Oltinchi qavat (Qissa)

imomaliPrezident  tansoqchisining kundaligi

7. Go’rkov

Kostyum-shimda edim. Prezident׃

-Meni himoya qilish kerak bo’lsa hamma ishni tashlab oq ko’ylak-oq ishton qidirasanmi? Avval biroz raqsga tushib badaningni qizdirib olasanmi? Yo’q, sen chaqmoq bo’lishing kerak. “Qars” etdimi sen ham qarsillashing kerak!-dedi.

Shundan keyin u yerdagi bolalar bilan “it-mushuk” bo’lib sakrab-sukrab turgandik semiz, pakana bir kishi kirib keldi. Uning orqasidan ergashgan yigitning  aqqol chiniqqanini har qanday odam ham sezishi mumkin. Ammo uning kungfuni o’rganganini hamma ham seza olmaydi. Kungfu bilgan odam o’ng oyoqni og’irroq va chap oyoqni yengil tortadi. Uning “salomi” bitta oyoqda turib, bittasini tepaga ko’tarib, qo’l barmoqlarini changalga aylantirib ikki tomonga uzatishdir. Demak,  “it-mushuk”dan “sher va qoplon” jangiga o’tamiz…

Bir zumda bolalar ko’zdan g’oyib bo’lishdi. Prezident semiz odamning salomiga alik ham olmay׃

-“Otarchi”ning itini yiqitishga tayyorlaganing shumi?-dedi.-Bunisi ham oldingisining kopiyasi-ku?

-Bunisi pishiq. “Otrachini”ning itini uradi, “Molboqar”ning bo’risini ham..

-Katta gapirma! Oldin ham shunaqa deganding. Ammo “Molboqar”ga yetmay “Otarchi”ning eshigidan qaytding. Yuzimni yerga qaratding! Sanga ishonib kulgiga qoldim. Agar “xo’roz”ing mana shu bolaga yutqazsa, san ham yutqazding, fedaratsiyani boshqasiga topshirasan!

-Bu bolanimi, bir hamlada g’ajib tashlaydi!-dedi haligi odam manga bepisand qarab. U haqiqatdan ham hovliqma ekan. Jimgina tursaku olam guliston. Lekin…

Prezident unga qarab tovushini kuchaytirdi׃

-Sanga doim shoshma deyman, ammo quloq solmaysan! Tiling o’zingdan oldin yuguradi. Bir zumdan keyin o’zing tilingdan oldin yugurib qolmaslik uchun duo qil!

Semiz odam endi masalaga jiddiyligiga tushundi, shekilli, indamay boshini egdi.

Raqibimni Prezident o’rgatgani kabi o’ynatib-o’ynatib keyin dumalataman deb turgandim u o’ng qo’li bilan havoda chiziq tortib “buni tugat” ishorasini berdi.  Bu ishorani faqat biz bilamiz, desam Prezident ham bilar ekan.

Negadir uning avzoyi buzilgandi. Sababini qidirishga vaqtim yo’q. Butun kuchimni kaftimga to’pladim. Raqibim “razvedka” hamlasi qilishi bilanoq “o’q”ni uning ko’kragiga urdim. “Uh” deyishga ham ulgurmay yuragini g’ijimladida tiz cho’kdi. Qarasam haligi semiz odam ham o’tirib qoldi. Prezident esa g’olibona mag’rurlik bilan orqaga qaytdi. Nima qilishimni bilmay qoldim.

Semiz odamga yordam bersammikan, deb turgandim Prezident hojatxona eshigi yonida to’xtab׃

-Soya egasidan uzilib qolmasligi kerak!-dedi.- Nur orqada. Demak,  oldinda bo’lishing lozim. Eshikni men ochamanmi?

Yugurib borib eshikni ochdim. Prezident ichkariga kirib, qo’lini yelkamga qo’ydi.

Xayolimda “Otarchi” kim ekan degan savol aylanayotgan edi.

-“Otarchi” ana u tojik bola. Imomali Rahmon deb eshitganmisan, o’sha. U to’ylarda ashula aytib yuradi. Shuning uchun “Otarchi”  deymiz.  Ammo juda yomon iti bor. Ikki-uch marta bizni izza qildi. “Xo’roz”imni urib qo’yib, u yoq-bu yoqlarda “O’zini do’pposladim” debdi. Bilasanmi, aslida u haq. Uning iti “xo’roz”imni urgani bilan o’zi meni do’pposlagani orasida qanday farq bor? Ha, mayli… javobini beradigan kun keldi!

Prezidentning boyagina xafaqon bo’lgan ko’zlarida endi otash alangalayotgan edi. U qoyadan qanotlarini ochib parvozga otlangan burgutga o’xshardi. O’z shiddatiga o’zi sig’mayotgandek. Gaplari ham qorni to’q odamnikdek dadil va qat’iy׃.

-Ertaga Ostonaga boramiz. “Otarchi” ham iti bilan boradi. Uni boyagiday bitta urishda tiz cho’ktirsang butun dunyoni oyoqlaring ostiga to’kaman. Lekin bilib qo’y, bugungi hamma gap mana shu yerda ko’mildi. Bundan keyin eshitgan gaplaring va ko’rgan voqealaringga go’rkovisan!

Prezident shunday deb katta xonaning eshigi tomonga yurdi. Yugurib borib eshikni ochaman desam׃

-Yo’q, bu safar manga qo’yib ber! Birinchisi va oxirgisi,-dedi u.-Keyin quchoqlab ikki yuzimdan cho’lpillatib o’pdida yelkamga bir urib׃

-Bor endi,-dedi.

Jahongir MUHAMMAD

(Davomi bor)

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: