSHINI QOTIRYAPSAN,GAPINGA ISHONYAPTI DEB UYLAYAPSANMI,BEKOR GAP. KIMSAN UZI ,QAERLIKSAN ,MARD BULSANG MAYDONGA CHIQ,PANADAN HUJUMGA UTMAY. SANI GAPLARING HAMMASI UYDURMA,IAK HECH QACHON UNAQA BULGAN EMAS. MARD BULSANG MANI HATIMI UZGARTIRMASDAN SAYTINGA CHIQAR. EY UZBEKISTON AHLI:SIZ BUNI GAPLARIGA ISHONMANGIZ,BULAR UZBEKISTON DUSHMANLARI YANI SIZNING DUSHMANINGIZ,UNGA QARSHI BORING. GAPING BULSA JAHONGIR E-MAILIM OCHIQ HAT YOZ GAPLASHAMIZ!!! FAQAT SAFSATALARINI YIGISHTIR!!! V A T A N P A R V A R ! ! ! vatan-parvar@list.ru A.M.
————————————————————————
Tue, 18 Nov 2003 20:38:43 +0300 Assalomu alaykum Jahongir aka! 7 sessiya haqidagi materiallaringizni ko’zlarda yosh bilan hayajonlanib eshitdik. Nahotki o’sha paytda shunday dadil va qo’rqmas deputatlar bo’lgan bo’lsa. Bugungi deputatlar bilan qiyoslaganda xuddi ertakdagidek…Ular O’zbekistonni bugungi kunini aniq-tiniq tasavvur qilishgan, bilishgan va tashvishlanishgan ekan. Ayniqsa Shuxrat Nusratovning aytgan gaplari bugun o’z isbotini topmayaptimi, deya o’ylab qoldim. Bu odam haqida bugun qanday ma’lumotlar bor? Nusratov hozir hayotmilar? Agar toshkentda bo’lsalar bir uchrashib suhbatlashar edim. Hurmat bila Bekzod.
——————————————————————————–
Assalommu-alaykum Jahongir aka, Men VOA ning doimiy muxlisiman. Mana bugun VII sessiya to’g’risidagi programmangizni eshitdim. Albatta men uchun bu yangilik emas edi, chunki bularni men o’sha payitda TV orqali ko’rganman. Lekin sizning o’sha vaqtda deputat bo’lganingizni bilmasdim. Sizning Prezidentga aytgan gaplaringiz bu katta jasorat va mardlik. Dastur ham juda yaxshi chiqqan. Xalq uchun juda foydali. Kimning kim ekanligi bilish uchun. Umuman men sizag Tasonno aytaman. VA xalqimiz uchun qilayotgan ishlaringizda omadlar tilayman. VOA Uzbek service barcha xodimlariga katta muvaffaqiyatlar! Dr. B.V
—————————————————————-

————————————————————–
Date:Sat, 18 Oct 2003 09:16:10 +0800
Islom Kraimovning qizi Gujumsoy oltin konini oldi. Dunyodagi eng katta shirkatlar qolib ketib Gulnora Karimovaning Aram Amirliklaridagi United international shirkati buni yutib oldi. Bitta odam ahm nafasini chiqarmadi. O’zbekistonni mafiya bosib olgan. Bitta ikkita odam piket qilgan binan ularga hech kim qushilamaypti. Hamma Karimovdan qurqadi.Bu zolimni zolimligi qachon tugaydi?????Darvesh Bek.
————————————————————————
Date:Fri, 16 Oct 2003 14:35:26 -0400
Chetda yurgan muxolifat haqiqiy ahvoldan uzilib qolgan. Bugun hukumat istagan ishini qilishi mumkin. Ertaga ham. Azarbayjonda Geydar Aliyev osongina prezidentlikni o’gliga topshirihsini hamma bilardi. Lokin bizni muxolifat bilmasdi. 12 Okayatr kuni Birlik saytida shunday deb yzoildi:
Bu saylovlarning boshqa MDH mamalkatlari uchun muhim jihati shundaki, sovet zamonidan qolgan perzidentlar o’z taxtlarini bolalariga osonlikcha qoldiroladilarmi yoki yo’qmi degan savolga javob berialdi. Ozarbayjondagi jarayonlarning borishiga ko’ra. Hozirroq bu savolga yo’q deb javob berish mumkin”.
Birlik rahbarlari yozgan bu gap oradan uch o’tib “ha” degan javob oldi. Geydar Aliyev Amerikada kasal yotgan bo’lsa ham taxtini 80 prosentlik ovoz bilan o’gliga berdi. Ikki uch kishi qarshi bo’lgandi. Ko’zini ochib qo’yishdi. Mana sizga haqiqiat…Adhamjon.
———————————————————————–
Date:Thu, 6 Oct 2003 10:00:13 -0600
Sizga bir mavzu. ERK sahifasida 15 Oktyabr kuni Bandit posbonlar degan xabarda shu gaplar bor edi,
“Eng hayratlanarli joyi shundaki, mirshablar Oygul Mamatovaning uyidan Erk qurultoyiga toplangan 15 million so’m pulni ochiqchasiga tortib olib, olgan narsalar royxatiga yozmaganlar. Yani mirshablar oshkora qaroqchilik qilishgan. Bu voqea Ozbekiston davlatining “huquq posbonlari” qaroqchi va banditlar guruhidan farq etmasligini yaqqol ko’rsatdi.”
Oradan ko’p utmay 19 million degan olib tashlandi? Siz juranalsit sifatida nega bu masalani ko’tarib chiqmaysiz? Ular buncha pulni qaerdan oldilar? Karimov degan padarlanatidan qutulsak kimga qul bo’lamiz. Leninga pul berganlar 70 yildan keyin bilingandi. Odamalr pulga zor bulgan vaqtda bular buncha pulni qaerdan oldilar. Bu ham sir bo’lib qoladimi? Mard bo’lsangiz bu masalani ko’tarib chiqing. Bahodir. M-v.
—————————————————————————-
Date:Thu, 9 Oct 2003 14:35:26 –0400
Assalomu alaykum Jahongir. Siz ham ERKda ishlagansiz, shuni uchun bir narsani suramoqchiman. 6 octybr kuni ERK web saytida 1972 yilda tug’ilgan Tursunov Shuhrat haqida unga siyosiy boshpana olish uchun berilgan xat e’lon qilindi. Men shuncha vaqit ERK da bo’lib bunday odamni tanimas ekanman. Balki siz taniysizmi deb suramoqchiman. Bu ham yoki polit ubijeshe uchun yozilganmi? Javobini kutib S.M.
————————————————————-
Date:Thu,9 Oct 2003 10:25:20 +0400
Bugun radiolaringzida Mamadali Mahmadov va Muhammad Bekjon haqida berildi. Ozod ovoz degan tashkilot boshlig’i Bobomurod Abdullayev Muhammad Bekjon mustaqillik yillarida kuchli siyoisy demokaratik maqollarni qurqmay e’lon qilgani uchun Sakharaov mukofotiga kursatildi degan gapini berdingizlar. Bu g’irt yolg’onligini bilasizku. U rusfakni bitrgan va bir satr ham maqola yozmagan. Bobomurod esa manimcha xorazmlik. U Norvegiyaga borib Muhamad Solih bilan uchrashganda uni azerilar balaan tanishtirib web sahifa qilishni boshlatgan.Buni hamma biladi. Shuni uchun ham web sahifada faqat Muhamad Solih istagan odamlarni narsasi e’lon buladi.U Maqsud Bekjon haqida yolg’onni uyalmay gapirdi.Siz ham bila turib bunga kuz yumganingiz qiziq. Karimov tarixni buzqda deb turib tarixni uzimiz ham buzayapmiz. Yashanglare.. Darvesh.
———————————————————
Date: Mon, 6 Oct 2003 09:36:02 +0400 (MSD)
Yana bir bor Assalomu alaykum Jahongir aka qaley yahshi yuribsizmi?Sizni saytingizni qidiruv hizmatidan topib oldik.Bilasizmi uqib vabshe muzlab qoldim.Bilmadim bu ketishda ohiri nima buladi.Halq nihoyatda qiynalgan.Toshkandayu sal chidasa buladi lekin sal chetroqqa vodiy taraflarga utsangiz halq shunaqangi qiynalyaptiki.Hamma joyda IAK ni odamlari.Islom akani maqsadi nima uzi bilmayman.Shu ketishi bulsa baribir bir kunmas bir kun halq portlaydi ana unda yomon buladi. “hurmatli prezident”imizga buni farqi yoq shekilli. Haligi radioni saytini ham uqib turibmiz. Mayli hatni tezroq junata qolay bilasizu bizda chap kuz unggiga dushman rahmmat sizga Jahongir aka. Olloh hammamizzi yahshi kunlarga etkazursin…”vatan2”
———————————————————————-
Date: Sun, 5 Oct 2003 11:25:20 -0700 (MSD)
Assalomu alaykum…Birlikni mehmonlar kitobida muxolifat uzini sharmanda qildi. Shundan keyin ham ularni muxolifat deyish mumkin bo’lsa. Oldin sizga hujum qilganda ular obro’sini yuqotgandi. Sizning nima ish qilayotganingizni ham ularnikini ham hamma kurib turibdi. Ular uzlarining borliklarini faqat shu yo’l bilan ko’rsatmochilar. Men Amerikaga borganimda ulardan bittasiga telefon qildim. Osmonda. Hali ham o’zini shohanshoh deb bilib yuribdi. Bu yerda uning orqasidan yurganlarga u ham vatan ham kerak emas. Uning vositasida “ko’kidan” olib turish kerak. Fridum Xavus ularga pul beradi. Yana boshqalar ham. Yna grant olishadi. Anashu pulni olish uchun ularni gruppasiga qo’shilganlardan o’pkalamasa ham bo’ladi. Men bugun dushmanga aylanib qolgan do’stlarimiz mamlakatida bu sahifalarga kirib turaman. Nonimni o’sha yerdan topishimni bilasiz. Shanba yakshanba vatanga o’tib kelaman.Hozir pul bilan hammani sotib olish mumkin. Karimov millatni bor narsasini ham o’ldirdi. Endi u ketsa ham ko’p narsa o’zgarmaydi. Botqoqa botdik’ hukumat ham, muxolifat ham, odamlar ham…Radiongzidan bir ayolni gapi esimda qoldi. U Karimov o’zbeklarni savdogarga aylantirdi. Biz mol sotadigan savdogar emas, mansab sotadigan ,joy sotadigan, ish sotadigan, bir-birimizni sotadigan, tariximizni sotadigan, bolalarimizni sotadigan, o’zimizni sotadigan savdogar xalqqa aylantirildik dedi.Karimov va muxolfatni xizmati bu. Ishonmasangiz Birlikni mehmonlar kitobini uqib chiqing. Men shuni uchun ham siyasatga kirmayman. Savolingizga javob berdim deb uylayman. Salomat bo’ling. Chambileldan Doniyor.
—————————————————————-
Date: Sun, 5 Oct 2003 09:28:10 +0800 (MSD)
Assalomu alaykum Jahongir aka! Esingizdami bir paytlar hali shunday kunlar keladiki odamlar men aytgan gaplar tugriligiga ishonadi degan edingiz. Aka usha kunlar keldi. Siz 10 yil avval Kattaga aytgan gaplarni bugun butun xaql aytmoqda. Lekin bu xalqni birlashtiradigan, tog’ri yo’lga boshlaydigan odam yo’q.Ikki uch kishilik piketlardan u yoqqa uta olmayapmiz. Lider, liderlar kerak bulayapti aka, butun xalq ishonadigan liderlar kerak.
——————————————————————-
Date: Fri, 26 Sep 2003 10:20:50 +0400
QALEYSIZ,MAN SAYTINGIZGA QIZIQIB QOLDIM,SIZGA SAVOL BERMOQCHI EDIM. SIZ BU SAYTNI UZBEKISTONDA OCHDIZMI YOKI UZIZ HAQIZDA MALUMOT BERSANGIZ(MANDAN SHUBHALANMASANGIZ BULADI STUDENTMAN) KARIMOV HAQIDA MALUMOTLARINGIZNI ALOHIDA QILIB JUNATA OLASIZMI MANGA. “ZAFAR BEK”
————————————————————————
Date: Fri, 26 Sep 2003 10:05:20 +0100
Assalomu alaykum.Men sizdan Erkda bosib chiqarilgan Bahodir Fayzini kitobi haqida suramoqci edim. Men uni Turkiyedan bilaman.Ruscani bilmasdi. Uzbekchani ham turkca qilib gapirar edi. Lekin turkca bir ikki maqola yozgan. Muxolfatni Turkiyega kelib tanigan. Yozgan kitobini ko’p joyi faqat Muhammad Solih bilishi mumkin faktlar. Shu kitobni Bahodir Fayzi yozganiga ishonasizmi? Keyin sizlarni ham rasm haqda yozgan. Men saytingizda rasm tarixi haqida uqigandim.Bahodirning bu gaplardan xabari yuqmi. Muhammad Solihni faqat rasm uchun sud qilgan degan gaplari ham kulgili.Sentrasia saytida Xazratkul Xudoyberdi xam bu kitobda juda kup xatolar borligini yozdi. Uni xam sizga attach qildim. Ukangiz A.Z.
————————————————————————
Date: Wed, 24 Sep 2003 15:06:04 +0400 (MSD)
Assalomu alaykum Jahongir aka!!! Sizga hat yozishimdan maqsad sizni saytingizni tasodifan topib oldim,bilasizmi,Uzbekiston haqidagi bunchalik ochiq-oydin gaplarni birinchi marta eshitib turimman,agarda sizday bunchalik,haqiqatni ochib tashlaguchilar bulmasa bizga uhshagan gumrohlar bor dunyoni shu kuzimiz oldidagi yolgon narsalardan iborat ekanligini bilmagan bulardik. Tez kunlarda bu haqiqat oshkor bulishi aniq… xaker1949.
————————————————————————
Tue, 23 Sep 2003 05:23:13 -0700 (PDT)
Assalomu Alaykum.
Jahongir aka qalay yahshi yuribsizmi?Ishlar bilan charchamay? Mani ismim A. man Toshkentdanman,lekin hozir Kuala Lumpurda yashayabman.Man sizni Yahoo.com Searchda uchratib qoldim va sizni maqolalaringizni uqidim.Bilishimcha siz Virginia Shtatida yashaysiz va Radioda ishlaysiz.Man utgan yili Kuala Lumpurga kelgandim va butta 1 yildan beri yashayabman.Thailand Va Singapurda buldim ansha muncha narsalarni kurdim.English tilida yozsam mumkinmi?
So,right now I am in KL and studying Computer Programming and got a Job in a Restaurant. I am taking control over E-Business of the restaurant as aWeb programmer. What about you?U are still in America? Could you please tell me something about yourself.Youcan even call me Tell….
————————————————————————
Date: Mon, 22 Sep 2003 10:06:04 +0800 (MSD)
Yaqinda to’y qilayapmiz. Toshkentda to’y qilishni o’zingiz bilasiz. Kimdan qarz so’rasam boshini egadi. To’yni o’tkazib olish uchun grantchilar bilan ishlab turishga majburman…Sizlar ham vatanda bo’lganlaringzida edi, to’ylarimiz boshqacha bo’lardi…
…Siz Saxarov mukofoti bu yil dekabrda kimlarga berilishini O’qigan bo’lsangiz kerak. O’zbekistondan Shovruq, Mamadali qolib ketib Solihning ukasi nomzod bo’lganiga nima deysiz? U inson huquqlari bo’yicha nima qilibdi? Unga uxshagan qamoqda yotganlar ko’pku? ERK gazetasiga Ibrohim Haqquldan keyin sizni redaktor etib saylagan edik. Nega Muhammad Bekjon redaktor edi deb berilgan bilmayman. Bular ertaga, Xudo ko’rsatmasin hokimyatga kelsa aka-ukalarini, urug’-aymoqlarini katta ishlarga tayinlashda, mukofot olishda Karimovni ham mot qilishadi.Muhammad Bekjon akasi uchun qamalgan deyilgan. U o’zining ishlari uchun qamlaganini hamma biladi. Akasi uchun qamalgan Komil bo’lsa qamoqdan chiqarilgan. O’zbekistonda muxolifatga aralashmasdan qamoqda yotgan qarindoshlar juda ko’plab bor… Mayli bir ko’nglimni yozay dedim. Buning uchun sud qilmasalar kerak. Oynisa.
————————————————————————
Date: Wed, 09 September 2003 06:02:19 +0500(PST
Salom Jahongir aka!!!
Men bu sizning saytingizni qayerdan ochtim o`zimam bilmayman lekin, man o`ylanyapman man shunchalik Islom abdug`aniyevichga ishonardimki,…. O`zbekistonni shunchalik sevardimki, Islom akaga shunchalik ishonardimki….. Man bunday narsalar bo`lishini o`ylamagandim, lekin hozir ham bu gaplarga man unchalik ishongim yo`q, bu ekstrimizmdir, lekin bu narsalarga ishonishga asos bor, … Men Qaysi biriga ishonishga boshim qotib qoldi. Endi sizga bitta savolim, siz bu faktlarni nimaga asoslanib chiqardingiz,… Men shu narsalarga aniq bir guvohlik istardim,…. Kim nima desa desin lekin baribir bir kunmas bir kun haqiqat yuzaga chiqadi… Mehmon.
————————————————————————
Date: Fri, 09 May 2003 06:02:19 +0600(PST)
Assalomu alaykum…Bugun halqning geneofoni o’ldirilgani haqida ilgari yozgan edim. Qurultoy kunlari buni yana bir marta sezdim. Odamlarda 90 yillardagi vatanparvarlik yuqolib bormoqda.Hamma narsani pulga ulchydigan bulib qoldik. Muholifatchi bulish, inson huquqlari uchun kurashchi bulish, interenet sahifalariga habar yuborib turish ham pul bilan boglik.Ilgari bu uchun 50 dollardan olardik. Keyin 25 ga tushdi.Esingizdami 90 yillar boshida millionlab odamlar kuchalarga chiqan edilar, muholifatni qurganlar ham pulsiz edilar.Hozir kimga pul beraman desangiz o’sha muholfatchi ham buladi, inson huquqlari uchun kurashchi ham, dinini uzgartirib olishi ham mumkin.Rejim jamiyatni, xalqni anashu holga olib keldi.Bilmyaman, balki hatodir gaplarim, siz nima deysiz? Hatingzini kutib D.I.
————————————————————————
Wed, 07 May 2003 16:09:46 +0400
Ovrupa banki yig’ilishidan so’ng O’ZBEKISTONdagi o’zgacha fikrlovchilar, xorijiy muxbirlar yana qattiq nazarot ostiga olingan va ularga tegishli e.mael.lar ham kuzatuv ostiga olingan kurinadi. Muntazam ravishda ularning ortidan ayg’oqchilar quyilgan. Ularga har qanday yo’l bilan bo’lmasin xalaqit berishga urinishmoqda…hurmat bilan A.
————————————————————————
Date: Mon, 05 May 2003 03:06:27 +0500
Assalomu Alaykum Jahongir aka. TURONZAMIN FARYODLARInining birinchi qismini bugun bir o’tirishda “tushirdik”… Goho qayg’u, goho alam bilan.. Ko’ngildagi gaplar, nazm ila musiqa uyg’unlashib, go’zal ijod mahsuli chiqibdi… Rahmat, barakali bo’lsin. Muhimi – shu dardning o’z ko’nglingizga sig’may to’kilgani… Ertaga 2 qismga o’tamiz. FAQAT SAMARQAND va JAHONGASHTALIK bo’limlari saytga yuklashda yanglishilgan bo’lsa kerak, bir xil tushib qolibdi…Hurmat bilam ukangiz Farhod.
————————————————————-
Sat,3 May 2003 04:32:14 -0800 (PST)
Salom dustim… Kecha devonga boruvdim. A.ni kurdim. Oldinlari qurqardi. Endi qurqmasdan hovlida ancha aylandik.Gaplari ham dadil. Uning aytishiga kura katta qattiq kasal bulgan. Hech nima bilan qiziqmas ekan.Duxtirlar ichma desa ham faqat ichar ekan. yaqinda operatsiya bulibdi. Unga bir narsa bulib qolsa ismoil aka shavkatni oldinga surishi mumkin ekan.Shavkatni bilasiz. Uni oldida kattadan kurganlarimiz holva bulib qolmasaydi. Lokin kattaning sogligi podvodit qilmasa uzining 2006 yilda urinbosarini elon qilish plani bor ekan.Anau ikkalasi haqida gap ochgandim, katta ular murdalar deb ular haqida gapni eshitmas ham ekan. Shukur aka charchab qolgan. Uzini oldirib quygan.Sizni bir maqolangiz chiqqan ekan A. kattaga olib kirsa nima qilib yuribdi, tili juda ham yomonda debdi. Ilgari bulganda ur tupolon bulib ketardi dedi.Ismoil akaga tasir qiladigan kuch topib uni Shavkat haqidagi fikrini uzgartirish kerak deyapti A. Bu haqda siz nima deb uylaysiz. Xalilov bir ikki sizni surabdi.Oygul kelgandi. Hozir u Oripovni gruppasiga utib ketgan. Karim bilan gaplashsam chuchidi. Nurali qayerda xabaringiz bormi.A. Kattaga Mamadali haqda aytgan ekan yana chiqsa yana jim yurmaydi debdi. A. balki chiqaramiz dedi. Hozrcha shu gaplar.Eski adresga yozing.
————————————————————————-
Date: Thu, 1 May 2003 05:45:31 -0400 (EDT)
salom Jahongir aka kech a yuborgan CD larni oldim. kattadan katta rahmat. she’rlarni miriqib tingladik. she’rlaringiz dardli… dardli.yurak ezuvchi suzlar odamni tulqinlalantiradi. va uylantiradi.Vatandan uzoqda emasmizmi soginch kabi tuygular …inshoolloh biznýng vatanimiz ham bir kun yoruglikka chiqar. faqat kurashishimiz kerak buning uchun birlashishimiz kerak. biz uzbeklarda bu sal kamroq.sizning ijodingizga rivojlar ,omad hamisha yor bulsin. hurmat bilan ukangiz B.D.1.05.2003
————————————————————————
Date: Sat, 26 Apr 2003 21:18:08 +0500
Assalomu Alaykum Jahongir aka!Keliningiz va bolalar bilan(kattasi) o’tirib, -O’ZBEKLAR va O’ZBEKLAR- ni o’qiyapmiz…)) Menku mayliya, sal pal ilgaridan siz yozgandek voqealarni eshitib yurganman, bolalar hayron… Fikrim – qancha vaqt muhojirlikda bo’lishimiz ma’lum emas, odamlararo munosabatlardan boxabar bo’lishgani tuzuk… O’shanda hech kimdan katta bir narsa kutmaydi va xafa ham bo’lmaydi… Boshqa (yahudiy, armani, chechen) millatlarga odamning havasi keladi…Balki hali yaxshi bo’p ketar..(ovunish yo’sini) )) Xullas, Sizga ko’p rahmat. Sog’ bo’ling.
Hurmat bilan Ukangiz F….
————————————————————————
Mon, 7 Apr 2003 04:51:24 -0800 (PST)
….Jahongir aka. Turonzamin faryodlarini eshitib bulib sizga xat yozmoqdaman. Oldin bir tanishin bergan kasetadan eshitgan edm. Sifati uncha yaxshi bulmasa ham tushunarli edi.
Bugun Toshkenta …… akaning uyida o’tirib eshitdik.
Kuzimizga yosh oldik.Kasetaga yozib uzingiz bilgan katta shoirlarimizga yubormoqchimiz. Aka, ulug ish qilibsiz. Kam bulmang. Hali vatan bu xizmatlarni biladigan kun ham keladi. Saxifangzidagi boshqa yozilganlarni ham uqidim.Kup gaplardan xabarim bor. Mevali daraxtga tosh otadilar. Lekin ularning sizga otgan toshlari qaytib uzlariga urayotganini bu yerda bizlar kurib turibmiz. Ayniqsa sizga qarshi kampaniyalaridan keyin ular qolgan obrularini ham yuqotdilar… Bir oy oldin Ismat Xushev press konferensiya qilganda men xam bor edim. Uning 1993 larda sizga qarshi yozgani eslatildi.Odamlarning esida ekan. Usha yerda Oygul Mamatovani ham kurdim.Yana siyosatga qaytganga uxshaydilar… Kegin yana bir masala, kuzatayotgan ekansiz, qaytadan uruscha va inglizchgaga utib ketdik. Xamma urischa yozayapti.Demak xalqimiz uchun emas tashqaridagilar uchun yozilyapti. Kuplari siz un yil oldin yozganlarni bugun yozib Amerika ochdik deb yurishibdi.Lekin diqqatni tshqariga emas ichkariga qilish kerak. Onglar zanglab ketgan. Shu haqdagi maqolangzini kengaytirib bu masalani radioga ham olib chiqsangiz, men ham gapirishga tayyorman. Ezgu tilaklar bilan B. N.
————————————————————————-
Fri, 21 Mar 2003 06:54:28 +0500 (EST)
Assalomu-alaykum Jahongir aka sizning web sahifangizdagi suzlarni uqib behad hursand buldim o’zbekistonimiz uchun . hurlik uchun yozayotganingiýz juda katta jasorat desa buladi. sizga bir uzbek sifatida katta rahmat aytmoqchiman. men bu hatni turkiyadan yozyapman. bu hatga kupchilik ishonmasligi mumkin chunki karimov hakikatdan ham halkni kuzini bog’lab tashladi. men bu web sayfani yakinda topdim. boshka web sayfa bulsa yob yuborsangiz yahshi bulardi. meni e.mail adresim… sizga omadlar tilab ukangiz bunyod. ha aytgancha bugun uzbek halkýni buyuk bayramlaridan biri NAVRUZ bayrami bilan sizni va siz orqali barcha vatandoshlarni tabriklayman.
21.03.2003
————————————————————————-
Thu, 27 Mar 2003 04:05:15 -0500 (EST)
asssalomu-alaykum Jahongir aka! javobingiz uchun katta rahmat. meni javobimni web sayfaga quyaman debsiz bemalol quyishingiz mumkin. men uzbekistoning ( …. )tumanidan (…..)muhandislik iqtisodiyot institutida 3-kursda uqiyman hozircha akademik ta’tildaman. turkiyada ishlayapman. sizning asarlaringizdagi kuzi ochiqlik,vatan haqidagi tushunchalar odamni uylantiradi, ruhlantiradi.Bu ijobiy tushunchalar uzbekiston yoshlari uchun hizmat qilsa juda ham hursand bulardim. men bush vaqtlarimda uzbekistan hakida web sayfa izlayman. ne bahtki,sizning adresingiz meni qiziqtirýb qoldi. va internet cafega kup kiradidan bulib qoldim. sizga soglik salomatlik tilab ukangiz bunyod. ha aytgancha web sayfa adresingizni uzbekistonga bir guruh talabalarga junatdim. sizga omadlar va vatanimizni rivojlangan davlatlar qatorida kurish hammamizga nasib qlgan bulsin. 27.03.2003
——————————————–
Fri, 28 Feb 2003 10:05:03 +0500
Assalomu Alaykum, Hurmatli Jahongir aka. Bugun Turonzamin faryodlarini eshita oldim, kuzimga yosh kelib ketdi.Yuragimdagi gaplarni aytgansiz. Bitasini radioda eshitgandim. Bugun ham bittasini eshitdim. Fakat shanba kunlari berasizmi? Ikkinchi kismda kolganlari kachon kuyasiz. Radioda ketgandan keyinmi? Men shunday deb bildim. Latipalar ha zur. Mustakillik deb orzu kilgan davrimizni hamma gaplari latipa.Bu xuddi ensiklopediyaga uxshab bormokda. Uydagilarga telefonda aytdim, kayerdan eshitamiz dedilar.Endi kasitga yozib bolaladan junatmokchiman.Bir uzingiz shuncha ish kilayotganingizga tasanno aka! Uzingizga va oliangziga Ollohdan sogilk tilab M….
———————————————–
Tue, 25 Feb 2003 13:56:09 +0500
Salom dustim.Kecha ummumi tanishimiz Ismatni ziyorat qildim. U sizni saxifangizni kursatdi. Usha yerda indamadim. Lekin boshqa joyda ochib uqidim. Bugun xam uqiyapman. Anaularga javoblaringizdan ma’lumki islosliklari hali xam davom etmoqda eka. Shu bilan tug’ilganlar shu bilan uladilar, shekilli. Siz parvo qilmang. Saxifangiz meni xayratga soldi. Uzimni mmrim bekor utib ketayotgandek xis qildim.Bizga ham nasib etarmikan… Faqat umid bilan yashay berish ham jonga tegdi.Turonzamin faryodlarini qanday eshitish mumkin. Ismat ochgandi eshitildi.Lekin men bilgan joydagi komputerda eshitish jihozlari boru radino ochmayapti.Masalahat bersangiz… Karim….
——————————————————–
Fri, 21 Jun 2002 19:56:09 +0500
Assalomu-a’laykum Jahongir aka! Bugun 5-6 kishi bisnikida yig’ilib o’tirdik. Ayrim ishlarni kelishib oldik. Tolib aka ham kelgan edi. Siz haqingizda ham hurmat ila eslab oldik. Bilasizmi, mana men 10 yildan ortiq muxolifatdaman. Lekin biror joyda Siz haqingizda yamon so’z eshitganim yo’q. Hamisha hurmat bilan eslashadi. Baxmal togidagi 66 yishli oddiy bir cho’pon ham Siz haqingizda qanchalik yaxshi so’zlarni aytdi. O’z ko’zim bilan ko’rganman, rasmlaringizni olib yurishganini.Kim-kimligini yaxshi insonlar allaqachon ajratib olishgan. Bu Sizning eng katta boyligingiz emasmi axir. Albatda boyligingiz!!! Buni Sizdan hach kim, hech qachon tortib ololmaydi!!! ALLOH dan Sizga sog’liklar tilab Jizzaxdan Baxtiyor do’stingiz!. Email; hamroev@online.ru hamroev@rambler.ru
———————————————————————-
Tue, 24 Sep 2002 23:56:35 +0500
Assalomu-alaykum Jahongir aka, Inson huqulari haqidagi maqolangizni o’qidim menga juda maqul bo’ldi. A’zolarimiz ayniqsa xursand. Sekin-sekin imkoniyatdan kelib chiqib printterda chiqarib beryapman. Materiallar qaerdan kelganiga hayron. Maqolangiz oxirida gapning po’st kallasini aytgansiz qo’shimcha qilolmayman. Bizning eng katta fojiyamiz to’g’ri takidlagansiz muxolifatning birlahsmaganligi, tarqoqligidir, bundan ham eng katta fojiya o’z-aro munosabatda toqatsizlik yani madaniy muloqatning shakillamganligidadir. Shu erda bir fikrim “O’lmagan ayiqning” terisini talashayotgan ikki lider allaqachon siyosiy o’likga aylanib bo’lgan. Mo’jiza roy berib qaytib kelganda ham oz sonli qolgan muxolifatning ichidagilarning ham ko’pchiligini hafsalasi pir bo’lgan va qo’llab quvatlamaydi. Ular hali chuchvarani xom sanab yuripti. Agar tap etib Eshmat ketsa albatda Toshmatga qoladi, lekin muxolifatga emas. ALLOH dan Sizlarga sog’liklar tilab Hamroqul.
———————————————————————–
Wed, 26 Jun 2002 22:29:58 +0500
Assalomu-a’laykum Jahongir aka! Ushbu xatim bilan vaqtingizni olsam oldindan uzr so’rayman. Yaqinda BBS dan muxbir kelgan edi. Iltimosi bilan Meli Qobulovning oilasiga olib bordim. Ancha suhbatlashdik. Albomidagi tarixiy rasmlarni ko’rdik. Sizni va ko’pgina deputatlarni rasmlari bor ekan. Rayxon yanga rasmlarni ko’rib ancha yig’ladi. Bu Siz haqingizda bo’layotgan bir lavha xalos. Yaqinda viloyat telvideniyasidan bir jurnalist tanishim uyimda mehmon bo’ldi. Ichidagi ancha dardini to’kib ketdi. Aslida o’zi professoridan tortib, aytim telev: muxarirlarigacha va oddiy insonlarning dardini to’kib soladigan joyga aylangan uyim. Mahalliy hukumat esa men haqimda o’ta bo’lmag’ur gaplarni tarqatayapti. Ular bilan aloqa qilmanglar, bular vatan sotqinlari, ular bilan hech kim qiz olib, qiz berishmaydi va hakozlar. Hukumat-ku mayli, Jamiyatimizga a’zo bo’lib olib, yillab non tuzimni eb sotqinlik qilishdi. Hatto “Ezgulik” a’zolari bozorda orqamdan kelib sonimgacha tepishgacha borishdi. Ular bilan sudlashmadim. Yozsam doston bo’ladi. Bu yozganlarim bilan nima demoqchiman? Jahongir akajon “ular” hatto javob berishga arzimaydigan ALLOH ning zayif bandalari. O’zingiz yozganday, Karvon o’taveradi, it huraveradi. 80 ga kirgan Otam ko’pincha aytadida: Teng-tengi bilan-tezak qopi bilan. Tenging bilan yurgin bolam! Jahongir aka qo’ying ularni. Kim qilsa ALLOH dan topgay albat!!! ALLOH dan Sizga sog’liklar tilab Jizzaxdan Baxtiyor Hamraev. Email; hamroev@online.ru hamroev@rambler.ru
———————————————————————–
Wed, 18 Sep 2002 12:16:30 +0400
Salom Jahongir aka. Islaringizga va hayotingizga rivoj tilayman. sogliklaringiz yaxshimi? Oila azolaringz sog salomatmilar? Vatandoshlarga salomimizni etkazing.Aka, yozgan esse va latifalaringizni mazza kilib ukidim. Asosiy yangilik – fermer xujaliklaridan erlar tortib olinmokda. Birgina Zarbdor tumanida, tuman xokimi Uskan Azimovning aytishicha, 120 ga yakin fermer yakinla eridan ajraidi. Bular asosan texnikasi yok, kambagal fermerlar. Shu tuman fermerlarining mashina traktor parkidan karzlari 360 milliondan ortib ketgan. Men shu masalani urganish chogida yana bir narsani paykadim. Hukumat kishlok hujaligi rivoji buyicha memorandum shartlarini bajarmokchi emas. Unga kura,fermerlar uz paxta hosilini 50%ni xoxlagan narxda, xoxlagan tomonga sotishi mumkin edi. Birok, bunday memorandum borligidan minglab fermerlarning xabari yok. Salom bilan, Ulugbek Haydarov.
————————————————————-
8 Oct 2002 23:24:33 +0500
Assalomu-alaykum Jahongir aka, Xozirgina Sizga xat jo’natgan edim, keyin Sizdan xat bor ekan. Xozir menda iqtisod tufayli internetim faqat kechasi 22-00 dan 05-00 gacha ishlayapti. Sayt menda bemalol ochilayapti. O’zbekistonda ko’plab har xil pravayderlar mijozlarga xizmat qiladi. Ayrimlarda bir sayt ochilsa boshqasida ochilmaydi. Bunga sabab menimcha ayrim pravayderlarda o’zlarining antenasi bor bo’lsa kerak. Chunki 2 oylarcha bo’ldi Toshkentda bir pravayder hukumat tomonidan yopildi va bunga sabab qilib antenani ishlatgan degan ayb qo’yishgan. Bu sohada mutaxasis emasman. O’tkan yili bizga xizmat qiladigan online.ru pravayderi “Birlik” va ko’plab saytlarni yopib qo’yganida ancha janjal ko’targan edik. Shundan so’ng saytlarni ochib yuborishdi. 4 oy bo’ldi “Birlik” ni yopgan edi yaqinda yana ochib yuborishdi. Qolganlari ochilmaydi. Sizning saytingiz bemalol ochilayapti.Sayt adresni hach kimga berganim yo’q. Faqat ruxsat bersangizgina beraman.Maqola va esselaringizni nusxa olib tarqatib yuborayapman. Qiziqish juda katta. Ayniqsa “O’zbeklar va O’zbeklar” asaringiz maqul booldi. “Islom lashkarlari”ni bugun ikki kishiga nusxa qilib berdim. Biz 4 qavatli uyning 4 qavatida yashaymiz. Yozda kechalari ham juda issiq va shul sabab tomga chiqib tunni tomda o’tkazaman. “Cheksiz osmonda Katta ayiq yuldyzlari bilan birga minglab yulduzlarning Oltin qoziq atrofida aylanishiniga qarab ALLOH ning borligiga va qudratiga ming qatla shukurlaraytaman. Demak Biz bormiz bu yolg’on dunyoda va yashayapmiz!!!” Jahongir aka!!!! ALLOH dan Sizga sog’liklar tilab ukangiz….
——————————————————–
Thu, 31 Oct 2002 05:33:02 -0800 (PST)
“Amerika ovozi” radiosi O’zbek sho’basi rahbariyatiga Muhtaram “Amerika ovozi” radiosi o’zbek sho’basi tahririyati xodimlari! 2002 yil 6 o’ktabr kuni Farg’ona vodiysidan jurnalist Gahongir Muhammad boshlab bergan “Savol sizdan-javob bizdan” rukni ostidagi “Til uchida turgan gaplar” nomli radioforum biz tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Biroq o’sha kunlarda qisqa to’lqindagi eshittirishlar sifati ko’hgildagidek bo’lmadi. Hozir esa radioeshittirishlar yangi metrlarda uzatilayotgani bois sifati yaxshi bo’lib qoldi. Istardikki, 6 o’ktabr 2002 yil kundagi “Savol sizdan-javob bizdan” rukni ostidagi “Til uchidagi gaplar” radioforumi qayta efirga uzatilsa. Yuzlab tinglovchilar nomidan ushbuni so’rab qoluvchilar:
1.G’ulomjon Xolmatov
2.Hoshimjon Jambulov
3.Ahmat Abdullayev
4.G’ofurjon Toshpo’latov
5.Rustamjon Ergashev
6.Nodira Rahmatullayeva
7.Ra’no Tolibova
8.Rohila Rahimova
9.Mahmudjon Xolmirzayev
10.Hakimjon Nuriddinov
11.Yoqubjon Xoliqov.
———————————————-
Sun, 12 Jan 2003 11:33:31 -0500
Assalomu aleykum Jahongir Muhammad.Kamina ilk marotaba sizga maktub yullamokda.Avvalombor men uzim hakimda kiskacha ma’lumot berib utsam. Men oddiy ishchi dehkon oilasida dunyoga kelganman.Yoshligimdan Tibbiyotga kizikib kelar edim va shu sababli Tibbiyot Oliygohi Davolash Kulliyotiga ukishga kirdim.Hozirda 5-boskich talabasi bulishim kerak edi…Ming afsuslar bulsinki takdir takozosi bilan,ukishni tashlab vatandan uzokda chikib ketishga majbur buldim.Hozirda Buyuk Kirollik mamlakati deb nom olgan angliyaning London shahrida yuribman.Agar men yozadigan bulsam,sizni “Kuvgin” deb nomlangan romanongiz singari yuzlab sahifa bitilishi mumkin. Men bugun bir necha dakika ilgari Sizni va kolaversa Amerika Ovozi radiosini tinglash baxtiga muyassar buldim.Bunga ollohga hamdlar aytaman.agar men siz bilan aloka urnata olsam uzimni baxtiyor his kilgan bular edim. Hozircha xayr.Sog va salomat buling.Olloh yor va madadkor bulsin. Londondan Abror.
—————————————————
Wed, 15 Jan 2003 13:57:51 -0500 Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh.Avvalombor kimmatli vaktingizni ayamasdan kaminaga javob maktubini yullaganingiz uchun tashakkur.Men bir necha dakika oldin sizni javob maktubingizni ukib chikdim.Rostini aytsam ishongim kelmayapdi!!!Chunki men yoshligimdan goyibona bulsada,sevib ardoklab yurgan buyuk bir inson bilan aloka urnatishga muyassar bulib turibman.Ha Jahongir aka men sizni yoshligimdan yaxshi taniyman.Sizni uz tugishgan akamdek bilaman. Men “Ozodlik”,BBC radiosini 1995 yidan muntazam ravishda tinglab kelaman.Sizni “Ozodlik”radiosidan har bir chikishingizni zavk bilan tinglar edim.Keyingi paytlarda “Ozodlik”dan sizni odamni larzaga kelturuvchi,faflat uykusida yotgan insonni uygotuvchi kalimalaringizni tinglashni iloji bulmay koldi.Men Amerika Ovozi radiosini juda kiyinciliklar bilan tinglar edim.Bilmadim Radiomiz yaxshi emasmidi,uzi shunday edimi tulkinni ushlash kiyin kechar edi. Amerika Ovozi Uzbek bulimi yopilar emish degan gap suzlar chikkanida meni kanday ahvolga tushganimni kursangiz edi!!! Men sizga va sizni yakinlaringizga bulayotgan zulmni,ayniksa opa-singillaringizga bulgan tazyiklarni eshitganimda meni ahvolimni kursangiz edi. Hozirda opalaringiz sog-salomat yurishibdilarmi.men oxirgi voke’lik nima bilan tugagani hakida ma’lumotga ega emasman. Men Londonda hozirda ishlab yuribman.Bir oylik Ingliz tilini urgatuvchi maktabga ukidim.BBC radiosi bilan aloka urnatgan edim.Hamid Ismoil bilan tanishish maksadida u kishi bilan uchrashuv tashkillashtirgan edik,lekin ayrim sabablar bilan bu uchrashuv bulmadi.Agar xabaringiz bulsa u kishi hozirda radioda ishlamayapdilar. Hamid Ismoil meni BBC radiosi mehmoni bulishimni fakatgina men radiostansiyaga kungirok kilishim kerakligini aytgan edilar.Men Volidai muhtaramamni suzlariga amal kilgan holda bu mehmondorchilika bormadim.Hozirda BBC ni tinglashdan boshka hech narsa bulayotgani yuk. Agar telefoningiz rakamini yozsangiz siz bilan suhbatlashish baxtiga ham muyassar bulgan bular edim. Sizga soglik va omonlik tilagan holda Londondan, ukangiz Abror!!! —
————————————————
Sat, 18 Jan 2003 17:27:38 –0500
Assalomu alaykum Jahongir aka.Avvalambor javobingiz uchun tashakkur. Bizning oilamiz Asalarichilar oilasi hisoblanishadi.Dadam 20 yildan buyun shu ish bilan shugullanib keladilar.Meni ona tomonim hammalari Asalarichi.Men asosan Ona tomonimdagilarga ketganman.Shu sababli men Onam tomondagilardan kuprok ma’lumot berib utaman.Meni 80 ga yakinlashib borayotgan Bobojonim va momomlar borlar.Ular 13 farzandni voyaga etgazdilar,7 ugil va 6 kiz.Onam kizlardan kattasi hisoblanadilar.Ugillardan kattasi,men uchun eng aziz bulgan inson,hozirda 4 yildan buyon muhojirotda yurgan togajonim. U kishi ya’ni togajonim siz bir sheringizda ismlari keltirilgan tanikli imomlardan birlari edilar.Men bularni sizga aytayotganimni sababi shuki bizning oilamiz dindorlar oilasihamdir. Meni Londonga kelishimga sabab iktisodiy kiyinchiliklar buldi desam adashmayman.Chunki men 4 yil juda kiyinchilik bilan shatrtnoma pulini tuladik.Men dan keyin yana 4 nafar ukalarim bor 2kiz 3ugil.Men onajonimni va padari buzrukvorimni chekayotgan azoblarini kurib ukishni tashlab shu erga kelishga majbur buldim.Londonda menga uxshaganlar hozirda minglarcha topiladi. Men bu erda turli ishlar bilan shugullanaman.Asosiy ishim Reklamnaya agenstva deydi,ya’ni sotuvda va ijarada kuyiladigan uylar gazeta jurnallarini tarkatish.Shu bilan birga Ba’zan mehmonxonalarda ham ishlab turaman.U erda restaranlarida Veyterlik vazifasini bajaraman(oficiantlik).Ishim yomon emas. Hozircha shular, hurmat va ehtirom ila …..
———————————————-
Wed, 15 Jan 2003 14:37:13 –0500
Assalomu alaykum. Jahongir aka yana men sizga maktub yozayapman.Meni yana maktub yozishga undagan narsa sizni web sahifangiz buldi.Men hozir bu sahifa bilan tanishib chikayapman.Men uchun bu katta baxt desam adashmayman. Men bundan oldin romanlaringizni birlik sahifasidan ukib chikkan edim.va kolaversa har bir roman va makolalaringizni men alohida uz elektron pochtamga kuchirma kilib olgan edim.Chunki men bir kuni uz tugilib usgan vatanimga kaytib borsam men bu kuchirmalarni kitob holida tuplash maksadida va oila a’zolarimiz bilan birgalikda muto’ala kilishni maksad kilib kuygan edim.Sundok ham men Messege orkali ba’zi sherlaringizni oila a’zolarimga yuborib turibman.Ayniksa Volidai Muhtaramamga, u kishi ham sizni uz yakinlaridan deb biladilar. Yana birbor sizga ollohdan omonlik suragan holda Abror
—————————————–
Wed, 26 Jun 2002 22:29:58 +0500
Assalomu-a’laykum Jahongir aka! Ushbu xatim bilan vaqtingizni olsam oldindan uzr so’rayman. Yaqinda BBS dan muxbir kelgan edi. Iltimosi bilan Meli Qobulovning oilasiga olib bordim. Ancha suhbatlashdik. Albomidagi tarixiy rasmlarni ko’rdik. Sizni va ko’pgina deputatlarni rasmlari bor ekan. Rayxon yanga rasmlarni ko’rib ancha yig’ladi. Bu Siz haqingizda bo’layotgan bir lavha xalos. Yaqinda viloyat telvideniyasidan bir jurnalist tanishim uyimda mehmon bo’ldi. Ichidagi ancha dardini to’kib ketdi. Aslida o’zi professoridan tortib, aytim telev: muxarirlarigacha va oddiy insonlarning dardini to’kib soladigan joyga aylangan uyim. Mahalliy hukumat esa men haqimda o’ta bo’lmag’ur gaplarni tarqatayapti. Ular bilan aloqa qilmanglar, bular vatan sotqinlari, ular bilan hech kim qiz olib, qiz berishmaydi va hakozlar. Hukumat-ku mayli, Jamiyatimizga a’zo bo’lib olib, yillab non tuzimni eb sotqinlik qilishdi. Hatto Abdurahim Po’latov tamonidan tuzilgan “Ezgulik” a’zolari bozorda orqamdan kelib sonimgacha tepishgacha borishdi. Ular bilan sudlashmadim. Yozsam doston bo’ladi. Bu yozganlarim bilan nima demoqchiman? Jahongir akajon “ular” hatto javob berishga arzimaydigan ALLOH ning zayif bandalari. O’zingiz yozganday, Karvon o’taveradi, it huraveradi. 80 ga kirgan Otam ko’pincha aytadida: Teng-tengi bilan-tezak qopi bilan. Tenging bilan yurgin bolam! Jahongir aka qo’ying ularni. Kim qilsa ALLOH dan topgay albat!!! ALLOH dan Sizga sog’liklar tilab Jizzaxdan Baxtiyor Hamraev. Email; hamroev@online.ru hamroev@rambler.ru
Sat, 15 Feb 2003 16:59:48 +0300
———————————————————————–
Bilasizmi , Jahongir aka, ” Turonzamin faryodlari” bizni uyda har kun tinglaydigan dardli qo’shig’imizga aylangan. Shu qadar ajoyibki…Saodat ularni eshitib kunda bir yig’lab oladi.Kecha “Qovg’in” romaningizni o’qib yig’lab o’tirgan ekan… Toshkentdan Yusuf.
—————————————————–
“QUVG’IN” romani muallifi, hurmatli JAHONGIR MUHAMMADga Aziz, hamfikrimiz Jahongir Muhammad, assalomu alaykum. Sizning ‘Harakat” jurnalida bosilgan “Quvg’in” romaningizni o’qib chiqdik. Bu roman sizga bo’lgan hurmatimiz, muhabbatimizni yuz chandon oshirdi. Tashakkur, millatimiz, xalqimiz baxti uchun Siz va Sizga o’xshash mujohid yigitlar omon bo’lsinlar. Sizdan bir iltimosimiz bor: “Quvg’in”ning “Harakat” jurnalining 1997 yil 3-4 sonlarida 38-39-40-52- va- 53 betlarida “Maratu” obrazi keltirilgan. Ushbu shxs o’ylab topilmagan inson bo’lsa, uning ismi, familiyasi va boshqa shunga o’xshash faktlarni bizga yuborsangiz…. Namanganda qo’lmba-qo’l bo’lib Vo’qilayotgan “Quvg’in” kelajakda ochiq holda yuzlab ming nusxada kitob qilib, O’zbekistonda o’quvchilarga tarqatilgach, ”Shaytanat”dan o’zib ketishini va uning muallifi-Sizga Alloh Taollodan mustahkam sog’ilk tilab, M. Qoraboyev, A. Abdullayev.(Namangan)
———————————————————————-
Ассалому-алайкум Жахонгир ака,
Уйларингиз тинчми? Согликларингиз яхшими?
Бир юрагимни ёзай, озгина булса хам енгиллашай деб ушбу хатни ёзаяпман.
Сайт хозир хам очилаяпти. Куп материалларни укиб чикмокдаман. Айтганингиздай сахифа адресини хеч кимга берганим йук. Материалларни куплаб нусхаларини чикариб аъзоларимга таркатдим. Лотин алфавитида булгани учун бир оз кийналишаяпти.
“Узбеклар ва Узбеклар” ёкди. Америка хакидаги фикрларимни анча узгартириб юборди. Айникса у ерда яшаётган узбеклар орасидаги мунасобатлар жуда хайрон колдирди. Тугрироги куплаб сволларимга жавоб топгандай булдим. Бундан ташкари xorijdagi kup akalarа билан ёзишмаларимдаги берган саволларимга шу материаллардан топдим. Али хакида савол берсам Вали хакида жавоб бериб кетишарди…
Якинда бир ойлар булиб колди, йил бошида Дилшод деган 15 яшар йигитни миршаблар кийнаган эди. Бу хакда хабар хам таркатган эдик. Кейинги хаёти нима булди деб борган эдим, Дилшоднинг онаси нима дейди денг. “бу правозащитниклар билан алока килманглар, улар ватан хоини, улар билан одамлар киз олиб киз беришмайди” деб миршаблар гийбат килиб кетишибти. Шунчалик хам буладими? Жахонгир ака Узбекистонда дахшатли жамият куриб булинди. Булардан энди хамма нарсани кутса булади. Кушнилар билан деярли ажлалиб булдик. Узлуксиз тазйиклар, кушнилардан бу вахоббий деган кургазма олишга уринишлар, кузатувлар, интернетни узиб куйишлар тухтамаяпти. Мана жамиятимизнинг 6 нафари камокда.
Уз-узидан энди нима килш керак? деган савол уртага чикди. Хуш энди нима килиш керак?
Шу савол кийнаяпти Жахонгир ака.
АЛЛОХ дан Сизга сонликлар тилаб Жиззахдан Бахтиёр.
——————————————————————————-
TOJIKISTONDAN MAKTUBLAR

Thu, 28 Nov 2002 17:42:07 +0200
Бу ерда Интернет марказда туриб «Тонг» газетаси ходимлари билан сахифангизни укиб турибмиз. Бугун ундан Сизнинг «Аллохнинг 99 номи ва каромати»ни газетада чоп этиш учун расмингиз билан файлимизда саклаб сунг принтерда чикариб олдик. Газетада чоп этсак, йулини килиб Сизга нусхаларидан албатта жунатамиз. Бу ерда Сизнинг китобларингизга интернетда танишувдан сунг, ёшларимиз хам куп кизикишмокда. Афсуски интернетни хамма хам вакт топиб очиб укий олмайдилар. Вакт чегаралангандир.
Аллох барчаларингизга мададкор булсин!
Хурматлар билан Хужанддан singlingiz MUNISA.
ХУДО ХОФИЗ!
—————————————————————————————————————————————
Thu, 28 Nov 2002 18:34:02 +0500
Сизнинг 23 ноябрь, шанба куни 20-даги эшиттиришда берилган ижодий чикишингиз жуда чиройли булди. Музикалар хам гузал танланибди. Келин хам эшитиб турганди. (У дардли шеър-кушикларни куп ёктиради) Тинглаб турди-турди-да, « Шеърлари яхши экан, китоблари борми?» деб сураб колди. «Бор» дедим. «Топиб келсангиз яхши буларди » деб илтимос килди. Мен уйланиб колдим, Интернетда Сиз китобларингиздан Хайрулла акага жунатганингизни ёзган эдингиз. Почта адресимни маълум килсам, китоблардан жуната оласизми?
Xujanddan Rashan.

%d bloggers like this: