Salom Jahongir aka yaxshimisiz, tug’ulgan kuningiz muborak bo’lsin.
Ilohim shunday tug’ulgan kunlarni ko’pini nishonlang, bizlardek ukalaringizda har doim tabrik olish, qilgan va qilayotgan ishlaringizni mevasini tatib, farzandlaringizni Dadani Tug’ulgan Kuniga deb sizga uzatadigan ta’til chiptalarini qaysi birini tug’ulgan kunigizga tanlashni bilmasdan ovora bo’lib yuring aka.
Men sizni tanimganimda siz haqingizda eshitganimda bundan o’n yillarcha burun sizni faqat tanqidchi deb o’ylar edim, men sizni bilan uchrasmasdan turib faqat xatlar yozishib yurganda ham sizni qandaydir juda jiddiy kishi deb o’ylar va boshqalar bilan kulib gaplashmasa kerak (chunki shunday tabiyat O’zbekistonlik siyostatchilarni ko’pida uchratamiz) faqat Jahongir akani ishi siyosat yozuvchilik bo’lsa kerak degan xayollar o’tgan.
Mana siz bilan yaqindan tanish bo’lib qolganimga ham 5 yillarcha bo’lib qoldi. Siz haqingizda bir necha kishidan yaxshi yamon gaplar eshitdim, hali ham gohida gohida siz yordam qo’lini cho’zib turadiganlardan sizni gapirib qolganlarini eshitaman. Sizga ularni yetkazib turish menga ham shart emas bilaman siz unday narsalarga hech ham qimmatlik vaqtingizni ajratmaysiz.
Bilaman, siz bilasiz siz haqingizga kim qanday, lekin baribir ularga etibor bermay yordamingizni mehringizni ayamaysiz. Shun uchun ham sizga havasim keladi. Nafaqat sizni shunday qobilyatingiz va o’tkir qalamingizga, sizni oilangizga farzandlaringiz tarbiyasiga havasim keladi. Nima geyman, yashang aka. Farzandlaringiz huzurini ko’ring.
Sizdagi jiddiylikka qaytsam, sizda siyosatda hoytda qanchalik jiddiylik bo’lsa sizda ham suhbat bo’lgan kishingiz bilan hazil va kulgi ham bor, sizda siyosatda va hoytdagi jiddiylik bilan birga sizda kechirimlik va andisha ham bor. Men sizda kuchli jiddiylik bilan birga sizda inson uchun keraklik bo’lgan barcha ajoyib xarakterlarni ko’rim. Bularni sizga maqtash uchun emas, sizga havasim kelgani uchun aytim xolos.
Yana bir bor tugulgan kuningiz muborak bo’lsin!
Bobur Isoyev.
You must be logged in to post a comment.