Oltinchi qavat (Qissa)

stulPrezident  tansoqchisining kundaligi

6. Avliyo

Yoshing ketaversa yosh bola bo’lib qolasan, degan gapni eshitgandim. O’zim yosh bolaman. Lekin mana bu Prezident ham yosh bola bo’lib qolganga o’xshaydi. Bo’lmasa shunaqa gaplarni aytadimi, deb o’ylab tursam jiddiy savol berib qoldi:

 -Qanaqa moshinni yaxshi ko’rasan?

Bo’ynimni qisdim.

-Bilaman! “Be-em-ve”, “besh eks”,-dedi o’zi.

Bu mashina kimning ham orzusi emas. Yosh bola bormi mashina markasiga qaraydi, yuragi o’sha mashina balonining aylanishi bilan barobar yuguradi. Lekin bu odam hamma narsani qayoqdan bilayati? Adamning gapi rost chiqdi. ”Unga yolg’on gapirma, u hamma narsani biladi” degandi.

-Mana kaliti, cho’nchagingga solib qo’y, hovlida turibdi, minib ketasan…

Sevinganimdan baqirib yuborishimga oz qoldi. Axir bu mashina tushlarimga kirib chiqardi. Bir martagina minsam degan orzularimni bu kishi qayoqdan bildi ekan? Uni yosh bolaga qiyoslab xato qildim. U  Xo’jai Xizirning o’zginasi. Quchoqlab olsammikan?

Prezident xayollarimni bo’ldi׃

-Sanga stulni ko’rsatdim. Kimdir uni “kreslo” deydi. Boshqa birovi “taxt” deydi. Lekin man uchun stul. Mana bu hojatxonadagi ham man uchun stul. Unisida o’tirding nima, bunisida o’tirding nima? Odamlar mamlakatni orqalari bilan boshqarishni orzu qilganlari uchun faqat shu haqda o’ylaydilar. Bu ishlar kalla bilan bitadi, orqa bilan emas. Kalla uchun stulning keragi yo’q. Bilaman, sanga bu qiziq emas. Lekin mana shu joy ikkalamiz uchun. Darvoqe, sani do’xtirdan o’tkazishdimi?

Qanaqa do’xtir? Hali do’xtirdan ham o’tishim kerakmi?

-Hali ulgurishmagandir,-yana o’zi javob qildi.-Lekin o’tkazishadi. Tayvandan qaytganingda o’tkazishlari kerak edi. Mayli, bu keyingi masala. Lekin zilzila bo’lsa bu xona ikkalamizniki. Hamma o’lib ketsa ham biz tirik qolamiz. Shunga moslangan. Zilzila payti yurolmay qolaman. Tizzam titraydi. Shuning uchun meni bu yerga olib kelish sani vazifang!

U shunday deb hojatxona ichidagi eshikni ochdi.

-Bu joyda ilgari “ikkinchi”lar o’tirgan. Hozir sport zal qilganmiz.

Xona katta, bir burchagida bor yo’g’i bitta “tredmil” turibdi.  Narigi tomonida uch-to’rtta qiz va yigit karate bilan shug’ullanishmoqda. Prezident ”tredmel”ning yonida to’xtab, biroz o’ylandida keyin menga qaradi׃

-Sani bir ko’rishda yoqtirib qoldim. Go’zal, kelishgan yigitsan. Qoshlaring bitta-bitta terib qo’yilgand. Kipriklaring qora bo’yoqqa botirib olingandek. Yuzingni silliqligini aytmaysanmi? Ko’rgan odamning o’pib olgisi keladi,-dedi kulimsirab.

O’zimni noqulay his qildim. U esa parvo qilmay ikki qo’li bilan ikki yuzimga yengil shapatilab qo’ydi. Keyin  qo’llarimni qo’llarining ichiga oldi׃

-Yonib turibdi… Temir…Tandirdan chiqqan cho’g’.. Hmm… Orqangdan yurgan qizlar ham ko’p, bilaman,-dedi ko’zlarimga ayyorona qarash qilib.

Nima demoqchi? Nima bo’layapti o’zi? Bu voqealar tushimdami o’ngimdami?

-Ha, xayoling Gulyaga ketdimi?

Bu savoldan cho’chib tushdim. Nahotki Gulya bilan munosabatimizni ham biladi?  Uni hatto adam va oyim bilmaydilar-ku? Rostdan ham avliyomi bu?  Folbinligi bormikan? Prezident bo’lgani bejiz emasga o’xshaydi…

Gulya bilan karate maktabida tanishganmiz. Chaqqon qiz. Ba’zan uchrashib turamiz. Bir-ikki marta kinoga bordik. Kiyikka o’xshaydi. Hurkib turadi. Qo’lini ushlatishga qo’ymaydi. Darvoqeю ertaga uchrashamiz. “Be-еm-ve”da borsam, “tamom bo’ladi”. “Shilq” etib yiqilib qolsa kerak. Yo’q, u yiqiladigan qizlardan emas. Darhol so’roq qilshiga tushadi. ”Bu kimniki? Adangnikimi? Olib qochdingmi? Pravang bormi?” kabi savollarni to’kib tashlasa kerak. “Meni Prezident qabul qildi. Bu hadya” desam, “Latifangni manga aytma!” deydi, ishonmaydi. To’g’rida, kim ham ishonardi?

-Taychi,  ana ular bilan tashashib ko’rasanmi? Lekin o’ldirish yo’q. Ishni bir minutda tugatish ham yo’q. Cho’zish kerak. O’shanda mehnatingni ta’mini sezasan. Raqibni maydonda aylantir, sarson-sargardon qil, tugab borayotganini tomosha qil, yiqilishi, emaklab turishi, yana yiqilishidan rohatlan. U kuchli ekaningni nafaqat sezsin, balki tan bersin, sanga qoyil qolsin, ko’zlarida iltijo paydo bo’lsin, yolvorish, yalinish paydo bo’lsin… ana undan keyin bir chertib, dumalatib qo’y. Maydonga chiqishi bilan bir urib yo’qotsang, o’zing ham mazza qilmaysan, tomoshabin ham…

Prezident shunday deb karate mashq qilayotganlarning yoniga boshladi va  devordagi “volking-tolking”ning tugmasini bosib, kimgadir׃

-Xo’rozingni olib kel!-dedi.

Jahongir MUHAMMAD.

(Davomi bor).

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: