Mirziyoevning ortidan O’zbekistonga Amerikadan kimlar ketdi?
Sarvar Usmon/Ozodlik: Sarlavhaga chiqarilgan savolga AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad o’zida bor javobni berdi. Lekin uning javobi to’liq bo’lmasligi ham mumkinki, savolni Siz tinglovchi uchun ham ochiq qoldiramiz: Mirziyoevning ortidan O’zbekistonga Amerikadan kimlar qaytdi? Javobingiz bo’lsa, yozing.
Bugungi OzodNazarda suhbatdoshimiz muhim bir yangilik bilan o’rtoqlashdi:
Boymirza Hayit tavalludining 100 yilligi
Istanbulda “Boymirza Hayit va bugungi kunda Turkiston tarixining tadqiqotlari” mavzuida xalqaro simpozium bo’ldi.
Anjumanda turk dunyosining taniqli olimlari va namoyandalari ma’ruzalar qilib, Boymirza Hayitning Turkiston tarixini yoritishdagi buyuk faloiyatini e’tirof etdilar.
Turk duyosining taniqli olimlari, professorlar Abdulkodir Donuk, Salih Aynural, Ahat Andijon, Nodir Davlat va boshqalar o’zbek tarixchisning jasorati, ilmiy dahosi haqida nutq so’zladilar.
Anjumanda O’zbekistonning turli viloyatlaridan taklif qilingan ziyolilar ham qatnashdilar.
Anjumaning eng iliq qarshilangan notig’i Xalqaro Iftixor mukofotining sohibi shoir va hofiz DADAXON HASAN bo’ldi.
-Ustoz haqidqagi xotirlarimni gapirb berdim, she’rlarim o’qildi, qo’shiqlarim eslandi, Boymirza Hayitning xotirasi O’zbekistonda ham nishonlanadigan kunlar kelmoqda,-deydi Dadaxon Hasan iftixor bilan.
Filed under: AUDIO, OzodNazar | Tagged: Jahongir Mamatov |
You must be logged in to post a comment.