Muxlis maktubi

Bu ne razolat?

Kecha Rossiyaning NTV kanalida bizga aloqador ko’rsatuv bo’ldi.

U o’zbek ishi, paxta ishi,haqida edi.

Men katta qiziqish bilan ko’rdim uni.

Paxta chanoqlari uzra oqib kelayotgan qon,sovuqda dalada paxta terayotgan ayollar,bolalar…

Qattiq ta’sirlandim,nafaqat yaqin o’tmishimiz,balki bugunning ayni in’ikosi aks etgan bu lavhalarda xalqimizning achinarli ahvol to’laqonli aks etgan.

Siz ushbu voqealar haqida ko’p narsa bilasiz saytdagilardan tashqari yana biron maqola yozsangiz jon deb o’qirdik.

Aytgancha savol-javoblardan Yulduz Usmonova haqidagisini o’qib qoldim,keyin Iymon qo’shig’ini topib eshitdim.

Eh, shunday ayolga bitta erkak kamlik qilganda!

Mayli endi bu uning ishi necha marta erga tekkanini bizga nima qizig’i bor,qolaversa bu narsa hozir estradamizda “moda”-ku!

Uzoqqa bormaylik erkatoy qizini olaylik!

Bor-e onaboshisini olaylik!

Shunday qilib hammayoq maynavozchilik, sistema buzilib ketgani turgan gap lekin odamlaram…e nimalar deyapman o’zi,bo’pti men borib eshaklarimga suv berib kelay…

Mana qaytib keldim gapni indallosi shuki Jahongir aka, tizim ma’naviy qaramlikga tomon yuz burgan birgima misol keltiraman: Qani aytinglarchi hurmatli “O’zbekiston teleradiokompaniyasi xodimlari” QAYSI BIR KO’RSATUVINGIZ O’ZINGIZNIKI yoxud Rossiya kanallarida “egizagi yo’q”?

Hatto mashur “ZAKOVAT” ham,NTT dagi axmoq “ovchilar” ingiz ham rus kanallaridan g’irt ko’chirma-ku!

Shu savolni estrada qo’shiqchilarimizga beraman:qaysi qo’shig’ingiz o’zingizniki? Turklardan,ruslardan,inglizlardan, …..lardan o’g’irlamaganingiz bormi?

Endi esa Savolni boshqacha qo’yaman:
yelkangizda ko’tarib yurgan kallangiz o’zingiznikimi yoki uyam “uxlatilgan” mi?

Koreys, turk(edi) seriallarini ko’rish xalqning sevimli mashg’uloti.

SAVOL: nechta tarixiy kinolaring bor?

MASLAHAT: Bir ko’rishlik AXLAT kinolaringni yig’ishtirlaring senlarni tilingda gapiraman oshqovoq kallalaringga kirishi uchun :”NORMALNIY” KINO OLLARING!
Bo’masa xalqimizni ko’zi koreyslarnikiday bo’lib qoladi yaqinda!

Kechirasiz, haftasiga chet elga borib mayda chuydalarga 10.000 dollarni sarflamaysizmi,har kuni mashinangizni almashtirmaysizmi, shahar tashqarisida 7-8 talab dacha-yu katejlani qatorlashtirib qurib tashlamaganmisiz unda sizni O’ZBEK SHOU BIZNESIGA aloqangiz yo’q!

O’zbek tilida qo’shiq kuylaydi, shu xalq hisobiga kun ko’radi,AMMO O’ZBEK TILINI BILMAYDI(?)

Kun keladi hali zarga burkangan turmush, harom-harish hayotingiz sizga qimmatga tushadi.

Bu dunyodan yelkalab olib ketaman desangiz o’zingiz bilasiz!

RUSTAM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: