Suratlar tarixi

Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).

Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).

Novdalar

1990 yilning 18 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lgandi.

Demokratiya shamoli bor edi. Shuning uchun ikkinchi turga qolganlar yoki saylanolmaganlar o’rniga yangi nomzodlar chiqishi kabi hollar ham bo’lgan.  Birinchi turda muqobil asosda saylangan edim. Tanishlarimdan ikkinchi turga qolganlar yoki yangi nomzod bo’lganlar birgalikda ularning saylov okruglariga borishni so’rashardi. Yangi deputatman, hammasiga ulgurish mumkin emas. Faqat 2-3 tasiga boroldim, xolos. Shulardan biri do’stim Dadaxon Yoqubov  saylanayotgan okrug edi. Uning nomzodi Namangandan ko’rsatilgandi.

Dadaxon bilan ToshDUning jurnalistika fakultetida o’qiganimizdan beri tanish edik. Biz aslida ikki dunyoning odamlari edik. Xarakter va hayot tarzimiz bilan. Lekin bizni ruhiyatdagi yaqinlik bir-birimizga tortib turardi. Oramizda qandaydir ijodiy musobaqa ham bor edi.

Dadaxon darveshsifat-samimiy yigit edi. U bir necha oylab ko’rinmay qolardi. Birdan metrodan chiqishdami yoki ko’chadami duch kelib qolardi. Nimalar qildik va nimalar qilmoqchimiz – bir-birimizga navbat bermay gapirar edik. U biroz dovdir, ammo talantli jurnalist, ko’nglida kiri yo’q inson edi. Yaxshi gapni ham, yomon gapini ham ochiq aytaverardi.

Taqdir  do’stlarni har qadamda uchrataraveradi degan gap bor.

Bir kun yana ko’chada uchrashib qoldik. U televideniega ishga o’tganini aytdi. Keyin “Hayot quvonchlari va tashvishlari” degan dastur qilmoqchi ekanini gapirdi. Men uni Samarqandga taklif qildim. Dasturni ikkalamiz hozirladik. Ko’rsatilishi bilan mashhur bo’lib ketdi. Takror va takror ko’rsatildi. Boshqa viloyatlardan tayyorlanganlari ham og’izga tushdi.

Deputat bo’lib eng ko’p ovzoz olishimda respublika matbuotida keskin chiqishlarim qatorida “Hayot quvonchlari va tashvishlari” dasturining Samarqandga bag’ishlangan qismi katta shov-shuvlarga sabab bo’lgani ham o’ziga xos rol o’ynagandi.

Shuning uchun ham Dadaxonning deputat bo’lishini chin dildan istardim. Uning taklifi bilan Namanganga borib nomzodini targ’ib qilishni burchim deb bilgandim. Uchrashuvga borgan joyimizda odamlar bizni katta hurmat va olqish bilan kutib olishardi.

Dadaxon asli andijonlik bo’lsa ham namanganliklar uni o’z farazanlaridek qabul qilib, kompartiya ko’rsatgan rasmiy nomzodni emas, uni qo’lladilar.

O’shanda Namanganga borganimizda ulamolardan birining uyiga mehmonga chaqirishdi. Hovlida bodom darxti bor ekan va shu daraxt ostida  bir keksaroq odam bilan gaplashdik. Shu odamning bir gapi esimda qolgan׃

-Men sizlarni aka-uka deb o’ylayman. Biringiz Samarqanddan, ikkinchingiz Andijondan. Mana kelib Namanganni ulug’lab turibsizlar. Juda yoshsizlar. Kelajak oldinda. O’zbekistonimizning yigitlari ana shunday aka-uka bo’lsinlar doim! O’shanda bu vatanimiz zo’r vatan bo’ladi!

U shunday deb ushlab turgan yosh bir novdani bilmasdan tortib yubordi. Novda “qirch” etib sindi. U odam o’zini noqulay sezdi. Parvo qilmagandek ichkariga kirdik.

Lekin mana oradan 20 yil o’tib ham o’sha voqeani xuddi kecha bo’lgan kabi eslab turibman. Koshki o’sha yosh novda… keyin esa minglab novdalar sinmasa edi?!

Jahongir Muhammad.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: