Олтинчи қават (Қисса)

quylarПрезидент  тансоқчисининг кундалиги

8.Благинизм

Адам қабулхонaда кутиб ўтирган экан. Ҳеч нарса демади. Ойим “Агар адангни хурсанд ёки хафалигини юзига қараб топа оладиган одам чиқса, Нобел мукофотини олади” деганда минг карра ҳақ.

Лифтга чиққанимиздан кейингина у “Мен ҳам гўрковман,” деди. “Ҳамма маъноси билан,” деб қўшиб қўйди ва яна жимликка шўнғиди.

Гўрков?! Ўлган одамлар учун гўр ковлайдиган одам, лекин ҳар куни битта, баъзан бир нечта одамни кўмиш осон иш эмас. Бу катта меҳнат. Куч билан бирга темир асаб ҳам истайди. Continue reading

Олтинчи қават (Қисса)

qulПрезидент  тансоқчисининг кундалиги

6. Авлиё

Ёшинг кетаверса ёш бола бўлиб қоласан, деган гапни эшитгандим. Ўзим ёш боламан. Лекин мана бу Президент ҳам ёш бола бўлиб қолганга ўхшайди. Бўлмаса шунақа гапларни айтадими, деб ўйлаб турсам жиддий савол бериб қолди:

-Қанақа мошинни яхши кўрасан?

Бўйнимни қисдим.

-Биламан! “Бэ-эм-вэ”, “беш экс”,-деди ўзи.

Бу машина кимнинг ҳам орзуси эмас. Ёш бола борми машина маркасига қарайди, юраги ўша машина балонининг айланиши билан баробар югуради. Лекин бу одам ҳамма нарсани қаёқдан билаяти? Адамнинг гапи рост чиқди. ”Унга ёлғон гапирма, у ҳамма нарсани билади” деганди. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

kosatkaPrezident  tansoqchisining kundaligi

13. “Kosatka”

Toqqa asta-sekin chiqiladi.  Lekin bir kunda zirvaning tepasiga chiqish ham hech narsa emas ekan. Kecha ertalab qaerda edimu, bugun qaerdaman? Qizig’i shundaki, bunga “yashin tezligida” ko’nikdim. Million-million odamlarga hukm etib turgan mana bu kishilarni xuddi oldin ko’rgandek, ularga o’rgangandekman. Ular bilan har kuni uchrashib, har kuni mushtlashib yurgandekmiz. Bularning zirvaga chiqishlari qanday bo’lgan ekan? Ba’zilariga oson bo’lmagani aniq. Chunki favqulodda bir qobiliyatga ega bo’lishlari kerak. Lekin hammasi Putinning oldida “pampersi”ni ho’l qilganga o’xshab qolgani kuchlarining zaifligidan. Continue reading

Олтинчи қават (Қисса)

Президент  тансоқчисининг кундалиги

13. “Косатка”

Тоққа аста-секин чиқилади.  Лекин бир кунда зирванинг тепасига чиқиш ҳам ҳеч нарса эмас экан. Кеча эрталаб қаерда эдиму, бугун қаердаман? Қизиғи шундаки, бунга “яшин тезлигида” кўникдим. Миллион-миллион одамларга ҳукм этиб турган мана бу кишиларни худди олдин кўргандек, уларга ўргангандекман. Улар билан ҳар куни учрашиб, ҳар куни муштлашиб юргандекмиз. Буларнинг зирвага чиқишлари қандай бўлган экан? Баъзиларига осон бўлмагани аниқ. Чунки фавқулодда бир қобилиятга эга бўлишлари керак. Лекин ҳаммаси Путиннинг олдида “памперси”ни ҳўл қилганга ўхшаб қолгани кучларининг заифлигидан. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

salon_samoletaPrezident  tansoqchisining kundaligi

10. Sadoqat

Kechqurun Gulya telefon qildi. Ertaga muhim ishi chiqib qolganini va uchrashuvni keyingi haftaga surishni so’radi. Nimadandir juda xursand. Tovushi jarangdor. Xayol qilsa telefonning ichiga kirib yonimga yetib kelsa va qulog’imga bir nimalar pichirlasa. Men ham ayni holdaman. Lekin yetib borganim bilan unga bo’lgan voqealar haqida pichirlay olmayman. Quvonchim va tashvishlarimni ko’ksimga ko’mishga majburman. Uning ertaga bo’ladigan uchrashuvni qoldirgani tashvishimni yengillatdi. Chunki hali biror bahona topib ulgurmagan edim. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

soyaPrezident  tansoqchisining kundaligi

5.Soya

Prezidentning ishxonasi oltinchi qavatda ekan. Bizni lift yonida qarshi olgan ikki kishi adamga “chest” berib menga havas bilan qarashdi:

-Shef o’g’lingiz ham o’zingiga o’xshar ekan…,-dedi bittasi.

-O’g’lim bo’lgani senga uni tekshirmaslik uchun asos bo’ladimi?-Adam jiddiy ohangda so’radi.

Haligi odam shoshib qoldi va darhol meni siypalab tekshirib chiqdi. Keyin “bo’ldi” degandek yelkamga urib qo’ydi.

“Hammaning yelkasiga urib qo’yasanmi?” degandek adam unga  o’qrayib qaradi.

Oyoq ostiga qip-qizil gilam to’shalgan. Nazarimda meni tekshirgan odamning yuzi ham shu gilamdek qizarib ketdi. U adamdan qo’rqar ekanmi yoki uyaldimi bilib bo’lmasdi. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

4.Sinov

Ham oliygohdagi ham bu yoqdagi darslarga qatnab yursam to’satdan sinovga chaqirib qolishdi.

-O’zingni ko’rsat, muhim odam tomosha qivotti,-dedilar adam.- Bu sen uchun ham, men uchun ham hayot-mamot masalasi.

Atrofga qarasam Adam va yordamchilaridan boshqa odam yo’q. Keyinchalik bildimki, o’shanda bo’yalgan derazaning ortida MXX raisi va “SP” rahbari o’tirishgan ekan.

Bir karate ustasi bilan maydonga tushirishdi. Govdasi beso’naqay kishi. Soqoli o’sgan, ko’zlari kirtaygan. Qo’llarining mushagi ko’ylagini yirtay deb turibdi. Basharasini qora bulut qoplagandek. Qoshini chimirib olganmi yoki o’zi shunaqami ko’zlari bilan qo’shilib ketganga o’xshaydi. Beli biroz ingichkaroq, ammo oyoqlari filnikidek baquvvat.

Usta Vunning o’rgatgani bo’yicha raqibimni bir zum zohiran o’rgandim, keyin botiniga nazar solishga urindim. Ko’zi g’amgin. Ichi to’la dard. Xuddi yomon haqorat eshitib, javoban baqiraverib po’tiqib ketgan kishidek ko’z tomirlari yorilgani sezilib turibdi. Continue reading

OLTINCHI QAVAT (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

3.Adam

Biz “dada” degani samarqandcha, tojikcha,  “ada” degani toshkancha, o’zbekcha deb bilardik. Bu miyamga quyilib qolgan. O’chirsam ham o’chmaydi. O’lgunimcha ham “ada” desam kerak.  Zotan tilim ham “dada”ga aylanmaydi, “ada” degani o’z-o’zidan chiqib ketaveradi.

Adam botiniy ko’rinishi bilan Prezidentga juda o’xshaydi. “Ichimdagini top” deydigan odam. O’zini hammadan aqlli deb hisoblaydi. Eng mukammal narsadan ham kamchilik topishga urinadi. Rost bilan yolg’onni ajrata olmaydi. Hamma gapni yolg’on deb o’ylaydi. Jahli chiqsa oylab gaplashmaydi. Qachonki o’zing pushaymon bo’lib, bosh egib borsang, “Bo’pti” deb qo’yadi. Oyimning bor-yo’qligiini ham bilmaydi. Men qanchalik Prezidentga soya bo’lsam, oyim adamga shunchalik soya. Adam bu soyani sevmaydi va sezmaydi ham, bor-yo’qligini bilmaydi. Prezident ham shunday edi. Ammo keyingi paytda o’zgardi. Unga nima bo’ldi bilmayman. Soyasiga diqqat qila boshladi. Continue reading

Jahongir Muhammad: OLTINCHI QAVAT

Voqeiy qissa

2. “So’fi”

Tayvandan qaytishda ruschani biladigan Usta Vun:

-Siz tomonlarda so’filar o’tgan. Ularning hayotini o’rgan, ulardan dars ol, bo’lmasa umring qamoqda o’tadi yoki peshanangdan otib ketishadi,-dedi.-Bugungacha senga aytgan ko’p gaplarimni tushunmading. Agar so’filar hayotini o’rgansang nima deganimni anglab etasan.

Usta Vun meni yomon ko’rib qolgandi. Sababini bilaman. Uning shogirdlarini “bir tiyin” qilib tashladim. Qaysini  qarshimga chiqargan bo’lsa, sudrab obketishdi.

Vun Moskvada ham dars bergan. Toshkentda ham bo’lgan. Ruschani yaxshi biladi. “Xitoyda o’rganganman,” deydi.

Undan dars olish uchun hatto Amerikadan ham kelgan talabalar bor. Ko’p shogirdlari turli mamlakatlarda “vip”larni qo’riqlashar ekan. Shuning uchun obro’si katta. O’ziga bino qo’ygan. Qiziq-qiziq gaplarni aytadi.

-Kuch nazorat qilinsagina kuchdir,-dedi bir kuni.-Agar nazorat qilsang uni minasan, bo’lmasa ostida qolasan. Continue reading

Qissa

OLTINCHI QAVAT

Prezident tansoqchisining kundaligi

1. Taychi

Ismim Taymur. Aslida Temur deb ot qo’yishgan. Hujjatimni yozgan odam “Taymur” deb yozgan. Nega bunday qilgan bilmayman. Ammo o’zimga yoqadi. Temur degan ot tiqilib yotibdi, Taymur esa bitta. U ham menda.

Faqat Prezident “Taychi” deydi. Bu menga yoqmaydi. Xuddi kamsitganga o’xshaydi. Ammo buni unga qanday aytaman? Haqqim yo’q. Faqat jim turishim kerak, hatto meni ursa ham. Uning savollariga ham javob bermasligim kerak. Uning soyasiman-da. Soya gapirmaydi. Qoida shunaqa.

Qoidani uning o’zi buzdi. “Soya”ni gapirtira boshlatdi. Shunda ham oz gapirishga harakat qilaman. Gaplar ko’nglimdan toshib ketmasligi uchun kundaligimga yozib qo’yaman. Aslida bu ham qat’iyan mumkin emas. Bilib qolishsa sudsiz-tergovsiz yo’qolaman. Shart shunaqa va o’zim ham bunga rozi bo’lib hujjat imzolaganman.

Kundaligimni prezidentga hujum bo’lsa ishlatishim kerak bo’lgan qalqonning ichida saqlayman. Doim o’zim bilan. Prezident menga juda ishongani uchun birov tekshirib ham ko’rmaydi. Munosabati sovub qolgudek bo’lsa, nima qilishni bilaman, rejasini tuzib qo’yganman. Continue reading