Muxlis maktublari

xYaxshi bo’lib qolar balki? A?

“2014-yilgacha kuting, hammasi yaxshi bo’ladi 2015-yilgacha sabr qilaylik…

Yana picha kutib tursak hayotimiz zo’ bo’ladi.”

“Karimov GES qurdiryapti ekan endi chiroq o’chmaydi”

bunday gaplarga ishonmaslik kerak.

To’g’ri ular ham asos bilan aytishadi ammo natija chiqishi gumon.

Avg’onistondan “tinchlikparvar kuchlar” chiqqach esa Toliblar hokimiyatga qaytishadi. Ular hali Pokiston bilan Tojikiston, O’zbekiston bilan urushishadi, o’z mafkurasini yoyishga urinadi. Amerika qarab turadimi deyapsiz:
qisman ha:Vetnam senariysini tasavvur qilavering.

O’zbekistonda esa boshqa diktator kelib xalq ahvolini yaxshilasa odamlar uchun u sajda qilinadigan siymoga aylanadi. Lekin liberallashuv ham qisman bo’ladi.
Lenindan so’ng Stalin degani shu bo’ladi.
Umrbodga saylasa o’zini unda

Keyingi masala nima qilish mumkinligi haqida ekan, marhamat yana taklifim bor:

Barchangiz Amerika va Rossiya o’rtasidagi go’daklar mojarosini bilasiz.

Bizda ham shu yo’l ham tinch ham “evolutsion” Oliy Maslisdan prokuraturagacha kadrlarni orqasidan surib bo’lsada o’tkazish k-k edi 10-15 yil oldin.

Hozir vaqt kam lekin kech ham emas.

Biroq biznikilar u-n pul-xudo.

Bunday ishga pul cho’zadiganlar kam.

Yana taklifim borki bu endi tekischilikday tuyulishi mumkin.

Jahongir aka agar maqola yozish bilan yurt hur bo’lsa kuniga 10 ta yaxshisidan o’zim yozib beraman biroq u yetarli bo’larmikan ozodlik uchun?

Kim o’qiydi uni?

Saytga doimiy kiruvchilar va Googleda axborot izlab adashgan bandalar..shuniyam yarmidan ko’pi tushunmay chiqib ketadi.

Bu katta darvozani bir-ikki silkitib dam olib yotish degani. Xo’p, unda nima qil deysan?

Ilgari ham aytganmanki hayot bilan bog’lash kerak deb, bunda siz muvofiqlashtirasiz: biz esa sizga mana masalan mobil raqamimizni beramiz, siz esa uchrashuv tashkil qilasiz,”kadrlar” jalb qilasiz,

O’zb.da 12 ta vil.bor shularda 15 kishidan odam ishlasa ular yana 5 tadan odam olib kelsa…ular esa shunchani qarindosh,sinfdosh qilsa,

Bulardan imzo to’plab tashkilotlarga boringki AQSH hukumatiga murojaat qilish mumkin. Xullas fikrlarni hozir shunchaki yarmini yozdim.

Pul masalasini ham hal qilish oson qachongacha sadaqa so’raymiz katta biznes ochib pulini O’zb.ni kelajagiga tikamiz.

Lekin Gardkam, borimni hayotimni, molimni tikdim deydigan mard topilarmikin?

Men? Mana birinchi bo’lib o’zim shu hamma aloqa raqamlarimni beraman, millat uchun jonni garovga qo’yish vaqti yetmadimi, yoki biroz kutamizmi?

Yaxshi bo’lib qolar balki? A?

Shohi Darvesh.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: