Jahongir Muhammad: OLTINCHI QAVAT

Voqeiy qissa

2. “So’fi”

Tayvandan qaytishda ruschani biladigan Usta Vun:

-Siz tomonlarda so’filar o’tgan. Ularning hayotini o’rgan, ulardan dars ol, bo’lmasa umring qamoqda o’tadi yoki peshanangdan otib ketishadi,-dedi.-Bugungacha senga aytgan ko’p gaplarimni tushunmading. Agar so’filar hayotini o’rgansang nima deganimni anglab etasan.

Usta Vun meni yomon ko’rib qolgandi. Sababini bilaman. Uning shogirdlarini “bir tiyin” qilib tashladim. Qaysini  qarshimga chiqargan bo’lsa, sudrab obketishdi.

Vun Moskvada ham dars bergan. Toshkentda ham bo’lgan. Ruschani yaxshi biladi. “Xitoyda o’rganganman,” deydi.

Undan dars olish uchun hatto Amerikadan ham kelgan talabalar bor. Ko’p shogirdlari turli mamlakatlarda “vip”larni qo’riqlashar ekan. Shuning uchun obro’si katta. O’ziga bino qo’ygan. Qiziq-qiziq gaplarni aytadi.

-Kuch nazorat qilinsagina kuchdir,-dedi bir kuni.-Agar nazorat qilsang uni minasan, bo’lmasa ostida qolasan. Continue reading